Xushnudbek.uz
586K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.11K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anton Chexov. Vanka (hikoya)

Izoh: Yaqindan shaharda yashay boshlagan 9 yoshli bolakayning bobosidan boshqa hech kimi yo‘q. To‘g‘ri, yana bir olam xotiralari va qishloqqa qaytish orzusi ham bor. Aynan ular Vankaga yo‘qotgan bolaligiga yetishish umidini bermoqda.

Bolaning o‘zidek sof xayollari, kechinmalari sizni befarq qoldirmasligi aniq.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/anton-chexov-vanka

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/PvXDw_ynJyk

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Endilikda yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilishga subsidiya olish uchun tomorqa yer egasi bo‘lish talab etilmaydi.

Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Shuningdek, qaror bilan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun beriladigan subsidiyalarning aniq miqdori bekor qilindi. Endilikda subsidiya miqdori agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga bog‘liq bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Transport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi kamaytirildi

Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan, avtotransport vositalari, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalarining tirkamalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim BHMning 10 foizi (34 ming soʻm) miqdorida etib belgilandi.

❗️BU MUHIM: qayta ro’yxatdan o’tkazish bu o’zganing nomidagi mashinani sotib olish emas! Qayta ro’yxatdan o’tkazishda mashina bir kishining nomida qolaveradi, begonaning nomiga o’tmaydi, faqat ayrim sabablarga ko’ra (masalan, mashinaga gaz qo’yilgani) “texpasport” almashadi yoki o’zgaradi.

Agar mashina o’zganing nomiga begonalashtirilsa (masalan, sotilsa) yoki salondan yangi mashina sotib olinsa, unda bu ro’yxatdan o’tkazish hisoblanadi va 1-apreldan boshlab, elektromobillar uchun 1,5 BHM (510 ming so‘m), qolgan barcha avtomobillar uchun 6,84 BHM (2,32 mln so‘m)ni tashkil etadi.

Maʼlumot uchun, transport vositalari va ularning tirkamalari quyidagi hollarda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi:

— mulkdorning (jismoniy shaxsning) ismi, familiyasi yoki otasining ismi oʻzgarganda;

— mulkdor (yuridik shaxs) qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi oʻzgarganda;

— avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish joyini oʻzgartirishni talab qilmagan holatda avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda;

— yuridik shaxslarga tegishli yuk avtotransport vositalarining, avtobus va mikroavtobuslarining saqlab turiladigan joyi oʻzgarganda;

— avtomototransport vositalarining rangi va (yoki) raqam agregati oʻzgarganda;

— avtomototransport vositasi qayta jihozlanganda;

— avtomototransport vositasini yoki roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki yoʻqolganda.


👉 @xushnudbek 👈
Podpolkovnik Tursunov Ikromjon Normurodovich Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Surxondaryoda iste’molga yaroqsiz jami 1 tonna 15 kg go‘sht savdosining oldi olindi

“Darband” YPX maskanida 7-may kuni Denov-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro M.Sh. avtomashinasi yukxonasida 140 kg mol go‘shti olib ketilayotganligi aniqlangan;

8-may kuniga o‘tar kechasi shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro A.A. avtomashinasi yukxonasida 475 kg mol go‘shti olib ketayotganligi aniqlangan;

Sho‘rchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro N.J. avtomashinasi yukxonasida 400 kg mol go‘shti olib ketayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Barcha holatlarda go‘sht tegishli veterinariya hujjatlarisiz olib ketilayotgan bo‘lgan. Laboratoriya tekshiruvida mahsulotlar iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlangan.

Go‘sht egalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan ma’muriy bayyonnoma rasmiylashtirilgan va go‘sht mahsulotlari belgilangan tartibda yo‘q qilingan.


👉 @xushnudbek 👈
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov Osiyo Olimpiya kengashining “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Mukofotni Bangkokda bo’lib o’tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 43-Bosh Assambleyasida OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx topshirdi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni magʻlub etdi!

🇺🇿Nodirbek Abdusattorov 🇵🇱Polshada oʻtkazilayotgan turnirning blits yoʻnalishi 3-turidan oʻrin olgan bahsda 🇳🇴norvegiyalik Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi.

Karlsen farzinni boy berib qoʻyganidan soʻng magʻlubiyatni tan olishga majbur boʻldi.

Blits bahslarida 9 turdan soʻng Magnus Karlsen 6 ochko bilan 2-oʻrinda borayotgan boʻlsa, Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko jamgʻargan holda 4-oʻrinni band qilib turibdi.

Rapid yoʻnalishida esa Nodirbek 8 ochko bilan 7-oʻrinni egalladi.

Yosh grossmeysterimiz norvegiyalik raqibini bundan avval 2023-yil yanvarda 🇳🇱Niderlandiyadagi Tata Steel Chess-2023 turnirida ham magʻlubiyatga uchratgan edi. Yodingizda boʻlsa, oʻsha turnirda Nodirbek Abdusattorov oxirgi turda 🇳🇱Yorden van Forestga yutqazib qoʻyib, chempionlikni boy berganiga qaramay, jahonning Top-20 grossmeysterlari roʻyxatiga qoʻshilgandi.


👉 @xushnudbek 👈
Bandlik vazirligi O‘zbekiston bo‘yicha 2024-yil yanvar–aprel oylarida mehnat qonunchiligida eng ko‘p buzilish bo‘lgan sohalarni ma’lum qildi:

● Xalq ta’lim muassasalari – 5 ming 612 ta; 
● Maktabgacha ta’lim muassasalari – 2 ming 173 ta; 
● Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi – 1 ming 215 ta; 
● Qurilish tashkilotlari – 266 ta; 
● Qishloq xo‘jaligi – 452 ta.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-MAY G'ALABA KUNI EMAS — Lolazor podkast

Ushbu sonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami atrofidagi gap-so‘zlar, UzAutoMotors kompaniyasining 4500 ta Chevrolet Lacetti sotgani, davlat mulklarini xususiylashtirish jarayoni, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash maqsadida ishlab chiqilgan qaror loyihasi, "Lolazor" podkastiga berilgan raddiyalar, Moldova prezidentining intervyusi va boshqa mavzularda suhbatlashdik.

📹 https://youtu.be/MsT1iNdg_lU

Dam olish kunida yoqimli tomosha tilaymiz.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Xitoyning Shanxay shahridagi uchta muassasada boʻlib, ularning tajribasini oʻrgandi.

Jumladan, Shanxay bolalar tibbiyot markazida pediatriya, bolalar jarrohligi va nogiron bolalarni reabilitatsiya qilish boʻyicha, Ulitsyao mavzesidagi Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish markazining qiyin vaziyatga tushib qolgan bolalarning hayotini yaxshilash va ularning oilalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyati yuzasidan fikr almashilgan.

Shuningdek, Shanxay reabilitatsiya uskunalari koʻrgazmasi markazida nogironlar va keksalarni reabilitatsiya qilishga qaratilgan keng turdagi uskunalar bilan tanishilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xoliyor Safarov. Birov bilmasin… (hikoya)

Izoh: Inson o‘z maqsadlariga erishish uchun ba’zan uning yo‘llari anchayin qiyin bo‘ladi. Lekin bu yo‘l mashaqqatini inson o‘ziga yutadi. Tashiga chiqarmaydi. Atrofidagilar esa uning chekkan yoki chekayotgan mashaqqatlarini ba’zan sezmaydi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/xoliyor-safarov-birov-bilmasin

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/RENKqFQZrCA

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?
#abituriyent

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyingi yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
https://t.me/xushnudbek/20721


👉 @xushnudbek 👈
Sertifikat loyiha matni (98472).pdf
239.3 KB
Pedagoglar kutayotgan qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi: B+ uchun ham ustama berilishi rejalashtirilmoqda

Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Yodingizda bo‘lsa, avvalroq o‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat bo‘yicha biroz tushunmovchilik yuzaga kelgani, Rash modeliga o‘tilishi ortidan qaysi darajadagi sertifikat ustama berilishi so‘roq ostida ekanligini aytgandik.

Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

E’tiborlisi, yangi loyihada dastlabki ishlab chiqilgan loyihaga qaraganda o‘qituvchilar tomon yengillik berilgan. Ya’ni dastlabki loyihada umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatdan Rash modeli bo‘yicha A va A+ daraja ko‘rsatgan o‘qituvchilarga, boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) uchun esa С+ va undan yuqori darajaga ustama berilishi nazarda tutilgan edi.

Ammo vazirlik bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olib, eski loyihani bekor qilgan hamda yangi loyihada talab etilgan minimal darajani bir pog‘onadan tushirgan holda, umumta’lim fanlari uchun B+ daraja (60 balldan yuqori), boshlang‘ich ta’lim uchun esa C daraja (46 balldan yuqori) talab etilishini belgilagan.

Loyiha 7-mayda e’lon qilingan bo‘lsa, bugungacha 3 mingdan ortiq izohlar qoldirilgan.

Loyiha muhokamasi 22-mayga qadar davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat grantini faqat 1 yil uchun berilishi haqida “Lolazor” podkastida biroz gaplashdik.

Albatta, ushbu yangilik atrofida fikrlar turlicha. Kimdir yaxshi desa, kimdir yomon deydi. Asosiy xavotir oliy ta’limdagi korrupsiya darajasi oshib ketishida bo’lyapti.

Xavotirda jon bor, bizning holatimizda bu reallik, to’qima gap emas.

Lekin sizga qanchalik g’alati eshitilmasin, men aynan mana shu yangilik tufayli uzoq istiqbolda (1-2 yilda emas) oliy ta’limda korrupsiya kamayadi, degan fikrdaman. Chunki mazkur yangi tizim natijasida jamoatchilik nazorati paydo bo’ladi.

Hozir oliy ta’limdagi korrupsiyaning jabrlanuvchisi yo’q. Jabrlanuvchi — jamiyat kelajagi.

Lekin bu umumiy gap, konkret shaxs bundan jabr chekmaydi. Ana endi jabrlangan aniq shaxslar paydo bo’ladi. Kimgadir soxta “5” baho qo’yish, boshqalarga zarar yetkazishni boshlaydi. Va o’z-o’zidan korrupsiyaga qarshi kurashish, shikoyat qilish, norozi bo’lish boshlanadi.

Chunki jamiyat kelajagi uchun kurashadiganlar sanoqli, shaxsiy manfaat uchun kurashadiganlar son-sanoqsiz.

To’g’ri, yangi tizim yaxshi ishlashi uchun hali ko’p o’zgarishlar qilish kerak bo’ladi. Va aynan o’sha o’zgarishlar bo’lishi uchun ham mana shu yangilik kerak edi!


👉 @xushnudbek 👈