Xushnudbek.uz
582K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.12K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Toshkentda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlardan vakillar qatnashuvchi madaniy meros haftaligiga start berildi.

Bugundan ish boshlagan haftalik Madaniyat va turizm vazirligi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tashabbusi bilan bir qator vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda.

7 iyulgacha davom etadigan haftalik davomida bir qator mavzularda konferensiya va davra suhbatlari, uchrashuv va taqdimotlar hamda ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈
Akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon bekor qilindi
#abituriyent

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan, yaʼni joriy yilgi qabuldan boshlab:

akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 2 baravarga oshiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Abituriyentlarga imtihon javoblari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoni berilishi mumkin #abituriyent Yaʼni hozir beshta yo‘nalishning ketma-ketligini oldindan tanlash kerak. Byudjet yoki kontrakt ustuvorligiga qarab, qaysi yo‘nalishga kirgani maʼlum…
Mana bu o’zgarish 2024/2025-o‘quv yilidan kuchga kirar ekan.
#abituriyent

Yaʼni kelgusi yildan boshlab OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, OTM, taʼlim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Bu haqda kecha imzolangan Prezident qarorida belgilandi.

Hozirgi tartibda esa abituriyentlar 5 ta yo’nalish ustuvorligini oldindan tanlaydi va keyin o’zgartira olmaydi. Natijalar chiqqach qaysi yo’nalishda o’qishini o’zi tanlash imkoniyati ham hozir yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3 000 ta o‘rin ajratildi.
#abituriyent

Bu haqda Prezidentning tegishli farmonida (PF–107-son, 03.07.2023 y.) belgilandi.

Bunda OTMlar va taʼlim yo‘nalishlari kesimidagi takliflar Davlat qabul komissiyasiga 2023-yil 20-iyulgacha taqdim etiladi. Yaʼni shu 3 mingta kvota qaysi OTM va qaysi yo‘nalishlarga berilishi keyinroq maʼlum bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
“Perevod” bo‘yicha 2023-yilgi o‘tish ballari tasdiqlandi
#perevod

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Jadvaldan ko’rish mumkinki, o’tgan yilgi o’tish ballari bilan deyarli farq yo’q. Faqat 2 ta yo’nalishda o’zgarish bo’lgan:

🔻 Veterinariya — 60 ball (o’tgan yili 80 ball edi);
🔺 Transport xizmati — 104 ball (o’tgan yili 94 ball edi).

Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli:

1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga;
2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga.

O’qishni ko’chirishda o’tish ballarini o’tgan yilgi kirish imtihonlaridagi o’tish ballari bilan tenglashtirishga oid taklif bu yil ham qabul qilinmabdi. Menimcha, bunday qilinsa, “kasha” bo’lib ketadi, yaxshisi umumiyroq va tushunarliroq yagona ball belgilay qolaylik, deyishgan bo’lsa kerak.

ESLATMA: o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Abituriyentlarning maktabdagi oxirgi 6 yillik baholarini test baliga qo’shish ortga surilishi kutilmoqda #abituriyent Bu haqda bugun bo’lib o’tgan matbuot anjumanida mas’ullar ma’lum qilishgan. Jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament…
⚡️ RASMAN: so‘nggi 6 yillik o’rtacha baholar joriy yilgi imtihonlarda qo’shilmaydi
#abituriyent

Prezidentning tegishli farmoniga asosan, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

Joriy yilgi qabulda maktab bitiruvchilariga o’rtacha bahosi qo’shimcha ball sifatida qo’shilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Kvota_Kunduzgi_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
942.9 KB
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

KUNDUZGI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat qabul komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

JAMI: 127 ming 259 ta;
Byudjet: 34 ming 930 ta;
Kontrakt: 92 ming 329 ta.


👉 @xushnudbek 👈
Kvota_Sirtqi_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
359.9 KB
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

SIRTQI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 49 ming 078 ta;
O’zbek tili: 42 ming 577 ta;
Rus tili: 6 ming 501 ta.

Izoh: sirtqi ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
Kvota_Kechki_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
220.5 KB
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

KECHKI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 11 ming 125 ta;
O’zbek tili: 9 ming 455 ta;
Rus tili: 1 ming 670 ta.

Izoh: kechki ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
Kvota_Masofaviy_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
191.1 KB
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent

MASOFAVIY
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

JAMI: 2 ming 825 ta;
O’zbek tili: 1 ming 995 ta;
Rus tili: 830 ta.

Izoh: masovafiy ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
Maqsadli_Kvota_SSV-2023 Lot.pdf
539.1 KB
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

SOG‘LIQNI SAQLASH
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

ℹ️ Izoh: maqsadli qabul degani, sog‘liqni saqlash yo‘nalishida davlat granti kvotalari faqat shu faylda ko‘rsatilgan hududlarda (tuman/shahar) doimiy ro’yxatda turuvchi abituriyentlar uchun bo‘lib berilgan degani.

Masalan, bir tumanga ajratilgan joy uchun boshqa tumandagi abituriyentlar maqsadli qabulda qatnasha olmaydi. Kontraktda esa farqi yo‘q, hududidan qatʼi nazar, barcha umumiy tanlovda qatnashaveradi.


👉 @xushnudbek 👈
Pedagogika_maqsadli_qabul_2023.pdf
340.2 KB
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

PEDAGOGIKA
(olis, chekka va togʻli hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablari uchun)

ℹ️ Izoh: maqsadli qabul degani, xalq ta’limi sohasida davlat granti kvotalarining ayrimlari shu faylda ko‘rsatilgan hududlarda (tuman/shahar) doimiy ro’yxatda turuvchi abituriyentlar uchun bo‘lib berilgan degani.

Masalan, bir tumanga ajratilgan joy uchun boshqa tumandagi abituriyentlar maqsadli qabulda qatnasha olmaydi. Kontraktda esa farqi yo‘q, hududidan qatʼi nazar, barcha umumiy tanlovda qatnashaveradi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

VETERINARIYA

ℹ️ Izoh: maqsadli qabul degani, veterinariya sohasida davlat granti kvotalarining ayrimlari shu suratda ko‘rsatilgan hududlarda (tuman/shahar) doimiy ro’yxatda turuvchi abituriyentlar uchun bo‘lib berilgan degani.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

IJTIMOIY ISH

ℹ️ Izoh: maqsadli qabul degani, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohasida davlat granti kvotalarining ayrimlari shu suratda ko‘rsatilgan hududlarda doimiy ro’yxatda turuvchi abituriyentlar uchun bo‘lib berilgan degani.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent

XOTIN-QIZLAR UCHUN
(qo‘shimcha 2000 ta davlat granti kvotasi)

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
📍 Andijon183;
📍 Buxoro112;
📍 Jizzax81;
📍 Qashqadaryo193;
📍 Navoiy60;
📍 Namangan165;
📍 Samarqand227;
📍 Surxondaryo155;
📍 Sirdaryo50;
📍 Toshkent viloyati – 177;
📍 Farg‘ona221;
📍 Xorazm110;
📍 Toshkent shahri – 155.

O‘tgan yildagi kabi 3 ta sohaga alohida kvota ajratilgan:

1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari.

Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.

Masalan, Andijon uchun umumiy kvota 183 ta. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 43 ta, texnika fanlari uchun 24 ta, tibbiyot fanlari uchun 29 ta kvota. Jami 96 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratilmoqda. Qolgan 87 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun beriladi.

‼️MASLAHAT: yo’nalish tanlashda e’tiborli bo’ling. Agar bilimlaringiz yuqori bo’lmasa, unda o’tish bali pastroq sohani, ya’ni TEXNIKA sohasini birinchi yo’nalish sifatida tanlang.

Sohalar kesimidagi o’tgan yilgi o’tish ballari mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/15743

Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

Batafsil va aniq misollar bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20045

Eng muhim maʼlumotlar:

bu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi;
faqat KUNDUZGI taʼlim shakliga qo‘shimcha kvota berilgan. Sirtqi, kechki yoki masofaviy uchun imtiyoz qo‘llanmaydi;
❗️shu sababli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar birinchi yo’nalishga albatta kunduzgi ta’limni tanlashi kerak, yo’qsa tavsiyanoma kuchga ega bo’lmaydi;
ushbu tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

‼️ Bu 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomadan farq qiladi. U boshqa, bu boshqa. 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan imtiyoz haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/20090


👉 @xushnudbek 👈
5yil_ish_stajiga_ega_xotinqizlar_uchun_kvota2023.pdf
148.9 KB
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

5 YIL STAJGA EGA XOTIN-QIZLAR UCHUN

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477

❗️Bir narsani yodda tuting: ushbu qo‘shimcha kvotalar faqat to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan. Mazkur tavsiyanoma grantga kirish huquqini bermaydi.

Ushbu tavsiyanoma barcha taʼlim shakllari uchun taalluqli. Kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviyni tanlash mumkin.

‼️Ushbu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlar uchun kvota berilmaydi.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, O‘zMUda 5 yil staji bor xotin-qizlar uchun 9 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 30 nafar tavsiyanomali xotin-qiz O‘zMUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir matematika, kimdir tarix, kimdir biologiya va h.k.

Eng avval o‘sha 30 nafar abituriyent o‘zi to‘plagan ball bo‘yicha umumiy tanlovda qatnashadi. Agar o‘zining bali tanlagan beshta yo‘nalishidan qaysidir biriga kirishga yetsa, unda bor baraka, o‘sha yerda o‘qiyveradi, ularga tavsiyanoma qo‘llanmaydi.

Masalan, 30 kishidan 15 nafari o‘z kuchi bilan o‘qishga kirib ketdi, deylik. Yiqilgan 15 nafar xotin-qizlar orasida esa, tanlagan yo‘nalishidan qatʼi nazar, alohida yana tanlov bo‘ladi. Bunda to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 10 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi.

Bu tavsiyanoma imtiyoz ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti uchun 1000 ta kvota taqsimoti
#abituriyent

1000 ta kvota 38 ta O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga bo‘lib chiqildi.

Bu qanday kvota?

Ushbu 1000 ta grant kvotasi O’zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlarga eng yuqori ball bilan o’qishga kirgan abituriyentlarga beriladi. Boshqacha aytganda davlat ularning kontraktlarini to’lab beradi.

Ayrim jihatlari:

xorijiy va nodavlat OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan abituriyentlar bilan uch tomonlama (kadrlar buyurtmachisi–talaba–oliy taʼlim tashkiloti) shartnoma tuziladi;

eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar shartnoma imzolash istagini bildirmagan taqdirda, shartnoma tuzish huquqi kirish imtihonlarida to‘plagan ballar ketma-ketligiga mos ravishda keyingi o‘rindagi abituriyentga beriladi.


👉 @xushnudbek 👈