Xushnudbek.uz
569K subscribers
10.1K photos
2.6K videos
220 files
8.73K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Dushanbedagi "Qasri millat" qarorgohida Emomali Rahmonning taklifiga binoan 🇹🇯Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan kelgan 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈
“Rinotin kids” biologik faol qo‘shimchasiga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Rinotin kids” siropi sifati haqida tanqidiy postlar e’lon qilinganidan so'ng Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi holat bo'yicha o‘rganish olib bordi.

Unga ko'ra, aholi orasida ovqatdan zaharlanishning oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi.

Bundan tashqari, “CYNERGY PHARMCO” MCHJga respublika hududlaridagi barcha dorixonalardagi “Rinotin kids” siropini qaytarib olish topshirig‘i berildi. Hozirgacha korxona tomonidan 28 ta dorixonalardagi mahsulotlar qaytarib olingan.

“Rinotin kids” siropi dori vositasi emas, balki biologik faol qo‘shimcha bo‘lib, Italiyada ishlab chiqariladi. Mahsulot O‘zbekistonga “Gricar Chemical S.R.L kompaniyasining ishonchnomasiga ko'ra olib kiriladi. Shuningdek, “CYNERGY PHARMCO” MCHJga 2022-yil 29-aprelda ruxsatnoma berilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ma’lumot uchun: Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikdan keyingi eng yuqori munosabat shaklidir.

Bugungi kunda O‘zbekiston 2 ta davlat (Rossiya, Qozog‘iston) bilan ittifoqchilik, 14 ta davlat bilan esa strategik sherikchilik munosabatlarini o‘rnatgan.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Muhim xabar: Uzbekistan Airways aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti o‘zgardi

Toshkent xalqaro aeroportida endilikda Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov joʻnashiga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatiladi.

Parvoz qilmoqchi bo’lgan yurtdoshlarimiz ushbu o’zgarishni inobatga olib qo’yishlari maqsadga muvofiq.


👉 @xushnudbek 👈
Emomali Rahmonning farmoni bilan Ozodbek Nazarbekov , Munojatxon Yo‘lchiyeva, Og’abek Sobirov va Yulduz Usmonova “Tojikiston xalq hofizi” faxriy unvoni bilan, Yodgor Sa’diyev esa “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

O’z navbatida Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan bir guruh tojikistonlik san’atkorlar — Mirali Do‘stizoda, Ismoil Nazriyev, Furqat Saidov, To‘lqin Tojiboyev va Rahmatullo Hoshimov “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Ekologiya xodimlariga tazyiq bo‘yicha tekshiruv olib boriladi

Rasul Kusherbayev o‘z telegram sahifasida “Yashil makon” doirasidagi ko‘zbo‘yamachilik va bosimlar haqida yozgan. Unga ko‘ra, poytaxtda “Yashil makon” platformasiga kiritilib, haqiqatda ekilmagan 41 mingdan ortiq ko‘chatlarni ekologiya xodimlari tasdiqlashmagan. Natijada esa Toshkent shahrining Yakkasaroy, Uchtepa va Shayxontohur tumanlarida hokimliklar, IIB va prokuratura tomonidan ekologiya xodimlariga bosim o‘tkazilgan.

Bosh prokuratura ushbu xabar asosida tekshirish boshlanganini ma’lum qildi.

Tekshirish davomida xabardagi har bir holat o‘rganilib, unda e’tirof etilgan davlat organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi, - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent shahrida 2 ta marafon o‘tkazilishi munosabati bilan 21-aprel kuni ertalab soat 04:30 dan 14:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi:

Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan chorrahasidan, Oybek ko‘chasigacha;

Oybek ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Nukus ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

Nukus ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

Abdulla Qodiriy Nukus ko‘chasi bilan chorrahasidan Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyigacha;

Abdulla Qodiriy ko‘chasi Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasi kesishgan chorrahasigacha;

Shahrisabz ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;

Afrosiyob ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

Sharof Rashidov shoh ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha;

Islom Karimov shoh ko‘chasi Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15-aprel kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Gentra haydovchisi ikki nafar o‘quvchini urib yuborgan.

Voqea tumanning Oqtom mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda, Baxmal tumanidan bo‘lgan 26 yoshli haydovchi avtomashinasida yuqori tezlikda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgani sabab sodir bo‘lgan.

U qarama-qarshi yo‘nalishda maktabga ketayotgan 5 va 7-sinf o‘quvchilarini urib yuborgan va oqibatda bolalar vafot etgan. Shuningdek, mashina yo‘l chetida bog‘lanib turgan qoramolni ham urib ketgan va u ham nobud bo‘lgan.

Surishtiruv davomida haydovchi 2023-yilning dekabr oyidan shu kungacha 11 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani aniqlangan. Hozirda hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Lolazor” podkasti tanaffusdan qaytmoqda.

2-mavsumning 1-sonini (#17) yakshanba kuni tomosha qilishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Qozog‘iston Respublikasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga O’zbekiston xalqi nomidan insonparvarlik yordami yuborildi.

Insonparvarlik yordami yukini Prezident maslahatchisi T.Xudaybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozog‘istonga yetkazib beradi.

15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DXX tomonidan 19.7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi

Qibray tumanida yashovchi fuqaroning xonadonidan sotish uchun tayyorlangan 4 kg 824 gr “Mefedron”, 3 kg 274 gr “Spays” va 2 kg 130 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositalari topildi. Ular Qozog‘istondan olib kelingan.

Rossiyadan yuk avtomashinasida 3 dona avtomobil ehtiyot qismi ichiga yashirilib, yuborilgan 3 kg 780 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini Zangiota tumanida qabul qilib olgan 3 kishi ushlandi.

Sirdaryolik fuqaroning Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi vaqtincha yashash xonadonidan 5 kg 687 gr “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi topilgan. Ular Rossiyadan keltirilgan.

Barcha hollarda jinoyatchilar narkotik moddalarni kichik bo‘laklarga bo‘lib, internet tarmog‘ida sotishni rejalashtirgan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈