Xushnudbek.uz
586K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.11K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
⚡️10-aprel – Ramazon hayiti

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.


👉 @xushnudbek 👈
Musanov Odil Olimovich Arnasoy tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈
Isakulov Sardor Dadajonovich
Parkent tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bular:

🔴 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

🔴 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🟢 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

🔴 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈
426 nafar shaxs afv etildi

Shavkat Mirziyoyev Muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 426 nafar shaxsni afv etish haqidagi farmonni imzoladi.

Afv etilgan shaxslarning 135 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 200 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 26 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 65 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 11 nafarini chet el fuqarolari, 50 nafarini ayol, 13 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 157 nafarini yoshlar (shulardan, 3 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 5 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.


👉 @xushnudbek 👈
Hayit namozi vaqtlari:

● Andijon, Namangan, Farg‘ona — 06:00;
● Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyati — 06:10;
● Jizzax — 06:15;
● Samarqand — 06:20;
● Surxondaryo — 06:25;
● Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro — 06:30;
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm —06:50.


👉 @xushnudbek 👈
10-aprel, Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga BEPUL xizmat ko‘rsatadi.


👉 @xushnudbek 👈
Ramazon. 30-kun. Ruhiy tarbiya. Solihlik
9-aprel, seshanba (30-kun)
Saharlik vaqti: 04:31
Iftorlik vaqti: 18:59 (Toshkent vaqti)

Solihlik. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈
Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 10-aprelRamazon Hayiti, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Demak, bugun, 9-aprel kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

❗️Ma’lumot uchun, Hayit bayramida ketma-ket 3 kun (10-12-aprel) dam olish kuni sifatida belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun, 2024-yil 9-aprel kuni, yurtimizda ikkita muhim sana nishonlanmoqda:

• Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 688 yilligi;

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda 1 sutka mobaynida yuk mashinalari harakati to‘liq cheklanadi

Ramazon hayiti munosabati bilan poytaxtimizda xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida joriy yilning 9-aprel kuni soat 17.00 dan 10-aprel soat 17.00 gacha Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda yuk avtomashinalarining harakatlanishi to‘liq cheklanadi.

Avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari bundan mustasno.


👉 @xushnudbek 👈
Qarshi tuman prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

U ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 8-aprel kuni 5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan va tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Bugun soat 20:00 da tanlov (giveaway) g’oliblari ma’lum bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uzbekistan’s club tomonidan suratga olinayotgan O‘zbekistonlik.Podcast loyihasining ikkinchi sonida Kanadadagi “Sobirovs Law Firm” advokatlik firmasi rahbari Rahmad Sobirov va AQShdagi “Langar Law Firm” advokatlik firmasi rahbari Mirakmal Niyazmatov mehmon bo‘ligan.

Mavzu qiziq: mehnat immigratsiyasi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanada immigrantlar uchun zoʻr joymi? Ularda qonuniy va hujjatsiz immigrantlarga munosabat qanday? Amerikaga Meksika orqali kirishning oqibatlari qanday boʻladi? Ushbu savollarga Podcast davomida javob olasiz.


👉 @xushnudbek 👈
Yutuqli oʻyinning 10 ta gʻolibi Telegram tomonidan tasodifan tanlandi va shaxsiy xabarlarda hadya havolalarini oldi.
Xushnudbek.uz
Ramazon hayiti munosabati bilan o’tkazilgan tanlov (giveaway) g’oliblari ro’yxati.

Barcha g’oliblarni tabriklaymiz va ular bilan bog’lanib, tez orada 6 jilddan iborat “Tafsiri Hilol” kitoblar to’plamini yetkazamiz. 1 yillik Telegram Premium uchun obuna havolasi g’oliblarga shaxsiy xabar orqali avtomatik yuborildi.

G’olib bo’lmaganlar esa xafa bo’lishmasin. Bu kabi tanlovlarni kanalimizda yana tez-tez o’tkazamiz, Xudo xohlasa.


👉 @xushnudbek 👈
Barchangizga Hayit ayyomi muborak bo’lsin!


👉 @xushnudbek 👈
10-apreldan Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo'ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkazilmoqda.

Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradi.


👉 @xushnudbek 👈
Andijonda 42 mlrd so‘mlik loyihani olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Andijon tumanida yashovchi A.B. va Andijon shahrida yashovchi X.U. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yo‘l qurilishi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJga Asaka tumanidagi “4R-112” avtomobil yo‘lining 4 km. qismiga asfaltobeton qoplamasini yotqizish bo‘yicha loyihani olib berishni va’da qiladi. Buning evaziga loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd so‘mning 10 foizini (4,2 mlrd so‘m) berishini talab qilishadi.

A.B. so‘ralgan puldan 20 ming dollarini olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈