Xushnudbek.uz
586K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.11K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Osiyo kubogida kumush medallarni hamda tariximizda ilk bor Parij-2024 Olimpiada o’yinlariga yo’llanmani qo’lga kiritgan O’zbekiston U23 terma jamoasini kutib olish marosimi bo’lib o’tmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi mozaikalarga bag’ishlangan sayt ishga tushdi

mosaic.tashkent.uz manzilidagi platformada onlayn obyektlar katalogi mavjud, smartfon ilovasi yordamida mozaikalarni jonlantirish uchun Kaleydoskop funksiyasi va AR filtrlari mavjud.

Kelgusida “Tashkent Modernism” loyihasi obyektlari ham platformaga joylashtirilar ekan.

Mazkur sayt Toshkent hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko’magida ishlab chiqilgan.

Menga sayt yoqdi, siz ham kirib ko’ring-chi.


👉 @xushnudbek 👈
Ekologlarga hujum qilganlar qo‘lga olindi

29-aprel kuni Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo daryosining Oqqo‘rg‘on tumani, "Eltamg‘ali" MFY, Ko‘rik qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismida 2 nafar fuqaro motorli qayiq va to‘r yordamida ov qilish qoidalariga zid ravishda baliq ovlayotganligi aniqlangan.

Brakonyerlardan ov qilishni to‘xtatish so‘ralganida, ular ekologiya inspektorlariga qayiq eshkaklari bilan hujum qilib, ularni urib suvga yiqitishgan va voqea joyidan qochishgan.

Oqqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan 2-may kuni yuqoridagi 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 36 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Orxan Pamuk. Otamning jomadoni (Nobel ma’ruzasi)

Izoh: Zamonaviy turk yozuvchisi, bir necha mukofotlar, shu jumladan Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan yozuvchining ma’ruzasi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/orxan-pamuk-otamning-jomadoni

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/sp0oYwfP6ck

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Xushnudbek.uz – O’qishni ko’chirish bo’yicha ovozli chat
TTU talabalari endi nima qiladi?

Toshkent texnologiyalar universitetining litsenziyasi uzil-kesil bekor qilingani, bu haqda OTM ma’muriyatining o‘zi talabalariga ma’lum qilgani haqida xabarlar kelmoqda.

Bu mavzuda biroz avval kanalimizda alohida ovozli chat tashkil qilgan edik va unda barcha savollarga rasmiylar tomonidan javob berilgandi. Ovozli chatda aytilgan gaplar haliyam o‘z kuchida turibdi, biror o‘zgarish bo‘lgani yo‘q.

TTU talabalarida “endi nima qilamiz?” degan savol tug‘ilsa, unda eng avvalo ushbu ovozli chatni eshitib ko‘rishlari kerak.

Ovozli chatda aytilgan gaplar haqida qisqacha ma’lumot beraman:

1. Ayni hozir, ya’ni may oyida davlat OTMlariga ko‘chirish imkoni yo‘q. Nodavlat OTMdan davlatga faqat avgust oyida bo‘ladigan testlar orqaligina ko‘chirish mumkin. TTU talabalari uchun biror istisno qilinmaydi;

2. Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali, katta ehtimol bilan, joriy yilda ham o‘zgarmasa kerak. O‘tgan yilgidek qolishi kutilmoqda. TTU talabalari uchun istisno tarzda ballni kamaytirish rejalashtirilmayapti, bundan umid qilmasa ham bo‘ladi;

3. Hozirgi vaziyatda TTU talabalari o‘qishini boshqa nodavlat OTMlardan biriga ko‘chirish mumkin, bunda eng avvalo talabaning roziligi, bundan tashqari narigi nodavlat OTM roziligi kerak bo‘ladi;

4. Yurisprudensiya yo‘nalishidagilar o‘qishini xuddi shunday yo‘nalishi bor yagona nodavlat OTM — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga ko‘chirishlari mumkin, bunda yuqoridagi 3-bandda aytilgan shartlar bajarilishi kerak;

5. Agar yurisprudensiya yo‘nalishidagi talabalar uchun joy yetarli emasligi uchun Akademiya tomonidan talabalarni qabul qilish rad etilsa, unda vaziyatdan kelib chiqib, qaror qabul qilinadi. Hozir bu qanday qaror bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi;

6. Har qanday vaziyatda ham Oliy ta’lim vazirligi bironta talaba ko‘chada qolmasligini ta’kidlagan.

Hozircha shular, qolganini vaqt ko‘rsatadi. Shu mavzuda yangilik bo‘lsa, xabar berishga harakat qilamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Magistratura uchun til bilish sertifikati bekor bo‘ladimi?

Aytgancha, mavzu ochilganda yana bir masala haqida ma’lumot bersam.

Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda magistraturaga kirish uchun til bilish sertifikati bo‘lish talabi bekor qilinishi haqidagi xabarlar rosa aylandi.

Mazkur masala bo‘yicha bir nechta mas’ullar bilan, ya’ni aynan qaror qabul qiluvchi insonlar bilan gaplashdim. Ayni kunlarda magistraturaga kirish uchun xorijiy til bilish sertifikatiga oid talabni bekor qilish bo‘yicha hech qanday reja yo‘q. Va, katta ehtimol bilan, ushbu talab bekor bo‘lmaydi, sertifikat so‘rash davom etaveradi. Shunga qarab tayyorgarligingizni ko‘ring.

Mabodo boshqacha yangiliklar bo‘lib qolsa, xabar beramiz.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkentdagi “Oʻzekspomarkaz”da 1-2-may kunlari nogironligi boʻlgan hunarmand va yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlagan tadbirkorlik subyektlarining “Inson uchun” savdo koʻrgazmasi tashkil etildi.

Koʻrgazma doirasida tadbirkor va hunarmandlar bilan vazirlik, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasida 350 milliard soʻmdan ortiq shartnomalar tuzildi.

👉 @xushnudbek 👈
⚡️ 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi
#abituriyent

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin.

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477

Tasavvur hosil qilish uchun 2022-yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/14934

❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.


👉 @xushnudbek 👈
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8 va 9-may kunlari “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

● 762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi:

Toshkent — soat 6:59
Qarshi — soat 10:33

761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi:

Qarshi — soat 16:51
Toshkent — soat 20:20.


👉 @xushnudbek 👈
Aytgancha, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari yo‘q.

Ya’ni faqat 9-may, payshanbada dam olish kuni bo‘ladi, boshqa kunlar odatiy ish kuni hisoblanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
⚡️ 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi #abituriyent Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari…
Hujjatlar nusxasini so‘rash qonuniymi? Byurokratiyadan qachon qutilamiz?

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 5 yil staji bor ayollar uchun tavsiyanoma berish maqsadida arizalar qabul qilishni boshladi. Hujjatlar 1-iyunga qadar tuman (shahar) ishchi guruhlarida qabul qilinadi.

Nomzodlardan so‘ralayotgan hujjatlar:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

Ya’ni 5 yil staji bor ayollar 3 ta hujjatni ko‘tarib, ishchi guruh qayerdaligini topib, ovora bo‘lib borishi kerak. Kimnidir qosh-qovog‘iga qarashi, tavsiyanoma berasizlarmi, iltimos, hal qilib bering, deb so‘rashi kerak.

Va eng qizig‘i boshqa joyda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6191-son va PF–6269-son Farmonlariga asosan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilingan:

— shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

— shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;

— mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;

— kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;

— soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;

— diplom ma’lumotlari (oliy ta’lim va o‘rta maxsus);

— tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari;

“Manzil-ma’lumot”, shuningdek, doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar (to‘liq ro‘yxat yuqoridagi farmonlar havolasida).

Bu turdagi hujjatlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinadi.

Ko‘rinib turibdiki, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi so‘rayotgan 3 ta hujjatni (uning ikkitasi shunchaki nusxa) so‘rash Prezident farmonlari bilan taqiqlangan.

Nahotki bunga hech kim e’tibor qilmaydi? Ushbu tavsiyanomani berish 2022-yildan boshlangan. Oradan 2 yil o‘tdi. Bu vaqt ichida bemalol shu tizimni onlayn qilsa bo‘lar edi. Hech kimdan hech qanaqa hujjat so‘ralmaydigan, hech kimni ovora qilmaydigan, inson omilidan butunlay xoli tizim qilsa bo‘lardi. Faqat ozgina xohish kerak edi xolos.

Bunday tizim qo‘mitada mavjud bo‘lmaganda ham mayli edi. Ehtiyojmand ayollarga beriladigan boshqa tavsiyanomani olish uchun aynan onlayn ariza beriladi, qo‘shimcha hujjat so‘ralmaydi. Nega shunaqa imkoniyatni 5 yil stajli ayollarga ham qilish mumkin emas?

Hayronman ochig‘i.


👉 @xushnudbek 👈
‼️Zo‘r xabar: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Ya’ni grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin.

Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi.

Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.


👉 @xushnudbek 👈
Bilimli abituriyentlar uchun ham zo‘r yangilik!

Endilikda muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

Avvallari ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolar edi. Masalan, qaysidir OTMda bitta yo‘nalishda 90 ball olgan abituriyent grantga o‘qishga kirar, boshqa OTMda esa xuddi shu yo‘nalishda 160 ball olgan abituriyent o‘qishdan yiqilar edi.

Endi davlat grantlari iqtidorlilarga, yuqori ball olganlarga yo‘naltiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov 6-may kuni Farg‘ona shahrida 🇰🇬Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev hamda 🇹🇯Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimov bilan uchrashgan.

Muzokara davomida mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm, narkotrafikka qarshi kurashish hamda chegara masalalari muhokama qilingan.

Asosiy mavzu esa qirg‘iz-tojik chegarasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish bo‘lgan, shekilli.

Chunki rasmiy xabarda aytilishicha, muzokaralar yakunida Qirgʻiziston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi aʼzolariga chegaraning qolgan uchastkalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, tegishli ikki tomonlama shartnomani tayyorlash va imzolash boʻyicha aniq topshiriqlar berilgan.

O‘zbekiston ikki qo‘shnilarimiz o‘rtasida tinchlik o‘rnatishda vositachilik qilayotganga o‘xshaydi. Tinchlik bo‘lsa, mintaqada hammaga yaxshi bo‘lardi.


👉 @xushnudbek 👈
Amudaryo tumanida Qipchoq – Blok post stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasini jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar olib borilayotgani sabab qo‘shma  ko‘prikda 7-may soat 14:00 dan 9-may soat 14:00 gacha avtotransport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Vaqtincha harakat "Qipchoq ponton ko‘prigi" orqali amalga oshiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX tomonidan turli mansabdor shaxslar pora bilan ushlandi

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2000 dollar olgan vaqtida ushlangan.

U pora olish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bog‘cha rahbariga nisbatan tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanmasligiga yordam berishi evaziga 3 ming dollar talab qilgan va 1000 dollarni avvalroq olgan;

Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi agrofirma rahbari tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan fermer xo‘jalikning davlat zaxirasiga olingan 10 gektar yer maydonini ixtiyoriga qaytarib berish hamda bajarilmagan g‘alla ekish rejasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2,5 ming dollar talab qiladi.

Agrofirma rahbari so‘ralgan puldan 1000 dollar va 5 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan. Chortoq tuman hokimi o‘rinbosari esa 100 dollarni olib, qolgan qismini agrofirma rahbariga o‘zida saqlab turishini aytgan vaqtida ushlangan;

Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘z rahbarining og‘zaki topshirig‘iga asosan, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJning transformatorini elektr tarmog‘iga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xizmat xonasida 40 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan. Angren shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i ham protsessual tartibda ushlangan;

Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boshlig‘i tumandagi 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joy uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 25 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Yuriy Dud kanalida Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan intervyu e’lon qilindi.

Intervyuni ko‘rgan Muhrim bir qiziq joyiga e’tibor qaratmoqda.

2022-yili Moldovada gaz inqirozi bo‘lgan ekan. Sandu aytyaptiki, Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi “Moldovagaz” bizdan 700 (yetti yuz) mln dollar qarz, shu qarzni Moldova hukumati o‘z zimmasiga olib, to‘lamasa, biz boshqa gaz bermaymiz, deb shart qo‘ygan. Sanduning ma’muriyati xalqaro auditorlarni jalb qilib, “Gazprom” keltirgan hisob bo‘yicha qarzdorlikni hisoblab chiqsa, qarz “Gazprom” aytganidek 700 mln emas, atigi 8 (sakkiz) mln dollar bo‘lib chiqqan. Hozir Moldova gazni Yevropa bozoridan sotib olayotgan ekan.

"Sanduning intervyusidagi bu parcha nimasi bilan e’tiborga molik? Shunisi bilanki, birinchidan, bu ssenariy 2019-yili “Lukoyl”ga 600 mln dollar qarz bo‘lib qolganimizga o‘xsharkan, ikkinchidan, Rossiya kompaniyasi xalqaro auditorlarni jalb etmasligimizni bilib, bizni chuv tushirgan bo‘lsa kerak. Tag‘inam kim bilsin", — deb yozyapti Muhrim.


👉 @xushnudbek 👈