Xushnudbek.uz
587K subscribers
10.9K photos
2.77K videos
244 files
9.11K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev Budapesht shahriga kelgach, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, ertaga, 20-avgust kunidan boshlab Toshkent va Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish va sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladigan muhim voqea bo‘lishi taʼkidlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi


👉 @xushnudbek 👈
Mustaqillik bayramida quyidagi 3 kun dam olish kuni bo’ladi:

1-sentyabr, juma – bayram (ishlanmaydigan) kuni;

2-sentyabr, shanba:

a) 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni;
b) 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;

3-sentyabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.


👉 @xushnudbek 👈
Davlat OTMlarining talabalar turar joyiga onlayn joylashish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi

2023/2024-oʻquv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, mazkur xizmatdan 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingandan soʻng foydalanish mumkin boʻladi. Boisi, platformada 1-bosqich talabalari haqidagi ma’lumotlar 2023-yilgi mandat natijalari asosida yangilanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Айтганча, яқин бир 10 йилликда, балки ундан ҳам каттароқ муддатда биринчи марта мандат ўз вақтида (ҳар ҳолда соат 23:05 эди, кун якунланмаганди) чиқди. Қилса бўлар эканку!Бардавом бўлсин, деб дуодамиз. Кейинги йилларда муддат яна кечикиб кетмайди, аксинча…
Qoida bo’yicha bugun mandat chiqishi kerak

Joriy yil test sinovlarining oxirgi kuni 13-avgustda bo‘ldi. Qonunchilikka ko‘ra, mandat shu sanadan boshlab 1 hafta ichida eʼlon qilinishi kerak.

❗️Demak, bugun — 20-avgust kuni mandat chiqishi kerak bo‘lgan qonuniy sananing oxirgi kuni.

O’tgan yili yaqin 10 yillikda birinchi marta mandat o’z vaqtida, kechikmasdan 1 hafta ichida chiqqan edi. O’shanda “keyingi yillarda ham bu yaxshi an’ana davom etsin, mas’ullarga kuch-quvvat bersin” deb niyat qilgandik.

Hali kun tugashiga bir necha soat bor, o’tgan yili ham soat 23:05 da mandat chiqqandi. Kutamiz, joriy yilda mandat vaqtida chiqarmikin yoki…


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat va xususiy taʼlim tashkilotlari teng ko‘zda qaralishi kerak

“Menimcha” dasturi uchun taʼlimga oid fikrlarimni so‘rashgandi, quyidagilarni bayon qildim:

1️⃣Birinchidan, kirish imtihonlari tizimi misli ko‘rilmagan darajada o‘zgardi. Avvallari ham amaldorlar, ham "ko‘cha industriyasi" kirish imtihonlaridan bir necha millionlab dollar daromad olishardi. Hozir ularning “biznes”iga katta zarba berildi. Onlayn hujjat topshirishdan tortib, pavilyonlarda o‘tkaziladigan test sinovlarigacha shaffoflashdi. Qilsa bo‘lar ekan-ku!

2️⃣ Ikkinchidan, afsuski bir necha yillik oliy taʼlim jarayonining o‘zida katta o‘zgarishlar sezilmayapti. Yaʼni kirish imtihonlari-ku yaxshilandi, lekin 4 yillik oliy taʼlim unchalik emas. Oliy taʼlim sifatini yaxshilash bo‘yicha hali ko‘p ishlar qilishimiz kerak;

3️⃣ Uchinchidan, Hukumat yaqindan boshlab davlat OTMlariga moliyaviy, akademik va boshqa yo‘nalishlarda mustaqillik bermoqda, mana shu ishda davom etishi kerak. Va asosiysi bu haqiqiy mustaqillik bo‘lishi kerak, hozirgi kabi “chala” mustaqillik emas. Bundan qo‘rqmaslik kerak, albatta OTMlar tepasida biror vazirlik yoki byurokrat amaldorlar turishi shart emas. Rivojlangan davlatlardagi eng TOP universitetlar aynan mustaqillik va sog‘lom raqobat sabab hozirgi ko‘rinishga kelgan;

4️⃣ To‘rtinchidan, Hukumat xususiy OTMlarni ham xuddi davlatniki kabi teng ko‘zda ko‘rishi kerak. Xususiy OTMlar “yetim” yoki “o‘gay” emas. Ular ham o‘zimizniki va shu jamiyat rivoji uchun hissa qo‘shyapti. Bozordagi ayrim “nopok” o‘yinchilarni bahona qilib xususiy taʼlimni o‘ldirish noto‘g‘ri. Aksincha ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlanish uchun sharoit yaratish kerak. Yoki hech bo‘lmasa davlat o‘zining OTMlarida qilolmayotgan ishlarni xususiydan talab qilib, g‘irromlik qilmasligi shart.

Intervyuning qisqacha tezisi shunaqa. To'lig'i tepadagi videoda.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️ #abituriyent mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan. 439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent o‘tish balining eng quyi…
Joriy yilgi bitiruvchilarining 36 foizi 56,7 balldan kam to‘plagan
#abituriyent

🟢
Taʼlimi eng yaxshi hududlar: Buxoro, Navoiy hamda Toshkent shahri.

🔴 Taʼlimi eng yomon hududlar: Andijon, Toshkent viloyati hamda Surxondaryo.

mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda jami abituriyentlarning salkam yarmi (49,4%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmaganini xabar qilgandim.

Maʼlum bo‘ldiki, 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlarning 70,5 foizi avvalgi yillarda o‘qishni tugatganlar, 29,5 foizi joriy yilgi bitiruvchilar bo‘lgan.

Joriy yilda maktab va litseylarni tugatgan 359 ming 790 nafar yoshlar testga kirgan. Shularning 36 foizi (129 ming 609) 56,7 balldan kam to‘plashgan.

2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich, Andijon viloyatida (41,9%), eng yaxshi ko‘rsatkich esa Buxoro viloyatida (27,1%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

Yaʼni Buxoroda joriy yili maktab va litseyni tugatgan o‘quvchilarning 72,9 foizi 56,7 balldan ko‘proq natija ko‘rsatgan.

O‘zi umuman joriy yilgi bitiruvchilarining o‘rtacha bali 76,1 balni tashkil qilmoqda.

Ushbu natijalar hududlar kesimida taʼlim sifati qayerda yaxshiligini ham ko‘rsatadi.

***

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
​​Kechki mutolaa doirasida eʼlon qilingan hikoyalar

👉 Азиз Несин. Минг марта шукур

👉 Абдулла Қаҳҳор. Минг бир жон

👉 O’Genri. So‘nggi yaproq

👉 O‘tkir Hoshimov. Nega? Nega-a-a?!

👉 Антон Чехов. Санъат асари

👉 Исажон Султон. Олисдаги урушнинг акс-садоси

👉 Stanislav Stratiyev. Shaxsiy fikrim qani?

👉 Шукур Холмирзаев. Нимадир йўқ бўлди

👉 Альберт Мальц. Дунёдаги энг бахтли одам

👉 Тоғай Мурод. Эр-хотин

👉 Пол Виллард. Эски телефон

👉 Мурод Муҳаммад Дўст. Дашту далаларда

👉 Содиқ Ҳидоят. Зўраки никоҳ

👉 Эркин Самандар. Ғайб қушлари

👉 Карел Чапек. Мавҳум тасаввур

👉 Шодмонқул Салом. Баҳорги мажлислар

👉 Агата Кристи. Тилсимли шахмат

👉 Асқад Мухтор. Чодирхаёл

👉 Артур Конан Дойл. Мовий карбункул

👉 Аҳмад Аъзам. Одамнинг исми

👉 Хуршид Даврон. Навоий армони

👉 Рей Бредбери. Ракета

👉 Саид Аҳмад. От билан суҳбат

👉 Марио Бенедетти. Яшил пиёла

👉 Ғафур Ғулом. Менинг ўғригина болам

👉 Пиримқул Қодиров. «Агра. Юлдузлар гирдоби» (романдан парча)

👉 Сомерсет Моэм. Нонушта

👉 Абдуқаюм Йўлдошев. Қудуқ

👉 Лев Толстой. Адолат тарозиси

👉 Луқмон Бўрихон. Ялангоёқ

👉 Edgar Allan Po. Yurak

👉 Абдулла Қодирий. Улоқда

👉 Артур Конан Дойл. Маллалар уюшмаси

👉 Азиз Несин. Пулимга яраша ер беринг

👉 Said Ahmad. Bir siqim xandon pista

👉 А.Чехов. Латта

👉 Шукур Холмирзаев. Яшил «Нива»

👉 О'Генри. Афсунгарларнинг туҳфалари

👉 Исажон Султон. Аскар

👉 Андре Моруа. Қайтиш

👉 Қўчқор Норқобил. Адибнинг туғилиши

👉 Нодар Думбадзе. Кўппак

👉 Анвар Обиджон. Хусусий кўприкча

👉 Агата Кристи. Булбул ошёни

👉 Эдгар Аллан По. Вабо қироли

👉 Александр Куприн. Паганини скрипкаси

👉 Умар Сайфиддин. Бадал

👉 Абдулла Қаҳҳор. Кампирлар сим қоқди

👉 Нимеш Пател. Лабдан ўқувчилар

👉 Василий Шукшин. Мот қилди

👉 Тоҳир Малик. Янги харита

👉
Аҳмад Аъзам. Марлен деган одам

👉 Мурод Муҳаммад Дўст. Дарвоза ёнидаги ит

👉 Навтеж. Муаллим Дас

👉 Хулио Кортасар. Михлаб ташланган эшик

👉 Габриэль Гарсиа Маркес. Бизнинг шаҳарда ўғри йўқ

👉 Elis Manro. Yuz

👉 Муҳаммад Юсуф шеърлари

👉 Товуқлар ва тулки ҳақида бўлмағур масал (шеър)

👉 Sharof Boshbekov. Mening yozuvchi bo‘lganim

👉 Aziz Nesin. Nazokat-u nafosat

👉
Isajon Sulton. Otamga nimadir bo‘ldi

👉 Dino Buzzati. Ko‘chki

👉 Sergey Dovlatov. Bobom

👉 Nazar Eshonqul. Qo‘l

👉 Gabriel Garsia Markes. Og‘riq tish

👉 Abdulhamid Ismoil. Sangin mehmon

👉 Abdulla Qahhor. Jonfig‘on

👉 Otabek Hasanov. Miyamizdagi kinoteatr

👉 Andre Morua. «Tanatos» mehmonxonasi

👉 Jalg‘as Alimg‘ozi. Bir kam dunyo

👉 Knut Hamsun. Ishq gadolari

👉 Shoyim Boʻtayev. Qarz

👉 Genrik Senkevich. Yanko musiqachi

👉 Alfons Dode. So‘nggi saboq

👉 Valentina Yegorova. Sag‘ir bola

👉 Shoyim Bo‘tayev. Otam nega jim?

👉 Raxshona Аhmedova. Soyabon ostida

👉 Kanbayasi Gyo. Atirgul o‘g‘risi

👉 Oskar Uayld. Baxtiyor shahzoda

👉 Stiven King. Jang

👉 Luqmon Boʼrixon. Kutilgan kun

👉 Andre Morua. Oltin yombining qargʻishi

👉 Fiona Gobl. Aytilmagan tuyg‘ular

👉 Pol Villard. Eski telefon

👉 O’Genri. Oktyabr va Iyun

👉 Jorj Oruell. Filning otilishi

Barchangizga yoqimli mutolaa tilayman!

#кечки_мутолаа #kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Bugun mandat chiqmasa kerak. Uxlayversangiz bo’ladi. Aytishlaricha, ertaga e’lon qilish reja qilinyapti.


👉 @xushnudbek 👈
Faktchek: hali mandat chiqmadi, lekin ayrim abituriyentlarga o‘qishga kirgani haqida rasmiy xabar keldi

Mendagi maʼlumotlarga ko‘ra, mandat eʼlon qilish uchun barcha narsa tayyor. UzBMB saytiga natijalar yuklangan ham. Bugun (21-avgust, dushanba) kun davomida eʼlon qilinish ehtimoli katta.

Natijalar tayyorligini ayrim abituriyentlarga kelgan xabardan ham bilsa bo‘ladi. Masalan, mandat.uzbmb.uz saytida baʼzi abituriyentlarning sahifasida o‘qishga kirgani haqida maʼlumot paydo bo‘ldi.

Masalan, 4935529 (B.Nurmurodov) yoki 4765122 (X.Norbo‘tayeva) ID raqamli abituriyentlarni qidirsangiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga to‘lov-kontrakt asosida (sariq rang) o‘qishga qabul qilingani haqida maʼlumot chiqib keladi. Lekin eng qizig‘i ushbu abituriyentlar umumiy ro‘yxatda ko‘rinmayapti. Menimcha, saytga ular o‘qishga kirgani haqida maʼlumot joylangani uchun ular hali javobi eʼlon qilinmaganlar ro‘yxatidan chiqib ketgan.

Bunaqasini avvalgi yillarda uchratmagandim, o‘zim uchun ham qiziq bo‘ldi. Hozircha UzBMB bunga izoh bermadi, lekin katta ehtimol bilan tizimni tekshirish uchun 2-3 nafar abituriyentda sinov tariqasida mandatni chiqarib ko‘rishgan bo‘lsa kerak.

Xullas, qissadan hissa shuki, Nurmurodov va Norbo‘tayevani o‘qishga kirgani bilan tabriklaymiz :)


👉 @xushnudbek 👈
BMB izoh berdi: imtihonsiz talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozi bor abituriyentlarning javobi mandatdan oldin chiqqan

Oliy ta’lim muassasalariga kirishda bir qator imtiyozlar mavjud bo‘lib, ayrim imtiyozlar imtihonsiz qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘ladi.

Misol uchun, xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, “Mard o‘g‘lon” va “Zulfiya” davlat mukofotlari sohiblari kabi 10 dan ortiq turdagi imtiyozlar ham abituriyentlarning imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etishga asos bo‘ladi.

“Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari esa OTMlarning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ijod maktablarining bitiruvchilari ham imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Kecha e’lon qilingan abituriyentlar mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri tavsiya qilishga nomzodlar sifatida mandat.uzbmb.uz saytida yashil yoki sariq rangda ko‘rsatilgan.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇦🇿 Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22−23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Askar Isakov “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
Kecha Budapesht shahrida Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g‘anning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi, shu jumladan qo‘shma Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga hamda Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining joriy yilda o‘tkazilishi mo‘ljallangan sammitlariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqilgan.


👉 @xushnudbek 👈