❗️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihonlari 25-26-iyul kunlari Toshkent shahrida bo’ladi
#abituriyent
Joriy yilning 25-26-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga (5-sinf), 26-iyul kuni esa Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari (7-sinf) uchun kirish imtihonlari Toshkent shahrida o’tkaziladi.
🔹Kirish imtihonlari bir bosqichda yo'nalishlar bo'yicha quyidagi tartibda o'tkaziladi:
➖Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
➖Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)

⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
‼️ Javoblarni belgilash (bo’yash) uchun qo’shimcha vaqt berilmaydi, 90 daqiqa ichida bo’yashga ulgurish kerak.
📍 Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
➖ “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi;
➖ Moliya instituti qoshidagi "Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi".
✔️ Ruxsatnomar tayyor bo’lganda, har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov Xalqaro notariuslar ittifoqining Osiyo ishlari komissiyasiga prezident etib saylandi.
Indoneziyaning Jakarta shahrida Xalqaro notariuslar ittifoqining Osiyo ishlari bo‘yicha komissiyasi majlisi o‘tkazildi. Unda komissiya kelgusi 2 yillik muddat uchun Prezidentlikka nomzodni ko‘rib chiqdi va raislikka bir ovozdan O‘zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurovning nomzodini ma’qullab, ovoz berdi.
📌 Xalqaro notariuslar ittifoqi – 1948-yil 2-oktyabr kuni Argentinaning Buenos-Ayres shahrida tashkil topgan bo‘lib, barcha besh qit’adan jami 91 mamlakat notariuslarni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi.
O‘zbekiston Notarial palatasi Xalqaro notariuslar ittifoqiga 2021-yil 3-dekabr kuni 91-a’zo sifatida qabul qilingan edi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar bog’chasidagi ta’sirli ma’ruzani ko’rib, mana bu filmdagi epizod esimga tushib ketdi :)
👉 @xushnudbek 👈
👉 @xushnudbek 👈
Ertaga akademik litseylarga kirish test sinovlari bo’lib o’tadi
📆 2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari ertaga (24-iyul kuni) ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Bunda:
1️⃣-smena — 09:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:30) da;
2️⃣-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 13:30) da boshlanadi.
📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.
⏳ Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.
📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.
📺 📺 Test sinovi test2023.uz sayti orqali onlayn translyatsiya qilib boriladi va keng jamoatchilik jarayonlarni onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
📆 2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari ertaga (24-iyul kuni) ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Bunda:
1️⃣-smena — 09:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:30) da;
2️⃣-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 13:30) da boshlanadi.
📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.
⏳ Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.
📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 66 yoshga to‘ldi.
Prezidentning qay darajada adolatli rahbar ekanligiga asosiy bahoni xalq, yaʼni saylovchilar beradi.
Shu sababli Shavkat Mirziyoyevga uzoq umr bilan birga, doimo Allohning va xalqning roziligini olish nasib qilishini tilayman. Menimcha, inson uchun bundan ortiq mukofot bo‘lmasa kerak.
O‘zbekistonni rivojlantirish yo‘lidagi mehnat va zahmatlarda charchamasin, O‘zi g‘oyibdan kuch-quvvat bersin.
👉 @xushnudbek 👈
Prezidentning qay darajada adolatli rahbar ekanligiga asosiy bahoni xalq, yaʼni saylovchilar beradi.
Shu sababli Shavkat Mirziyoyevga uzoq umr bilan birga, doimo Allohning va xalqning roziligini olish nasib qilishini tilayman. Menimcha, inson uchun bundan ortiq mukofot bo‘lmasa kerak.
O‘zbekistonni rivojlantirish yo‘lidagi mehnat va zahmatlarda charchamasin, O‘zi g‘oyibdan kuch-quvvat bersin.
👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chiqargan adolatli qarorlari bilan dunyoga tanilgan amerikalik mashhur sudya Frank Kaprio o‘zbekistonlik Muhammadodilbek Obidjonovni avtomashinasini noto‘g‘ri joylashtirganiga oid ish bo'yicha sud qildi.
Sudya talaba yigit bilan suhbatdan so‘ng yigitning jami 15 ta jarimalaridan faqat bittasini qoldirishga qaror qildi va 35 dollar jarima tayinladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi
Andijon shahrida yashovchi fuqaro Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 19 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, mazkur institutning o‘qituvchisi ham ushbu ishlarga aloqadorlikda gumon qilinib, ushlangan.
***
Yana bir tezkor tadbirda esa Yuqorichirchiq tumanida yashovchi shaxs 2 nafar fuqaroni Chirchiq davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 12,5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
***
Buxoro davlat pedagogika instituti xodimi 2 nafar fuqaroni mazkur oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish uchun bo‘ladigan imtihonlardan o‘tkazib qo‘yish evaziga 5 ming dollari talab qilib, oldindan 4 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.
***
Guliston tumanida yashovchi shaxs fuqaroni Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming dollar talab qilib, ushbu pulni olgan vaqtida ushlangan.
***
Xorazm viloyatida tug‘ilgan shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini Qozog‘iston Respublikasidagi universitetning 2-bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirib, mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalaridan birining 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1600 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
***
Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX matbuot xizmati

Xushnudbek.uz
Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-232-son, 20.07.2023 y.) ko‘ra, yer uchastkalari quyidagi maqsadlar uchun sotiladi yoki ijaraga beriladi: ➖ tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini…
Prezidentning Yangi Toshkent shahriga oid qaroriga ko‘ra:
Yuqori Chirchiq tumanidan O‘zbekiston, Do‘stlik, Surankent, Turkiston, Guliston, Iyk ota;
Qibray tumanidan Nurmuhammedov;
O‘rta Chirchiq tumanidan Do‘stlik, Oxunbobev, Kim Pen Xva mavzelari va Sholichilik instituti hududidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yerlarning (rasmdagi jadvalga muvofiq ayrim konturlari) toifasi o‘zgartirilib, Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun ajratiladi.
Yangi Toshkent shahri bosh rejasini ishlab chiqish uchun Foster and Partners (Buyuk Britaniya), OMA (Niderlandiya) va Meinhardt (Singapur) kompaniyalari jalb qilingan.

Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar statistikasi
#perevod
24-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha jami 26 ming 067 nafar talaba onlayn ro‘yxatdan o’tdi.
➖respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali — 13 ming 809 nafar;
➖nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali — 12 ming 258 nafar talaba ariza topshirgan. Shundan 6 ming 139 ta (50%) ariza O’zbekistondagi nodavlat OTM talabalaridan yuborilgan.
Xorijdan yuborilgan arizalar asosan quyidagi davlatlar hissasiga to’g’ri keladi:
1) 🇰🇬Qirg’iziston — 3 397 ta;
2) 🇹🇯Tojikiston — 1 047 ta;
3) 🇷🇺Rossiya — 968 ta;
4) 🇰🇿Qozog’iston — 555 ta.
❗️Arizalar 5-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Eslatma: bu yerda bir davlat OTM ichida yo’nalish, shakl va til o’zgartirishga oid arizalar hisobga olinmagan, chunki bitta OTM ichida perevod uchun arizalar rektor nomiga yoziladi.

Oliy ta’lim muassasalarida o’tayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni onlayn kuzatish mumkin
#abituriyent
Joriy yil 51 ta oliy ta’lim muassasasida alohida iqtidor talab etiladigan 198 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishi belgilangan. Ayni kunlarda ayrim oliy ta’lim muassasalarida ushbu jarayon boshlandi.
Kirish imtihonlarida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, abituriyent va ularning ota-onalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida bu yil ham kasbiy (ijodiy) imtihonlarning imtihon.edu.uz hamda OTM veb-platformalari orqali Internet tarmog‘ida jonli efirga uzatilmoqda.

Elon Mask xarid qilgan Twitter ijtimoiy tarmog‘i rebrending o‘tkazdi hamda qushchali logotipni X harfiga almashtirdi. Larri laqabi bilan tanilgan Twitter qushchasi endi yo‘q.
👉 @xushnudbek 👈
👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
❓“Perevod” uchun pul to’lanadimi?
#perevod
Bunda 2 xil qoida bor:
1️⃣ Agar “tashqi perevod” bo’lsa, ya’ni xorijdan yoki O’zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga ko’chirish uchun ariza berilayotganda Bilimlarni baholash agentligiga 165 ming so’m miqdorida to’lov qilinadi, chunki ular testga kiradi;
2️⃣ Agar “ichki perevod” bo’lsa, ya’ni bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga yoki bir OTM ichida o’qishni ko’chirmoqchi bo’lsa, unda hech qanday to’lov qilinmaydi. Chunki ular testga kirmaydi.
Yana ham oson tushunish uchun:
my.uzbmb.uz sayti orqali ariza berilsa, to’lov qilinadi, transfer.edu.uz sayti orqali ariza yuborilsa, to’lov qilinmaydi.
Chunki:
Nodavlatdan va xorijdan davlat OTMga — my.uzbmb.uz orqali;
Davlatdan davlatga — transfer.edu.uz orqali ariza yuboriladi.
Shuningdek, bir OTM ichidagi perevodda rektor nomiga ariza berilsa ham to'lov qilinmaydi.
❗️Yana bir masala, super-kontrakt masalasi faqat “tashqi perevod”da bor, “ichki perevod”da super-kontrakt yo’q.

🔄 “Perevod” uchun arizalar 5-avgustgacha qabul qilinadi. Tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
#perevod
Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.
1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).
❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.
2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20079
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20258
‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.
3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish
Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20258
4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.
5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish
Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.
8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish
Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala.
***
Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:
➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;
➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.
☝️Qabul 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

❗Ertaga, 25-iyul kuni suhbat asosida talabalikka 2-kursdan qabul qilinadigan texnikum bitiruvchilari uchun arizalar topshirishning oxirgi kuni
#abituriyent
Amaldagi tartibga koʻra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida 2-kursdan oʻqishga qabul qilish imkoniyati taqdim etilgan.
Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasida onlayn roʻyxatdan oʻtish kerak. Ro'yxatdan o'tishda bitiruvchilardan diplomining asl nusxasi talab etilmaydi va ular faqat shaxslarini tasdiqlovchi maʼlumotlarni kiritsa kifoya, barcha zarur maʼlumotlar avtomatik tarzda o'zi chiqib keladi.
Ayni daqiqalargacha tizim orqali 8 ming 553 ta ariza kelib tushgan.
❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi?
Texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) 5 (a’lo) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.
❓ Kimlar talabalikka tavsiya etiladi?
OTM komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtachasi 67 ball va undan yuqori bo‘lganda abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to'lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi bayonoti:
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya qo‘shinlari safiga ko‘ngilli sifatida majburan safarbar etilayotgani to‘g‘risida chop etilgan ma’lumot yuzasidan O‘zbekiston elchixonasi Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga tegishli so‘rov yubordi.
Ushbu masala diplomatik vakolatxona tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, Ukraina tomonidan yuqoridagi ma’lumot tasdiqlangan taqdirda, fuqarolarimiz manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kerakli barcha chora-tadbirlar ko‘riladi.

Prorektor pora olayotganda ushlandi
“Ajiniyoz” nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti prorektori M.J. ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga fuqarodan 3 ming dollar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o’tkazilmoqda.

🏆 Xalqaro fan olimpiadalaridagi navbatdagi medallar
🥉Tokioda bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o’quvchisi Javohir Sultonov bronza medalini qo'lga kiritdi (1-rasm).
***
Shveytsariyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) esa quyidagi o’zbekistonlik o’quvchilar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo’lga kiritishdi (2-rasm):
🥇 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azizbek Nazarov
va Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov oltin medalni;
🥈Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova kumush medalni;
🥉 Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov bronza medalini qo'lga kiritdi.
***
Ma’lumot uchun, Prezident qaroriga muvofiq 🥇oltin medal olgan o‘quvchi BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustozi 450 baravari (148,5 mln so‘m) miqdorida,🥈kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m) hamda 🥉bronza medal uchun o‘quvchi 200 baravar (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, ushbu o'quvchilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama beriladi.

❓O‘qishni ko‘chirish uchun qaysi kursdan ariza bersa bo‘ladi?
❓Agar men 3-kursni tugatib, o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lsam, 4-kursdan o‘qishni davom ettiramanmi yoki yana qayta 3-kursda o‘qiymanmi?
Shu kabi savollarga javob berishga harakat qildim.

⚡️Prezident maktablarining 1-bosqichdagi test natijalari e’lon qilindi
Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:
1️⃣ portal.piima.uz saytining "Qabul-2023" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali – https://portal.piima.uz/page/ps1
2️⃣ Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali:
cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/
3️⃣ Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.