Xushnudbek.uz
586K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.11K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari yakunlandi

🏢 Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 19–20-avgust kunlari o’tkazilgan test sinovlarida 40 ming 897 nafar talabgor ishtirok etdi.

2 ming 902 nafar talabgor qatnashmagan bo‘lsa, 83 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Bugun, 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari bugun kechki payt my.uzbmb.uz saytida e'lon qilinadi.

📱Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin bo‘ladi.

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent

O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.

‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2024-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.

2023-yilgi narxlar mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/21116

4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?

Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:

o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);

1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;

2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;

3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq
yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.

Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?

Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.

Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?

Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.

Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.

Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?

Yo‘q. 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.

O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?

Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?

Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.

Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.

Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?

Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.

56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?
Javob: https://t.me/xushnudbek/21132


👉 @xushnudbek 👈
❗️“Prava”si olib qoʻyilganlar tomonidan sodir etilgan YTHlarda 212 kishi halok boʻlgan

Senat taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganiga qaramay, qaytadan rulga oʻtirgan shaxslar 707 ta yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.

Buning oqibatida 212 nafar (!) shaxs halok boʻlgan va 546 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Umuman olganda, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar umumiy haydovchilar sonining 0,3 foizini tashkil qilgani holda, ular tomonidan sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari umumiy YTHlarning 11 foiziga toʻgʻri kelgan.


👉 @xushnudbek 👈
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
#perevod

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Bunda talabgorlar o’tish balini to’plagan bo’lsa, unda o’zi xohlagan joyga o’qishini ko’chira oladi, degani. 2024-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24554

Agar o’tish balini to’play olmagan bo’lsa, unda super-kontrakt qilishi mumkin. Super-kontrakt narxlari oddiy bakalavrniki bilan bir xil bo’ladi.

Hozircha joriy yilgi narxlar ma’lum emas. 2023-yilgi narxlar bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/21116

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston va MDHdagi boshqa davlatlar hududida Telegram messenjeri faoliyatida qisqa vaqtga uzilish kuzatildi. Faqat VPN orqali ishladi, oddiy ulanishda ochilmadi.

Hozirda Telegram faoliyati yana odatiy ish rejimi qaytgani aytilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi K.M. mansabdor tanishlari orqali “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqaroga 1,8 gektar yer maydonini 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 13 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan;

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi I.K. vakolatli tanishlari orqali fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1200 AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi #perevod Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy…
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihon natijalari ham e’lon qilindi

Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning 19-20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari kasbiy(ijodiy) imtihon natijalari qo‘shilgan holda e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 22-23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari raisligida oliy darajadagi muzokaralar va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezidentlar ikki mamlakat biznesi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈
O‘qishga kirish qiyinmi? Joriy yilda 60 ball bilan 1500 ga yaqin yo‘nalishga kontraktga kirsa bo‘lar edi
#abituriyent

O‘qishga kirish qiyin yoki osonligini ko‘rsatuvchi eng yaxshi ko‘rsatkich, bu o‘tish ballarini tahlil qilishdir. Menga doim qiziq bo‘lgan, masalan, 100 ball olgan abituriyent qayerlarga o‘qishga kira oladi? Nechta joyga bali yetgan bo‘lardi?

Yuqoridagi jadvalda davlat granti uchun 4 ming 256 ta, to‘lov-kontrakt uchun esa kunduzgi ta’limda 3 ming 215 ta, sirtqida 1 ming 458 ta, kechkida 285 ta va masofaviyda 80 ta yo‘nalishlardagi 2024-yilgi o‘tish ballarining tahlili aks etgan.

Davlat granti bo‘yicha

Davlat granti misolida ko‘radigan bo‘lsak, 100 ball olgan abituriyentlar 1 ming 532 ta yo‘nalishga grantga kira olgan. Bu umumiy yo‘nalishlarning 36% ini tashkil qiladi.

Joriy yilda 70 ball bilan 570 ta (13,4%) yo‘nalishga davlat grantiga kirish mumkin bo‘ldi.

150 ball olganlar esa 70 foiz grantga kirdi, degani bo‘lgan. Faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olgan bo‘lsa bo‘ldi.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha

Kontraktda esa kirish ballari aaaancha past. Masalan, atigi 80 ball bilan kunduzgi ta’limning 56 foiz yo‘nalishiga, sirtqida 72%, kechkida 60%, masofaviyda esa 96% yo‘nalishga kontraktga o‘qishga kirsa bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i 80 ball to‘plasa yetadi.

Yoki 60 ball bilan barcha ta’lim shakllarini qo‘shganda 1 ming 466 ta yo‘nalishga kontraktga kirish mumkin edi.

100 ball to‘plasangiz-ku, kontraktga kirish ehtimolingiz juda yuqori bo‘lgan. Masalan, kunduzgida 2 ming 286 ta (71%), sirtqida 1 ming 274 ta (87%) yo‘nalishga o‘tish ballari 100 dan past bo‘lgan.

Albatta, bu umumlashtirilgan natijalar. Ayrim talabgir yo‘nalishlarda kirish ballari yuqori bo‘lganini bilaman. Lekin unaqalar soni juda kam bo‘lgan.

Umumiy holat shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qishga kirish juda oson, faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olishga ham ko‘p narsa bog‘liq. Boshqacha aytganda, yoki orzu qilingan o‘ta nufuzli yo‘nalishga kirish uchun yetarli darajada o‘qish kerak, yoki to‘plangan ballga yarasha yo‘nalish tanlash kerak.


👉 @xushnudbek 👈
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi!

Bu safar ovoz berish 10 kun bo’ladi va 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Ovoz berish usullari:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;

2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);

3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

Barchaga omad!


👉 @xushnudbek 👈
❗️ Harbiy tizimdagi organlarda xizmatni o‘tash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

21-avgust kuni prezident bu haqdagi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra:

Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

“katta leytenant” – 3 yil;
“kapitan” – 4 yil;
“mayor” – 5 yil;
“podpolkovnik” – 6 yil”.


Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

“bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil;
“bojxona xizmati kapitani” – 4 yil;
“bojxona xizmati mayori” – 5 yil;
“bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”.


Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

“katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil;
“kapitan” harbiy unvonida – 4 yil;
“mayor” harbiy unvonida – 5 yil;
“podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”.


Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

“katta leytenant” – 3 yil;
“kapitan” – 4 yil;
“mayor” – 5 yil;
“podpolkovnik” – 6 yil”.



👉 @xushnudbek 👈
Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish boʻyicha taklif yoki qoʻshimchalar kiritish koʻzda tutilmagan, bu yolg’on, deya xabar bermoqda IIV.

Amaldagi qonunchilikka ko’ra, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20 yilga yetganidan soʻng, oʻtagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda shu muddatni 25 yilga uzaytirishmoqchi ekan, degan xabarlar tarqalgandi.


👉 @xushnudbek 👈
Kim nechanchi o‘rinda turganini qachon bilsa bo‘ladi?
#abituriyent

Joriy yilgi test sinovi natijalari chiqqach, abituriyentlar faqat o‘zining natijasini ko‘ra olayotgan edi. Ammo OTMlar kesimida umumiy ro‘yxat e’lon qilinmagan va kim nechanchi o‘rinda turganini bilib bo‘lmasdi. Avvalgi yillarda bunaqa imkoniyat bor edi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kim nechanchi o‘rinda turgani haqidagi ma’lumotlar bugun mandat.uzbmb.uz saytida e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar bo‘lsa, yana alohida xabar beramiz.


👉 @xushnudbek 👈
Markaziy saylov komissiyasining 21-avgustdagi qarori bilan beshta partiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etish uchun ijozat berildi.

Saylov kodeksining 31-moddasiga muvofiq, saylov byulleteniga siyosiy partiyalarning nomi va ramzi imzo varaqalarini MSKga topshirish ketma-ketligi asosida kiritiladi. Shunga ko‘ra, saylov byulletenida partiyalar ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi:

1️⃣ O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi;

2️⃣ “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi;

3️⃣ O‘zbekiston Ekologik partiyasi;

4️⃣ O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi;

5️⃣ O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi.



👉 @xushnudbek 👈
Bugun, 22-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈
Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi

Baliqchi tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 3,75 gektar yer maydonining 1,75 gektarini “E-auksion” orqali arzon narxda olib berish, qolgan 2 gektarini esa 2019-yildagi sana bilan tuman hokimining qarorini tayyorlab, xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida tuman Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi va tibbiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJ xodimi ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, ular ushbu masalani tuman hokimining o‘rinbosari orqali hal etishlari aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va mazkur mansabdor shaxs 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman hokimi o‘rinbosari va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi. Buning uchun onlayn ariza berish kerak, OTMga borish shartmas!

Onlayn to‘lov-shartnoma nafaqat yuqori kurslar, balki 1-kursga kirganlar uchun ham berilmoqda.

Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ariza yuborish lozim. Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun

❗️ESLATMA: super-kontrakt uchun shartnoma hali berilmayapti. Sentyabr oyining o‘rtalariga yaqin ochilsa kerak. Ungacha kutish lozim.


👉 @xushnudbek 👈