Fanlar majmuasi Yangi yo'nalishlar 2023.pdf
266.9 KB
Joriy yilda 97 ta yangi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari tashkil etildi
#abituriyent
Ularga qaysi fanlardan imtihon bo’ladi?
Yangi tashkil etilgan yo’nalishlarga mos test sinovi yoki kasbiy/ijodiy imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi yuqoridagi faylda ko’rsatilgan.
Barcha fanlar majmuasi bu yerda.
👉 @xushnudbek 👈

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya mudofaa vazirligiga qarshi. Asosiy maʼlumotlar:
Hammasi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) rahbari Yevgeniy Prigojinning bayonotidan so‘ng boshlandi. U Rossiya Mudofaa vazirligini “Vagner” jangchilari joylashgan lagerlarga zarba berishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida ko‘plab “Vagner” jangchilari halok bo‘lgan. Shundan so‘ng Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligiga qarshi urush ochib, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va uning birinchi o‘rinbosari Valeriy Gerasimovni “Vagner”ga topshirishlarini talab qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi, Milliy antiterror qo‘mitasi va Federal xavfsizlik xizmati ketma-ket bayonotlari bilan chiqib, XHK tomon zarba berilgani haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytishdi. Prigojinga nisbatan davlat to’ntarishi ayblovi bilan jinoyat ishi qo’zg’atildi.
Voqealar fonida Rossiyaning turli viloyatlari, xususan poytaxt Moskva va uning viloyatida xavfsizlik choralari kuchaytirilib, barcha muhim obyektlar qo‘riqlanmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Prigojin qo‘l ostidagi “Vagner” XHK ayni paytda Rostov viloyatining katta qismini o‘z nazoratiga olgan. Xususan, yuqoridagi videodan ko’rinadiki, Prigojin Rostovdagi harbiy okrugda Rossiya mudofaa vaziri o’rinbosari Yevkurov va Bosh shtab boshlig’i o’rinbosari Alekseyev bilan gaplashgan hamda Shoygu va Gerasimov ularga topshirilmasa, Moskva tomon yurish qilishini bildirgan.

Xushnudbek.uz
❗️“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya mudofaa vazirligiga qarshi. Asosiy maʼlumotlar: Hammasi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) rahbari Yevgeniy Prigojinning bayonotidan so‘ng boshlandi. U Rossiya Mudofaa vazirligini “Vagner” jangchilari joylashgan…
❗️Vladimir Putin Yevgeniy Prigojinning isyonini “vatanga xiyonat” deb atadi
Rossiya prezidenti jonli efirda murojaat qildi va bu holatni “orqadan urilgan pichoq” deya baholadi. Lekin Putin o’z murojaatida Prigojin familiyasini biror marta tilga olmadi.
Biz esa o’z navbatida Rossiyada bo‘lib turgan yurtdoshlarimizga, O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qilmoqchimiz. Iltimos, o‘zingizni ehtiyot qiling, imkon bo’lsa, ko‘chaga chiqmang va bu kabi voqealarga umuman aralashmang.

Forwarded from Xushnudbek.uz
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.
‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Javoblar chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.

❗️“Vagner” XHK Moskvaga yurishini to’xtatib, ortga qaytmoqda
Yevgeniy Prigojin tomonidan e’lon qilingan 1 daqiqalik audioxabarda shunday deyiladi:
““Vagner” XHKni tarqatib yubormoqchi bo‘lishdi. Biz 23-iyun kuni “Adolat marshi”ga chiqdik. Bir sutkada biz Moskvaga ostonasiga 200 kilometr masofa qolgungacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdik. Bu vaqt ichida jangchilarimizdan bir tomchi ham qon to‘kilgani yo‘q.
Endi rus qoni to'kilishi mumkin bo'lgan fursat yetib keldi. Shu sababli, qon to’kilish xavfi yuzaga kelgani uchun, barcha mas'uliyatni tushungan holda, biz kolonnamizni ortga buramiz hamda rejamiz bo‘yicha qarama-qarshi yo‘nalishda dala lagerlari tomon jo‘nab ketamiz”, — dedi Prigojin.
Avvalroq Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Putin bilan kelishgan holda kun davomida Prigojin bilan muzokaralar olib borgani ma’lum qilindi. Belarus Prezidentining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Prigojin tinchlik sulhiga rozi bo’lgan. Ammo rasmiy xabarda sulh shartlari ochiqlanmagan.
Ayrim nashrlar o’z manbalariga tayanib xabar berishicha, Lukashenko bergan taklifga ko’ra, Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinadi, Yevgeniy Prigojin va “Vagner” jangchilariga esa to’liq xavfsizlik kafolati beriladi hamda ular asosiy e’tiborini Afrikadagi loyihalarga qaratadi. Ammo hozircha bu xabarlar rasman tasdiqlanmadi.

🎞 Shokir Xoliqovning “Yakshanba” filmi Shanxay xalqaro kinofestivalida e’tirof etildi.
Xoliqovning festival doirasida premyera qilingan “Yakshanba” filmi “Osiyoning yangi iqtidorlari” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi va festival oltin kubogi bilan taqdirlandi.
Shanxay xalqaro kinofestivali (SIFF) A toifasida dunyoning eng nufuzli 10 ta festivallaridan biri, Osiyoning esa uchinchi raqamli yirik festivali bo’lib, 1993-yildan beri Shanxay shahrida o‘tkaziladi.
Amerikaning hollywoodreporter.com hamda variety.com nashrlarida ham Shokir Xoliqovning ushbu g‘alabasiga bag‘ishlab maqolalar e’lon qilingan.

⚡️ RASMAN: Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’ladi
Prezident farmoniga binoan 29-iyun (payshanba) kuni ham ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni sifatida e’lon qilindi.
Demak, quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:
• 28-iyun, chorshanba (Qurbon hayiti);
• 29-iyun, payshanba (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
• 30-iyun, juma (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
• 1-iyul, shanba (6 kunliklar uchun qo’shimcha dam olish kuni);
• 2-iyul, yakshanba.

Minus olti. Qabul boshlanganiga 6 kun bo‘ldi, kvotalar haligacha eʼlon qilinmadi
#abituriyent
20-iyundan qabul jarayonlariga start berildi. Abituriyentlar doimgidek beshtagacha yo‘nalishni tanlashlari mumkin (ijodiy imtihoni bor yo‘nalishlarda faqat bitta tanlanadi).
Ammo haligacha quyidagi kvotalar eʼlon qilinmadi:
1) davlat granti bo‘yicha tillar kesimida kvota;
2) to‘lov-kontrakt kvotalari (na umumiy, na tillar kesimida);
3) maqsadli qabul, turli toifadagi imtiyozlar (masalan, nogironlar, harbiylarning farzandlari, harbiy tavsiyanomaga egalar va h.k.) uchun ajratilgan kvotalar.
Aslida qonunchilikka ko‘ra, ushbu maʼlumotlar 20-iyungacha eʼlon qilinishi kerak edi. Olti kunga kechikmoqda.
Ko‘ramiz, joriy yildagi to‘laqonli kvotalar qachon eʼlon qilinar ekan…

🚇 Qurbon hayiti munosabati bilan 28-iyun kuni Toshkent metrosi tonggi soat 4 dan ish boshlaydi va doimiy jadval asosida kech soat 00:00 ga qadar o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.
🚌 Shuningdek, bayram kuni Toshkent shahridagi 151 ta avtobus yo‘nalishlariga jami 1060 ta avtobus ishga chiqariladi. Ular soat 4:00 dan boshlaydi.
🕌 Bundan tashqari, Toshkentdagi hayit namozi o‘qiladigan 100 ga yaqin masjidlarga kelib ketishni ta’minlash uchun soat 03:00 dan soat 05:00 gacha bo‘lgan vaqt mobaynida vaqtinchalik 60 ta maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilib, bu yo‘nalishlarga 160 ta avtobus chiqariladi.

❓Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi?
#abituriyent
✅ JAVOB: davlat granti uchun kvota ajratilmagan taʼlim shakllarida o‘z-o‘zidan faqat to‘lov-kontrakt uchun tanlov bo‘ladi.
Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Ta’lim yo’nalishi».
Bu ikkalasining maʼnosi qanaqaligini mana bu yerda tushuntirganman.
Ammo o’tgan yildan boshlab bir nechta taʼlim shakllarini aralash tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Shu sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda sirtqi yoki kechki taʼlim shakllarida tanlov qanaqa bo‘ladi, axir ularda davlat granti yo‘q-ku deb.
Buni so‘zda tushuntirish biroz mushkulroq, shu sababli ikkala ustuvorlik uchun ham alohida chizma tayyorladim. Shunda ketma-ketlik qanaqa bo‘lishini osonroq tushunib olishingiz mumkin.
Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi tashlab ketiladi xolos.

Toshkent – Shahrisabz – Termiz (M-39) yo‘li qayta quriladi
Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
“Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki ko‘magida “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi tezyurar avtomobil yo‘llari quriladi. Bunga 4 milliard dollar investitsiya kiritiladi.
Natijada ushbu yo‘nalishlarda manzilga yetib borish vaqti 2 barobar qisqaradi.
Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki ko‘magida Toshkent – Shahrisabz – Termiz (M-39) yo‘li qayta quriladi, “Samarqand – Buxoro – Olot” yo‘li taʼmirlanadi. Bunga 300 million dollar ajratamiz”, – dedi nomzod.

⚡️ Mudofaa vazirligi bayonoti:
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari harbiy texnikalarda Rossiya Federatsiyasiga yordam berish uchun poligon hududida shay boʻlib turgani, ammo vaziyat oʻzgargani uchun borishdan qoldirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan.

Qurbonlik qilish shartlari haqida ayrim maʼlumotlar
Ertaga Arafa, indinga Qurbon Hayiti. Shu sababli ko‘pchilikka foydasi tegishi mumkin, degan ilinjda qurbonlik qilish shartlari haqidagi baʼzi maʼlumotlarni yetkazmoqchimiz.
Ushbu videoda yanada batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:
https://youtu.be/lyazA4JPKoY
❓Qurbonlik kimlarga vojib?
Aql-hushi joyida, balog‘atga yetgan, muqim (musofir bo‘lmagan), zakot yoki mulkida hojati asliyasidan ortiqcha 85 gr tilla (taxminan 36 mln so‘m) yoki 596 gr kumush qiymatiga teng narsasi bor kishilarga qurbonlik vojib bo‘ladi. Oila aʼzolaridan kimning zimmasiga qurbonlik vojib bo‘lsa har birlari alohida qurbonlik qiladilar. “Bitta oiladan bitta qurbonlik kifoya” degan hukm yo‘q.
❓Qurbonlik qilish vaqti qachon?
• qurbonlik hayit namozi o‘qib bo‘lingandan keyin boshlanadi;
• hayitning uchinchi kuni quyosh botishi bilan tugaydi.
❓Qaysi hayvonlarni qurbonlik qilish mumkin?
Qurbonlik quyidagi hayvonlardan birini so‘yish bilan ado topadi: 🐏qo‘y, 🐐echki, 🐂qoramol va 🐫tuya.
Ushbu hayvonlardan boshqa hayvonlar (masalan, ot, xo‘roz) qurbonlik o‘rniga o‘tmaydi.
❓Qurbonlikning qiymatini sadaqa qilish mumkinmi?
Qurbonlik talab etilgan jonliqlardan birini so‘yish orqali ado etiladi. Jonliqni so‘ymay, jonliqni yoki uning miqdoriga teng mablag‘ni berish qurbonlik hisoblanmaydi. Balki sadaqa hisoblanadi.
❓Qurbonlik go‘shti qanday taqsimlanadi?
Ulamolarimiz qurbonlikning go‘shtini uchga bo‘lib, bir qismini oila aʼzosi bilan yegani, ikkinchi qismini qarindosh-urug‘, quda-anda, tanish-bilish, qo‘ni-qo‘shniga bergani, uchinchi qismini yetim-yesir, kambag‘al-muhtojlarga tarqatgani yaxshi, deyishgan. Lekin bu majburiy talab emas.
Qurbonlikdan maqsad uni so‘yishdir. Taqsimlash esa kishining ixtiyoridagi amal. Bu borada vaziyatga qarab ish tutishi ham mumkin. Masalan oilasi ko‘pchilikdan iborat bo‘lsa, hammasini o‘ziga olib qolishi, o‘ziga to‘q bo‘lsa, ko‘prog‘ini tarqatib yuborsa ham bo‘laveradi. Muhtojlarga ko‘prog‘ini tarqatishi afzalroq.
❓Qurbonlik go‘shtidan yoki terisini qassobga ish haqi qilib bersa bo‘ladimi?
Qurbonlikning go‘shtidan yoki terisidan yoki unga tegishli biror-bir aʼzosini qurbonlikni so‘ygan qassobga xizmat haqqi sifatida berish mumkin emas. Bunday qilinsa, qurbonlik hisobga o‘tmaydi.
Qurbonlik qiluvchi qassobning haqqini o‘z hisobidan berib bo‘lgandan keyin, qassobga ehson sifatida qurbonlikning go‘shti, yog‘i, terisi kabi narsalaridan bersa bo‘ladi.
Shuningdek, qurbonlik go‘shti va terisini sotib bo‘lmaydi.

YouTube
Qurbonlik qanday qilinadi? Batafsil video qo'llanma | Hasanxon Yahyo Abdulmajid
Қурбонлик қандай қилинади? Батафсил видео қўлланма | Ҳасанхон Яҳё Абдулмажид
* * * * *
«...Yaxshilik va taqvo yo'lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo'lida hamkorlik
qilmang. Allohga taqvo qiling...». (Moida surasi, 2-oyat).
Islom.uz portali faoliyatidagi…

O’zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqdi!
Terma jamoamiz Osiyo Kubogining chorak finalida Saudiya Arabistoni ustidan 2:0 hisobida g’alaba qozondi va turnirning yarim finaliga yo’l oldi.
Shuningdek, yigitlarimiz bu g’alaba ortidan Jahon chempionati yo’llanmasini ham qo’lga kiritdi.
⚽️Gollar: Ollabergan Karimov 79‘, Dilshod Abdullayev 83‘.
👏🏻Barakalla, yigitlar!
U-17 terma jamoamiz endi Osiyo kubogi yarim finalida Janubiy Koreyaga qarshi to’p suradi.