Xushnudbek.uz
646K subscribers
10.4K photos
2.66K videos
237 files
8.87K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev bugun telefon orqali Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan hamda yangi Arqadag‘ shahri rasman ochilgani munosabati bilan qutladi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari Qurbon hayiti bilan bir-birini dildan tabrikladilar.


👉 @xushnudbek 👈
Shuningdek, bugun Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy hamda Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari bir-birini va xalqlarimizni Qurbon hayiti bilan dildan qutladilar.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
O‘zbekiston yana 4 ta Talgo-250 tezyurar elektropoyezdlari xarid qilish masalasida muzoraka o’tkazdi (tahrirlandi) Yangi poyezdlar “Buxoro-Urganch-Xiva” yo‘nalishiga qo‘yilishi mumkin. Dunyo axborot agentligining xabar berishicha, Patentes Talgo kompaniyasi…
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ma’lum qilishicha, Patentes Talgo kompaniyasi rahbari O‘zbekiston uchun yana to‘rtta Afrosiyob elektropoyezdi ishlab chiqarishga tayyorligini ma’lum qilgan xolos, lekin hali O’zbekiston buyurtma bergani yo’q.

Endilikda xarid qilinadigan yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar faqatgina “Talgo” kompaniyasidan emas, balki, yo‘lovchilarning takliflarini o‘rgangan holda, dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan boshqa kompaniyalardan xarid qilish ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 34 ta zamonaviy elektropoyezdlar sotib olish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qilgan.

“Hozirda Stadler, Skoda, Talgo, Hyundai, CAF, Siemens, Alstom, Hitachi, Pesa, CRRC-Dalian kabi dunyoning eng ilg‘or kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Valentina Yegorova. “Sag‘ir bola” (hikoya)

Izoh:
Ushbu hikoya bolalar uyidagi Kolya haqida. Bu yerdagi ko‘p bolalarni asrab olishadiyu, lekin kasalmand bo‘lganligi uchun Kolyani tanlashmayapti. Ammo Kolya umidini uzgani yo‘q, uni ham albatta kimdir asrab olishini, ota-onasi bo‘lishini orzu qilishdan to‘xtamayapti. U orzusiga yetarmikin? Hikoyani o‘qigach buni bilib olasiz.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/valentina-yegorova-sagir-bola

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/GLjCQAedfA4

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Yoshlar kuni muborak bo’lsin, yoshlar!

Yoshlar orasida juda mashhur PUBG degan o’yinning asosiy arenalarida ishtirokchilar hech qanday qurolsiz katta dalaga tashlanadi. Shu sabab hamma eng avvalo o’ziga qurol-yarog’ yig’ishi kerak. Qancha zo’r qurol-yarog’ yig’a olsa, shuncha g’alaba qozonish ehtimoli ortib boraveradi.

Yoshlik ham siz uchun qurol yig’ish davridir. Faqat real hayotda sizning qurolingiz — bu bilim! Qancha ko’p bilim yig’sangiz, shuncha ko’p muvaffaqiyatga erishish ehtimolingiz oshib boraveradi.

Hozir ulgurib qoling, eng zo’r bilimlarni egallang, eng zo’r “qurol-aslahalar”ni yig’ing, eng yaxshi va sadoqatli “teammate” do’stlar orttiring. Qarabsizki, marra sizniki! Buyog’i “Winner winner, chicken dinner” bo’ladi! Yoshingiz ulg’ayganda ortga qarab “We’re the best” deya olasiz.

It’s your time to show skills! Olg’a, yoshlar!


👉 @xushnudbek 👈
🚌 Bugun, 30-iyun kuni Toshkentda avtobuslar yoshlarga bepul xizmat ko'rsatadi

Poytaxt hokimligining ma’lum qilishicha, Yoshlar kuni munosabati bilan taqdim etilayotgan ushbu imtiyoz 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lganlarga amal qiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi yo‘lladi.

Shuningdek davlat rahbarining Farmoni bilan 38 nafar yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan, tegishli Qaroriga asosan 28 nafar yigitlar esa «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.


👉 @xushnudbek 👈
Aytishlaricha, garchi tekin deb e’lon qilingani bilan bugun Toshkentdagi avtobuslarda yoshlardan baribir pul olishayotgan ekan. Ha, endi bunga ajablanmasa ham bo’ladi.

Bizda o’ng qo’l qilgan ishni chap qo’l bilmasligi tabiiy hol. Boz ustiga eng yuqoridan berilgan topshiriq toki eng quyi bo’g’inga yetib borgungacha ancha-muncha vaqt kerak bo’ladi.

Yana bir versiya, Hayit munosabati bilan 5 kun dam olish kunlari berilgandi, tashkilotlar devonxonasi ishlamaydi. Shu sababli topshiriq yetib kelmagan bo’lishi mumkin.

Xavotir olmanglar, mana, ko’rasiz, dushanba kuni kelsin, hammasi joy-joyiga tushadi. 3-iyul, dushanba kuni hamma konduktorlar 30-iyunda yoshlar avtobusda tekin yurishi mumkinligini bilib olishadi. Foydasi yo’q-ku, deysizmi? E, bunisi uncha qiziqmas, hechdan ko’ra kech degan maqol bejizga o’ylab topilmaganku.

P/S: umuman olganda, tekin avtobus qoidasiga rioya qilinmayotgani bir tomondan quvonarli. Sababi bu kabi “tekin aksiyalar” iqtisodiy tomondan noto’g’riligi, har qanday imtiyoz va istisno faqat ziyon va adolatsiz ekani haqida iqtisodchi Otabek Bakirov yaxshi tushuntirib berdi.


👉 @xushnudbek 👈
Ehtiyojmand xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
#abituriyent

Ko‘pchilik shu savol bilan murojaat qilayotgani uchun aniq misol bilan tushuntirmoqchiman.

Juda ko‘p xotin-qizlar "tavsiyanoma oldim, endi aniq o‘qishga kiraman" deb o‘ylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan tashqari ular yuqori ball ham to‘plashi kerak, yaʼni bilim ham muhim.

Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika bo‘ylab kunduzgi taʼlimga davlat granti asosida jami 2000 ta QO‘SHIMCHA kvota ajratilgan. Sirtqi va kechki taʼlimda imtiyoz berilmaydi.

❗️Ko‘pchilik tavsiyanoma olganlar “menga ball qo‘shib beradi”, deb o‘ylaydi. Bu ham xato. Mazkur tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi.

‼️BU MUHIM: 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun imtiyozli kvota faqat BIRINCHI yo‘nalishga o‘tadi. Shu sababli birinchi yo‘nalishga kunduzgi taʼlimni tanlash kerak. Agar birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlansa, unda imtiyozli kvotaga daʼvogarlik qila olishmaydi. Birinchiga kunduzgini tanlab, 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishga sirtqi, kechki, masofaviyni tanlash mumkin.

Kvotalar hududlar kesimida bo‘lib chiqiladi. 2023-yilgi kvotalar bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20089

Sohalar kesimidagi 2022-yilgi o'tish ballari esa mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/15743

Hisoblash tartibi

Keling, Samarqand misolida ko‘rib chiqamiz. Samarqand uchun ajratiladigan kvotalar Samarqandda doimiy ro‘yxatda (propiska) turadigan xotin-qizlar uchun mo’ljallangan bo’ladi, Samarqanddagi OTMlarga hujjat topshirganlar uchun emas. Samarqandlik tavsiyanoma olgan xotin-qizlar faqat Samarqandga hujjat topshirishi shart emas, ular istalgan hududni (masalan, Toshkent) tanlashi mumkin.

Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Imtiyoz qanday qo‘llanadi?

Buning tartibi quyidagicha:

tushunish osonroq bo‘lishi uchun Samarqand viloyatiga 5 ta kvota berilgan deb, tasavvur qilamiz;

aytaylik Samarqand viloyatida jami 40 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi;

pastdagi 1-rasmga qarasangiz, tavsiyanoma olgan 40 nafar xotin-qizlar respublikaning istalgan OTMlariga hujjat topshirgan (bu yerda osonroq tushunarli bo‘lishi uchun OTMlar nomlarini oldim, yo‘nalishlarga bo‘lib o‘tirmadim);

abituriyentlar turlicha ball to‘plashdi;

Samarqanddan tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar orasida eng yuqori ball olgan 5 nafar abituriyentlar grant asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda yashil rang bilan berilgan);

rasmga qarasangiz, grantga kirgan xotin-qizlar turli hududlardagi OTMlarni tanlaganini ko‘rish mumkin;

qolgan xotin-qizlar o‘zining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda ishtirok etadi, yaʼni imtiyoz doirasida o‘qishga kira olmasa ham umumiy tartibda tanlovda qatnashaveradi.

ℹ️ Faqat yana bir jihati bor:
dastlabki yilda kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. O’tgan yildan boshlab 3 ta sohaga alohida kvota ajratildi:

1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari;

Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun ajratildi.

Xullas, tartibi shunaqa.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi
#abituriyent

Joriy yildagi 9-sinf bitiruvchilari hujjatlarni my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn topshiradilar.

📎 Platformaga:
tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta ma’lumotlari;

3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

Ma’lumot uchun, respublikada 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Onlayn ariza yuborish bo’yicha videoyo’riqnoma yuqorida berilgan.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zakovatda yozgi mavsum boshlanmoqda!

Birozdan so‘ng, aniqrog‘i soat 21:20 da “Milliy” telekanalida Otabek Hamzayev jamoasi 2023-yilning Yozgi mavsumida ilk o‘yinni o‘tkazadi.

Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham bo’lib o’tadi.

⚡️Tomoshabinlar uchun super yangilik!

Endi “Zakovat”ga savol yo‘llab katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin. Sizni oddiy o‘yinlarda 1 mln so‘mdan 11 mln so‘mgacha, mavsum finalida 50 mln so‘mgacha mukofot kutmoqda.

‼️ Agar savolingiz yil finalida eng zo‘r savol deb topilsa, unda 1️⃣0️⃣0️⃣ mln so‘m (!!!) pul mukofoti beriladi🤩💰

📨Savol yuborish shartlari bu yerda.

Eslatma: “Agrobank” teletomoshabinlar homiysi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ esa bilimdonlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

👍 Ko‘proq kitob o‘qing, qiziqarli savollar tuzing va millionerga aylaning! “Zakovat”ni ko‘rishni esa kanda qilmang!


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugundan magistraturaga qabul boshlandi
#abituriyent

2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

❗️Eslatma: joriy yilda faqat bir marta yozda qabul bo’lishi, qishki qabul tashkil etilmasligi haqida ma’lum qilingan edi.


👉 @xushnudbek 👈
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab magistratura hamda doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati

Nima o’zgarishlar bor?

Yangi ro’yxatda ingliz, italyan va turk tilida bittadan o’zgarish bo’ldi.

Olib tashlandi:

🇬🇧 Ingliz tilidan — Cambridge Assessment English Linguaskill

🇮🇹 Italyan tilidan — Accademia Italiana di Lingua (AIL)

🇹🇷 Turk tilidan — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydin TÖMER)

Qo’shildi:

🇬🇧 Ingliz tiliga — International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus

❗️ESLATMA: yangi ro’yxat tasdiqlangunga qadar (2023-yil 23-mart) olingan hamda amal qilish muddati tugamagan Linguaskill, AIL va Aydin TÖMER sertifikatlari 2023/2024-oʻquv yili qabulida inobatga olinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yunusobod business city” tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatasiya qilish direksiyasi DUK xodimi mazkur markazda ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 300 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, direksiya va tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, hududdagi eski uylarni buzish va qurilish uchun joy tayyorlash maqsadida tadbirkor muqaddam direksiya hisobiga 22 mlrd so‘m miqdoridagi investitsiya mablag‘i o‘tkazgan.

Ammo direksiya xodimi turli bahonalar bilan qurilish boshlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni ortga surgan va masalani ijobiy hal etib berish uchun pul talab qilgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoni asosida “Yalla” ansambli tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan quyidagilar mukofotlandi:
 
«El-yurt hurmati» ordeni bilan

Zakirov Farrux Karimovich - “Yalla” ansambli badiiy rahbari
 
“Do‘stlik” ordeni bilan

Aliyev Abbos Saidovich - “Yalla” ansambli sozandasi;
Toxtayev Javlon Ramzitdinovich - “Yalla” ansambli sozandasi;
Xalikov Igor Yakubovich - “Yalla” ansambli direktori;
Xalikov Timur Pulatovich - “Yalla” ansambli sozandasi.

👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboyev bugun tongda UFCdagi debyut jangini o’tkazdi. Uning raqibi braziliyalik yengilmas Bruno Ferreyro edi.

Nursulton ilk jangida 1-raunddayoq nokaut bilan g’alaba qozondi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
«Lox»ga aylanmang!
#firibgar

Musodara qilingan arzon telefon yoki televizor sotaman, deb odamlarni ko‘p aldashmoqda.

Bu qanday bo‘ladi?

1️⃣ Qimmat telefon yoki televizorlarni arzonga sotamiz, chunki bular bojxonada musodara qilingan, deyishadi va bozordan ancha arzon narx aytishadi;

2️⃣ Buning uchun o’sha guruh va botlarga odam qo’shishni so’raydi. Ya’ni siz nechtadir do’stingizni o’sha guruhga qo’shsangiz, sizga arzon narsa sotishadi, yo’qsa sotib ololmaysiz deyishadi.

3️⃣ Pul o’lsin-a, pul o’lsin. Siz hovliqqancha kontaktingizdagi barcha do’stlarni ULARNING RUXSATISIZ😡 o’sha guruhlarga qo’shib chiqasiz (kimnidir ruxsatisiz biror guruhga qo’shish befarosatlik);

4️⃣ Keyin esa qachon menga arzon narsa tegarkin deb kutib yuraverasiz va shimildiriq sohibiga aylanasiz. Sizga baloni ham berishmaydi. Ammo siz do’stlaringizni o’sha noinsoflar guruhiga qo’shganingiz qoladi xolos.

5️⃣ Undan ham yomoni — ayrimlarga “tabriklaymiz, siz yutdingiz, mana bu linkni bosib, arzon narsani oling” degan xabar ham kelishi mumkin.

O’sha linkni zinhor bosa ko’rmang, yoki Telegram profilingizni buzib kirishadi, yoki plastikdagi pullaringizni yechib olishadi.

Baraka topgurlar, tekin va arzon narsalarga o‘ch bo‘lavermanglar. Sizni "lox" qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Do‘stlaringizga ham yuboring, ular ham aldanmasin.


👉 @xushnudbek 👈