Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
59.7K subscribers
797 photos
497 videos
4 files
492 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Odamlarga pul berish ham qiyin bo’lib ketdi, men sizga aytsam. 🔘 @xushnudbekuz
Haqiqatdan Xushnudbekligim haqida mahalladan spravka so’raydiyov bu ketishda… 😂
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Bugun saralashning muhim bosqichini boshlaymiz.

O’zbekiston 🌍Jahon chempionatida debyut qila oladimi? Olimpiya terma jamoamiz buni uddaladi, endi navbat kattalarga , Xudo xohlasa!

Xorvatiyalik bloger Jahon chempionatida debyut qilishga yaxshi imkoniyati bor terma jamoalar ro’yxatida birinchi bo’lib O’zbekistonni eslabdi.


🔘 @xushnudbekuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Omad! Yirik hisobda g’alaba bilan boshlash nasib qilsin. Bu juda muhim.


🔘 @xushnudbekuz
Bitta gol urmasak bo’lmaydiyey… Juda qaltis hisob, bu menga yoqmayapti.


🔘 @xushnudbekuz
Hamma o’yinda mana shunaqa o’ynab, bir amallab 1:0 ga yutib, Jahon chempionatiga chiqsa ham roziman. Faqat bunaqa o’yin bilan Eron, Qatar yoki BAAni yutish qiyinov…


🔘 @xushnudbekuz
‼️Millionga yaqin abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari tarqalgan bo‘lishi mumkin. Kiberzavfsizlik markazi bu bilan jiddiy shug‘ullanishi kerak

Telefon raqamimga bir nechta xususiy universitetlardan "o‘qishga kirdingiz" degan SMS xabarlar kelmoqda. Xabarda hattoki ismimni ham yozishgan. Bunday xabarlarni siz ham olgan bo‘lsangiz kerak.

Barcha xabarlar my.uzbmb.uz saytidan abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan raqamimga kelyapti.

Demak, mening telefon raqamim va boshqa shaxsiy ma’lumotlarim uchinchi shaxslar qo‘liga borib tushgan. Bo‘lib ham bitta universitetda emas, bir nechtasida bunday ma’lumot bor. Vaziyat jiddiy va qo‘rqinchli.

E’tiborli jihati, bunday xabarlar faqat joriy yildan kelishni boshlagani yo‘q. Avvalgi yillarda ham kelgan, lekin hech kim bunga qiziqmagan va chora ko‘rmagan.

Menda 2 ta taxmin bor:

1) Yoki uddaburon xakerlar UzBMB saytini buzib kirishgan va abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘zlashtirishgan hamda uni ko‘chada pullamoqda;

2) Yoki sayt buzilmagan, ammo UzBMBdagi qaysidir xodimlarning o‘zi abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlarini ko‘chada pullamoqda.

Shaxsan men 1-variantga uncha ishonmayman, 2-variant haqiqatga yaqinroq.

Ikkalasidan qaysi biri bo‘lishidan qat’i nazar, kiberxavfsizlikka mas’ul organlar albatta buni o‘rganishi shart. Axir davlat tashkilotining bazasidan shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi hazil narsa emas.

Mening o‘zim tegishli organlarga nomimdan rasman ariza ham yuborib qo‘yaman, albatta. Buning tagiga yetishimiz kerak.


🔘 @xushnudbekuz
Forwarded from Xushnudbek.uz
Kun surati.

Jahon rekordini o’rnatib, Paralimpiya 🥇chempioni bo’lgan Nurxon Qurbonova hamda uning murabbiyi Sardor Abduxoliqov g‘alabani nishonlamoqda.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ikkita qo’lim bilan ham normal suza olmayman. Bularning matonatiga esa shunchaki qoyil.


🔘 @xushnudbekuz
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 42 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xulio Kortasar. Montekilyaning so‘nggi kuni (hikoya)

Izoh
: Bunaqasini faqat va faqat bizning Peralta o‘ylab topishi mumkin — qoyil qolish kerak unga! — tabiiyki har doimgidek tafsilotlarini hijjalab tushuntirib o‘tirmadi-yu, lekin bu safar odatiga xilof ravishda ochiqroq yo‘l-yo‘riq bera turib, bu o‘g‘irlangan maktub haqidagi latifaga o‘xshaydi, deb ishora qilib qo‘ydi...

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/xulio-kortasar-montekilyaning-songgi-kuni

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/AFooUrnsc84

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabina Tursunova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


🔘 @xushnudbekuz
Yangi o’quv yili muborak bo’lsin, navqiron talabalar!

Hozir bilim olishning ayni payti, keyin vaqtingiz ham, xohishingiz ham bo’lmaydi, vaqtni orqaga ham qaytarolmaysiz. O’zingizni rivojlantirish uchun tikilgan 3-4 yillik investitsiya butun umringizga yetadi, ishoning. Faqat ozgina sabr, ko’proq mehnat va ustozlarning gapiga quloq solish kerak xolos.

Sizlarga omad va kuch-quvvat tilayman!

Vatan uchun, davlat uchun bir narsalar qilishingiz kerak, deb vahimali gaplar aytmoqchi emasman. Shunchaki, kelajakda farzandlaringizning yaxshi yashashi, sifatli ta’lim olishi, sog’lom bo’lishi va dunyo ko’rishi uchun ham bugun o’qishingiz kerak. Qolgani bekor.


🔘 @xushnudbekuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM