Xushnudbek.uz
583K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.12K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlar, bozorlar va boshqa jamoat joylarida xavfsizlik nazorati choralari kuchaytirilgani ma’lum qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

❗️ Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma;
Matematika fanidan — yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi.

❗️ 11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
Matematika fanidan — yozma;
Davlat tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va ogʻzaki;
Chet tili fanidan — yozma/ogʻzaki;
Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;
Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan (oʻquvchining tanlovi boʻyicha) — yozma shaklda oʻtkaziladi.

✔️ Ma’lumot uchun, 2025-yildan boshlab ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VMQ-166. 29.03.2024-yil.pdf
405.7 KB
❗️Amaliy harakatlar boshlandi: 1-iyundan avtomobillarga ekologik stikerlar berish va hududlarni “yashil”, “sariq”, “qizil” zonalarga ajratish boshlanadi

Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda O’zA.

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-iyundan boshlab transport vositalari ekologik tekshiruvdan o’tkaziladi.

Diagnostik tekshiruv natijalariga asosan transport vositalariga qalbakilashtirishdan himoyalangan va elektron belgiga ega stikerlar beriladi. Shunga koʻra, transport vositalari “yashil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanadigan “toza”, “oʻrta” va “zararli” ekologik toifalarga boʻlinadi.

❗️Diagnostik tekshiruvlar va stikerlar berish BEPUL amalga oshiriladi.

Shuningdek, ekologik holatdan kelib chiqib hududlar “yashil”, “sariq” va “qizil” zonalarga bo’linadi. Agar havo ifloslanishi juda ortib ketib qolsa, “qizil” hududlarga stikeriga qarab ayrim mashinalar kirishi taqiqlanadi.

Tartibni buzganlarga jarima solinadi, jarimadan tushgan mablag’lar esa ekologiya va atrof-muhitni yaxshilash uchun sarflanadi.

Ushbu “Ekologik transport” tizimi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich joriy etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
VMQ-166. 29.03.2024-yil.pdf
Eski mashina egalariga yangisiga almashtirish uchun subsidiya beriladi

Bu haqda Hukumat qarori (166-sonli, 29.03.2024) qabul qilindi.

Qarorda aytilishicha, iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda aholiga “zararli” toifadagi transport vositalarini “toza” toifadagi transport vositalariga almashtirish uchun subsidiya berish tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.


👉 @xushnudbek 👈
Ramazon. 21-kun. Ruhiy tarbiya. Muroqaba
31-mart, yakshanba (21-kun)
Saharlik vaqti: 04:48
Iftorlik vaqti: 18:49 (Toshkent vaqti)

Muroqaba. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈
Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun olib kiriladigan qimmatbaho toshlarni QQSdan ozod qilish rejalashtirilmoqda

Bu haqdagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Qonun bilan quyidagilar belgilanmoqda:

Soliq kodeksiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritish;

Soliq kodeksini kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi foyda solig‘idan ozod qilinishi to‘g‘risidagi norma, ushbu zonalar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritish.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Benjamon Franklin. Hushtak (hikoya)


Izoh
: hikoya qahramoni 7 yoshida o‘rtoqlari qaysidir bayramda sovg‘a qilgan bir hovuch chaqaga o‘yinchoqlar do‘konidan hushtak sotib oladi. Sevinchi ichiga sig‘may hushtagini quloqlarni qomatga keltirib chalib yurgan bolakay ushbu matohni o‘z narxidan to‘rt baravar qimmatga sotib olganini bilgach, dunyo ko‘ziga qorong‘i bo‘lib ketadi. Biroq aynan shu voqea uning hayotini tubdan o‘zgartirgan deyish mumkin. Qanday qilib deysizmi? Buni atigi 7 daqiqa vaqt ajratib, hikoyani o‘qib/tinglab bilib olishingiz mumkin.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Benjamin-Franklin-Hushtak-hikoya

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/56A6jTxPD6o

💬 Muhokama bu yerda.

🎙 Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
«Metan» gaz uchun eng baland chakana narx 3 ming 350 so’m etib belgilandi

Endilikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-iyungacha bir kub metr uchun 3 ming 350 so‘m qilib belgilanmoqda.

Ya’ni 1-apreldan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juz’iy o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 3 250 so‘m edi).


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xushnudbek.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon. 22-kun. Ruhiy tarbiya. Tavba
1-aprel, dushanba (22-kun)
Saharlik vaqti: 04:46
Iftorlik vaqti: 18:50 (Toshkent vaqti)

Tavba. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈
Turkiyada kecha o’tgan saylovlarda Erdo‘g‘anning partiyasi 20 yil ichida ilk bor munitsipal saylovlarda muxolifatga mag‘lub bo‘ldi.

99,82% saylov byulletenlari sanab chiqilgandan keyin muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi 37,74%, hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi esa 35,49% ovoz olgan.

Anqara, Istanbul, Bursa, Izmir, Antalya va Adana kabi yirik shaharlarda muxolifat g‘alaba qozondi.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿Rasman: Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida 4-o‘rinda qayd etildi

Avval ma’lumot berganimizdek, rasmiy reyting jadvali FIDE tomonidan har oyning boshida e’lon qilinadi.

Aprel oyi uchun yangilangan natijalarga ko‘ra, 2765 reyting ochkosi bilan Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida 4-o‘ringa rasman ko‘tarildi. Undan yuqorida 🇳🇴Magnus Karlsen (2830), 🇺🇸Fabiano Karuana (2803) va 🇺🇸Hikaru Nakamura (2789) bor.

O‘z navbatida Abdusattorov o‘tgan oydagi kabi o‘smirlar o‘rtasida FIDE jahon reytingida yetakchi sifatida qayd etildi.

Ushbu tarixiy natija bilan Nodirbekni, uning ota-onasini, ustozlarini va yurtimizdagi barcha shaxmat ixlosmandlarini tabriklaymiz! Va ishonamizki, tez orada Nodirbek FIDE reytingini boshqaradigan davrlarga ham kelamiz, Xudo xohlasa.


👉 @xushnudbek 👈
👨🏻‍🎓🧑‍🎓Oʻzbekistonlik talabalarga Xitoy universitetlarida tahsil olish uchun stipendiyalar ajratiladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov va Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur avtonom viloyati hukumati raisi Erkin Tuniyaz “Oʻzbekiston fuqarolariga Xitoy oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun stipendiyalar taqdim etish toʻgʻrisida”gi kelishuvni imzoladilar.

Shartnomaga koʻra, Xitoy tomoni har yili noyabr oyining oxirigacha Oʻzbekiston fuqarolari tahsil olishi mumkin boʻlgan oliy oʻquv yurtlari roʻyxatini, stipendiya dasturlari shartlari va talablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi esa Shinjon-Uygʻur avtonom tumanidagi universitetlarda oʻqish uchun tavsiya etilgan talabalar roʻyxatini taqdim etadi.

Xitoyda oʻqish uchun nomzodlar maʼlum darajadagi xitoy tilini bilishi talab etiladi. Zarur hollarda stipendiyaga tavsiya etilgan talabalar uchun til kurslari tashkil qilinishi mumkin.

Birlamchi kelishuvga koʻra, stipendiyalar oʻqish, toʻlovlar hamda turar joy, sugʻurta mukofotlari (shu jumladan, tibbiy sugʻurta) va yashash xarajatlarining bir qismini qoplashi nazarda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈