Xushnudbek.uz
593K subscribers
10.2K photos
2.65K videos
237 files
8.82K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Bakalavr_turdosh_2024.pdf
1.8 MB
❗️ Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
#perevod

Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.

🔹 Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:

Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.

Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
🔄 Bugun “perevod” uchun ariza berishning oxirgi kuni

Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
#perevod

Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.

1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2024-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24554

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
t.me/xushnudbek/20258

‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.

3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2024-yilgi o’tish ballari bu yerda:
t.me/xushnudbek/24554

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. t.me/xushnudbek/24579

2023-yilgi turdosh yo’nalishlar:
t.me/xushnudbek/20258

2023-yilgi super-kontrakt narxlari:
t.me/xushnudbek/21116

4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish

Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.

8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish

Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala.

***

Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida;

➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga.

☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).


👉 @xushnudbek 👈