Xushnudbek.uz
586K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.11K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Navoiy viloyati Konimex tumanining “Sho‘rko‘l” MFY hududida fuqaro Y.O. tomonidan tabiiy suv havzasida 218 bosh baliq noqonuniy ovlanganligi aniqlangan.

Buning natijasida tabiatga 1 mlrd 240 mln 300 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Yetkazilgan zararni undirish va tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilgan.

❗️ Ma'lumot uchun, “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan, 10-martdan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlangan.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi. https://president.uz/uz/lists/view/7256 Farmon bilan tizimda katta o’zgarishlar bo’ladi. Bu haqda…
Davlat grantiga oid o‘zgarishlar:

— yangi o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga grant bir o‘quv yili uchun ajratiladi;

— grant birinchi kursda belgilangan kvotaga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

— ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi, ya’ni kimlargadir 100% lik grant, kimlargadir 50% lik grant va h.k.;

— stipendiya faqat to‘liq (100% lik) grantni yutgan talabalarga to‘lanadi;

— turli imtiyozlar asosida yoki maqsadli qabul doirasida o‘qishga kirgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda beriladi (o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar);

— grantda o‘qigan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Jahon banki INSON ijtimoiy loyihasini amalga oshirish uchun 100 million dollar ajratadi

Loyiha doirasida sifatli ijtimoiy xizmatlarni taqdim etish, muhtoj shaxslarga zamonaviy turdagi reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish, nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlash, zoʻravonlik qurboni boʻlgan barcha ayollarga kompleks xizmat koʻrsatish, iqlim oʻzgarishi va moslashuvchan ijtimoiy himoya boʻyicha xodimlarni tegishli dasturlar asosida oʻqitish maqsad qilingan.

Shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlik hamkorlik doirasida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda nodavlat sektorining ulushini koʻpaytirish ham koʻzda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈
2024-yil I choragi davomida 22 ming 151 nafar talabaga imtiyozli ta’lim kreditlari uchun 183,8 mlrd soʻm ajratilgan.

Ushbu kreditlarning 80 foizi (17 ming 830 nafar) xotin-qizlarga berilgan.


👉 @xushnudbek 👈
🇹🇭Tailand qirolligi O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

‼️ Ushbu xabar rasman tasdiqlanmadi.

Endilikda O’zbekiston fuqarolari Tailand hududida 60 kungacha vizasiz bo’lishlari mumkin, deya xabar berdi Bangkok Post nashri.

Ushbu o’zgarish 1-iyundan boshlab kuchga kiradi.

Tailand hukumati vizasiz rejimni O’zbekistondan tashqari yana 35 ta davlatga joriy qilgan va bunday davlatlarning jami soni 93 taga yetgan.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun Toshkent metropoliteni vagon parkiga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi.

Poyezdlar 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilgach, asosan “Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishi”da harakatga chiqariladi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bahodir Yalangto‘sh” o’zbek kinosi tarixidagi eng zo’r tarixiy filmmi?

Katta shov-shuvlarga sabab bo’layotgan film 17-asrda yashagan Samarqand hokimi, mohir sarkarda Bahodir Yalangto‘sh haqida bo’lib, rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan. Bahodir Yalangto’shni ko’pchilik “Registon” maydoni asoschisi sifatida yaxshi biladi. “Registon”dagi Sherdor va Tillakori madrasalarini aynan Yalangto’sh qurdirgan.

Filmning ilk yopiq premyerasi majoziy ma’noda Samarqand shahrida o’tkazildi va unga 4 ming nafar tomoshabin keldi. Ertaga Toshkent shahrida ilk ochiq premyerasi bo’lib o’tadi.

Samarqanddagi premyerada qatnashgan do’stlarimiz film haqida juda zo’r fikrlar qoldirishdi. Balki bo’rttirishdir, hatto ayrimlar O’zbek kinosi tarixidagi eng zo’r tarixiy film bo’libdi, ham deyishmoqda. Bu fikrlar qanchalik rostligini ertaga premyeradan so’ng bilib olamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati o'yinlariga chiptasi bo‘lganlarga temir yo‘l chiptalari uchun 50 foiz chegirma beriladi

Bu “2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarorida nazarda tutilgan.

✔️ Shuningdek, qarorda quyidagilar belgilangan:

🔹 Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) BEPUL foydalanadi;

🔹 2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo‘ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi;

🔹 Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni QR-kod yordamida ro‘yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistondagi eng ko‘p ish beruvchi TOP-10 korxonalarni ma’lum qildi.

2024-yil 27-may holatiga ko‘ra, 48 ming 266 nafar xodim bilan "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ 1-o‘rinni band qilgan.


👉 @xushnudbek 👈
“Nasaf” — uch karra O’zbekiston superkubogi sohibi bo’ldi!

Bugun superkubok bahsida qarshiliklar “Paxtakor” ustidan penaltilar seriyasiga ko’ra g’alaba qozondi.

Asosiy vaqtda hisob 1:1 bo’ldi. Penaltilar seriyasida esa “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne’matovning qahramonligi evaziga “Ajdarlar”ning qo’li baland keldi. Abduvohid 3 ta zarbani qaytardi va kamiga o’zi ham eng hal qiluvchi pallada juda chiroyli gol urdi.

“Nasaf” jamoasi muxlislarini chin qalbdan tabriklayman!


👉 @xushnudbek 👈
‼️Qabul boshlanishiga 6 kun qoldi
#abituriyent

Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
29-may kuni qabul qilingan Qonun bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra:

✔️Fiskal huquqbuzarliklar sodir etish realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi (ilgari bu miqdor realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum bilan teng bo‘lgan).

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈
Yaxshi xabar: O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti – izohli.uz ishga tushibdi

Ushbu sayt rasmiy maqomda bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Sayt bazasida O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan.

Bugun o‘tkazilgan taqdimotda mas’ullar kelgusida ushbu sayt yanada takomillashib, yangi funksiyalar va qulayliklar qo‘shilishi haqida ma’lumot berishgan.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi
#abituriyent

Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.

📝 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️

Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi.

Ikkinchidan,
xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan:
https://t.me/xushnudbek/20045

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2023-yilgi o‘tish bali bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20881

❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim. Bu haqda batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/23772

Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoning nufuzli ta’lim dargohlarida tahsil olayotgan oʻzbek yoshlarining hayoti va ilmiy yoʻli haqida hikoya qiluvchi loyiha — Oʻzbekistonlik.Students turkum hujjatli filmining beshinchi epizodi, AQSh mavsumi ilk soni Uzbekistan's Club rasmiy Youtube sahifasiga joylashtirildi.

Bu safargi epizod qahramonlari George Washington University talabasi Amira Asqarova va California State University talabasi Javohir Shermuhammatov boʻldi. Qahramonlar Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi taʼlim va hayot haqida barchaga qiziq ma'lumotlarni so‘zlab berishadi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️“112” yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

Hukumat qaroriga ko'ra, hodisa va favqulodda vaziyatlar ro’y berganda shoshilinch yordam ko’rsatish uchun “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.

“112” yagona dispetcherlik xizmati Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Sog'liqni saqlash vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta'minot” aksiyadorlik jamiyatining shoshilinch xizmatlarini yagona tarmoqga birlashtiradi.

📶 “112”
yagona dispetcherlik xizmati quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi:

2024-yil 1-iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;

2024-yil birinchi yarim yilligida Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida;

2024-yil yakuniga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi va qolgan viloyatlarda.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 39 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xurshid Do‘stmuhammad. Jajman (hikoya)

Izoh: Bozorda qandaydir maxluq paydo bo‘lganmish, savdogarlarning cho‘ntagini, tinkasini quritayotganmish. U haqida turli gaplar yuribdi, mavjudotni hamma har xil ta’riflaydi. Ichingda nima boʻlsa, atrofga boqqanda o‘shani ko‘rasan deganlari shumikin?

Falsafiy hikoya davomida shu kabi savollaringiz ko‘payib boraveradi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/xurshid-dostmuhammad-jajman

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/M8FL9JrwVkY

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Xorazmda “shikoyatchi fuqarolar ro‘yxati” tuzildi

Urganch va Xiva shaharlari, Qo‘shko‘pir, Xiva hamda Yangiariq tumanlari kesimida tuzilgan ro‘yxatdan 44 nafar fuqaro joy olgan.

Shu ro‘yxatni tuzganlar sog‘ emas. Ruhiy xasta. Byurokratiya va amalparastlik ortidan miyasiga qattiq shikast yetgan bo‘lsa kerak.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston qonunchiligida davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga murojaat etgani, shuningdek, murojaatlarda o‘z fikrini bildirgani va tanqid qilgani munosabati bilan ta’qib qilish man etiladi. Buning uchun jinoiy javobgarlik bor.

Ushbu ro‘yxatni ta’qib qilish, deb hisoblab, ro‘yxatni tuzgan(lar)ni javobgarlikka tortish kerak.


👉 @xushnudbek 👈