Xushnudbek.uz
571K subscribers
10.1K photos
2.61K videos
220 files
8.73K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
🚇 Qurbon hayiti munosabati bilan 28-iyun kuni Toshkent metrosi tonggi soat 4 dan ish boshlaydi va doimiy jadval asosida kech soat 00:00 ga qadar o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.

🚌 Shuningdek, bayram kuni Toshkent shahridagi 151 ta avtobus yo‘nalishlariga jami 1060 ta avtobus ishga chiqariladi. Ular soat 4:00 dan boshlaydi.

🕌 Bundan tashqari, Toshkentdagi hayit namozi o‘qiladigan 100 ga yaqin masjidlarga kelib ketishni ta’minlash uchun soat 03:00 dan soat 05:00 gacha bo‘lgan vaqt mobaynida vaqtinchalik 60 ta maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilib, bu yo‘nalishlarga 160 ta avtobus chiqariladi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi?
#abituriyent

JAVOB: davlat granti uchun kvota ajratilmagan taʼlim shakllarida o‘z-o‘zidan faqat to‘lov-kontrakt uchun tanlov bo‘ladi.

Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Ta’lim yo’nalishi».

Bu ikkalasining maʼnosi qanaqaligini mana bu yerda tushuntirganman.

Ammo o’tgan yildan boshlab bir nechta taʼlim shakllarini aralash tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Shu sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda sirtqi yoki kechki taʼlim shakllarida tanlov qanaqa bo‘ladi, axir ularda davlat granti yo‘q-ku deb.

Buni so‘zda tushuntirish biroz mushkulroq, shu sababli ikkala ustuvorlik uchun ham alohida chizma tayyorladim. Shunda ketma-ketlik qanaqa bo‘lishini osonroq tushunib olishingiz mumkin.

Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi tashlab ketiladi xolos.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent – Shahrisabz Termiz (M-39) yo‘li qayta quriladi

Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

“Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki ko‘magida “Toshkent Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi tezyurar avtomobil yo‘llari quriladi. Bunga 4 milliard dollar investitsiya kiritiladi.

Natijada ushbu yo‘nalishlarda manzilga yetib borish vaqti 2 barobar qisqaradi.

Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki ko‘magida Toshkent – Shahrisabz Termiz (M-39) yo‘li qayta quriladi, “Samarqand – Buxoro – Olot” yo‘li taʼmirlanadi. Bunga 300 million dollar ajratamiz”, – dedi nomzod.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Mudofaa vazirligi bayonoti:

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari harbiy texnikalarda Rossiya Federatsiyasiga yordam berish uchun poligon hududida shay boʻlib turgani, ammo vaziyat oʻzgargani uchun borishdan qoldirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan.


👉 @xushnudbek 👈
Qurbonlik qilish shartlari haqida ayrim maʼlumotlar

Ertaga Arafa, indinga Qurbon Hayiti. Shu sababli ko‘pchilikka foydasi tegishi mumkin, degan ilinjda qurbonlik qilish shartlari haqidagi baʼzi maʼlumotlarni yetkazmoqchimiz.

Ushbu videoda yanada batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:

https://youtu.be/lyazA4JPKoY

Qurbonlik kimlarga vojib?

Aql-hushi joyida, balog‘atga yetgan, muqim (musofir bo‘lmagan), zakot yoki mulkida hojati asliyasidan ortiqcha 85 gr tilla (taxminan 36 mln so‘m) yoki 596 gr kumush qiymatiga teng narsasi bor kishilarga qurbonlik vojib bo‘ladi. Oila aʼzolaridan kimning zimmasiga qurbonlik vojib bo‘lsa har birlari alohida qurbonlik qiladilar. “Bitta oiladan bitta qurbonlik kifoya” degan hukm yo‘q.

Qurbonlik qilish vaqti qachon?

• qurbonlik hayit namozi o‘qib bo‘lingandan keyin boshlanadi;
• hayitning uchinchi kuni quyosh botishi bilan tugaydi. 

Qaysi hayvonlarni qurbonlik qilish mumkin?

Qurbonlik quyidagi hayvonlardan birini so‘yish bilan ado topadi: 🐏qo‘y, 🐐echki, 🐂qoramol va 🐫tuya.

Ushbu hayvonlardan boshqa hayvonlar (masalan, ot, xo‘roz) qurbonlik o‘rniga o‘tmaydi.

Qurbonlikning qiymatini sadaqa qilish mumkinmi?

Qurbonlik talab etilgan jonliqlardan birini so‘yish orqali ado etiladi. Jonliqni so‘ymay, jonliqni yoki uning miqdoriga teng mablag‘ni berish qurbonlik hisoblanmaydi. Balki sadaqa hisoblanadi.

Qurbonlik go‘shti qanday taqsimlanadi?

Ulamolarimiz qurbonlikning go‘shtini uchga bo‘lib, bir qismini oila aʼzosi bilan yegani, ikkinchi qismini qarindosh-urug‘, quda-anda, tanish-bilish, qo‘ni-qo‘shniga bergani, uchinchi qismini yetim-yesir, kambag‘al-muhtojlarga tarqatgani yaxshi, deyishgan. Lekin bu majburiy talab emas.

Qurbonlikdan maqsad uni so‘yishdir. Taqsimlash esa kishining ixtiyoridagi amal. Bu borada vaziyatga qarab ish tutishi ham mumkin. Masalan oilasi ko‘pchilikdan iborat bo‘lsa, hammasini o‘ziga olib qolishi, o‘ziga to‘q bo‘lsa, ko‘prog‘ini tarqatib yuborsa ham bo‘laveradi. Muhtojlarga ko‘prog‘ini tarqatishi afzalroq.

Qurbonlik go‘shtidan yoki terisini qassobga ish haqi qilib bersa bo‘ladimi?

Qurbonlikning go‘shtidan yoki terisidan yoki unga tegishli biror-bir aʼzosini qurbonlikni so‘ygan qassobga xizmat haqqi sifatida berish mumkin emas. Bunday qilinsa, qurbonlik hisobga o‘tmaydi.

Qurbonlik qiluvchi qassobning haqqini o‘z hisobidan berib bo‘lgandan keyin, qassobga ehson sifatida qurbonlikning go‘shti, yog‘i, terisi kabi narsalaridan bersa bo‘ladi.

Shuningdek, qurbonlik go‘shti va terisini sotib bo‘lmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
O’zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqdi!

Terma jamoamiz Osiyo Kubogining chorak finalida Saudiya Arabistoni ustidan 2:0 hisobida g’alaba qozondi va turnirning yarim finaliga yo’l oldi.

Shuningdek, yigitlarimiz bu g’alaba ortidan Jahon chempionati yo’llanmasini ham qo’lga kiritdi.

⚽️Gollar: Ollabergan Karimov 79‘, Dilshod Abdullayev 83‘.

👏🏻Barakalla, yigitlar!

U-17 terma jamoamiz endi Osiyo kubogi yarim finalida Janubiy Koreyaga qarshi to’p suradi.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga Qurbon hayitining ilk kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram kuni, bugun esa arafa. Demak, bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga haqli.

Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

Hayit munosabati bilan xodimlar necha kun dam olishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/19907


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigi yo‘lladi.

Shuningdek, Prezident bir guruh soha xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.

Taqdirlaganlardan ayrimlari:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Nuritdinov Xayrulla Bokidjonovich - MTRK «O‘zbekiston 24» teleradiokanali» davlat muassasasi direktori
 
«Do‘stlik» ordeni bilan

Sadikov Xusanbori Mirganiyevich - «Mushtum» jurnali bosh rassomi

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Kamilov Sardor Abduraximovich - «Milliy telekanal» bosh muharriri va prodyuseri
 
«Sog‘lom turmush» medali bilan

Fayziyev Davron Axmedjanovich - O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining marketing va media bo‘limi boshlig‘i
 
«Shuhrat» medali bilan

Axmedov Ibroxim Raximovich - «Grand» radiostansiyasi bosh muharriri va boshlovchisi
Axmedov Qobuljon Xoliqovich - «Mening yurtim» telekanali bosh direktori
Davletova Nozimaxon Eldarovna - Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori
Jo‘rayev Olim Ergashevich - Buxoro viloyati hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi
Ismailov Muzaffar Abdullayevich - «DaryoUz» veb-sayti rahbari
Nasirova Irodaxon Xusanovna - «Zo‘r TV» telekanalining prodyuseri va boshlovchisi
Rizayev Akbar Mansurovich - AOKA Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi boshlig‘i
Urinbayeva Sevara Kuchkaraliyevna - Adliya vazirligining Axborot xizmati rahbari – jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i

👏🏻Davlat mukofoti bilan taqdirlangan barcha hamkasblarimizni chin dildan tabriklayman.


👉 @xushnudbek 👈
Shahar va tumanlardagi markaziy parklarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinadi — Shavkat Mirziyoyev

Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qo‘qon kabi turistik majmualarda, shahar va tumanlardagi markaziy parklarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinadi.

Shu bilan birga, o‘z hisobidan  kutubxona barpo etayotgan tashabbuskorga 1 mingtadan o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari olib beriladi. 

Ular davlat hisobidan kompyuter bilan jihozlanib, Milliy kutubxona bazasiga ulanadi”, – dedi nomzod.


👉 @xushnudbek 👈
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev:

“Dunyoning “Top-100”ta oliygohiga grantga kirgan o‘g‘il-qizlarimizga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi.

Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. 

Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Uzum va Click birlashishi haqida

Tan olish kerak, O’zbekiston fintex bozorida ancha rivojlanib ketdi. Elektron to’lov tizimlari kundalik hayotimizga aylanib qoldi. Natijada bozor kattalashdi, katta bozor bor joyga yirik investorlar, ya’ni “katta o’yinchilar” ham kirib kelishi tabiiy.

Masalan, yaqindagina Gruziyaning TBC banki Payme to’lov tizimini to’liq sotib olgandi. Endi esa ularga raqobatchi sifatida Uzum hamda Click to’lov tizimi birlashayotgani haqida xabarlar chiqdi.

Katta kompaniyalarning birlashishi odatda uzoq jarayonlarni talab etadi, shunchaki bir kunda “biz birlashdik” deb e’lon qilish kifoya emas. Hali bir dunyo hujjatlar to'plamini ishlab chiqish kerak, investitsiyaviy va moliyaviy tekshiruvlar o’tkazishi kerak, barcha ikir-chikirlarini kelishib olish kerak va h.k. Shundan so’ng yana bir majburiy talab bo’ladi: barcha tegishli hujjatlarni Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasiga topshirish shart.

Rasmiy talablar o’z yo’liga, lekin birlashayotgan yirik kompaniyalar o'z mijozlari uchun kelgusi rejalari va o’zgarishlar haqida oldindan batafsil xabar berib turishlari maqsadga muvofiq, chunki iste’molchilar ularni nima kutayotganini bilishga haqli.


👉 @xushnudbek 👈
Pavel Durov Telegram’da ham Stories paydo bo‘lishini ma’lum qildi

Rejalar:
▪️foydalanuvchilar Stories’larini kimlar koʻra olishini tanlashlari mumkin boʻladi;
▪️foto va videolarni bir vaqtning o'zida smartfonning ikkita kamerasidan — old va orqa tomondagidan olish mumkin;
▪️Stories’larni 6, 12, 24, 48 soat yoki doimiy muddatga joylash mumkin.

Hozirda Telegram Stories sinovining yakuniy bosqichi ketmoqda va iyul oyi boshida ishga tushirilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Vanihoyat, Hukumat qarori (263-son, 26.06.2023 y.) bilan Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi meʼyorlari tasdiqlandi. Jumladan, maktab o‘qituvchilarining mehnat taʼtili 56 kun deb belgilandi.

Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, yakshanba kuni ham taʼtilga qo‘shib hisoblanayotgani sababli maktab o‘qituvchilarining taʼtilini belgilashda muammo yuzaga kelayotgan edi. Aniqrog‘i ularning taʼtil kuni va puli kamayib qolgandi. Endilikda bunday muammo bo‘lmaydi, degan umiddamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jurnalist hamda blogerlarni tabrikladi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti arafasida ikki nafar marhum diniy ulamoni «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlash haqidagi farmonni imzoladi.

Bular:

— shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy);

— shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy).


👉 @xushnudbek 👈