Xushnudbek.uz
586K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.11K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX tomonidan turli mansabdor shaxslar pora bilan ushlandi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2000 dollar olgan vaqtida ushlangan.

U pora olish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bog‘cha rahbariga nisbatan tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanmasligiga yordam berishi evaziga 3 ming dollar talab qilgan va 1000 dollarni avvalroq olgan;

Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi agrofirma rahbari tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan fermer xo‘jalikning davlat zaxirasiga olingan 10 gektar yer maydonini ixtiyoriga qaytarib berish hamda bajarilmagan g‘alla ekish rejasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2,5 ming dollar talab qiladi.

Agrofirma rahbari so‘ralgan puldan 1000 dollar va 5 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan. Chortoq tuman hokimi o‘rinbosari esa 100 dollarni olib, qolgan qismini agrofirma rahbariga o‘zida saqlab turishini aytgan vaqtida ushlangan;

Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘z rahbarining og‘zaki topshirig‘iga asosan, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJning transformatorini elektr tarmog‘iga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xizmat xonasida 40 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan. Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i ham protsessual tartibda ushlangan;

Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boshlig‘i tumandagi 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joy uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 25 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Yuriy Dud kanalida Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan intervyu e’lon qilindi.

Intervyuni ko‘rgan Muhrim bir qiziq joyiga e’tibor qaratmoqda.

2022-yili Moldovada gaz inqirozi bo‘lgan ekan. Sandu aytyaptiki, Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi “Moldovagaz” bizdan 700 (yetti yuz) mln dollar qarz, shu qarzni Moldova hukumati o‘z zimmasiga olib, to‘lamasa, biz boshqa gaz bermaymiz, deb shart qo‘ygan. Sanduning ma’muriyati xalqaro auditorlarni jalb qilib, “Gazprom” keltirgan hisob bo‘yicha qarzdorlikni hisoblab chiqsa, qarz “Gazprom” aytganidek 700 mln emas, atigi 8 (sakkiz) mln dollar bo‘lib chiqqan. Hozir Moldova gazni Yevropa bozoridan sotib olayotgan ekan.

"Sanduning intervyusidagi bu parcha nimasi bilan e’tiborga molik? Shunisi bilanki, birinchidan, bu ssenariy 2019-yili “Lukoyl”ga 600 mln dollar qarz bo‘lib qolganimizga o‘xsharkan, ikkinchidan, Rossiya kompaniyasi xalqaro auditorlarni jalb etmasligimizni bilib, bizni chuv tushirgan bo‘lsa kerak. Tag‘inam kim bilsin", — deb yozyapti Muhrim.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda 6-may kuni Xalqaro amaliy fanlar universitetlari rektorlari forumi boʻlib oʻtdi

Forumda nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllashning ilgʻor tajribalari muhokama qilindi. Jami 14 davlatdan tashrif buyurgan 18 ta universitet bilan hamkorlik oʻrnatildi.

Shuningdek, “ERASMUS+” doirasida Toshkent amaliy fanlar universiteti va Yevropa universitetlari yangi loyihaga start berdi.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 9-mayXotira va qadrlash kuni, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8-may kuni Toshkent shahrining asosiy koʻchalarida Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etiladi.

Tantanali ravishdagi piyoda yurishlari bugun soat 14:00 da “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidan boshlanadi.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi (Sagʻbon va Zarqaynar koʻchalari orqali) – Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar koʻchasi) – “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi (Oʻzbekiston shoh koʻchasi va Furqat koʻchasi) – “Magic City” maydoni (Furqat koʻchasi) yoʻnalishi boʻylab harakatlangan harbiy boʻlinmalarning “Magic City” maydonidagi toʻxtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi.


👉 @xushnudbek 👈
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi
#abituriyent

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA.

Bunda:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi.


👉 @xushnudbek 👈
‼️Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

🏫 Manba: O’zA


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirildi

Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

Quyidagilar saqlanib qoladi:

Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja;

aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi

Bunda:

1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi.

lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi Bunda: 1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi.…
Vazirlik mas’ullaridan aniqlashtirdim:

Grantni faqat 1 yilga berilishi haqidagi yangi tartib faqat joriy yilda o’qishga kiradigan 1-bosqich talabalari uchun taalluqli bo’ladi.

Hozir grantda o’qiyotgan birinchi va undan yuqori bosqichdagi talabalarda o’qishining oxirigacha granti saqlanib qoladi, ularga ushbu yangi tartib amal qilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
🥳XushnudbekUz kanali 6 yoshga to‘ldi

Roppa-rosa 6 yil oldin, ya’ni 2018-yil 8-may kuni @xushnudbek kanalida ilk post qoldirilgan edi.

6 yil ichida kanalda 24 mingga yaqin postlar eʼlon qilindi (forvardlari bilan). Bugungi kunda obunachilar soni 512 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Avval ham aytgan fikrlarimni takrorlamoqchiman. Kanalim menga ko‘p narsa o‘rgatdi, tarbiyaladi. Turli kutilgan va kutilmagan savdolarni boshimga soldi, quvonchli va baʼzan dilni xira qiluvchi vaziyatlarni tuhfa qildi. Masʼuliyatli bo‘lishga, maʼlumotlarni qayta va qayta tekshirish, shoshmashosharlik qilmaslikka, o‘z ustimda tinimsiz ishlashga o‘rgatdi.

Eng asosiysi kanalim menga Sizlardek qadrdon insonlarni berdi. O‘zbekiston va xorijdagi turli nuqtalardan meni kuzatib, fikrlarimga munosabatlar beradigan, xursandchilik kunlarimda men bilan birga quvonadigan, baʼzan men uchun qayg‘uradigan, xato qilgan paytlarim tanqid qilib, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan yarim milliondan oshiq aziz va samimiy yaqinlarim paydo bo‘ldi. Bularning barchasi Allohning menga bergan marhamati, desam adashmagan bo‘laman.

Boringizga shukr! Barchangizni g‘oyibona hurmat qilaman.

P/S: @xushnudbekuz kichik kanalim esa 2 yoshga to’ldi :)


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tinchlik uchun jon bergan insonlarning joylari jannatdan bo‘lsin.

Yurtimizda doim tinchlik bo‘lsin, ilohim. Dunyodagi nizolar ham tezroq tugasin, odamlar urushdan o‘lmasin.


👉 @xushnudbek 👈
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun soat 21:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi mahallada sport maydonchasi qurishni odamlar ovoz berib hal qiladi

Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman va shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

Sport maydonchalari tuman (shahar)lar kesimida eng ko‘p ovoz olgan mahallaga qurib beriladi.

❗️Ovoz berish jarayoni ertaga, 10-maydan boshlanib, 1-iyungacha tashabbus.sport.uz saytida bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilda ushbu tizim sinov tariqasida o‘tkazilayotgani sababli, mahalla qo‘shish imkoniyati yo‘q. Vazirlikning o‘zi hududlardan kelgan so‘rovlar asosida ehtiyojmandligiga qarab, har bir tuman yoki shahar bo‘yicha 3 tadan nomzod mahalla ro‘yxatini oldindan kiritib qo‘ygan. Ovoz berish ana shu mahallalar orasida bo‘lib o‘tadi.

Kelgusida xuddi Tashabbusli byudjetga o‘xshab, fuqarolar uchun ham o‘z mahallasini taklif qilish imkoniyatini qo‘shish rejalashtirilmoqda.

Ovoz berish telefon raqamni va unga kelgan SMS kodni kiritish orqali bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Ota-bobolarimiz qonini to‘kkan bosqinchilarning tasmasini taqish — sharmandalik!

Yaqinda o‘g‘limning bog‘chasida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan bir kun oldin bog‘cha ma’muriyati va ota-onalar o‘tiradigan Telegram guruhda “bolalarga Georgiy tasmasini taqmanglar, agar tasma kerak bo‘lsa faqat O‘zbekiston bayrog‘i shaklidagisini taqinglar” deb ogohlantirib yozdim. Xayriyatki, bog‘cha ma’muriyati ham urush va qonxo‘rlikni ifodalaydigan barcha ramzlardan mutlaqo foydalanmasligini aytdi.

Keyin ma’lum bo‘ldiki, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligidan ham bu borada bog‘chalarga alohida topshiriq tushgan ekan (bundan juda xursand bo‘ldim).

Bugun 9-may bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda, ko‘cha-ko‘yda Georgiy tasmasiga tez-tez ko‘zimiz tushyapti. Afsuski, haligacha yurtdoshlarimiz mazkur tasma tarixini bilmasdan, ko‘kraklariga taqib yurishibdi.

Georgiy tasmasi tarixi Rossiya imperatori Yekaterina II davriga borib taqaladi. Ushbu tasma va shu nomdagi orden o‘zga yurtlarni bosib olgan rus bosqinchilariga mukofot sifatida berilgan.

Jumladan, Turkiston o‘lkasiga qilingan bosqinchilik yurishlari davrida ham ota-bobolarimizning qonini to‘kkanlarga Georgiy tasmasi berilgan.

“Qo‘qon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallar ta’sis etilib, ularning barchasida mana shu tasmadan foydalanilgan.

Tasmadagi qizg‘ish sariq rang – urush va olov rangi bo‘lsa, qora rang urushning doimiy hamrohi bo‘lmish burqsib turgan tutun va yovuzlik rangini anglatadi.

Shu sababli, yurtdoshlarimizni mazkur tasmadan foydalanmaslikka, ota-bobolarimiz qonini to‘kib, yerlarimizni egallagan bosqinchilarning ramzlarini ulug‘lamaslikka, aksincha butunlay voz kechishga chaqiraman.

Buning o‘rniga 🇺🇿Vatanimiz bayrog‘ini ifodalovchi, ezgulik, mustaqillik va tinchlik ramzi bo‘lgan sharaf tasmasini taqish maqsadga muvofiq.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anton Chexov. Vanka (hikoya)

Izoh: Yaqindan shaharda yashay boshlagan 9 yoshli bolakayning bobosidan boshqa hech kimi yo‘q. To‘g‘ri, yana bir olam xotiralari va qishloqqa qaytish orzusi ham bor. Aynan ular Vankaga yo‘qotgan bolaligiga yetishish umidini bermoqda.

Bolaning o‘zidek sof xayollari, kechinmalari sizni befarq qoldirmasligi aniq.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/anton-chexov-vanka

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/PvXDw_ynJyk

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Endilikda yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilishga subsidiya olish uchun tomorqa yer egasi bo‘lish talab etilmaydi.

Bu haqda hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Shuningdek, qaror bilan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun beriladigan subsidiyalarning aniq miqdori bekor qilindi. Endilikda subsidiya miqdori agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga bog‘liq bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈