Xushnudbek.uz
582K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.12K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Xushnudbek.uz
⚡️ Linguaskill sertifikati rasmiy imtihon markazlarida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi #abituriyent Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan quyidagi tartib belgilandi: ▶️ 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining…
❗️Linguaskill bo’yicha qo’shimcha izoh
#abituriyent

Linguskill sertifikati haqidagi ushbu qoida (ya’ni onlayn olingani o’tmaydi, imtihon markaziga borib olingani o’tadi) faqat BAKALAVR uchun taalluqli, magistraturaga aloqasi yo’q.

Magistraturada Linguaskill bilan bog’liq holat quyidagicha:

2023-yil 23-martgacha olingan va tegishli darajadagi Linguaskill sertifikati, qayerdan olinganidan qat’i nazar (onlaynmi, offlaynmi farqi yo’q) O’TADI;

2023-yil 23-martdan keyin olingan Linguaskill sertifikati, qayerdan olinganidan qat’i nazar — O’TMAYDI.

Magistratura hamda doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20051


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tegishli sport razryadlari “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan abituriyentlar imtihonlarda ishtirok etishadi
#abituriyent

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida “Sport faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga onlayn hujjat topshirishda faqatgina “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan abituriyentlar imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.

Sport faoliyati yoʻnalishi boʻyicha hujjat topshirayotgan abituriyentlar my.sport.uz havolasi orqali sport sohasidagi interaktiv xizmatlar portaliga kirib mavjud sport unvonlari yoki razryadlari haqida maʼlumot olish xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Razryad boʻlsa-yu, biroq ushbu tizimdan chiqmasa, oʻz hududida joylashgan sport tashkilotiga murojaat qilishi kerak boʻladi. Ushbu tizimga razryadlari haqida ma’lumoti kiritlmagan abituriyentlar imtihonlarga qo’yilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Ayrim pedagogika yo’nalishlarida staj bo’lmasa ham sirtqi ta’limga hujjat topshirishga ruxsat berildi
#abituriyent

Avval xabar berganimizdek, pedagogika sohasida sirtqi ta’lim shakliga umumiy qabul to’xtatilgan edi. Ya’ni 14 ta pedagogik yo’nalishda sirtqi ta’lim butunlay yopilgan (ro’yxati yuqoridagi suratda), qolgan yo’nalishlarga esa faqat 5 yil pedagogik stajga ega xodimlargina hujjat topshira oladigan bo’lgandi.

Aytaylik, joriy yilda maktabni tugatgan abituriyent hech qaysi pedagogika yo’nalishiga sirtqi ta’lim uchun hujjat topshira olmas edi (kunduzgi va kechki ta’limda bunday taqiq yo’q).

Endilikda Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan, ayrim pedagogik yo’nalishlarning sirtqisiga hujjat topshirishga ruxsat berildi. Aniqrog’i 5 yillik staj talab etiladigan yo’nalishlarning aniq ro’yxati tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

👆Mana shu 5 ta yo’nalishning sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘ta oladi. Boshqalarga hujjat topshirishga ruxsat yo’q.

Yuqoridagi 5 ta yo’nalishdan boshqa barcha pedagogik yo’nalishlarning sirtqisiga esa istalgan abituriyentlar hujjat topshira oladi. Masalan:

🔸Pedagogika;
🔸Maktabgacha taʼlim;
🔸Tarix;
🔸Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport;
🔸Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi.

Shu kabi ta’lim yo‘nalishlarining sirtqisiga hujjat topshirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staji talab etilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
“Perevod” imtihonida qaysi fanlardan imtihon bo’ladi?
#perevod

Xorijdagi OTMlardan yoki yurtimizdagi nodavlat va xorijiy OTMlardan davlat oliygohlariga o’qishni ko’chirish uchun talabgorlar imtihon topshirishlari kerak. Imtihonda belgilangan o’tish balini olgan talabalarga “perevod” uchun ruxsat beriladi.

2023-yil uchun o’tish ballari mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20079

Ko’pchilik joriy yilgi “perevod”da qaysi fandan imtihon olinishi haqida savol bermoqda. Buning javobi quyidagicha:

joriy yilgi “perevod”da o’tgan yilgi qabulda qaysi fanlardan imtihon olingan bo’lsa, o’shalardan imtihon olinadi. Bular:

👉 Majburiy fanlar bloki:
(barcha yo’nalish uchun tushadi)

1) Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)
2) Matematika
3) O‘zbekiston tarixi

Uchala fanning har biridan 10 tadan savol tushadi, har biri uchun 1,1 ball beriladi.

Majburiy blokdan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

👉 Taʼlim yo‘nalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar:
(yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi)

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3,1 ball;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 2,1 ball.

Mutaxassislik fanidan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

⌛️ O‘ylash uchun jami 3 soat vaqt.

XULOSA: joriy yil “perevod” imtihonida 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball.

Yurisprudensiya yo’nalishlarida qaysi fandan imtihon bo’ladi?

Buning javobi ham oddiy. O’tgan yili qaysi fandan test bo’lgan bo’lsa, bu yil ham shundan bo’ladi. Ya’ni o’tgan yili yurisprudensiya yo’nalishi uchun tarix fani 1-blok asosiy mutaxassislik fani bo’lgan. Shu sababli joriy yilgi “perevod” imtihonida ham tarixdan savol beriladi, huquqdan emas.

Chunki huquqdan birinchi marta bu yil test savollari tushadi. Bu degani kelgusi yilgi “perevod” imtihonlarida yurisprudensiya yo’nalishlari uchun huquqdan savol tushadi, tarixdan emas.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev:

“Mana, keyingi paytda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiryapmiz.

Ayni paytda oldimizda yangi, yana-da muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qurʼoni karim yoqib yuborilganini “yovuz harakat” deb atadi va keskin qoraladi

“Ayni vaqtda biz radikalizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlariga, turli millat va xalqlarning diniy qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatishga mutlaqo qarshimiz.

Jumladan, yaqinda Shvetsiyada sodir etilgan, muqaddas Qurʼoni karimni yoqib yuborishdek yovuz harakatlarni keskin qoralaymiz.

Yer yuzidagi millionlab insonlarning dinu diyonati, ezgu hissiyotlarini haqorat qiladigan bunday holatlarga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


👉 @xushnudbek 👈
Energetika sohasida ayrim tayinlovlar amalga oshirildi

Bahodirjon Sidiqov
— «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga;

Alisher Agzamov — «UzGasTrade» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga;

Bahodir Jurayev — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga;

Isaqulov Sardor Dadajonovich — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi

Bu haqda toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

“Biz madaniyat va sanʼat sohalari vakillari, muzey va kutubxonalar xodimlari ish haqini kelgusi yetti yilda 3 karra oshiramiz.

Bunda, maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi.

Shuningdek, kelgusi yetti yilda kutubxonalarning 40 millionga yaqin kitob fondi to‘liq raqamlashtiriladi va ularning yagona katalogi yaratiladi.

Umuman, 2030-yilga qadar mamlakatimizdagi barcha kutubxonalar to‘liq taʼmirlanadi. Shu maqsadda 500 milliard so‘m ajratamiz”, – dedi nomzod.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov:

“Yashil makon” loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq ekilmagan ko‘chatlar hisobotga “ekildi” deb qo‘shib yozilgan;

sug‘orib bo‘lmaydigan joylarga 7,3 million tup nihol o‘tqazilgan;

ekilgan 1,8 million tup ko‘chatni saqlash va parvarishlash uchun tegishli masʼullar belgilanmagan.


👉 @xushnudbek 👈
Pedagogik faoliyatga oid ish staji qanday aniqlanadi?
#abituriyent

Sirtqi ta’lim shaklidagi quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish staji talab etiladi:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

👨🏻‍💻 Ushbu ta’lim yo‘nalishlariga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

🖥 Abituriyentlarning mazkur toifaga kirish yoki kirmasligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli axborot tizimi orqali aniqlanadi.

Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda vazirlikning axborot tizimi orqali staj bor yoki yo’qligi avtomat tekshiriladi.

❗️ Agar abituriyent 5 yillik pedagogik stajga ega bo‘lsa-yu, lekin tizimda bu tasdiqlanmasa, unda o‘zi faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasiga (maktabga) murojaat qilishi lozim.

❇️ Boshqa pedagogik ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Urganch shahrining sobiq hokimi Shuhrat Abdullayevga sud hukmi o'qildi

Sobiq hokim Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Shuningdek, Shuhrat Abdullayev 2 yilga muayyan huquqdan, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan.


👉 @xushnudbek 👈
6-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 209 ming 387 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 107 ming 027 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 102 ming 360 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.


👉 @xushnudbek 👈
❗️“Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, taʼlim yo‘nalishi va taʼlim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi” — prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev:

Kelgusi o‘quv yilidan:

— bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to‘liq davlat grantiga o‘tkazamiz;
— magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;
— kadrlar yetishmaydigan, taʼlim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Bunda, buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga, ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yamiz.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi 25 foizga qisqartiriladi va ularning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi. Eng muhimi, bunda ularning ish haqi kamaytirilmaydi — Shavkat Mirziyoyev.


👉 @xushnudbek 👈
Ayni kunlarda bo’lib o’tayotgan Toshkentdagi xalqaro darajadagi yirik tadbirda spiker sifatida ishtirok etayotgan Jahon banki transport sho‘basining moliya mutaxassisi Konstantino Navvaro Garsiya O‘zbekiston bilan muloqotni kuchaytirish haqida ma’lum qilgan.

O‘zbekistonda transport sohasiga qaratilayotgan e’tibordan xursand bo‘ldim.
O‘zbekiston bilan o‘zaro muloqotni kuchaytirishni va uning ochiqligini ta’minlashni taklif qilaman, - degan Garsiya.

Tadbirlarning muhim voqealari bilan quyidagi sayt orqali tanishib borishingiz mumkin:
https://eventhalltashkent.com


👉 @xushnudbek 👈
❗️Hududlarimizda qurilayotgan uylarning 25-30 foizi professor-o‘qituvchilarga imtiyozli shartlarda beriladi.

Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.


👉 @xushnudbek 👈
Urush targ’ibotchisi va moliyachisi bo’lgan Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti qoldirildi

Joriy yilning 23-oktabr kuni rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning "Xalqlar do‘stligi" saroyida konsert dasturi belgilangan edi.

Madaniyat va turizm vazirligining ma’lum qilishicha, ayrim texnik sabablarga ko‘ra, konsert dasturi qoldirilgan. Muxlislar sotib olingan chiptalar pulini tegishli tartibda qaytarib olishlari mumkin.

Grigoriy Lepsning Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi konserti ham bekor qilingan.

Ta’kidlash joiz, ushbu konsert xuddi “Jara” festivali kabi jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo’lgan edi. Sababi Grigoriy Leps Ukraina bilan urushni to’liq qo’llab-quvatlaydi va hattoki uni moliyalashtiradi ham. Shu sababli bu kabi san’atkorlarni O’zbekistonda konsert berishidan faollar norozi bo’lishmoqda va ularni boykot qilishga chaqirmoqda.

Jumladan, bloger Nurbek Alimov bu haqda shunday yozadi:

“So‘nggi paytlarda juda ko‘plab Rossiyalik artistlar o‘zbekistonga tashrif buyurishyapti. Ularni boshqa ko‘plab davlatlar boykot qilayotganligi sababli O‘zbekiston birrov kelib soqqa qilib ketish maydoniga aylangan.

Men ushbu urushni qoralagan va hattoki neytral bo‘lgan artistlarning ham bizga kelishiga absolyutno qarshimasman. Shaxsan o‘zim Rossiyaning Splin va Bi-2 rok guruhlarining konsertlariga pul sarflab bordim.

Ammo, urushni ilohiylashtirayotgan, targ‘ib qilayotgan, urushga motivatsiya berayotgan artistlar bizning betaraf harbiy doktrinaga ega bo‘lgan davlatimizga kelib, tinchliksevar xalqimizning pulini olib ketishiga va bu pullardan urushni moliyalashtirishiga shu davlat fuqarosi sifatida qarshiman. Ushbu masaladagi mening fuqarolik pozitsiyam shunday”, — deb yozgan bloger.

P/S: mening ham pozitsiyam xuddi shunday bo’lgani uchun, sizlar bilan ulashib qo’ydim.


👉 @xushnudbek 👈
Uy olaman deb aldanganlar: mingdan ortiq jabrlanuvchi va 300 mlrd so’m zarar

Toshkent shahrida “Aziya Invest Favorit” MChJ qurilish kompaniyasi tegishli hududda turar joy majmuasi qurishga ruxsati bo‘lmagan holda fuqarolardan hali qurilmagan kvartiralar uchun to‘lovlarni qabul qilib olgan.

Uy esa qurilmagan. Mingdan oshiq odamlar pullarini qaytarib ololmayapti. Kun.uz'ning yozishicha, yetkazilgan zarar 300 mlrd so‘mdan oshadi.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qonunbuzarlar tergovdan yashirinishgan.

Nikita Makarenkoning yozishicha, ushbu masala yuzasidan Bosh vazir o’rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida Hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiyaga 20-iyulga qadar muammoli vaziyatga yechim topish, uy-joy kompleksi qurilish ishlarini qanday qilib oxiriga yetkazish bo’yicha taklif ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 15-iyul kuni boshlanadi
#abituriyent

Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor ariza.piima.uz saytiga kiritgan telefon raqamga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

Imtihonlar ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

1-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida);

2-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)

Imtihon natijalari agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈