Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Qurbon hayiti munosabati bilan o’tkazilgan tanlov (giveaway) g’oliblari ro’yxati. Barcha g’oliblarni tabriklaymiz va ular bilan bog’lanib, tez orada «Oltin silsila – Sahihul Buxoriy» to‘liq to‘plamini (8 juz) yetkazamiz. 1 yillik Telegram Premium uchun obuna…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'rtoqlar, aytgancha, bitta maslahatli gap bor.
O'tgan safar Ramazonda o'tkazgan Giveaway tanlovimizda 1 kishi javob yozmagan ekan. Undan yana qayta so'raganimda ham o'qib javob bermabdi. Oradan shuncha oy o'tdi, javob kelmadi.
O'tgan safar 6 jildlik “Tafsiri Hilol” kitoblar to’plami edi. Shu to'plamni kichkina kanalimda bugun o'ynavorsammikin-a? Harna yana 1 kishiga yutuq chiqardi, baribir biz kitoblar to'plamini oldindan xarid qilib qo'yganmiz.
Nima deysizlar shunga?(xuddi hozir kimdir "yo'g'ey, bizga kerakmas, o'zingiz biron tanishingizga bera qoling" deydiganday so'rashimni qaranglar😂)
🔘@xushnudbekuz
O'tgan safar Ramazonda o'tkazgan Giveaway tanlovimizda 1 kishi javob yozmagan ekan. Undan yana qayta so'raganimda ham o'qib javob bermabdi. Oradan shuncha oy o'tdi, javob kelmadi.
O'tgan safar 6 jildlik “Tafsiri Hilol” kitoblar to’plami edi. Shu to'plamni kichkina kanalimda bugun o'ynavorsammikin-a? Harna yana 1 kishiga yutuq chiqardi, baribir biz kitoblar to'plamini oldindan xarid qilib qo'yganmiz.
Nima deysizlar shunga?
🔘@xushnudbekuz
Yutuqli oʻyinning 1 ta gʻolibi Telegram tomonidan tasodifan tanlandi va shaxsiy xabarda hadya havolasini oldi.
G’olibimiz. Tabriklayman.
Qiz bolaga chiqqani yaxshi bo’ldi, narigi katta kanaldagi tanlovda 7 nafar yigit va 3 nafar qizlarga chiqqandi.
🔘@xushnudbekuz
Qiz bolaga chiqqani yaxshi bo’ldi, narigi katta kanaldagi tanlovda 7 nafar yigit va 3 nafar qizlarga chiqqandi.
🔘@xushnudbekuz
❓Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent
Shu kabi savollar ko‘p berilmoqda.
Darhaqiqat, UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.
Aslida joriy yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.
❓Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?
Menimcha, fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilingan bo‘lsa kerak.
Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.
Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.
Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.
Balki bu yil shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, ammo kelasi yildan algoritmni o‘zgartirish kerak.
‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.
Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.
ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/24148
🔘 @xushnudbekuz

Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Anor. Oqshomning tongi (hikoya)
Izoh: 37-yil oqshomi. Bokuning sokin ko’chalaridan biri. Oqshom taxminan soat ikkilarda ko‘cha sukunati qoq o‘rtasidan bo‘lindi — to‘rt qavatli bino oldida bir mashina to‘xtadi. Shosha-pisha kelgan va birdan to‘xtagan mashinaning qattiq bosilgan tormoz ovozi uydagilarning uyqusini pichoq kabi yirtib yubordi....
📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/anor-oqshomning-tongi
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/WyEluS6YD2s
🎙Bugungi hikoya audiosini Sabina Tursunova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa

🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
#perevod
Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.
1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).
❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.
2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20079
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20258
‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.
3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish
Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20258
4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.
5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish
Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.
8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish
Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala.
***
Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:
➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;
➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.
☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
👉 @xushnudbek 👈

Yevropa chempionatida qaysi jamoaga muxlislik qilyapsiz?
Men esimni tanib, tushunib ko’rgan birinchi katta turnirim — 1998-yilgi Jahon chempionati bo’lgan. O’shanda 🇮🇹Italiya va 🇧🇷Braziliya jamoalari muxlisiga aylanganman. Ikkalasida ham dahshatli tarkib edi.
Shundan buyon xalqaro maydonlardagi barcha turnirlarda shu ikki jamoaga muxlislik qilaman.
Italiyaning Yevrodagi o’yinini ko’rib, ancha xotirjamman. Tarkibda birorta tayinli yulduz yo’q (yarmini umuman eshitmaganman), o’yini ham judaa unaqa zo’r emas. Kecha ispanlardan ham yutqazdi, mana.
Lekin aynan mana shunaqa Italiya ancha xavfli. Bir amallab, guruhdan zo’rg’a chiqib olsa bo’ldi, uyog’iga italyancha rejimni yoqib olishadi. O’shanchun agar “o’lim” guruhidan chiqib ololsa, kamida yarim finalga borsa kerak, deb umid qilyapman. Yana ham vaqt ko’rsatadi qolganini.

Ronaldu — haqiqiy sardor, oqsoqol, kayvoniga aylanibdi. Mardning ishini qildi.
Uyoqda Messi ham shunaqa, Argentina jamoasini ortidan ergashtirib yuribdi, qariya.
Ikkalasiga ham respekt. Bekorga afsonalar emas-da bular.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tilni tushunmasam ham, lekin videodagi ma’noni tushundim.
Biror muhim ish qilaman deb telefonni qo’limizga olamizu, lekin ijtimoiy tarmoqlarda video tomosha qilib, o’sha muhim ish esimizdan chiqib ketib qoladi😀

Bu iploslar, shu ishini oxirgi sekundga obormasdan, vaqtliroq qilsa bo'lmasmidi-a. Jin ursin, sen lapashanglarni! Shuning uchun ham muxlisman o'zi bu terma jamoaga. Shveytsariya bilan pley-offning ilk bahsini boshlab beradi endi Italiya.
Modrichga esa RESPEKT! Ochig'i biroz achindim...

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Vatan” ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy jurnalining 2-sonida Shayx hazratlari rohimahullohning o’g’li Ismoil Muhammad Sodiq bilan juda qiziq suhbat chiqibdi.
🔘@xushnudbekuz
🔘@xushnudbekuz
Qabul tugashiga sanoqli daqiqalar qoldi.
Siz hujjat topshirdingizmi? Kimda nima savollar bor?