Xushnudbek.uz
613K subscribers
10.7K photos
2.74K videos
239 files
9K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz/allow saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko’rsatilgan?
#abituriyent

Joriy yilda 3 yillik tanaffusdan so’ng test sinovlari yana yopiq binolarda o’tkaziladi. Shu sababli test vaqtlari ham o’zgardi va 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da BOSHLANADI.

Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa?

Sababi bu yerda test o’tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti ko’rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi. Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko’kka sovuradi.

Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan shu vaqtning o’ziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o’tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi.

Shunga ko’ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko’rsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam o’z joyingizni egallang. Kechikib kelib, ulguramanmi deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali test boshlanmasidan o’zingizni asabiylashtirmang, bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo’lardi.

❗️ESLATMA: Test sinoviga kirish uchun pasport bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (printerda pechat qilib) olgan bo‘lishingiz kerak (rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi).


👉 @xushnudbek 👈
Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
#abituriyent

3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat);

2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat).

Jami: 180 daqiqa (3 soat).

Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha fan uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

❗️Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Azizbek Ikramov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.


👉 @xushnudbek 👈
Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hayʼat yig‘ilishida qatnashmoqda.

O‘tgan olti oyda mahalladagi o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar Farg‘ona, Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo viloyatlarida eng ko‘p sodir etilgan.

Farg‘ona shahrida o‘g‘rilik, Namangan shahrida bezorilik, Qo‘qon shahrida tan jarohati, Samarqand shahrida nomusga tegish va tovlamachilik, Mirobod tumanida qotillik ko‘p yuz bergan.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev:

“Nima ish qilish kerakligini bilmagan ayrim profilaktika inspektorlari esa bog‘chalarga borib, 3-4 yoshli bolakaylarga “oq-qorani farqlash” bo‘yicha maʼruza o‘qish bilan band.

Tizimda staji 3 yilgacha bo‘lgan, endi tajriba to‘playotgan profilaktika inspektorlarini kriminogen og‘ir mahallaga qo‘yish amaliyoti haligacha davom etmoqda.

Aksincha, “yaxshi” mahallalarda esa ko‘p yillik tajribasi bor xodimlar xizmat qilmoqda”, - dedi Prezident.

Mas’ullarning e’tiborsizligi sabab “Mahalla beshligi” yangi tizimi 9 ming 400 ta mahalladan bor-yo‘g‘i 20 tasida ishlayotgani aytildi.


👉 @xushnudbek 👈
Quyidagilar lavozimidan ozod etildi:

— Sergeli, Yangihayot, Shayxontohur, G‘ijduvon, Kogon, Tuproqqalʼa, Taxtako‘pir, Tomdi, Yakkabog‘, Oltinsoy, Zafarobod, Boyovut, Guliston, Mingbuloq, Oltinko‘l tumanlari ichki ishlar boshliqlari;

— Andijon, Bandixon, Buvayda, Narpay, Yunusobod tumanlari prokurorlari.

❗️Quyidagilarga hayfsan eʼlon qilindi va uch oy sinov muddati tayinlandi:

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev, ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Rahmonov, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.Abdullayev.


👉 @xushnudbek 👈
Ichki ishlar tizimida raqamlashtirish ahvoli qoniqarsizligi hamda zimmasiga yuklatilgan birorta vazifa oxirigacha yetkazilmagani sababli ichki ishlar vazirining shu sohaga masʼul o‘rinbosari Najmiddin To‘raxo‘jayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
Yoshlar bilan ishlashni o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun quyidagilar lavozimidan ozod etildi:

— Sirdaryo va Navoiy viloyatlari hokimlarining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosarlari Shavkat Zayniddinov va Yashin Dushanov;

— Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari.


👉 @xushnudbek 👈
Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Inomjon Ibragimov lavozimidan ozod etildi.

Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun Milliy gvardiyaning Jizzax va Surxondaryo viloyatlari boshliqlari hamda Navoiy shahar qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘ini ishdan bo‘shatishga ko‘rsatma berildi.


👉 @xushnudbek 👈
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi rahbari O.Saidovga hayfsan berildi. Shuningdek, Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari YHXB boshliqlari lavozimidan ozod qilindi.

Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar ahvolidan xalqimiz mutlaqo noroziligini taʼkidladi.


👉 @xushnudbek 👈
Korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ygani va mansab vakolatidan shaxsiy manfaatlarida foydalanib kelganligi uchun quyidagilar lavozimidan ozod qilindi:

— Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i;
— uning birinchi o‘rinbosari;
— Qo‘qon shahar ichki ishlar jamoat tartibini saqlash bo‘limi komandiri o‘rinbosari;
— O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘i.

Shuningdek, quyidagilar ishdan olindi:

— Farg'ona viloyati prokurorining ichki xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi;
— viloyat prokuraturasi iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i;
— viloyat prokurorining voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha yordamchisi;
— Rishton tumani prokurori.

🕵️‍♂️ Bosh prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmatiga ularning faoliyatiga qonuniy baho berib, tergov harakatlarini boshlash topshirildi.

Shuningdek, qo‘l ostidagi xodimlari hamda ichki ishlar idoralarida qonun ijrosi ustidan nazoratni susaytirib yuborgani uchun Farg‘ona viloyati prokurori Baxtiyor Ismoilovga hayfsan berildi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev:

“Bugungi yig‘ilishda jami 31 nafar masʼul rahbarlar bo‘shatildi.

Bundan buyon yangicha yondashuvlar asosida ishlab, odamlarimizni rozi qilasizlar, yoki lavozimdan bo‘shatilib, javobgarlikka tortilasizlar”.


👉 @xushnudbek 👈
Oliy sudning kassatsiya instansiyasida Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan hukm qilingan Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilib, unga avvalgidan yengilroq jazo, yaʼni 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

J.Ulug‘murodovga ozodlikni cheklash jazosini yashash joyi bo‘yicha o‘tash belgilanib, soat 22:00 dan soat 06:00 ga qadar yashash joyidan chiqish taqiqlandi hamda darhol jazoni ijro etish joylarida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.

Advokat A. Abdullayevning himoyasi ostidagi J. Ulug‘murodovni oqlash haqidagi shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Qoraqalpog‘istondagi hujjatsiz uy-joylarga “amnistiya” eʼlon qilindi

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni (PF–119-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi eʼtirof etiladi.

Jumladan, buning uchun fuqaro ushbu uy-joydan 2018-yil 1-maygacha bo‘lgan davrdan boshlab o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan bo‘lishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda so‘nggi 5 yil uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘langanligi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

Huquqlarni eʼtirof etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan uy-joylar ro‘yxatiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qarorlar qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning oxirgi muddati – 2024 yil 1 avgust hisoblanadi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so’ng, aniqrog’i soat 21:20 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi "Zakovat"ning yozgi mavsum 5-o'yinida ishtirok etadi.

Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham bo’lib o’tadi.

⚡️Tomoshabinlar uchun super yangilik!

Endi “Zakovat”ga savol yo‘llab katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin. Sizni oddiy o‘yinlarda 1 mln so‘mdan 11 mln so‘mgacha, mavsum finalida 50 mln so‘mgacha mukofot kutmoqda.

‼️ Agar savolingiz yil finalida eng zo‘r savol deb topilsa, unda 1️⃣0️⃣0️⃣ mln so‘m (!!!) pul mukofoti beriladi🤩💰

📨Savol yuborish shartlari bu yerda.

Eslatma: “Agrobank” teletomoshabinlar homiysi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ esa bilimdonlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

👍 Ko‘proq kitob o‘qing, qiziqarli savollar tuzing va millionerga aylaning! “Zakovat”ni ko‘rishni esa kanda qilmang!


👉 @xushnudbek 👈
❗️Abituriyentlar diqqatiga!

Ertaga — 29-iyul, shanba kuni soat 09:30 dan 12:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:30 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
ПҚ-238.pdf
8.7 MB
Turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirishga oid prezident qarori qabul qilindi

Unga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

turoperatorlar turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan olib kelingan har bir turist uchun 20 dollardan 100 dollargacha rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratiladi;

turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida 5 kecha tunab qolgan taqdirda, 20 dollar, qish mavsumida (20-noyabrdan 20-fevralgacha) esa 50 dollar Davlat byudjeti va Turizmni qo’llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplab beriladi.

2023-yil 1-sentyabrdan boshlab quyidagi talablar bekor qilinadi:

turagentlarning elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan kamida 2 ta xorijiy tildagi veb-saytga ega bo‘lishi;

turoperatorlarning elektron to‘lovlar xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi.

🏨 Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 10 mln dollar miqdoridagi investitsiyalar hisobiga quriladigan mehmonxonalarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari Davlat byudjeti hisobidan yetkazib beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Test sinovlari 72 ta binoda o‘tkaziladi
#abituriyent

Bunda:

bir smenada 1 ming 274 ta guruhda 38 ming 220 nafar;

bir kunda (ikki smenada) 2 ming 548 ta guruhda 76 ming 440 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.

📆 Test sinovlari barcha hududlarda 1-avgust kuni boshlanib, hududlardagi abituriyentlar soni va binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈
Farg‘onada yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisa bugun soat 11:30 larda Farg‘ona shahar “Mash’al” MFY Sayilgoh ko‘chasidagi 4 qavvatli binoning yer to‘lasida joylashgan karaoke kafesida sodir bo‘gan.

7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Prezident topshirig‘iga asosan voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan va Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketgan.


👉 @xushnudbek 👈