Xushnudbek.uz
552K subscribers
9.88K photos
2.53K videos
216 files
8.57K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Tinchlik uchun jon bergan insonlarning joylari jannatdan bo‘lsin.

Yurtimizda doim tinchlik bo‘lsin, ilohim. Dunyodagi nizolar ham tezroq tugasin, odamlar urushdan o‘lmasin.


👉 @xushnudbek 👈
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun soat 21:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈
Faqat bugun Asaxiyda barcha kitoblarga 19 foiz chegirma.

Undan tashqari uch va undan ortiq kitobga O'zbekistonning xohlagan hududiga yetkazib berish xizmati BEPUL!

Foydalanib qoling: https://asaxiy.uz/product/knigi

Reklama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi mahallada sport maydonchasi qurishni odamlar ovoz berib hal qiladi

Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman va shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

Sport maydonchalari tuman (shahar)lar kesimida eng ko‘p ovoz olgan mahallaga qurib beriladi.

❗️Ovoz berish jarayoni ertaga, 10-maydan boshlanib, 1-iyungacha tashabbus.sport.uz saytida bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilda ushbu tizim sinov tariqasida o‘tkazilayotgani sababli, mahalla qo‘shish imkoniyati yo‘q. Vazirlikning o‘zi hududlardan kelgan so‘rovlar asosida ehtiyojmandligiga qarab, har bir tuman yoki shahar bo‘yicha 3 tadan nomzod mahalla ro‘yxatini oldindan kiritib qo‘ygan. Ovoz berish ana shu mahallalar orasida bo‘lib o‘tadi.

Kelgusida xuddi Tashabbusli byudjetga o‘xshab, fuqarolar uchun ham o‘z mahallasini taklif qilish imkoniyatini qo‘shish rejalashtirilmoqda.

Ovoz berish telefon raqamni va unga kelgan SMS kodni kiritish orqali bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Ota-bobolarimiz qonini to‘kkan bosqinchilarning tasmasini taqish — sharmandalik!

Yaqinda o‘g‘limning bog‘chasida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan bir kun oldin bog‘cha ma’muriyati va ota-onalar o‘tiradigan Telegram guruhda “bolalarga Georgiy tasmasini taqmanglar, agar tasma kerak bo‘lsa faqat O‘zbekiston bayrog‘i shaklidagisini taqinglar” deb ogohlantirib yozdim. Xayriyatki, bog‘cha ma’muriyati ham urush va qonxo‘rlikni ifodalaydigan barcha ramzlardan mutlaqo foydalanmasligini aytdi.

Keyin ma’lum bo‘ldiki, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligidan ham bu borada bog‘chalarga alohida topshiriq tushgan ekan (bundan juda xursand bo‘ldim).

Bugun 9-may bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda, ko‘cha-ko‘yda Georgiy tasmasiga tez-tez ko‘zimiz tushyapti. Afsuski, haligacha yurtdoshlarimiz mazkur tasma tarixini bilmasdan, ko‘kraklariga taqib yurishibdi.

Georgiy tasmasi tarixi Rossiya imperatori Yekaterina II davriga borib taqaladi. Ushbu tasma va shu nomdagi orden o‘zga yurtlarni bosib olgan rus bosqinchilariga mukofot sifatida berilgan.

Jumladan, Turkiston o‘lkasiga qilingan bosqinchilik yurishlari davrida ham ota-bobolarimizning qonini to‘kkanlarga Georgiy tasmasi berilgan.

“Qo‘qon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallar ta’sis etilib, ularning barchasida mana shu tasmadan foydalanilgan.

Tasmadagi qizg‘ish sariq rang – urush va olov rangi bo‘lsa, qora rang urushning doimiy hamrohi bo‘lmish burqsib turgan tutun va yovuzlik rangini anglatadi.

Shu sababli, yurtdoshlarimizni mazkur tasmadan foydalanmaslikka, ota-bobolarimiz qonini to‘kib, yerlarimizni egallagan bosqinchilarning ramzlarini ulug‘lamaslikka, aksincha butunlay voz kechishga chaqiraman.

Buning o‘rniga 🇺🇿Vatanimiz bayrog‘ini ifodalovchi, ezgulik, mustaqillik va tinchlik ramzi bo‘lgan sharaf tasmasini taqish maqsadga muvofiq.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anton Chexov. Vanka (hikoya)

Izoh: Yaqindan shaharda yashay boshlagan 9 yoshli bolakayning bobosidan boshqa hech kimi yo‘q. To‘g‘ri, yana bir olam xotiralari va qishloqqa qaytish orzusi ham bor. Aynan ular Vankaga yo‘qotgan bolaligiga yetishish umidini bermoqda.

Bolaning o‘zidek sof xayollari, kechinmalari sizni befarq qoldirmasligi aniq.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/anton-chexov-vanka

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/PvXDw_ynJyk

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Endilikda yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilishga subsidiya olish uchun tomorqa yer egasi bo‘lish talab etilmaydi.

Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Shuningdek, qaror bilan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun beriladigan subsidiyalarning aniq miqdori bekor qilindi. Endilikda subsidiya miqdori agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga bog‘liq bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
🏢 Profi University’ga qabul boshlandi!

6 000 000 so'mgacha stipendiya sohibi bo'ling!

Nima uchun aynan Profi University?

Nima uchun 6000 dan ziyod talaba bizga ishonch bildirdi?

- 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil xorijda o’qish imkoniyati;
- 2 ta diplomga ega bo’lish imkoniyati;
- Zamonaviy tibbiyot laboratoriyalari;
- O‘qish vaqtida amaliyot;
- Bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash;
- Sifatli ta'lim;
- Davlat granti va stipendiya.

“Profi University”da 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul rasman boshlandi.

Imkoniyatni qoʻldan boy bermang, hoziroq “Profi” oilasiga qo'shiling!

Batafsil ma'lumot uchun:
📲 78-777-11-11 yoki @profiqabul

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: profiuniversity.uz

Litsenziya
(№ 189078, 10.11.22-y.)

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇
Telegram|Facebook|Instagram | Youtube

Reklama
Transport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi kamaytirildi

Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan, avtotransport vositalari, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalarining tirkamalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim BHMning 10 foizi (34 ming soʻm) miqdorida etib belgilandi.

❗️BU MUHIM: qayta ro’yxatdan o’tkazish bu o’zganing nomidagi mashinani sotib olish emas! Qayta ro’yxatdan o’tkazishda mashina bir kishining nomida qolaveradi, begonaning nomiga o’tmaydi, faqat ayrim sabablarga ko’ra (masalan, mashinaga gaz qo’yilgani) “texpasport” almashadi yoki o’zgaradi.

Agar mashina o’zganing nomiga begonalashtirilsa (masalan, sotilsa) yoki salondan yangi mashina sotib olinsa, unda bu ro’yxatdan o’tkazish hisoblanadi va 1-apreldan boshlab, elektromobillar uchun 1,5 BHM (510 ming so‘m), qolgan barcha avtomobillar uchun 6,84 BHM (2,32 mln so‘m)ni tashkil etadi.

Maʼlumot uchun, transport vositalari va ularning tirkamalari quyidagi hollarda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi:

— mulkdorning (jismoniy shaxsning) ismi, familiyasi yoki otasining ismi oʻzgarganda;

— mulkdor (yuridik shaxs) qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi oʻzgarganda;

— avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish joyini oʻzgartirishni talab qilmagan holatda avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda;

— yuridik shaxslarga tegishli yuk avtotransport vositalarining, avtobus va mikroavtobuslarining saqlab turiladigan joyi oʻzgarganda;

— avtomototransport vositalarining rangi va (yoki) raqam agregati oʻzgarganda;

— avtomototransport vositasi qayta jihozlanganda;

— avtomototransport vositasini yoki roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki yoʻqolganda.


👉 @xushnudbek 👈
Podpolkovnik Tursunov Ikromjon Normurodovich Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Volida” bolalar bog‘chasida qabul davom etmoqda

🎉 3-7 yosh oralig‘idagi bolajonlar uchun mo‘ljallangan yangi “Volida” bolalar bog‘chasida qabul jarayonlari davom etmoqda. 

Bog‘chaning afzalliklari:

• 4 mahal issiq taom (taomnomalar nutrisiologlar tomonidan nazorat qilinadi)
• Bolajonlardagi muhim ko‘nikmalarni shakllantirish;
• Iqtidorni aniqlash bo‘limi mavjudligi;
• Ingliz va arab tilidan boshlang‘ich ta’lim;
• Har oylik ota-onalar yig‘ilishi;
• Sport to‘garaklari va qulay sharoit.

⭐️ Bir oiladan ikki yoki undan ortiq farzand o‘qisa, qo‘shimcha chegirmalar mavjud. 

Joylar soni chegaralangan.

📍 Manzil: Тоshkent shahar, Chilonzor (Oqtepa mavzesi), Xumdonsoy ko’chasi 7-uy.

📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998781137818

@volidakids
Reklama
Surxondaryoda iste’molga yaroqsiz jami 1 tonna 15 kg go‘sht savdosining oldi olindi

“Darband” YPX maskanida 7-may kuni Denov-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro M.Sh. avtomashinasi yukxonasida 140 kg mol go‘shti olib ketilayotganligi aniqlangan;

8-may kuniga o‘tar kechasi shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro A.A. avtomashinasi yukxonasida 475 kg mol go‘shti olib ketayotganligi aniqlangan;

Sho‘rchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro N.J. avtomashinasi yukxonasida 400 kg mol go‘shti olib ketayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Barcha holatlarda go‘sht tegishli veterinariya hujjatlarisiz olib ketilayotgan bo‘lgan. Laboratoriya tekshiruvida mahsulotlar iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlangan.

Go‘sht egalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan ma’muriy bayyonnoma rasmiylashtirilgan va go‘sht mahsulotlari belgilangan tartibda yo‘q qilingan.


👉 @xushnudbek 👈
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov Osiyo Olimpiya kengashining “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Mukofotni Bangkokda bo’lib o’tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 43-Bosh Assambleyasida OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx topshirdi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏢 Target International School’ning 9 yillik yubileyi nishonlanmoqda

Xalqaro biznes va IT maktabi Target International School oʻzining 9 yillik yubileyini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan, ayni damda Panorama kinosaroyida maxsus bayram tadbiri boshlanmoqda.

Tadbir dasturidan bir qator uchrashuvlar, mashhur tadbirkorlar ishtirokidagi treninglar, qiziqarli konkurs hamda shou dasturlari oʻrin olgan.

Tadbirni quyidagi havola orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtube.com/live/Ri_-QtwRqtQ?feature=share

☎️ 712000737

Telegram | Facebook |YouTube | Instagram

Reklama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni magʻlub etdi!

🇺🇿Nodirbek Abdusattorov 🇵🇱Polshada oʻtkazilayotgan turnirning blits yoʻnalishi 3-turidan oʻrin olgan bahsda 🇳🇴norvegiyalik Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi.

Karlsen farzinni boy berib qoʻyganidan soʻng magʻlubiyatni tan olishga majbur boʻldi.

Blits bahslarida 9 turdan soʻng Magnus Karlsen 6 ochko bilan 2-oʻrinda borayotgan boʻlsa, Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko jamgʻargan holda 4-oʻrinni band qilib turibdi.

Rapid yoʻnalishida esa Nodirbek 8 ochko bilan 7-oʻrinni egalladi.

Yosh grossmeysterimiz norvegiyalik raqibini bundan avval 2023-yil yanvarda 🇳🇱Niderlandiyadagi Tata Steel Chess-2023 turnirida ham magʻlubiyatga uchratgan edi. Yodingizda boʻlsa, oʻsha turnirda Nodirbek Abdusattorov oxirgi turda 🇳🇱Yorden van Forestga yutqazib qoʻyib, chempionlikni boy berganiga qaramay, jahonning Top-20 grossmeysterlari roʻyxatiga qoʻshilgandi.


👉 @xushnudbek 👈
Bandlik vazirligi O‘zbekiston bo‘yicha 2024-yil yanvar–aprel oylarida mehnat qonunchiligida eng ko‘p buzilish bo‘lgan sohalarni ma’lum qildi:

● Xalq ta’lim muassasalari – 5 ming 612 ta; 
● Maktabgacha ta’lim muassasalari – 2 ming 173 ta; 
● Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi – 1 ming 215 ta; 
● Qurilish tashkilotlari – 266 ta; 
● Qishloq xo‘jaligi – 452 ta.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-MAY G'ALABA KUNI EMAS — Lolazor podkast

Ushbu sonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami atrofidagi gap-so‘zlar, UzAutoMotors kompaniyasining 4500 ta Chevrolet Lacetti sotgani, davlat mulklarini xususiylashtirish jarayoni, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash maqsadida ishlab chiqilgan qaror loyihasi, "Lolazor" podkastiga berilgan raddiyalar, Moldova prezidentining intervyusi va boshqa mavzularda suhbatlashdik.

📹 https://youtu.be/MsT1iNdg_lU

Dam olish kunida yoqimli tomosha tilaymiz.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM