Xushnudbek.uz
582K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.13K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

Bu haqda “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida yana bir bor belgilandi.

Qarorda Bosh vazir Abdulla Aripovga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini Yangi Toshkent shahri hududiga ko‘chirish, ularning ma’muriy binolaridan samarali foydalanish va ularni sotishdan tushadigan mablag‘larni ushbu hududda ma’muriy binolarni barpo etishga yo‘naltirish yuzasidan uch oy muddatda taklif kiritish topshirigi berildi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 22-apreldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. 👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi.

Joriy haftada davlatimiz rahbari III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Uy sotamiz” deb odamlarni aldaganlikda ayblanayotgan shaxslar qidirilmoqda

Toshkent shahar IIBBga yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar uchun to‘lovni amalga oshirgani, biroq MChJ tomonidan shu kunga qadar xonadonlar topshirilmaganligi yuzasidan bir nechta fuqarolar ariza bilan murojaat qilgan.

Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, Sharipov Obid Aripovich “MAX-HOUSE-GROUP” MChJni tashkil qilgan hamda sheriklari Osimov Axtam Axmadovich va Samandarov Azizbek Alijonovich bilan birga MChJ nomidan Uchtepa va Chilonzor tumanlarida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni sotishini aytib, fuqarolardan xonadonlar uchun to‘lovlarni qabul qilib olgan.

Aslida esa ushbu ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun hech bir mutassaddi tashkilotlardan ruxsat olmagan, uy qurishga kerakli biron-bir hujjatlarga ega bo‘lmagan va kadastr hujjatlari ham yo‘q bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi ("Firibgarlik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va O.Sharipovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Gumonlanuvchi A.Samandarov va A.Osimov tergovdan qochib yashiringanligi sababli, ular qidiruvga berilgan.

❗️Toshkent shahar IIBB ushbu shaxslardan jabr ko‘rganlar yoki qidiruvdagi shaxslarning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganlardan 71-206-42-28, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishini so‘ragan.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun tarixiy kun bo‘lishi mumkin

Birozdan so‘ng, aniqrog‘i soat 19:00 dan boshlab U23 Osiyo kubogi yarim finalida 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇩Indoneziyaga qarshi maydonga chiqadi. G‘olib jamoa Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Bungacha biror marta O‘zbekiston terma jamoasi futbol musobaqalarida Olimpiadada ishtirok etmagan.

Xudo xohlasa, bugun yigitlarimiz mardonavor jang qilib, xalqimizga uzoq kutilgan g‘alabani taqdim etishadi, degan umiddamiz. Duo qilamiz va ishonamiz.

Olg‘a, yigitlar!


👉 @xushnudbek 👈
GOOOOOOOL!!!

Norchayev!


👉 @xushnudbek 👈
GOOOOOOOLLL!!!

2:0!

O’yin tugashiga sanoqli daqiqalar qoldi. Indoneziyadan 1 o’yinchi qizil kartochka ham olgan.

Parijga juda va juda yaqinmiz!


👉 @xushnudbek 👈
G’ALABAAAAA!!!

O’zbekiston terma jamoasi o’z tarixida ilk marta Olimpiada o’yinlarida ishtirok etadi!

Bu yigitlar tarix yaratishdi! Barchangizga barakalla! Ota-onangiz va ustozlaringizga katta rahmat!

Parij, bizni kutib ol!

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu tarixiy g’alaba bilan tabriklayman!


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Lolazor” podkastidan Parijga salomlar!😃


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UzReport telekanali 10 yoshga to’ldi

O’zbekistonda xususiy medianing shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qo’shgan UzReport telekanalini ushbu yubiley yoshi bilan chin dildan qutlayman.

“Jonli efir” degan tushunchani o’zbek mediasida aynan UzReport mustahkamlagan, desam mubolag’a bo’lmaydi. Ha, to’g’ri, avvallari ham jonli efir qilinardi, lekin ular barmoq bilan sanarli hamda asosan sport musobaqalarida bo’lardi xolos. UzReport esa siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, umuman olganda istalgan tadbirni jonli efirda uzatish mumkinligini, bundan qo'rqmaslik kerakligini amalda isbotlab, axborot makoniga yangi havo olib kirgan.

UzReport telekanali men uchun ham o'zgacha qadrli. Xabaringiz bor, 3 yildan buyon Metsenat.uz nomli talabalarga kontrakt to'lashga yo'naltirilgan loyihani amalga oshiramiz. Loyiha davomida jami 6 mlrd so'mdan ko'proq miqdorda grant va stipendiyalar e'lon qilishga erishdik.

UzReport telekanali aynan shu loyihani telekanallar orasida eng birinchi qo'llab-quvvatlagan edi. Telekanal rahbari Ravshanxon aka Jo'rayevga bu loyiha haqida aytishim bilan, o'zlari jonli efirda taqdimot uchun bepul joy ajratib bergan. Praym-taymda! Undan keyin ham MetsenatUz haqida juda ko'p reportajlar berishdi va berib kelishmoqda. Ilm-ma'rifatni qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy loyihalarni beminnat targ'ib qilish kabi jihatlari uchun ham UzReportni juda hurmat qilaman.

Telekanal jamoasini yana bir bor yubileyi bilan tabriklab, ularning ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilayman!


👉 @xushnudbek 👈
Koʻchmas mulk va avtomobil savdosi naqd pulsiz shaklga oʻtkazilishi mumkin

Hukumat tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha choralar ishlab chiqilmoqda. Unga koʻra, quyidagilar taklif qilinyapti:

koʻchmas mulk va transport vositalarini sotishni faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshirish va ushbu operatsiyalar boʻyicha komissiyani bekor qilish;

tovar va xizmatlarning umumiy qiymati 3000 dollardan oshsa, toʻlovlarni faqat naqd pulsiz koʻrinishda amalga oshirish;

ulgurji savdoni toʻliq naqd pulsiz hisob-kitoblarga oʻtkazish;

barcha byudjet tashkilotlari xodimlari, OTMlar, harbiy xizmatchilar hamda yirik soliq toʻlovchilarning 100 foiz ish haqini bank kartalariga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlash;

faqat naqd pulsiz shaklda toʻlanadigan xizmatlar katalogini tasdiqlash;

onlayn davlat xizmatlari va toʻlovlar, jismoniy shaxslar oʻrtasidagi oʻtkazmalar, shaxsiy mablagʻlarni boshqarish va onlayn savdo xizmatlarini oʻz ichiga oluvchi “WeChat” va “Kaspi” kabi tizimlarga oʻxshash texnologik yechim yaratish.

Bundan tashqari, 1-iyuldan boshlab chakana savdo, xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish sohalarida jismoniy shaxslar tomonidan toʻlovlar naqd pulda amalga oshirilganda 1% miqdorida keshbek qaytarish tartibini bekor qilish rejalashtirilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Mukofot jamg‘armasi 375 million so’m bo’lgan “WikiStipendiya”ning uchinchi mavsumiga start berildi

Uchinchi mavsum 1-maydan 1-dekabriga qadar davom etadi.

G‘oliblar uchun ajratilgan pul mukofotlari:

1-o‘rin: 150 mln. so‘m;
2-o‘rin: 125 mln. so‘m;
3-o‘rin: 100 mln. so‘m.

📝 Marafonda ishtirok etish uchun ushbu link orqali so'rovnomani to'ldiring.

Ma’lumot uchun: o’zbekcha vikipediyadagi ma'lumotlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan “WikiStipendiya” marafonining ikki mavsumi davomida maqolalar soni 140 mingdan 260 mingtaga yetdi, jahon vikireytingida esa 62-o'rindan 42 o'ringa yuqoriladi.

Batafsil ma'lumotlar:
🔵 Rasmiy kanal
🤖 Rasmiy bot
📞+998330007133
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, tijorat banklari Toshkent shahridagi 100 ta mahallada kutubxona tashkil etayotgan ekan. Kutubxonalar 1-maydan boshlab ketma-ket ishga tushiriladi.

Aytilishicha, kutubxonalarning aksariyati mahalla binolarida joylashmoqda. Loyihada mahallasi bor-yo‘qligiga qiziqqanlar uchun, tumanlar kesimida ro‘yxat ham keltirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Davlat bog‘chalari uchun yangi to‘lov miqdorlari belgilandi

Hukumatning tegishli qaroriga (246-son, 29.04.2024-yil) ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan va 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat bog‘chalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari tasdiqlandi.

To‘lovlar dastlab o‘rtacha 20%ga, yangi yildan esa 10%ga qimmatlamoqda.

Ma’lumot uchun: oxirgi marta bog‘cha puli 3 yil avval, 2021-yil 1-mayda 15%ga oshirilgandi.


👉 @xushnudbek 👈