Sherzod Abdunazarov O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga rahbar etib tayinlandi. U bunga qadar ushbu konsulxonada konsul edi.
Istanbuldagi bosh konsulxonasining avvalgi rahbari Amirsaid Agzamxodjayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlangandi.
👉 @xushnudbek 👈

Mansabdor shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yish choralari ko‘rilmoqda
Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish maqsadida “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DUK bosh direktori Sh.A., Mirobod tuman hokimi A.S., “Milliy antidoping agentligi” rahbari A.S., “Axborotlashtirish Bosh Markazi” UK rahbari D.S., Bo‘ston tumani hokimi S.N., “Milliy PR-Markazi” DUK direktori D.S., Energetika vaziri o‘rinbosari U.M. hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.A.ning tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik va rahbarlik faoliyatlari tugatilishi taʼminlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati

Chang. Bugun havo sifati bo‘yicha Toshkent dunyodagi eng iflos shaharlar orasida to’rtinchi o’ringa chiqdi
Bugun mahalliy vaqt bilan soat 12:27 Toshkentdagi PM2.5 miqdori (diametri 2,5 mikron va undan kichik bo‘lgan havoni ifloslantiruvchi zarrachalar) 189 ga chiqqan, bu esa Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan havo sifati bo‘yicha tavsiya etilgan normal me’yordan 25 barobar yuqori degani.
Videoda va rasmda esa Yangihayot tumanidagi bugungi holat aks etgan.

“Lox”ga aylanmang! Hech qanaqa musodara qilingan arzon tovarlar yo’q!
#firibgar
Arzon telefon, televizor yoki boshqa mahsulotlar sotamiz, deb odamlarni ko‘p aldashmoqda. Telegramda "musodara qilingan tovarlar" degan firibgarlar guruhlari tiqilib ketgan.
Bu qanday bo‘ladi?
1️⃣ iPhone, Samsung telefonlarini arzonga sotamiz, chunki bular bojxonada musodara qilingan yoki bankrot bo'lgan firmalardan olingan deyishadi va bozordan ancha arzon narx aytishadi;
2️⃣ Siz dastlab ishonmaysiz, ammo ular pulini telefon qo‘lingizga borgach berasiz, ungacha 1 so‘m ham kerakmas deydi. Oh, qanday insofli odamlar ekan-a!
3️⃣ Bunaqa guruhlarda murojaat qilish uchun bironta kontakt yo’q. Na ularning ofisi bor, na telefon raqami, na Telegram profili. Mana shuning o'zi ham sizlarni nahotki shubhalantirmasa?
4️⃣ Biron mahsulotga buyurtma berish uchun guruhga odam qo’shish kerak bo’ladi. 20, 30, 50 kishi va hk. Siz esa arzon mahsulot ilinjida do’stlaringiz va qarindoshlaringizdan so’rab o’tirmasdan, paqillatib guruhga odam qo’shib tashlaysiz.
‼️ TANISHLARNI BUNAQA GURUHLARGA BERUXSAT QO’SHISH BEFAROSATLIK VA BEZBETLIK!!! ILTIMOS, FAROSATNI ISHLATING!
5️⃣ Guruhga qancha odam qo’shsangiz ham befoyda, sizga baribir hech narsa kelmaydi. Chunki musodara qilingan arzon tovar degan narsaning o’zi yo’q, shuni esdan chiqarmang.
⚠️ Firibgarlarning asosiy maqsadi guruhlarga 100 minglab odam to’plab, keyin ularni sotish. Guruh sotilgach, uning nomi o’zgartiriladi, undagi barcha xabarlar o’chirib tashlanadi.
🤦♂️ Baraka topgurlar, tekin va arzon narsalarga o‘ch bo‘lavermanglar. Sizni “lox” qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Do‘stlaringizga ham yuboring, ular ham aldanmasin.
"Musodara qilingan arzon tovar" degan yozuvni ko'rdingizmi, tamom, o'sha joydan uzoqroq yuring. Kallani ishlating.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matkarimov Rashid Masharipovich O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Yoshlar siyosati va sport vazirligida Olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i edi.

❗️ 2024-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida aholining ijtimoiy himoyasi yo‘nalishida bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kirdi
📌 Endi quyidagilar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufida:
• Yoshga oid nafaqa;
• Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
• O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga nafaqa;
• Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);
• 1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;
• Kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;
• Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
• Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”);
• Dafn qilish uchun nafaqa (“Dafn puli”).
Bunda ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko‘rib chiqish, tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Savollar bo‘lsa, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilish mumkin.

Prezident farmoniga ko‘ra, Xudayarov Asilbek Anvarovich Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bunga qadar u Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari edi.
Sobiq sog’liqni saqlash vaziri Amrullo Inoyatov boshqa lavozimga tayinlanishi kutilmoqda.

Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Qishki “perevod” uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda
Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha 13 ta OTMda hududiy ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
✅ Arizalar 20-yanvarga qadar (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi.
⏳ Ishchi guruhlar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.
Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.
Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:
1️⃣ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun;
2️⃣ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
📒 Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qatʼi nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.
❌ Xorijdagi OTMdan O‘zbekistondagi davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.

2024-yil 20-yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari hamda "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20% ga oshmoqda.
“Afrosiyob” yuqori tezlikdagi elektr poyezdlariga chiptalar narxi:
Toshkent — Buxoro
VIP 636 000 so‘m
Biznes 462 000 so‘m
Ekonom 336 000 so‘m
Toshkent — Qarshi
VIP 534 000 so‘m
Biznes 390 000 so‘m
Ekonom 282 000 so‘m
Toshkent — Samarqand
VIP 396 000 so‘m
Biznes 276 000 so‘m
Ekonom 204 000 so‘m etib belgilandi.

Xushnudbek.uz
“Lox”ga aylanmang! Hech qanaqa musodara qilingan arzon tovarlar yo’q! #firibgar Arzon telefon, televizor yoki boshqa mahsulotlar sotamiz, deb odamlarni ko‘p aldashmoqda. Telegramda "musodara qilingan tovarlar" degan firibgarlar guruhlari tiqilib ketgan. …
❗️Diqqat, firibgarlar: Telegram orqali garovsiz va past stavkali kredit olaman deb, bor budingizdan ayrilib o‘tirmang
#firibgar
Telegramda keng tarqalgan yana bir firibgarlik usullaridan biri bu osongina kredit beramiz, degan eʼlonlardir. Hech qanaqa garov kerakmas, ish joyidan hujjat shartmas, shunchaki bizga yozsang bo‘ldi, senga bir pasda falon million pul tashlab beramiz, deyishadi. Odamlar ham sodda, bunaqalarga tezda ishonadi.
Umrida biron marta ko‘rmagan yetti yot begona odamga pasporti va plastik kartalarining rasmlarini yuboradi🤦♂️ Bundan ham dahshati bor: "kreditingiz chiqdi, endi uni rasmiylashtirish uchun telefoningizga kelgan SMS kodni bizga ayting" desa, bunga ham chippa-chin ishonib, SMS-kodni aytadi.
Undan keyin nima bo‘lishini bilsangiz kerak-a? To‘ppa-to‘g‘ri, plastikdagi barcha pullarini “uxlatib” ketishadi. Ayrim firibgarlar esa, bu ham kamlik qilgandek, o‘sha odamning nomiga tezda bank orqali haqiqiy onlayn kreditni rasmiylashtirib, uni ham yechib olishadi. Haligi sodda inson plastigidagi pulidan ayrilgani yetmagandek, yana bankdan qarzdor ham bo‘lib qoladi.
Turli odamlarga kredit berilgani haqida xabarlar ham joylab turishadi. Ammo bularning barchasi to'qima yolg'on gaplar!
Kecha "Onlayn kredit" degan guruh bor edi (rasmlarda), bugun o‘sha guruh nomini "Arzon tovarlar" deb o‘zgartirib qo‘yishibdi. Kecha osongina kredit beramiz deyishgandi, bugun arzon tovar sotamiz, deb xabar yozib yotishibdi. Mana shu ham ularning qip-qizil firibgar ekanligini ko'rsatadi.
Telegramda bunaqa kanal va guruhlar tiqilib yotibdi, men bittasining rasmini joyladim xolos.
❗️Xullas, bunaqalarga ishonmanglar, ozgina kallani ishlatinglar.