Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgarishlar kiritildi
Senatorlar qabul qilgan qarorga ko‘ra, Muxtabar Husanova va Xalmuxammed Paluaniyazov Markaziy saylov komissiyasining yangi a’zolari etib saylandi.
Shuningdek, MSK 21 nafar a’zosidan 14 nafarining vakolati o‘z arizalariga ko‘ra tugatildi. Bular:
— Marinika Babanazarova;
— Feruzaxon Ahmedova;
— Suyarjon Qurbonqulov;
— Shuhrat Sirojiddinov;
— Iroda Kenjayeva;
— Alisher Isoqboyev;
— Orzigul Qozixonova;
— Sherzodxon Qudratxo‘ja;
— Gulnoza Ismoilova;
— Alisher Usmonqulov;
— Orifjon Bozorov;
— Shuhrat Jo‘rayev;
— Muyassar Qodirova;
— Ergash Yusupov.
Ma’lumot o‘rnida, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda Markaziy saylov komissiyasi doimiy asosda faoliyat yuritadigan 9 nafar a’zodan (1 nafar a’zosi Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili) iborat tarkibda tuziladi.
👉 @xushnudbek 👈

“Toshshahartransxizmat” AJ rahbarlariga nisbatan tergovni Davlat xavfsizlik xizmati olib bormoqda
DXX tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi J.A., bosh muhandisi A.A. hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlari T.D. va I.B. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ular o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazishgani aytilmoqda.

🇺🇿Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo’yicha “Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turnirining yarim finaliga chiqdi.
Chorak finalda amaldagi shaxmat toji egasi 🇨🇳Ding Liren mag’lub etildi.
Endi hamyurtimiz yarim finalda🇳🇴 Magnus Karlsen bilan kuch sinashadi.
Ikkinchi yarim final juftligida 🇺🇸Fabiano Karuana va 🇺🇸Levon Aronyan finalchi nomini aniqlab beradi.
Nodirbekka omad tilaymiz.
👉 @xushnudbek 👈
Chorak finalda amaldagi shaxmat toji egasi 🇨🇳Ding Liren mag’lub etildi.
Endi hamyurtimiz yarim finalda
Ikkinchi yarim final juftligida 🇺🇸Fabiano Karuana va 🇺🇸Levon Aronyan finalchi nomini aniqlab beradi.
Nodirbekka omad tilaymiz.
👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston aholisida qancha avtomobil bor?
2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomobillar soni 4 mln 20 ming 744 tani tashkil etgan.
Shundan:
🚗 yengil avtomobillar – 3 mln 759 ming 45 ta;
🚚 yuk avtomobillari – 240 ming 917 ta;
🚍 avtobuslar – 6 ming 297 ta;
🚌 mikroavtobuslar – 9 ming 102 ta;
🚑 maxsus transportlar – 5 ming 383 ta.

❗️Qishki "perevod" javoblari chiqdi
Uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, bahorgi semestrda o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati oliy ta’lim muassasalariga yuborilgan.
Ariza topshirgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga bog‘lanishlari kerak.

"Tashabbusli byudjet" loyihasining 2024-yilgi 1-mavsumida hozirgacha 21 mingga yaqin tashabbus qoldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar o‘z tashabbuslarini 20-fevralga qadar kiritishlari mumkin. Shundan so‘ng moderatsiya jarayoni boshlanadi.
Ovoz berish bosqichi esa 12-martdan start oladi.
❗️Maʼlumot uchun: joriy yildan boshlab SMS orqali ovoz berish jarayonlarida "Bir kishi — bir ovoz" prinsipi amal qiladi. Yaʼni bir kishining nomida nechta sim-karta bo‘lishidan qatʼi nazar, faqat bitta ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.

Ahmedova Gulnora Mahmudovna Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Savdo-sanoat palatasi Shahrixon tumani bo‘limi rahbari edi.
👉 @xushnudbek 👈
U bunga qadar Savdo-sanoat palatasi Shahrixon tumani bo‘limi rahbari edi.
👉 @xushnudbek 👈
Haydarov Muhammad Abduhakimovich Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Namangan tumanidagi “Olaxamak” mahallasida hokim yordamchisi edi.
***
Rasulov Otavulloxon Abdulaxadovich Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari edi.
***
Bozorboyev Jamshid Rafiqjon o‘g‘li Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari edi.

O‘zbekistondagi xususiy neft-gaz kompaniyasi — Saneg Italiyaning yuqori sifatli avtomobil va sanoat moylari hamda moylash materiallari ishlab chiqaruvchi – “CGC Lubricants Italy S.P.A.” kompaniyasini sotib olganini e’lon qildi.
Endilikda kompaniyaning “CGC Lubricants Italy” nomi “SANEG OIL ITALY S.P.A.” ga almashtirildi.
👉 @xushnudbek 👈
Endilikda kompaniyaning “CGC Lubricants Italy” nomi “SANEG OIL ITALY S.P.A.” ga almashtirildi.
👉 @xushnudbek 👈
Qoraqalpog‘istondagi Jiltirbas ko‘li xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq yerlar ro‘yxatiga kiritildi.
Ramsar konvensiyasi kotibiyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga Qoraqalpog‘istondagi Jiltirbas ko‘lini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvli-botqoqli yerlar ro‘yxatiga kiritilgani to‘g‘risida sertifikat bergan.
Ma’lumot o‘rnida, bugunga qadar O‘zbekistonning 4 obyekti: Dengizko‘l ko‘li (2001), Arnasoy ko‘llar tizimi (2008), To‘dako‘l va Quyimozor suv omborlari (2020), Sudochye ko‘llari tizimi (2023) xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan Ramsar suvli-botqoqli yerlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Bugun Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Sherzodxon Qudratxo’janing O’zbekistonda yashab turib, o’zbek tilini bilmaydigan insonlar haqida aytgan gapi uchun O’zbekiston elchisini chaqiribdi.
Qiziq, elchimizni taklif qilishmabdi, balki chaqirishibdi. Butun boshli “O’zbekistonni bosib olaylik” degan ahmoqning gapidan keyin bizning TIV Rossiya elchisini taklif qilgan edi. Kim bilsin, balki biznikilar o’shanda xijolat bo’lib, uzr ham so’ragandir.
Xullas, Rossiya TIV fikricha, Sherzodxon Qudratxo’janing keskin fikri ikki tomonlama do’stona munosabatlariga teskari emish va ruslar O’zbekiston TIVdan shu holat bo’yicha izoh talab qilishibdi.
Iya, O’zbekistonda yashaydiganlardan o’zbek tilini hurmat qilishni so’rash, qachondan buyon O’zbekiston-Rossiya aloqalariga zid bo’lib qoldi? Mantiq yo’q.
Xullas, biznikilar ham xuddi ruslarning o’zi kabi javob berishi kerak: Sherzodxon Qudratxo’janing fikri o’zining shaxsiy pozitsiyasi bo’lib, so’z va fikr erkinligidan foydalanyapti. Bu fikrlar Toshkentning rasmiy pozitsiyasini anglatmaydi. Tamom. Yetadi.
Axir Rossiya tomoni ham Zaxar Prilepinga o’xshagan potensial bosqinchi-okkupantlarning fikriga xuddi shunaqa javob berdiku.
Tag’in, uzr so’rab, sharmanda qilib o’tirmanglarey, hurmatli mas’ullar.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi ko‘p qavatli turar-joy binolarida yashovchi aholi uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Unga ko'ra, 2023−2024-yilgi isitish mavsumi tugagandan so‘ng issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti uchun yuqoridagi suratda ko’rsatilgan yangi tariflar kuchga kiradi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahnoza Soatova to‘g‘ri aytyapti, bizga vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘usini kuchaytiradigan videolar ko‘proq kerak. Ta’sirli kontentlar zarur. Ko‘rganda etlarimiz jimirlab, qonlarimiz ko‘pirib, yuraklarimiz dukurlashi o‘zimizga eshitilishi kerak. Kinolar, seriallar, kliplar, podkastlar, tok-shoular, roliklar, vaynlar, rilslar va h.k.
Bilmadimu, lekin menimcha, qozoqlar bu borada bizdan ancha oldindadek.
Masalan, vatanparvarlik mavzusida Ozodbek Nazarbekovning 6-yil oldingi “Mendirman” qo‘shig‘i va klipidan keyin, hali bu darajada ta’sirli boshqa klip ko‘rmadim. Yoki Yulduz Usmonovaning “Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston”, Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan, Vatanim” kabi qo‘shiqlariga ham 20 yillar bo‘ldi. O‘rnini bosadigani chiqmayapti. O‘ldim-kuydim, bevafo yorga aldandim yoki to‘ybop qo‘shiqlardan ortmayapmiz. Vatan haqidagi asarlar ham ko‘p, ammo ular nomiga, qo‘l uchida yaratilayotgandek.
Bu haqda jiddiy o‘ylashimiz kerak. Ayniqsa, bu hozirgi davrda juda muhim.
‼️Muammolarimiz bormi — bor. Ko‘pmi — ko‘p. Lekin bu Vatanimizni sevishimiz uchun xalaqit bermaydi. Lekin bu boshqa davlatlar bizning ichki ishlarimizga aralashishi va aql o‘rgatishiga huquq bermaydi. 🇺🇿O‘zbekiston bizniki, uning hayoti ham, har bir qarich yeri ham, yutug‘i va muammosi ham o‘zimizniki. Bu yurtdagi har bir masalani, biz — o‘zbeklar, o‘zimiz hal qilamiz. Tamom! Bu borada boshqa muhokamaga o‘rin yo‘q.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aniqlangan bolalar savdosi haqida
➖Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro viloyatida tug‘ilgan, Guliston shahrida vaqtincha yashovchi ayol joriy yilning 30-yanvar kuni tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 40 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi;
➖Termiz tumanida yashovchi ayol joriy yilning 25-yanvar kuni tug‘ilgan qiz farzandini o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan ayol bilan til biriktirib, Termiz shahrida 25 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlandi;
➖Chirchiq shahrida yashovchi ayol o‘zining 2018-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini Toshkent shahrida 3 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi;
➖Namangan shahrida yashovchi ayol o‘zining 2014-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini 18 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, talab qilingan puldan 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
🏫 Manba

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifini “Asaka tekstil” klasterining to‘qimachilik korxonasidan boshladi va bu yerda jamoa bilan suhbatlashdi. 2022-yil avgustda ishga tushirilgan ushbu korxona yerlari avval tashlandiq joy edi. Bugungi kunda 83 million dollarlik loyiha evaziga xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq «zanjir» tashkil etilgan.
Shundan so‘ng, davlat rahbari Andijon tumanidagi “Andijon sanoat xabi”dagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Mazkur majmuada joriy yilda umumiy qiymati 156 million dollarlik 10 ta loyiha ishga tushirilib, 2 ming kishining bandligi ta’minlanadi.

Kiran-Kumar-Meni-qo'llaringda-ko'tarib-ol
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Kiran Kumar. Meni qo'llaringda ko'tarib ol (hikoya)
Izoh: hikoya qahramoni boshqa ayolni yoqtirib qolgani uchun rafiqasi bilan ajrashishga qaror qiladi. Bu haqda xotiniga aytganida u bu ishni bir oyga kechiktirib turishni soʻraydi. Ana shu bir oy koʻp narsani oʻzgartirib yuboradi. Atigi 9 daqiqa vaqtingiz ketadi, gap nimadaligini o’qib/tinglab bilib oling.
📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Kiran-Kumar-Meni-qollaringda-kotarib-ol
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/5XAhgBam-TQ
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa