Xushnudbek.uz
593K subscribers
10.2K photos
2.65K videos
237 files
8.82K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
2023-yilgi qabul tugadi.

Eh, hozirgi yoshlar mana bunaqa xabarlarni umuman tushunmaydi.

Oldin hujjat topshirish alohida bir katta marosim va tadbir edi. Hozirgilar telefonidan 5 minutda topshirib qo’yyapti, eh, shuyam ish bo’ldiyu…

Bo’mapti, bizning davr boshqacha edi😉


🔘@xushnudbekuz
Xushnudbek.uz
Hujjat topshirish yakunlandi Qabulning katta va muhim qismi tugadi. Bo'ldi, endi yo'nalishlarni ham o'zgartirib bo'lmaydi. Buyog'iga 1 mln abituriyentlar ruxsatnoma chiqishini kutishadi. Aytgancha, avvalgi yillarda tugatganlar, bugun — 21-iyul kuni soat…
Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning jami soni 1 mln 18 ming 7 nafarni tashkil etdi.

Lekin bu raqam biroz kamayishi mumkin, chunki to'lovni o'z vaqtida, ya'ni 21-iyul soat 23:59 gacha amalga oshirmagan abituriyentlar bu ro'yxatdan chiqib ketadi va testga qo'yilmaydi.

Joriy yilda abituriyentlar soni o'tgan yilgiga qaraganda salkam 200 ming nafarga kamroq bo'ldi.


👉 @xushnudbek 👈
Qaysi hududdan eng ko’p abituriyent hujjat topshirdi?
#abituriyent

2023-yilgi bakalavriat qabulida jami 1 mln 18 ming 7 nafar abituriyent onlayn ro’yxatdan o’tdi va yo’nalish tanladi.

BBA ushbu abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo’yicha 5 taligini e’lon qildi:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
2️⃣ Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Pavel Durov Telegram’da ham Stories paydo bo‘lishini ma’lum qildi Rejalar: ▪️foydalanuvchilar Stories’larini kimlar koʻra olishini tanlashlari mumkin boʻladi; ▪️foto va videolarni bir vaqtning o'zida smartfonning ikkita kamerasidan — old va orqa tomondagidan…
Avval xabar qilinganidek, Telegram messenjeri o’zining Stories funksiyasini ishga tushirdi. Xuddi Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda bo’lgani kabi endi Telegramda ham Stories qo’yish mumkin.

Hozircha Stories qo’yish huquqi faqat Premium obunaga ega foydalanuvchilarda bor. Tomosha qilish uchun esa Premium shart emas, hammaga ko’rinadi. Faqat Telegram dasturini eng oxirgi versiyaga yangilash kerak.

Stories’larda video va fotoni tahrirlash mumkin. Bir paytda telefonning ikkala kamerasini ham (old va orqa) ishlatib video yozish mumkin.

Ishlatib ko’rdim, menga yoqmagan bittagina joyi — bu Stories’ga qo’yilgan reaksiyalar sizga shaxsiy xabar bo’lib kelar ekan. Bu esa shaxsiy xabarlar lentasini to’ldirib tashlayapti. Masalan, 100 kishi reaksiya bossa (👍 yoki ❤️), sizga 100 ta shaxsiy xabar keladi. Telegram kelgusida albatta shuni to’g’rilashi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi

Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-232-son, 20.07.2023 y.) ko‘ra, yer uchastkalari quyidagi maqsadlar uchun sotiladi yoki ijaraga beriladi:

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish;
ko‘p kvartirali uylar qurish;
ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini qurish uchun.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tuziladi.

Shunga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori yangi lavozimi joriy etiladi.

Direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari 2027-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Uy olaman deb aldanganlar: mingdan ortiq jabrlanuvchi va 300 mlrd so’m zarar Toshkent shahrida “Aziya Invest Favorit” MChJ qurilish kompaniyasi tegishli hududda turar joy majmuasi qurishga ruxsati bo‘lmagan holda fuqarolardan hali qurilmagan kvartiralar uchun…
Bugun, 21-iyul kuni davlat rahbarining topshirig’iga asosan Bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent shahrida “Aziya Invest Favorit” MChJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadonlarni fuqarolarga sotilishi yuzasidan kelib chiqqan nizoli vaziyat qatnashchilarini qabul qildi.

Sayyor qabulda Hukumat komissiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Qabul yakunida ular bilan navbatdagi yakuniy uchrashuv joriy yil avgust oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi maʼlum qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏢 Qashqadaryodagi birinchi xususiy OTM — Qarshi xalqaro universiteti haqida

OTMlar tahlilining navbatdagi sonida ilk bor Toshkentdan boshqa hududga – Qarshi shahriga bordik va 1200 dan ortiq talaba tahsil oladigan Qarshi xalqaro universitetida bo‘ldik. U yerda oliygoh rektori, yuridik fanlari doktori va mediator Axtam Yakubov bilan atroflicha suhbatlashdik.

Toʻliq suhbatni tomosha qilish:
📲 https://youtu.be/qihMVz5_3Vk

Suhbat davomida bugungi ta’lim muammolari va yutuqlari, nodavlat ta’lim haqida insonlar qarashi, xususiy sektor rivoji, intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan mehnat resurslarini eksport qilish, rektorning dars berishi va boshqa mavzularga to‘xtalib o‘tdik.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Bugun test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi kuni. Soat 23:59 gacha to‘lov qilish kerak!

Avvalgi yillarda ta‘lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun 165 ming so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

To‘lov qilmaganlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va testga kiritilmaydi.

‼️ESLATMA:
ayrimlar chet tilidan ijodiy imtihon olinishi belgilangan 8 ta OTM uchun ham bugun to‘lov qilsa bo‘ladi, deb yurishgan ekan. Yo‘q, bo‘lmaydi! Ushbu yo‘nalishlarga hujjat qabul qilish allaqachon — 10-iyuldayoq tugab bo‘lgan. Hatto bugun ularning imtihoni ham boshlandi. Kim vaqtida to‘lov qilmagan bo‘lsa, ular ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblangan.

Aslida 10-iyulda to‘lov qilishga ulgurmaganlar, 20-iyulgacha qabul bo‘ladigan boshqa yo‘nalishlardan birini tanlashi kerak edi. Shunda 1 yil vaqtdan yutqazmasligi mumkin edi. Hozir endi ham unisidan, ham bunisidan qolib ketdi. O‘z taqdiringizga bu darajada eʼtiborsiz bo‘lmang, iltimos.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo‘ldi, xonadonlardagi sharoitlar bilan tanishdi hamda aholi bilan suhbatlashdi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qora oltin” sayyorada qanday paydo bo‘lgan? Qanday qilib topiladi va burg‘ilash uskunalari qanday ishlaydi? Eng asosiysi ushbu ishni amalga oshiradigan insonlar kimlar?

Texnoplov jamoasining Orol dengizi atrofidagi neft konlarida olingan “Qora oltinni izlab” nomli maxsus filmida shu savollarga javob izlangan.

Filmni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/Do8aMqH-3Rg
Shahar markaziga yo‘l o‘tkazgich kerakmi?

Toshkent shahridagi Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurishga oid reja haqida xabar tarqalgach, GazetaUz nashri bu reja shaharda piyodalar ustuvorligini taʼminlash haqidagi tamoyilga zid bo‘lgan bahsli qarorligi to’g’risida katta maqola eʼlon qildi.

Maqolada yo‘l o‘tkazgichlar (xalq tilida ko‘prik) tirbandlik muammosini hal qilmasligi, aksincha bu muammoni yana-da ko‘paytirishi va qurilishga sarflangan xarajatiga nisbatan samarasiz ekanligi allaqachon isbotlangani, zamonaviy shaharsozlikda asosiy urg‘u avtomobillarga emas, odamlarga qaratilayotgani aytilib, shu sababli shahar markazida yo‘l o‘tkazgich qurish loyihasini ochiq muhokama qilishga chaqirildi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov GazetaUzga mazkur masalada quyidagicha munosabat bildirdi:

"Shaharda tirbandlik masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Yildan-yilga vaziyat chuqurlashib bormoqda. Modomiki shunday loyiha bo‘ladigan bo‘lsa, uni ishlab chiqish uchun eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinadi. Tabiiyki, jamoatchilik fikri inobatga olinadi. Hozir qandaydir xulosa yoki taxmin qilishning mavridi emas".

P.S.: umid qilamizki, yakunda katta joyni samarasiz egallaydigan qimmat ko’prik o’rniga, odamlar mazza qilib sayr qiladigan, piyoda, velosipedda, samokat va boshqa shu kabi vositalarda erkin harakatlana oladigan hamda yo’l harakati aqlli tashkil etilgan chorrahalar paydo bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Qamchiqdagi tunnelda «Isuzu» yonib ketdi

22-iyul kuni soat 03:20da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻli “Rezak” tunnelida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, tunnel devoriga urilgan. Natijada yong‘in kelib chiqqan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈