Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
77.1K subscribers
1.15K photos
787 videos
5 files
668 links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.

Asosiy kanal — @xushnudbek.
Download Telegram
AAAA! Uchinchi raqibda omadimiz keldi!

🌐 FIFA 1-play-off (Yangi Kaledoniya, 🇯🇲Yamayka, 🇨🇩Kongo DR)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🤣384🔥129👍60😢6🤪3
🇺🇿O‘ZBEKISTON "K" guruhidan joy oldi

Guruhimizdagi o'yin taqvimi

1-tur
/ 17-iyun

🇵🇹Portugaliya — 🌐 FIFA 1-play-off (Yangi Kaledoniya, 🇯🇲Yamayka, 🇨🇩Kongo DR)
🇺🇿O‘ZBEKISTON🇨🇴Kolumbiya

2-tur / 23-iyun

🇵🇹Portugaliya — 🇺🇿O‘ZBEKISTON
🇨🇴Kolumbiya — 🌐 FIFA 1-play-off (Yangi Kaledoniya, 🇯🇲Yamayka, 🇨🇩Kongo DR)

3-tur / 27-iyun

🇨🇴Kolumbiya — 🇵🇹Portugaliya
🌐 FIFA 1-play-off (Yangi Kaledoniya, 🇯🇲Yamayka, 🇨🇩Kongo DR)🇺🇿O‘ZBEKISTON


🔘 @xushnudbekuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍212🔥69❤‍🔥29🤣13🤪3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Osiyo, turkiy xalqlar va MDH mamlakatlari bizni qo’llab turadi, Xudo xohlasa.

Hali ko’rasizlar, stadionda ham O’zbekiston bayrog’ini ko’tarib keladiganlarning ko’pchiligi boshqa davlatlardan bo’ladi.

Agar mabodo 🇹🇷Turkiya play-offdan chiqa olmay qolsa (lekin chiqishini xohlayman), turkiy xalqlardan yagona vakil bo’lamiz.

Agar mabodo 🇺🇦Ukraina play-offdan chiqa olmay qolsa (lekin chiqishini xohlayman), MDH mamlakatlari orasida yagona vakil bo’lamiz.


🔘 @xushnudbekuz
1👍427🤣183🔥58🤪8❤‍🔥4💯2👎1
Siz ham guruhimiz kuchini hisoblab ko'ring

Kecha savatdan 🇺🇿“UZBEKISTAN” degan yozuvni olishganda boshqacha bo’ldi-a? Shu kunlarni 34 yil orziqib kutdik axir. Endi orqaga qaytish yo'q. Guruhda ham yaxshi o'ynaymiz, Xudo xohlasa.

Hozir guruhdagi raqiblarimiz keng muhokama bo’lmoqda. Qiyin guruhga, o’lim guruhga tushdik, deganlar ham bor, bu fikrga qo’shilmaydiganlar ham.

Menimcha, biz o'rtacha guruhga tushdik, o'ta qiyin ham emas, oson ham emas. Asosiysi guruhimizda oldindan mag'lubiyatimizni tan oladigan va yutib bo'lmaydigan raqib yo'q. O'ynasa bo'ladi.

Guruhimiz kuchini siz ham hisoblab ko’rsangiz bo’ladi.

Buning formulasi juda oddiy, barcha raqiblarimizni savatdagi boshqa variantlar bilan solishtirib ko'rishimiz kerak.

🇵🇹Portugaliyadan boshlaymiz. 1-savatda 12 ta jamoa ham bizga raqib bo'lishi mumkin edi. Biz jamoalarni nisbiy kuchiga qarab reyting tuzib olamiz va ularni 3 ta toifaga ajratamiz:

1-4-o'rinlar - qiyin
5-8-o'rinlar - o'rta
9-12-o'rinlar - oson

Buyog'i o'zingizga havola. Siz Portugaliyani 1-savatdagi 12 ta jamoa orasida nechanchi o'ringa qo'ygan bo'lardingiz? Masalan, men 🇫🇷Fransiya, 🇦🇷Argentina, 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya, 🇩🇪Germaniya, 🇧🇷Braziliya, 🇪🇸Ispaniyadan keyin 7-o'ringa qo'ygan bo'lardim. Demak, mening o'lchovimda bizga 1-savatdagi o'rta toifaning osonga yaqinlashgan jamoasi tushibdi.

Sizda bu reyting boshqacha bo'lishi ham mumkin, albatta. Masalan, kimdir 🇳🇱Niderlandiya, 🇧🇪Belgiya, 🇲🇽Meksikani ham Portugaliyadan kuchliroq hisoblar. Lekin kimdir TOP-4 talikka (qiyin) Portugaliyani qo'yishiga ishonmayman, bu adekvat baho emas.

Endi 🇨🇴Kolumbiya haqida. 2-savatda bizga 8 ta jamoa raqib bo'lishi mumkin edi, 4 ta Osiyo jamoasi chiqib ketadi. 2-savatligidan kelib chiqib, jamoalarni quyidagicha 3 toifaga ajratamiz:

1-2-o'rinlar: qiyin
3-5-o'rinlar: o'rta
6-8-o'rinlar: oson

Siz endi o'sha 8 ta jamoa ichida Kolumbiyani nechanchi o'ringa qo'ygan bo'lardingiz? Men 🇭🇷Xorvatiya, 🇲🇦Marokash, 🇨🇭Shveytsariyadan keyin 🇺🇾Urugvay bilan birga 4-5-o'ringa qo'ygan bo'lardim. Sizda balki boshqacharoq chiqar. Kimdir 🇸🇳Senegal yoki 🇦🇹Avstriyani ham kuchliroq hisoblar.

Menda bu safar ham raqibimiz 2-savatdan tushishi mumkin bo'lgan jamoalar orasida osonga yaqinlashgan o'rta toifada turibdi.

4-savatda 10 ta jamoa raqibimiz bo'lishi mumkin edi. Buni ham 3 ta toifaga ajratamiz:

1-3-o'rinlar: qiyin
4-7-o'rinlar: o'rta
8-10-o'rinlar: oson

Men taxminan 🇨🇩Kongo chiqsa kerak, degan fikrdaman va Kongoni 4 ta 🇪🇺Yevropa play-off guruhi, 🇬🇭Gana va 🇨🇼Kyurasaodan keyin 7-o'ringa qo'ydim. Ha, mayli, Kyurasao Kongodan kuchlimas desak, 6-o'rin bo'lar, ana boring. Bu yerda ham osonga yaqinlashgan o'rta toifaga to'g'ri kelyapti. Mabodo nimadir yuz berib, 🇳🇨 Yangi Kaledoniya yoki 🇯🇲Yamayka chiqib qolsa, unda oson guruhga o'tib ketadi, hatto.

Xullas, mana shu formuladan foydalanib, siz ham bizning guruhimiz mavjud variantlar orasida qiyin bo'ldimi, o'rtacha bo'ldimi yoki oson bo'ldimi, hisoblab olishingiz mumkin.

Sizda natija qanday chiqdi?


🔘 @xushnudbekuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍253🤣63🔥18🤪13💯11❤‍🔥9
Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Siz ham guruhimiz kuchini hisoblab ko'ring Kecha savatdan 🇺🇿“UZBEKISTAN” degan yozuvni olishganda boshqacha bo’ldi-a? Shu kunlarni 34 yil orziqib kutdik axir. Endi orqaga qaytish yo'q. Guruhda ham yaxshi o'ynaymiz, Xudo xohlasa. Hozir guruhdagi raqiblarimiz…
O’rtoqlar, men hamma o’zi hisoblashi uchun formula e’lon qildim va shu bo’yicha izoh kutdim. Ya’ni hamma o’z shaxsiy reytingini tuzib aytadi, deb o’ylagandim.

Masalan, “mening shaxsiy reytingimda Portugaliya o’z savatida 4, Kolumbiya 1, Kongo 3-o’rinda” degandek. Ammo ayrim odamlarga mening reytingim yoqmabdi, ular bor kuchini men xato qilganimni isbotlashga sarflabdi.

Izohlarda futbolni juda zo’r tushunadigan ekspertlar gapiga ishonsak, jamoalar kuchini FIFA reytingiga qarab belgilash kerak ekan.

Unda Jahon chempionatini o’tkazishni nima keragi bor? Ispaniya hozir FIFA reytingida 1-o’rinda, demak, bo’ldi, Ispaniya chempion. U hammadan kuchli. Shuncha odamni ovora qilib, turnir o’tkazishga ne hojat?

Agar FIFA reytingi hammasini belgilasa, unda 20-o’rindagi Eron 50-o’rindagi O’zbekistondan hech qachon yutqazmasligi, hatto durang ham o’ynamasligi kerak edi🤣

Ha, bo’pti, qo’ymadilar, qo’ymadilar. Mayli, reytingga qaraymiz.

1-savatda Portugaliya 6-o’rinda. Men 7-o’rinda baholagan edim, mayli, reyting bo’yicha bitta o’rin tepaga ko’tarildi. 1-savatdagi 12 ta jamoa orasida 6-o’rinda degani bu o’rta degani.

Kolumbiya 2-savatdagi 8 ta jamoa orasida 3-o’rinda, Xorvatiya va Marokashdan keyin. Men Shveytsariyani kuchliroq hisoblab, Kolumbiyani 4-o’rin degandim, ha, bo’pti, bu safar ham 1 ta o’ringa adashibman deylik. Lekin men bergan formulaga ko’ra, 2-savatdagi 3-o’rin ham o’rta hisoblanadi.

Kongo ham FIFA reytingi bo’yicha Yevropadagi 4 ta play-off jamoalaridan pastda, 55-o’rinda. Demak, Kongo ham 12 ta jamoa orasida o’rta toifa hisoblanadi.

Xo’sh? FIFA reytingiga qarasak ham, baribir uchala jamoa ham o’rta toifaga kiryapti-ku.

Portugaliya va Kolumbiya reytingda nechanchi o’rindaligi qiziq emas, baribir ular bizdan kuchli jamoa ekanligi aniq. Bu shak-shubhasiz, bahs bo’lishi ham mumkin emas.

Men aytmoqchi bo’lganim, bizga mavjud variantlar ichida eng kuchli raqiblar tushgani yo’q, shunisiga shukr. Nisbatan kuchsizroqlari ham tushgani yo’q, afsuski. O’rtachasi tushdi, demak, o’ynasak bo’ladi. Kurashsak bo’ladi. Jahon chempionatida kimdir osongina yutqazib beradi, deb kutyapsizmi yoki?

P.S. FIFA reytingida Kongo bizdan pastda ekan. Izohlardagi hurmatli ekspertlar, aytinglarchi, biz 3 ochkoni naqd qildikmi shunda? Reytingi bizdan past jamoa ekan-ku, bemalol yutsak kerak?


🔘 @xushnudbekuz
🤣365🔥105👍57❤‍🔥14💯11🤪10😢3👎1
#56 KARIM BAHRIYEV – ISLOM KARIMOV, SENZURA, “HURRIYAT” VA ZAPRETLAR HAQIDA. Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/CxlUQuoAcXw

Lolazor podkastining navbatdagi sonida taniqli jurnalist, yozuvchi va sobiq deputat Karim Bahriyev mehmon bo‘ldi. Biz u bilan Islom Karimov shaxsiyati, uning faoliyati, senzuralar va senzorlar, “Hurriyat” gazetasi tarixi, matbuot, adabiyot, taqiqlar va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik.

Mundarija:

00:00 – Tizer
01:44 – Boshladik
06:40 – “Hurriyat” qanday ochilgandi?
19:21 – Oxirgi tomchi – senzorlar haqida
32:10 – Birinchi matbuot qonuni
40:19 – “Men nega Shavkat Mirziyoyevga ovoz beraman?”
50:01 – Fuqarolik jurnalistikasi
53:24 – Karimov bilan qayta uchrashuv
59:12 – Karim Bahriyevga Gulnora Karimovaga uylanish taklif qilinganmidi?
1:03:54 – “So‘z erkinligi haqida so‘z” va yig‘ilish
1:07:58 – Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinishi
1:18:26 – To‘y kuni chiqqan maqola va yig‘ilish
1:22:30 – Prezident bilan safarlardan xotiralar
1:34:30 – Qora ro‘yxat haqida
1:45:46 – Karimov qanday davlat qurmoqchi bo‘lgan?
1:51:43 – Oliy Kengashining VII sessiyasi
1:58:20 – Adabiyot. Karim Bahriyev kitoblari
2:04:58 – Bir palatali parlament
2:08:49 – So‘z erkinligi va texnologiyalar
2:19:33– Tugatamiz, xayr!


🎧 Podkastni tinglash uchun:

📱 Apple Podcasts
📱 Yandex
📱 Spotify


🔘 @xushnudbekuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍60🤣38🔥23❤‍🔥6👎3🤪3💯2
Bayram muborak👍


🔘 @xushnudbekuz
4🔥909👍242❤‍🔥82🤣47💯14🤪7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Matizdagi aka qo’shnisining qanaqa farosatli insonligini biladi, shekilli 🤣 (#)


🔘 @xushnudbekuz
🤣1.23K🤪51🔥26👍21😢10💯6❤‍🔥4
Javohirga shunchaki qoyil! Freestyle Chess Grand Slam Finals turnirining yarim finali 1-bahsida Magnus Karlsendan mag'lub bo'lgan edi. Javob o'yinida Magnusga durang ham yetardi.

Lekin Javohir juda qiyin bahsda g'alaba qozondi! Eng qizig'i Javohir deyarli yarim partiya davomida 1 daqiqalik seytnot bilan o'ynadi. Soniyalarda qaror qabul qilishga majbur bo'ldi. Magnusda bu paytda 10 daqiqa vaqt bor edi. Mana buni kambek desa bo'ladi! Tay-brekda Javohirga omad tilaymiz!

Partiyaga havola: https://www.chess.com/events/2025-freestyle-chess-grand-slam-final-ko-upper/02-02/Carlsen_Magnus-Sindarov_Javokhir


🔘 @xushnudbekuz
1👍431🔥112❤‍🔥29💯24🤣1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eh, Javohir uchinchi marta Magnusni mag’lub etishga juda yaqin edi, lekin biroz omad yetishmay qoldi.

Tay-brekning birinchi bahsida yutqazgan Javohir javob o’yinida katta ustunlikka edi, ammo vaqti kamligi uchun doimiy shohdan himoyalanolmay qoldi. Magnus bir amallab durangga qochib ketdi.

Natijada Magnus Karlsen finalga chiqdi, Javohir ertaga 3-o’rin uchun o’ynaydi.

Hamyurtimizga omad tilaymiz.


🔘 @xushnudbekuz
1🔥412😢157👍51❤‍🔥12👎5💯3🤣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun yarim tunda “Santiago Bernabeu” stadionida Real Madrid hamda Manchester City jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Abduqodir Husanov maydonga tushadimi yoki yo‘qmi, aniq bilmadimu, lekin bunaqa o‘yinlar payti Realning o‘zbekistonlik muxlislari biroz mushkul tanlov oldida qolishadi. Baribir vatandoshimiz uchun qayg‘urib, qo‘llab-quvvatlashadi. Bugun ham Abduqodir maydonga tushib, xuddi o‘tgan safargiday Vinisiusni cho‘ntagiga solib qo‘ysinu, lekin Real baribir yutsin, City’ning boshqa himoyachilari xato qilsin 🤣

Izoh: ushbu video 2025-yil 19 fevral kuni aynan Madriddagi “Santiago Bernabeu” stadionida olingan. O‘shanda Chempionlar ligasi 1/16 finalida Real o‘z uyida City ustidan 3-1 hisobida g‘alabaga erishgan. O‘shanda Abduqodir endi transfer bo‘lgandi, uni qo‘llab-quvvatlash uchun borgandim. O‘sha o‘yinni yaxshi eslasangiz kerak, Husanov 90 daqiqa o‘ynagan va haqiqatdan jamoasi tarkibida eng yuqori ball olgan o‘yinchilardan biri bo‘lgandi. Vinisiusni yakkama-yakka duellarda “yeb qo‘ygandi”. O‘yinni stadiondan tomosha qilib, mazza qilganman o‘shanda. Ham sevimli jamoang, ham butun dunyoga shov-shuv ko‘targan o‘zbek yigitining o‘yinini tomosha qilish katta zavq berishi tabiiy!

Ma’lumot uchun: odatda xorijga chiqsam, bayroqni yelkamga tashlayman yoki sharf qilib bog’layman. Lekin video olinayotganda futbolkadagi Khusanov yozuvini ko’rsatish uchun qisqa vaqtda belimga belbog’ qilib bog’ladim. Bayroqni yechib qo’ygim kelmadi. Aslida qayerdadir bayroqni belga belbog’ qilib bog’lash hurmatsizlik degan joyi yo’q. Bu o’zimiz yaratib olgan taqiq xolos. Sport o’yinlarida ko’rsangiz, ayniqsa, taqdirlash marosimlarida ko’plab sportchilar mamlakati bayrog’ini aynan beliga bog’lab oladi.

Yoki bundan ham qo’polroq misol bor. Agar boksni kuzatsangiz, aksar bokschilarda bayrog’i rangida hatto shortik kiyadi. Shortik qayerda-yu, belbog’ qayerda. Buni barcha normal qabul qiladi, hech qanaqa hurmatsizlik elementi yo’q bu yerda, sal ko’ngilni keng qilsak kifoya.



🔘 @xushnudbekuz
1🔥357🤣112👍97❤‍🔥9🤪8😢7👎6💯4
Bitta dalil bilan yuzta dononi yengdim, lekin yuzta dalil bilan bitta …

Uchqur iborani davom ettiring.


🔘 @xushnudbekuz
💯247🤣162🔥27👍22👎5❤‍🔥2🤪2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Madhiyamiz qabul qilingan kunga bag’ishlanibdi (#)

Vodiylaaaaar zo’r chiqibdi 🤣


🔘 @xushnudbekuz
1🔥910🤣241👍166❤‍🔥66💯6😢5🤪2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shunaqa do’stlaringizga yuborib qo’ying🤣


🔘 @xushnudbekuz
🤣642👍24❤‍🔥8🔥8😢4🤪2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu videoda hamma narsa samimiy:

— yigitning yaxshi niyatlar bilan gul uchun kurashi va g’olib bo’lishi;
— qizning oldindan sezib, tuflisini yechib, qochishga tayyor bo’lib turgani;
— qizning taqdirdan qochganday mingga qo’yib yugurishi;
— yigit ushlab olganda, hatto kurtkasini yechib, yana qochishi;
— kamerachining ham erinmasdan yugurgani;
— va videoning oxiridagi eng romantik qismi, bu shubhasiz — butun dunyo bilan ishi yo’q krossovkasini bog’layotgan brat 🤣🤣🤣

Hamma sevishganlar baxtli bo’lishsin, hay.

Voqea Xitoyda bo’lgan shekilli, uyg’urlarga o’xshadi.


🔘 @xushnudbekuz
🤣600👍53❤‍🔥36👎4🤪3🔥2😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qalbim orom oldi.

Avtoturargohda joyni band qilib, mashina qo’yishga sun’iy xalaqit qilib turgandi. Mashina egasi, avtoparking funksiyasini yoqib, o’zi ketvordi 🤣

Enavassaning roli!


🔘 @xushnudbekuz
🤣459🔥41🤪23👍20