Xushnudbek.uz
583K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.12K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Sodir Meliboyev Markaziy bank raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

U bungacha Markaziy bankda departament direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
Firibgarlarning xabarlariga aldanib qolmang!
#firibgar

Firibgarlar tomonidan "menga so'rovnomada ovoz bering", degan xabarlar tarqatilmoqda.

Eng qizig‘i bu kabi xabarlar kontaktingizdagi biror tanish insondan kelayotgan bo‘lishi ham mumkin. Gap shundaki, mana shunaqa soxta xabarga ishonib, pastdagi saytga kirsangiz, undagi virus tufayli Telegram profilingiz boshqaruvi firibgarlar qo‘liga o‘tib ketadi. Keyin esa maxsus botlar sizning nomingizdan hamma tanishlaringizga mana shunaqa xabar yuborib chiqadi. Buni siz nazorat qila olmay qolasiz.

Iltimos, internetda duch kelgan xabarga ishonavermang. Shubhali saytlarga qiziqish uchun ham kirib ko‘rmang. Yaqinlarni ham ogohlantirib qo‘ying.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoni bilan Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Demak, turizm sohasi yana madaniyatdan ajratiladi. Eng darbadar sohalardan biri, sportdan keyin, albatta.


👉 @xushnudbek 👈
Turizm qo’mitasi tashkil etildi. Qo’mita Aziz Abduhakimov rahbarlik qilayotgan Ekologiya vazirligi huzurida bo’ladi.

Shadiyev Umid Rustamovich
Turizm qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Bungacha u O‘zbekistonning YUNESKO huzuridagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.


👉 @xushnudbek 👈
2026-yilgi Jahon chempionati hamda 2027-yilgi Osiyo kubogi musobaqalarining 2-qoʻshma saralash bosqichiga qurʼa tashlandi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “E” guruhidan joy oldi:

🇮🇷 Eron
🇺🇿 Oʻzbekiston
🇹🇲 Turkmaniston
🇭🇰 Gong Kong yoki 🇧🇹Butan (o'zaro g'olib jamoadan biri)

Guruhda 1- va 2-o‘rinni egallagan jamoalar saralashning keyingi bosqichiga chiqadi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 27-28-iyul kunlari (bugun va ertaga) Farg‘ona viloyatida bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Toyota O‘zbekiston bozoriga yangi model taqdim etmoqchi

Yaponiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Toyota Motor Corporation kompaniyasining Sharqiy Osiyo, Okeaniya va Yaqin Sharq mintaqasidagi bosh ijrochi direktori Akitoshi Takemura bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston bozorida Toyota brendi ostidagi avtomobillarga bo‘lgan yuqori qiziqishni hisobga olgan holda o‘zaro hamkorlikning istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdi.

Kompaniya bosh ijrochi direktori Akitoshi Takemura yaqin kelajakda O‘zbekiston avtobozoriga Toyota avtomobillarining yangi modeli taqdim etilishini maʼlum qildi.


👉 @xushnudbek 👈
Bema’ni loyihalar o’rniga yuzlab yangi Prezident maktablarini qursak boʻladi

Bu haqda iqtisodchi Behzod Hoshimov o’zining Telegram kanalida fikr bildirdi. Postni sizga ham to’liq havola qilaman:

“Prezident maktablari haqidagi diskussiyadan yagona qiladigan xulosam — maktablar sonini bir-ikki yilda kamida oʻn barobarga oshirish kerak ekan. Oʻn yilda esa qabul kvotasini yuz barobarga oshirish kerak.

Bu narsa qimmatmi? Ha, qimmat. Lekin davlat pul ketkazayotgan boshqa joylardan iqtisod qilaylik.

Bir Prezident maktabini qurish — 40 milliard soʻm atrofida ekan. Bu taxminan 3.5 million dollar. Bizdek kambagʻal mamlakat uchun katta pulmi — albatta. Lekin solishtirish uchun Toshkent shahridagi bir dona Hyatt mehmonxonasi uchun davlat 200 million dollardan koʻp xarajat qilgan edi (yer uchun xarajatlar hisobga olinmagan). Bu 70 ta yangi Prezident maktabi narxi. Xuddi shunday, yaqinda moliyaviy muammolarga uchragan Toshkent metallurgiya zavodini qurishga 400-500 million dollar ketgan. Prezident maktablari soniga chaqsak raqamlar tushunarli. Bunday zarar keltiruvchi yuzlab sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalari mavjud. Ayrimlari, hozirgi keltirilgan misollar kabi — buxgalterlik darajasida manfiy foyda keltiradi, ayrimlari esa, masalan avtosanoat kabi, musbat raqamlarga chiqish uchun yana bir necha yuz million dollarga isteʼmolchilarga zarar keltiradi.

Lekin umuman olganda hammasi byudjetimiz va iqtisodiyotimiz uchun teshik. Shuning uchun, boshqa xarajatlarimizga qarasak, yuzlab yangi Prezident maktablarini qursak boʻlar ekan. Notoʻgʻri iqtisodiy siyosatdan pulni tejasak bas.

Men Prezident maktablarini misol keltirishimni sababi — bugungi kunda ularga kirish koʻp mulohazalarga sababi boʻlmoqda. Aslini olsa, Oʻzbekistonga minglab oddiy maktablar ham kerak, aksar maktablar kapital remont talabida — bu haqida koʻp va xoʻb gapirildi.

Men aytmoqchi boʻlganim, hatto Prezident maktablari darajasidagi “yaxshi” yuzlab maktablar qursak boʻlar edi, bemaʼni loyihalarda byudjet va aholini pulini isrof qilmasak”.

Post tugadi.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda quyidagilar lavozimidan ozod etildi:

— Farg‘ona viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.O‘rinboyev;
— Farg‘ona soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Tillavoldiyev;
— Rishton tumani hokimi S.Soliyev;
— Marg‘ilon shahar hokimi A.Ziyavitdinov;
— Marg‘ilon shahar soliq boshlig‘i T.Xusanov.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimining qurilish hamda investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari, Bag‘dod, Quva va Buvayda tumanlari hokimlariga hayfsan eʼlon qilindi.

Farg‘ona shahri hokimi va sektor rahbarlarining lavozimi 3 oy sinov muddati bilan o‘z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirildi.


👉 @xushnudbek 👈
⚽️🇺🇿Hamyurtlarimizga oid transferlar

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov faoliyatini 🇮🇹Italiyaning “Kalyari” jamoasida davom ettiradi (“Roma”dan ijara asosida olindi).

Eslatib o’tamiz, mashhur murabbiy Klaudio Ranyeri “Kalyari” jamoasini o’tgan mavsum “A” seriyaga olib chiqqan edi.

***

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 🇫🇷 Fransiyaning “Lans” jamoasiga oʻtdi. U avval Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida o’ynayotgandi.

Eslatib o’tamiz, “Lans” o’tgan mavsumda PSJdan atigi 1 ochko ortda qolib, milliy chempionatni 2-o’rinda yakunlagandi.

Ikkala sportchimizga ham kelgusi faoliyatida omad tilaymiz!


👉 @xushnudbek 👈
❗️Olingan ma’lumotlarga ko’ra, joriy yilda test sinovlari 1-avgustdan boshlanishi kutilmoqda. Tez orada ruxsatnomalar ham berilib qolsa kerak.

Xabar hozircha rasman tasdiqlanmagan, rasmiy xabar bo’lishi bilan qo’shimcha ma’lum qilamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
❗️Olingan ma’lumotlarga ko’ra, joriy yilda test sinovlari 1-avgustdan boshlanishi kutilmoqda. Tez orada ruxsatnomalar ham berilib qolsa kerak. Xabar hozircha rasman tasdiqlanmagan, rasmiy xabar bo’lishi bilan qo’shimcha ma’lum qilamiz. 👉 @xushnudbek 👈
⚡️RASMAN: test sinovlari 1-avgustdan 13-avgustgacha bo’ladi

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz/allow saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Nega ruxsatnomalarda test vaqti soat 6:30 hamda 13:30 ko’rsatilgan?
#abituriyent

Joriy yilda 3 yillik tanaffusdan so’ng test sinovlari yana yopiq binolarda o’tkaziladi. Shu sababli test vaqtlari ham o’zgardi va 1-smena soat 8:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da BOSHLANADI.

Lekin ruxsatnomalarga qarasak, 1-smena vaqti soat 6:30 deb, 2-smena vaqti esa 13:30 deb yozilgan. Nega unaqa?

Sababi bu yerda test o’tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti ko’rsatilgan. Har yili qayta-qayta ta’kidlashga qaramay, yuzlab abituriyentlar testga kechikib keladi. Kechikkanlar testga kiritilmaydi, boshqa kuni qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi. Ular 1 yilini ko’kka sovuradi.

Agar hozir ruxsatnomaga soat 8:00 yozilsa, minglab abituriyent aynan shu vaqtning o’ziga taqab keladi, natijada testdan qolib ketishadi. Chunki abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruvdan o’tishadi va bunga ham ancha vaqt ketadi.

Shunga ko’ra, ruxsatnomaga 1 yarim soat avvalgi vaqt ko’rsatilgan. Testga kamida 1 soat vaqtliroq keling hamda xotirjam o’z joyingizni egallang. Kechikib kelib, ulguramanmi deb xavotirlanib, shosha-posha yugurib, hali test boshlanmasidan o’zingizni asabiylashtirmang, bu natijaga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa ota-onalar buni nazorat qilishsa, yaxshi bo’lardi.

❗️ESLATMA: Test sinoviga kirish uchun pasport bilan birga albatta abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozda chop etib (printerda pechat qilib) olgan bo‘lishingiz kerak (rangli bo‘lishi shartmas, oq-qora ham bo‘laveradi).


👉 @xushnudbek 👈
Test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?
#abituriyent

3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat);

2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat).

Jami: 180 daqiqa (3 soat).

Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha fan uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

❗️Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈