Xushnudbek.uz
583K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.12K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Xushnudbek.uz
Pavel Durov Telegram’da ham Stories paydo bo‘lishini ma’lum qildi Rejalar: ▪️foydalanuvchilar Stories’larini kimlar koʻra olishini tanlashlari mumkin boʻladi; ▪️foto va videolarni bir vaqtning o'zida smartfonning ikkita kamerasidan — old va orqa tomondagidan…
Avval xabar qilinganidek, Telegram messenjeri o’zining Stories funksiyasini ishga tushirdi. Xuddi Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda bo’lgani kabi endi Telegramda ham Stories qo’yish mumkin.

Hozircha Stories qo’yish huquqi faqat Premium obunaga ega foydalanuvchilarda bor. Tomosha qilish uchun esa Premium shart emas, hammaga ko’rinadi. Faqat Telegram dasturini eng oxirgi versiyaga yangilash kerak.

Stories’larda video va fotoni tahrirlash mumkin. Bir paytda telefonning ikkala kamerasini ham (old va orqa) ishlatib video yozish mumkin.

Ishlatib ko’rdim, menga yoqmagan bittagina joyi — bu Stories’ga qo’yilgan reaksiyalar sizga shaxsiy xabar bo’lib kelar ekan. Bu esa shaxsiy xabarlar lentasini to’ldirib tashlayapti. Masalan, 100 kishi reaksiya bossa (👍 yoki ❤️), sizga 100 ta shaxsiy xabar keladi. Telegram kelgusida albatta shuni to’g’rilashi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi

Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-232-son, 20.07.2023 y.) ko‘ra, yer uchastkalari quyidagi maqsadlar uchun sotiladi yoki ijaraga beriladi:

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish;
ko‘p kvartirali uylar qurish;
ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini qurish uchun.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tuziladi.

Shunga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori yangi lavozimi joriy etiladi.

Direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari 2027-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Uy olaman deb aldanganlar: mingdan ortiq jabrlanuvchi va 300 mlrd so’m zarar Toshkent shahrida “Aziya Invest Favorit” MChJ qurilish kompaniyasi tegishli hududda turar joy majmuasi qurishga ruxsati bo‘lmagan holda fuqarolardan hali qurilmagan kvartiralar uchun…
Bugun, 21-iyul kuni davlat rahbarining topshirig’iga asosan Bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent shahrida “Aziya Invest Favorit” MChJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadonlarni fuqarolarga sotilishi yuzasidan kelib chiqqan nizoli vaziyat qatnashchilarini qabul qildi.

Sayyor qabulda Hukumat komissiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Qabul yakunida ular bilan navbatdagi yakuniy uchrashuv joriy yil avgust oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi maʼlum qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏢 Qashqadaryodagi birinchi xususiy OTM — Qarshi xalqaro universiteti haqida

OTMlar tahlilining navbatdagi sonida ilk bor Toshkentdan boshqa hududga – Qarshi shahriga bordik va 1200 dan ortiq talaba tahsil oladigan Qarshi xalqaro universitetida bo‘ldik. U yerda oliygoh rektori, yuridik fanlari doktori va mediator Axtam Yakubov bilan atroflicha suhbatlashdik.

Toʻliq suhbatni tomosha qilish:
📲 https://youtu.be/qihMVz5_3Vk

Suhbat davomida bugungi ta’lim muammolari va yutuqlari, nodavlat ta’lim haqida insonlar qarashi, xususiy sektor rivoji, intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan mehnat resurslarini eksport qilish, rektorning dars berishi va boshqa mavzularga to‘xtalib o‘tdik.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Bugun test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi kuni. Soat 23:59 gacha to‘lov qilish kerak!

Avvalgi yillarda ta‘lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun 165 ming so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

To‘lov qilmaganlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va testga kiritilmaydi.

‼️ESLATMA:
ayrimlar chet tilidan ijodiy imtihon olinishi belgilangan 8 ta OTM uchun ham bugun to‘lov qilsa bo‘ladi, deb yurishgan ekan. Yo‘q, bo‘lmaydi! Ushbu yo‘nalishlarga hujjat qabul qilish allaqachon — 10-iyuldayoq tugab bo‘lgan. Hatto bugun ularning imtihoni ham boshlandi. Kim vaqtida to‘lov qilmagan bo‘lsa, ular ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblangan.

Aslida 10-iyulda to‘lov qilishga ulgurmaganlar, 20-iyulgacha qabul bo‘ladigan boshqa yo‘nalishlardan birini tanlashi kerak edi. Shunda 1 yil vaqtdan yutqazmasligi mumkin edi. Hozir endi ham unisidan, ham bunisidan qolib ketdi. O‘z taqdiringizga bu darajada eʼtiborsiz bo‘lmang, iltimos.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo‘ldi, xonadonlardagi sharoitlar bilan tanishdi hamda aholi bilan suhbatlashdi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qora oltin” sayyorada qanday paydo bo‘lgan? Qanday qilib topiladi va burg‘ilash uskunalari qanday ishlaydi? Eng asosiysi ushbu ishni amalga oshiradigan insonlar kimlar?

Texnoplov jamoasining Orol dengizi atrofidagi neft konlarida olingan “Qora oltinni izlab” nomli maxsus filmida shu savollarga javob izlangan.

Filmni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/Do8aMqH-3Rg
Shahar markaziga yo‘l o‘tkazgich kerakmi?

Toshkent shahridagi Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurishga oid reja haqida xabar tarqalgach, GazetaUz nashri bu reja shaharda piyodalar ustuvorligini taʼminlash haqidagi tamoyilga zid bo‘lgan bahsli qarorligi to’g’risida katta maqola eʼlon qildi.

Maqolada yo‘l o‘tkazgichlar (xalq tilida ko‘prik) tirbandlik muammosini hal qilmasligi, aksincha bu muammoni yana-da ko‘paytirishi va qurilishga sarflangan xarajatiga nisbatan samarasiz ekanligi allaqachon isbotlangani, zamonaviy shaharsozlikda asosiy urg‘u avtomobillarga emas, odamlarga qaratilayotgani aytilib, shu sababli shahar markazida yo‘l o‘tkazgich qurish loyihasini ochiq muhokama qilishga chaqirildi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov GazetaUzga mazkur masalada quyidagicha munosabat bildirdi:

"Shaharda tirbandlik masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Yildan-yilga vaziyat chuqurlashib bormoqda. Modomiki shunday loyiha bo‘ladigan bo‘lsa, uni ishlab chiqish uchun eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinadi. Tabiiyki, jamoatchilik fikri inobatga olinadi. Hozir qandaydir xulosa yoki taxmin qilishning mavridi emas".

P.S.: umid qilamizki, yakunda katta joyni samarasiz egallaydigan qimmat ko’prik o’rniga, odamlar mazza qilib sayr qiladigan, piyoda, velosipedda, samokat va boshqa shu kabi vositalarda erkin harakatlana oladigan hamda yo’l harakati aqlli tashkil etilgan chorrahalar paydo bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Qamchiqdagi tunnelda «Isuzu» yonib ketdi

22-iyul kuni soat 03:20da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻli “Rezak” tunnelida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, tunnel devoriga urilgan. Natijada yong‘in kelib chiqqan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
TAKLIF: har qanday yangi normativ-huquqiy hujjat u rasman e’lon qilingandan keyingina kuchga kiradi. Ya’ni imzolangan, ammo hech qayerda e’lon qilinmagan qonun yoki qarordagi biror talabni bajarmagani uchun insonlar javobgar bo’lishi mumkin emas, sababi ular…
Mana bu taklifimiz hisobga olinibdi

Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan til sertifikatlari ro’yxatidan chiqarilgan Linguaskill, AIL va Aydin TÖMER sertifikatlari 31-martga qadar (shu kuni ham) olingan bo’lsa, joriy yilda hisobga o’tadi.

Avvalgi e’londa faqat 23-martga qadar, ya’ni vazir buyrug’i qabul qilingan sanagacha olingan sertifikatlar o’tadi, deyilgandi.

Lekin mazkur buyruq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanalida 31-mart kuni soat 18:18 da e’lon qilinganini hisobga olib, muddat ham shu kungacha surilsa ijtimoiy adolatdan bo’ladi, degan edik.

Va yakunda muddat uzaytirildi, o’ylashimcha, bu juda oqilona qaror bo’ldi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
24 mln dollarlik "yer savdosi"
 
Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi o‘zganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, unga Toshkent tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 mln dollarga sotib olib berishini aytadi.

Tezkor tadbirda, u oldindan kelishilgan 200 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
 
Yana bir holatda O‘rtachirchiq tumanida yashovchi shaxs firibgarlik yo‘li bilan, Bo‘stonliq tumanidagi 4 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 2 mln 500 ming dollar so‘raydi.

Ushbu shaxs ham so‘ralgan pulning 200 ming dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Har ikkala holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Mamadaminov O’lmasjon Yarmaxammatovich Guliston tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.

***

Ernazarov Komiljon Yo’ldoshaliyevich Oqoltin tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati edi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2023-yil yarim yillik faoliyatiga oid hisobot taqdim etdi. Unda qayd etilgan ayrim raqamlar:

Yarim yilda Palata tomonidan 49 ta qonun qabul qilinib, Senatga yuborilgan. 2021-yilda 35 ta, 2022-yilda esa 40 ta qonun qabul qilingan.

Shu bilan birga, deputatlar tomonidan 4 ta qonun loyihasi rad etilgan.

Parlament nazoratida o‘ziga xos o‘sish kuzatilganini ko‘rish mumkin. Misol uchun, aholini o‘ylantirayotgan masalalar bo‘yicha tushuntirish berish talabi bilan mas’ul vazirlik, idora vakillariga 8 marta parlament so‘rovi yuborilgan. O‘tgan bir yil ichida Parlament so‘rovlari 4 barobar o‘sgan.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihonlari 25-26-iyul kunlari Toshkent shahrida bo’ladi
#abituriyent

Joriy yilning 25-26-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga (5-sinf), 26-iyul kuni esa Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari (7-sinf) uchun kirish imtihonlari Toshkent shahrida o’tkaziladi.

🔹Kirish imtihonlari bir bosqichda yo'nalishlar bo'yicha quyidagi tartibda o'tkaziladi:

Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

‼️ Javoblarni belgilash (bo’yash) uchun qo’shimcha vaqt berilmaydi, 90 daqiqa ichida bo’yashga ulgurish kerak.

📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi;
Moliya instituti qoshidagi "Oliy oquv yurtlariaro sport majmuasi".

✔️
Ruxsatnomar tayyor bo’lganda, har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM