Xushnudbek.uz
582K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.12K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Gruziya va Ozarbayjonda bo'ldi

Dastlab, 17-iyul kuni Abdulla Aripov va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili boshchiligidagi ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalarining yig‘ilishida ikki tomonlama hujjatlar imzolangan.

Shuningdek, kecha — 19-iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari delegatsiyalari uchrashuvi ham bo‘lib o‘tgan.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
1️⃣ Prezident maktablarida testlarni Cambridge Assessment olmaganmi? Mazkur savolga dastlab Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev javob berdi. Uning aytishicha, 2019-yildan buyon nufuzli Cambridge Assessment xalqaro kompaniyasi…
2️⃣ Prezident maktablari uchun testlarni tuzish, o‘tkazish, javoblarni tekshirish tartibi qanday?

Jarayonni qisqaroq tushuntirishga harakat qilaman:

1) Dastlab shartnoma tuziladi. Joriy yilgi mavsum uchun shartnoma 2023-yil 24-mart kuni tuzilgan;

2) Agentlik har yili Cambridge Assessment‘ga imtihonga kiradigan 4-sinflar o‘tgan barcha kerakli darsliklar hamda o‘quv dasturlarini yuboradi. Cambridge Assessment ular asosida savol tuzadi;

3) Savollar tayyor bo‘lgach, ichki yopiq kanal orqali savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bilimlarni baholash agentligi (sobiq DTM)ga yuboradi. Savollar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga berilmaydi;

4) BBA (DTM) savollarni yopiq rejimda chop etadi va maxsus feldyegerlik xizmati orqali imtihon kuni joylarga yetkazadi;

5) Imtihondan so‘ng, BBA javob varaqalarini skaner qilib, tekshirish uchun yana qayta Britaniyaga yuboradi. Chunki savollarning kaliti BBAga berilmaydi;

6) Cambridge Assessment barcha javob varaqalarini Britaniyada tekshirib chiqadi. Bunda testologiya qonun-qoidalariga qay darajada mos kelishini ham o‘zlari tekshiradi;

7) Test natijalari tahlili normal standartlarga mos kelgandan keyin, Cambridge Assessment o‘tkazilgan testlarni haqiqiy deb topadi va natijalarini o‘zining rasmiy saytiga joylaydi;

8) Prezident maktablari uchun 1-bosqich testini o‘tkazish uchun Britaniyadan vakillar qatnashmaydi, ammo ular onlayn nazorat qilib turadi. 2-bosqich uchun esa har bir hududga Cambridge Assessment‘ning 1 tadan vakili yetib keladi, o‘zi imtihon oladi, natijalarni ham o‘zi bilan yig‘ishtirib, yana qayta Britaniyaga olib ketadi;

Qisqacha tartibi shunaqa.

❗️Aytgancha, Cambridge Assessment bugun o‘zining rasmiy saytida Prezident maktablarining 1-bosqichida ham, 2-bosqichida ham ishtirok etayotganini tasdiqlab bayonot berdi. Xodimlari noto‘g‘ri javob qaytargani uchun uzr so‘radi va bu boshqa qaytarilmasligiga vaʼda berdi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Qabul tugashiga 4 soatdan kamroq vaqt qoldi.

Abituriyentlar soni 986 ming 509 nafarni tashkil qilmoqda (20-iyul 20:00 holatiga).

Bu degani oxirgi 24 soatda 103 ming abituriyent hujjat topshirgan. Va bu raqam 4 soat ichida yana oshishi aniq.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent ko‘chalari bo‘ylab yurib, infratuzilma holati bilan tanishdi va uni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
❗️Qabul tugashiga 3 soatdan kamroq vaqt qoldi. Abituriyentlar soni — 992 ming 322 nafar (soat 21:00 holatiga). Millionga yaqin qoldi. 👉 @xushnudbek 👈
❗️Qabul tugashiga 2 soatdan kamroq vaqt qoldi. Millionlik dovondan o’tildi.

Abituriyentlar soni — 1 mln 594 nafar (soat 22:00 holatiga).


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
❗️Qabul tugashiga 2 soatdan kamroq vaqt qoldi. Millionlik dovondan o’tildi. Abituriyentlar soni — 1 mln 594 nafar (soat 22:00 holatiga). 👉 @xushnudbek 👈
❗️Qabul tugashiga 1 soatdan kamroq vaqt qoldi.

Abituriyentlar soni — 1 mln 9 ming 41 nafar (soat 23:00 holatiga).


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Stiven King. Jang (hikoya)

Izoh
: Stiven Kingning "Jang" nomli fantastik hikoyasi sizni "oxiri nima bo'ladi?" degan savol bilan ushlab turadi. Buyurtma evaziga odamlarni o'ldiradigan qotilga g'alati bir quticha keladi. Uning ustiga "Amerika soldati uchun vyetnamcha sandiq" deb yozilgandi. Sandiqchani ochishi bilan jang boshlanadi. Qotil g'olib bo'ladimi, qurbon bo'ladimi? Hikoya so'nggidagi oxirgi gap sizningcha, nimaga ishora bo'lishi mumkin?

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/stiven-king-jang

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/bOTxxVWRcxQ

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
❗️Qabul tugashiga 1 soatdan kamroq vaqt qoldi. Abituriyentlar soni — 1 mln 9 ming 41 nafar (soat 23:00 holatiga). 👉 @xushnudbek 👈
Hujjat topshirish yakunlandi

Qabulning katta va muhim qismi tugadi. Bo'ldi, endi yo'nalishlarni ham o'zgartirib bo'lmaydi.

Buyog'iga 1 mln abituriyentlar ruxsatnoma chiqishini kutishadi.

Aytgancha, avvalgi yillarda tugatganlar, bugun — 21-iyul kuni soat 23:59 ga qadar 165 ming so'm to'lov qilishlari kerak. Yo'qsa ular testga qo'yilmaydi. Ushbu to'lovni kasbiy (ijodiy) imtihon olinadigan yo'nalishlarga topshirganlar ham to'lashi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
2023-yilgi qabul tugadi.

Eh, hozirgi yoshlar mana bunaqa xabarlarni umuman tushunmaydi.

Oldin hujjat topshirish alohida bir katta marosim va tadbir edi. Hozirgilar telefonidan 5 minutda topshirib qo’yyapti, eh, shuyam ish bo’ldiyu…

Bo’mapti, bizning davr boshqacha edi😉


🔘@xushnudbekuz
Xushnudbek.uz
Hujjat topshirish yakunlandi Qabulning katta va muhim qismi tugadi. Bo'ldi, endi yo'nalishlarni ham o'zgartirib bo'lmaydi. Buyog'iga 1 mln abituriyentlar ruxsatnoma chiqishini kutishadi. Aytgancha, avvalgi yillarda tugatganlar, bugun — 21-iyul kuni soat…
Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning jami soni 1 mln 18 ming 7 nafarni tashkil etdi.

Lekin bu raqam biroz kamayishi mumkin, chunki to'lovni o'z vaqtida, ya'ni 21-iyul soat 23:59 gacha amalga oshirmagan abituriyentlar bu ro'yxatdan chiqib ketadi va testga qo'yilmaydi.

Joriy yilda abituriyentlar soni o'tgan yilgiga qaraganda salkam 200 ming nafarga kamroq bo'ldi.


👉 @xushnudbek 👈
Qaysi hududdan eng ko’p abituriyent hujjat topshirdi?
#abituriyent

2023-yilgi bakalavriat qabulida jami 1 mln 18 ming 7 nafar abituriyent onlayn ro’yxatdan o’tdi va yo’nalish tanladi.

BBA ushbu abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo’yicha 5 taligini e’lon qildi:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
2️⃣ Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Pavel Durov Telegram’da ham Stories paydo bo‘lishini ma’lum qildi Rejalar: ▪️foydalanuvchilar Stories’larini kimlar koʻra olishini tanlashlari mumkin boʻladi; ▪️foto va videolarni bir vaqtning o'zida smartfonning ikkita kamerasidan — old va orqa tomondagidan…
Avval xabar qilinganidek, Telegram messenjeri o’zining Stories funksiyasini ishga tushirdi. Xuddi Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda bo’lgani kabi endi Telegramda ham Stories qo’yish mumkin.

Hozircha Stories qo’yish huquqi faqat Premium obunaga ega foydalanuvchilarda bor. Tomosha qilish uchun esa Premium shart emas, hammaga ko’rinadi. Faqat Telegram dasturini eng oxirgi versiyaga yangilash kerak.

Stories’larda video va fotoni tahrirlash mumkin. Bir paytda telefonning ikkala kamerasini ham (old va orqa) ishlatib video yozish mumkin.

Ishlatib ko’rdim, menga yoqmagan bittagina joyi — bu Stories’ga qo’yilgan reaksiyalar sizga shaxsiy xabar bo’lib kelar ekan. Bu esa shaxsiy xabarlar lentasini to’ldirib tashlayapti. Masalan, 100 kishi reaksiya bossa (👍 yoki ❤️), sizga 100 ta shaxsiy xabar keladi. Telegram kelgusida albatta shuni to’g’rilashi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi

Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-232-son, 20.07.2023 y.) ko‘ra, yer uchastkalari quyidagi maqsadlar uchun sotiladi yoki ijaraga beriladi:

tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish;
ko‘p kvartirali uylar qurish;
ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini qurish uchun.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tuziladi.

Shunga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori yangi lavozimi joriy etiladi.

Direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari 2027-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈