Xushnudbek.uz
583K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.12K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
❗️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.


👉 @xushnudbek 👈
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi

Prezident imzolagan farmonga ko‘ra, Inspeksiya Bosh prokuratura huzuridagi departament qoshida faoliyat yuritadi.

Inspeksiyaning asosiy vazifalari iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda ushbu jarayonlar ustidan nazoratini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritishda ishtirok etishdan iborat bo‘ladi.

2024-yil 1-oktyabrdan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda va ularning savdosida sifat talablariga, shuningdek, aksiz markalarini qo‘llash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish talabi joriy etiladi:

Prezidentning joriy yil 1-iyundagi qarori (PQ-203-sonli)ga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab tadbirkorlar tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani o‘qish qurilmalaridan foydalanmagan holda sotish holatlari soliq organlari bazasi ma’lumotlari asosida aniqlanganda, ushbu tadbirkorlik sub’yektlari shaxsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi choralarni ko‘rish amaliyoti joriy etiladi:

ikki marta ogohlantirishdan so‘ng qonun buzilishi bir oy ichida qayta takrorlangan taqdirda, tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekshiruvi tayinlanadi;

— qonun buzilishi soliq tekshiruvi yakunlangandan bir oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlik sub’yektlarini xabardor qilmasdan hamda prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda soliq tekshiruvi tayinlanadi.

Tahlillarga ko‘ra, mamlakatda noqonuniy olib kirilgan sigaretalar savdosi darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Agar yil oxirigacha ushbu ko‘rsatkich saqlanib qolsa byudjetga undirilmagan aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘i 700 mlrd so‘mni tashkil qilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi Kim Gon Xi bilan birgalikda 13-15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Bugun, 13-iyun kuni Koreya Prezidenti yurtimizga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri va boshqa rasmiylar kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈
Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol O'zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi arafasida "Dunyo" axborot agentligiga intervyu berdi.

Intervyudagi muhim qismlar:

Koreya Respublikasi O'zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatik munosabatlar o'rnatgan.

2019-yilda ikki tomonlama munosabatlar Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan alohida strategik sheriklik maqomini oldi va o'tgan yil o'zaro tovar ayirboshlash hajmi rekord darajadagi 2,46 milliard dollarga yetdi;

O'rta asrlarda Ipak yo'lining markazi sanalgan Samarqand shahridagi Ulug'bek rasadxonasida tuzilgan astronomik jadvallar Koreya yarim oroliga ham yetib borgan va XV asrda o'ziga xos koreys taqvimining yaratilishiga asos bo'lgan;

O'zbek xalqi bundan 87 yil oldin Uzoq Sharqdan ko'chib kelgan koreyalik vatandoshlarimizga qaynoq bag'ridan joy bergani uchun juda minnatdormiz.

O'zbekistonda 172 ming koreys istiqomat qiladi, bu Markaziy Osiyoda yashayotgan 300 ming koreyslar umumiy sonining eng katta ko'rsatkichidir;

Tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari bilan turli yo'nalishlarda, jumladan, energetika va infratuzilma, sog'liqni saqlash va tibbiyot, iqlim va atrof-muhit, fan-texnika, ta'lim kabi sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishni muhokama qilishni rejalashtirganmiz.


👉 @xushnudbek 👈
Haydarov Baxtiyor Halimovich Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i edi.

***

Tojiyev Sanjar Shuhratovich Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari  lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar “The Mob” MCHJning bosh direktori edi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xushnudbek.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qahhor. Kartina

Izoh: Kolxoz haqida kartina olishmoqchi ekan, shahardan mehmonlar kelgan. Kartina qanday yoki nima haqida boʻlishi hammani qiziqtiryapti, oʻylantiryapti. U ham chiroyli, ham oddiy, ham haqqoniy boʻlishi kerak, xuddi qishloq odamlariga oʻxshab.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/abdulla-qahhor-kartina

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/RmFOi3zOLwA

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston haqida noma’qul gap aytgan chet el fuqarolari 5 yil davomida Oʻzbekistonga kiritilmasligi mumkin

Bu deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan Qonun loyihasida aks etgan.

Loyihada quyidagilar taklif qilinmoqda:

chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topish asoslari va tartibi belgilanmoqda;

ushbu shaxslar uchun quyidagilar O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topishga asos bo‘ladi:

• O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid bo‘lgan;

• davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi;

• O‘zbekiston xalqining sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi harakatlar sodir etish yoki ommaviy chiqishlar qilish.

Mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarga besh yil davomida O‘zbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishish taqiqlanadi;

shaxslarning mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topilishi uning O‘zbekiston hududida qonuniy asoslarda yashash va bo‘lish huquqini bekor qilishga hamda deportatsiya qilinishiga sabab bo‘ladi;

shaxs mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topilganligi to‘g‘risida Tashqi ishlar vazirligi xabarnomasini olgan kundan e’tiboran 10 kun ichida ixtiyoriy ravishda O‘zbekistondan chiqib ketishi kerak. Agar ushbu muddat ichida ixtiyoriy ravishda chiqib ketmasa, mazkur shaxs ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan deportatsiya qilinadi, ya’ni majburiy tarzda chiqarib yuboriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun UzChess superturniri yakunlanadi.

Birinchi marta o’tkazilayotgan turnirning so’nggi turidan oldin barcha guruhlarda yurtdoshlarimiz peshqadamlik qilishmoqda.

8 ta tur yakuniga ko’ra, Masters guruhida Nodirbek Abdusattorov hamda Nodirbek Yakubboyev 5 ochko mavjud.

Challengers guruhida Shamsiddin Vohidov hamda Aleksandr Predke hisobida 5,5 ochko bor.

Futures guruhida esa Muhammadzohid Suyarov, Vitaliy Sivuk hamda Bardiya Daneshvar hisobida 5,5 ochko mavjud.

Bu degani hali turnirda g’oliblik hech kimga kafolatlanmagan. Oxirgi tur o’yinlari esa yonishi aniq🔥

9-tur bahslari bugun soat 12:00 da boshlanadi.

👀 Turnirni 2 xil usulda kuzatish mumkin:

🏢 JONLI - musobaqa o’tayotgan Yoshlar ishlari agentligi yonidagi “Kitob olami” do’koniga bevosita tashrif buyurgan holda;

📹 ONLAYN - “Uzchess” YouTube kanalidagi efir orqali:
http://youtube.com/@uzchesss


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.


👉 @xushnudbek 👈
UzChess superturnirining final o’yinlari boshlandi. Atmosfera shunchaki dahshatli!

Onlayn kuzatish uchun havola:

https://www.youtube.com/live/p1Sc3whT7hE?si=tK4wqHjETKrfGq_w

Hamyurtlarimizga omad tilaymiz.


👉 @xushnudbek 👈