Xushnudbek.uz
597K subscribers
10.8K photos
2.76K videos
244 files
9.08K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun madhiyamizni “Olamni mahliyo aylagan Diyora” deb bir marta o’zgartirib aytsak, noto’g’ri bo’lmas-a?


👉 @xushnudbek 👈
Dastlabki 3 ta suratda O’zbekiston dzyudo maktabining eng mashhur va afsonaviy pahlavon botirlari tasvirlangan: Armen Bagdasarov, Abdulla Tangriyev va Rishod Sobirov.

Lekin mana shu dunyoga mashhur sportchilar ham Olimpiada oltin medalini qo’lga kirita olmagan edi. Bagdasarov va Tangriyev 🥈kumush medal, Sobirov esa 3 marta 🥉bronza medali olgan.

Taqdirni qarangki, dzyudo bo’yicha tariximizdagi ilk 🥇oltin medalni kapalakdek Diyora Keldiyorova olishga muvaffaq bo’ldi.

Ha, bugun Diyora tarixning bir nechta sahifasiga o’z nomini yozib qo’ydi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Diyora Keldiyorova bilan muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizimizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Shunday qizim borligidan faxrlanaman”

Shavkat Mirziyoyev va Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorovaning telefon orqali suhbati.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent

Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;

🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.

‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent

XOTIN-QIZLAR UCHUN
(qo‘shimcha 2000 ta davlat granti kvotasi)

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi111;
📍 Andijon183;
📍 Buxoro112;
📍 Jizzax81;
📍 Qashqadaryo193;
📍 Navoiy60;
📍 Namangan165;
📍 Samarqand227;
📍 Surxondaryo155;
📍 Sirdaryo50;
📍 Toshkent viloyati177;
📍 Farg‘ona221;
📍 Xorazm110;
📍 Toshkent shahri155.

O‘tgan yillardagi kabi 3 ta sohaga alohida kvota ajratilgan:

1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari.

Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.

Masalan, Andijon uchun umumiy kvota 183 ta. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 43 ta, texnika fanlari uchun 24 ta, tibbiyot fanlari uchun 29 ta kvota. Jami 96 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratilmoqda. Qolgan 87 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun beriladi.

‼️MASLAHAT: yo’nalish tanlashda e’tiborli bo’ling. Agar bilimlaringiz yuqori bo’lmasa, unda o’tish bali pastroq sohani, ya’ni TEXNIKA sohasini birinchi yo’nalish sifatida tanlang.

Sohalar kesimidagi o’tgan yilgi o’tish ballari mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20881

Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

Batafsil va aniq misollar bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20045

Eng muhim maʼlumotlar:

bu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi;
faqat KUNDUZGI taʼlim shakliga qo‘shimcha kvota berilgan. Sirtqi, kechki yoki masofaviy uchun imtiyoz qo‘llanmaydi;
❗️shu sababli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar birinchi yo’nalishga albatta kunduzgi ta’limni tanlashi kerak, yo’qsa tavsiyanoma kuchga ega bo’lmaydi;
ushbu tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

‼️ Bu 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomadan farq qiladi. U boshqa, bu boshqa. 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan imtiyoz haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/20090


👉 @xushnudbek 👈
Bakalavr_turdosh_2024.pdf
1.8 MB
❗️ Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
#perevod

Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.

🔹 Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:

Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.

Shuningdek, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

Bunda kontrakt miqdorlari o‘rtacha yaxlitlangan holda 15% atrofida oshirilgan. Ma’lumot uchun, to‘lov-kontrakt miqdorlari 4 yildan buyon oshirilmay kelinayotgan edi.

Eslatma: moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.

Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2024-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, talabgorlar bilan suhbat oʻtkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 675-son (04.11.2021-y.) qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent

Xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun 1 200 ta kvota ajratildi
(oldingi yillari 1000 ta edi)

1200 ta davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlar 23 ta oliygohga taqsimlangan.

Bu qanday kvota?

Ushbu 1200 ta grant kvotasi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliygohlar va ularning filiallari hamda nodavlat oliygohlarga eng yuqori ball bilan o’qishga kirgan abituriyentlarga beriladi. Boshqacha aytganda davlat xususiy universitetda o’qiyotgan 1200 talabaning kontraktlarini to’lab beradi.


👉 @xushnudbek 👈
Nogironligi bo‘lgan shaxslar - 2024.pdf
230.8 KB
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent 

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN

Respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 3 ming 898 ta (o‘tgan yilgidan 95 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi
2 560 ta;
sirtqi1 043 ta;
kechki183 ta;
masofaviy112 ta.

ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.

Qoida bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz saytida avtomatik o‘zi chiqadi. Qo’lda kiritish shart emas.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi shaklida nogironligi bor shaxslar uchun 44 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 200 nafar nogironligi bor abituriyentlar TDTU kunduzgi shakliga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k.

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 200 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 44 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 156 nafar nogironligi bor shaxslar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

Nogironligi bor shaxslarga 2% ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining tashkilotlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas.

‼️ESLATMA-2: ushbu qo‘shimcha kvota faqat kunduzgi ta’lim uchun taalluqli. Agar 2 foizli tavsiyanoma olgan harbiyning farzandi birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviyni tanlasa, unda imtiyozdan foydalana olmaydi. Albatta, birinchi yo‘nalishga kunduzgini tanlash kerak. Qolgan 2, 3, 4 va 5-yo‘nalishlarga istaganini tanlash mumkin.

Bu yerda faqat tashkilotlar nomi bor ekan, lekin na OTMlar, na yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilotlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Mudofaa vazirligiga 775 ta joy berilgan. Aytaylik, Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 2 mingta tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir Tibbiyot akademiyasini, kimdir Moliya institutini tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas.

Xullas, tanlagan oliygohidan qat’i nazar, Mudofaa vazirligi tizimida tavsiyanoma olgan 2 ming nafar harbiylarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 775 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

Harbiylarning farzandlariga berilgan tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.

‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.


👉 @xushnudbek 👈
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari - 2024.pdf
151.7 KB
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 742 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, TATUda ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun 27 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 100 nafar xuddi shu toifadagi abituriyent TATUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir kiberxavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, kimdir sun’iy intellekt va h.k.

Yo‘nalishidan qat’i nazar, mana shu 100 nafar IIO xodimlarining farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 27 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 73 nafar abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

IIO xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.

‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.


👉 @xushnudbek 👈