Xushnudbek.uz
597K subscribers
10.8K photos
2.76K videos
244 files
9.08K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
❗️Vanihoyat, Hukumat qarori (263-son, 26.06.2023 y.) bilan Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi meʼyorlari tasdiqlandi. Jumladan, maktab o‘qituvchilarining mehnat taʼtili 56 kun deb belgilandi.

Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, yakshanba kuni ham taʼtilga qo‘shib hisoblanayotgani sababli maktab o‘qituvchilarining taʼtilini belgilashda muammo yuzaga kelayotgan edi. Aniqrog‘i ularning taʼtil kuni va puli kamayib qolgandi. Endilikda bunday muammo bo‘lmaydi, degan umiddamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jurnalist hamda blogerlarni tabrikladi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti arafasida ikki nafar marhum diniy ulamoni «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlash haqidagi farmonni imzoladi.

Bular:

— shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy);

— shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy).


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Hayit namozi vaqtlari

28-iyun kuni Qurbon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:15 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovut inobatga olib o‘qiladi.

🌙 Qurbon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari:

1. Andijon — 05:10
2. Buxoro — 05:40
3. Jizzax — 05:30
4. Navoiy — 05:40 
5. Namangan — 05:10
6. Samarqand — 05:35 
7. Sirdaryo — 05:25 
8. Surxondaryo — 05:40 
9. Toshkent viloyati — 05:20  
10. Toshkent shahri — 05:15
11. Farg‘ona — 05:10
12. Xorazm — 05:50
13. Qashqadaryo — 05:40
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 05:50


👉 @xushnudbek 👈
Qurbon hayiti muborak, aziz dindoshim!


👉 @xushnudbek 👈
Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi?
#abituriyent

2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi:

1️⃣ Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
2️⃣ Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)
3️⃣ Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)
4️⃣ Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)
5️⃣ Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)

Boshqa olimpiadalar-chi?

Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi.

Masalan, asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga davlat OTMlariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fani bo‘yicha maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Boshqacha aytganda, respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lganlarga o’sha fandan maksimal ball beriladi xolos. Masalan, kimyo fanidan respublikada kuchli uchlikka kirsa, kimyo fanidan maksimal beriladi. Agar kimyo 1-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 93 ball, agar 2-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 63 ball beriladi. Boshqa fanlarini o’zi ishlashi kerak bo’ladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lgan o’quvchilarga mutaxassislik fani sifatida matematikadan maksimall ball beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Aytgancha, yakshanba kun uchun ham taʼtil puli to‘lanishi haqida (aniqrog‘i to‘lanmasligi haqida) Vazirlar Mahkamasining 26-iyunda qabul qilingan 263-sonli qarorida aniq qoida belgilab ketilgan ekan.

Yaʼni ushbu qaror ilovasining izoh qismida yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi, degan band bor.

Bundan chiqdi, maktab o‘qituvchilariga 56 kalendar kuni miqdorida mehnat taʼtili beriladi va 48 ish kuni uchun haq to‘lanadi.


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston yana 4 ta Talgo-250 tezyurar elektropoyezdlari xarid qilish masalasida muzoraka o’tkazdi (tahrirlandi)

Yangi poyezdlar “Buxoro-Urganch-Xiva” yo‘nalishiga qo‘yilishi mumkin.

Dunyo axborot agentligining xabar berishicha, Patentes Talgo kompaniyasi prezidenti Karlos Palasi Oriol Daniya va Germaniyadan 64 ta poyezd uchun yirik buyurtma kelib tushgani, ayni paytda kompaniya zavodlari ushbu poyezdlarni tayyorlash uchun tig‘iz grafik asosida ishlayotganiga qaramay Patentes Talgo O‘zbekiston tomoni rejalashtirgan muddatlarda 4 ta elektropoyezdni tayyorlash va yetkazib berishni taʼminlashga tayyor ekanini bildirgan.


👉 @xushnudbek 👈
Oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi

Quvasoy shahridagi maxsus maktab-internati xodimi muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, Farg‘ona davlat universiteti talabasi bilan o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroni mazkur OTMning «Boshlang‘ich taʼlim va sport-tarbiyaviy ishi» yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3400 AQSH dollari talab qilishadi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda, maxsus maktab-internati xodimi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

***

Buvayda tumanida kuzatilgan holatda esa maktab o‘qituvchisi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Rishton tumanida yashovchi fuqaroning Qirg‘izistondagi oliygohdan o‘qishini Andijon davlat tibbiyot institutiga ko‘chirib berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 1500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

***

O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi mansabdor tanishlari orqali, Nurafshon shahrida yashovchi fuqaroni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 7500 AQSH dollari talab qilib, oldindan 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

***

Boshqa bir holatda esa Buxoro innovatsiyalar universiteti xodimi mahalliy fuqaroni aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, uni Qirg‘izistondagi oliygohda o‘qiyotganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar tayyorlab, go‘yoki ko‘chirish yo‘li bilan Buxoro shahridagi Osiyo xalqaro universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 26 mln. so‘m talab qiladi va oldindan 500 AQSH dollari va 14 mln. 400 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.

***

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida uni Guliston davlat universitetining “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

***

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyati ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX matbuot xizmati


👉 @xushnudbek 👈
Hujjat topshirib bo’lgandan keyin yana yo’nalishni o’zgartirsa bo’ladimi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, bo’ladi.

Siz toki hujjatlar qabuli tugagunga qadar (20-iyulgacha) bemalol o’z yo’nalishlaringizni o’zgartirishingiz mumkin.

O’tgan yillarda tugatganlar to’lov qilib bo’lgandan keyin ham yo’nalishlarni o’zgartirsa bo’ladi. Bunda to’lov kuyib ketmaydi yoki yana qayta to’lov qilish talab etilmaydi.

21-iyul soat 00:01 dan boshlab, yo’nalishlarni o’zgartirib bo’lmaydi.

Bundan tashqari, sizlarga do’stona maslahatim, tezroq yakuniy qarorga kelib, oldinroqdan aniq belgilab oling. Negadir hamma oxirgi kungacha taqaydi va 20-iyul kuni serverga yuklama kuchayib ketadi. Shunaqa payti balki saytda uzilishlar ham kuzatilishi mumkin. Tag’in oooooxiriga kelganda 20-iyul soat 23:59 da yo’nalishni o’zgartirgingiz kelib qolib, saytdagi texnik vaziyat sabab buni qilolmay, keyin afsus qilib o’tirmang.


👉 @xushnudbek 👈
Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev bugun telefon orqali Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan hamda yangi Arqadag‘ shahri rasman ochilgani munosabati bilan qutladi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari Qurbon hayiti bilan bir-birini dildan tabrikladilar.


👉 @xushnudbek 👈
Shuningdek, bugun Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy hamda Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari bir-birini va xalqlarimizni Qurbon hayiti bilan dildan qutladilar.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
O‘zbekiston yana 4 ta Talgo-250 tezyurar elektropoyezdlari xarid qilish masalasida muzoraka o’tkazdi (tahrirlandi) Yangi poyezdlar “Buxoro-Urganch-Xiva” yo‘nalishiga qo‘yilishi mumkin. Dunyo axborot agentligining xabar berishicha, Patentes Talgo kompaniyasi…
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ma’lum qilishicha, Patentes Talgo kompaniyasi rahbari O‘zbekiston uchun yana to‘rtta Afrosiyob elektropoyezdi ishlab chiqarishga tayyorligini ma’lum qilgan xolos, lekin hali O’zbekiston buyurtma bergani yo’q.

Endilikda xarid qilinadigan yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar faqatgina “Talgo” kompaniyasidan emas, balki, yo‘lovchilarning takliflarini o‘rgangan holda, dunyodagi eng ko‘zga ko‘ringan boshqa kompaniyalardan xarid qilish ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 34 ta zamonaviy elektropoyezdlar sotib olish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qilgan.

“Hozirda Stadler, Skoda, Talgo, Hyundai, CAF, Siemens, Alstom, Hitachi, Pesa, CRRC-Dalian kabi dunyoning eng ilg‘or kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Valentina Yegorova. “Sag‘ir bola” (hikoya)

Izoh:
Ushbu hikoya bolalar uyidagi Kolya haqida. Bu yerdagi ko‘p bolalarni asrab olishadiyu, lekin kasalmand bo‘lganligi uchun Kolyani tanlashmayapti. Ammo Kolya umidini uzgani yo‘q, uni ham albatta kimdir asrab olishini, ota-onasi bo‘lishini orzu qilishdan to‘xtamayapti. U orzusiga yetarmikin? Hikoyani o‘qigach buni bilib olasiz.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/valentina-yegorova-sagir-bola

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/GLjCQAedfA4

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Yoshlar kuni muborak bo’lsin, yoshlar!

Yoshlar orasida juda mashhur PUBG degan o’yinning asosiy arenalarida ishtirokchilar hech qanday qurolsiz katta dalaga tashlanadi. Shu sabab hamma eng avvalo o’ziga qurol-yarog’ yig’ishi kerak. Qancha zo’r qurol-yarog’ yig’a olsa, shuncha g’alaba qozonish ehtimoli ortib boraveradi.

Yoshlik ham siz uchun qurol yig’ish davridir. Faqat real hayotda sizning qurolingiz — bu bilim! Qancha ko’p bilim yig’sangiz, shuncha ko’p muvaffaqiyatga erishish ehtimolingiz oshib boraveradi.

Hozir ulgurib qoling, eng zo’r bilimlarni egallang, eng zo’r “qurol-aslahalar”ni yig’ing, eng yaxshi va sadoqatli “teammate” do’stlar orttiring. Qarabsizki, marra sizniki! Buyog’i “Winner winner, chicken dinner” bo’ladi! Yoshingiz ulg’ayganda ortga qarab “We’re the best” deya olasiz.

It’s your time to show skills! Olg’a, yoshlar!


👉 @xushnudbek 👈
🚌 Bugun, 30-iyun kuni Toshkentda avtobuslar yoshlarga bepul xizmat ko'rsatadi

Poytaxt hokimligining ma’lum qilishicha, Yoshlar kuni munosabati bilan taqdim etilayotgan ushbu imtiyoz 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lganlarga amal qiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi yo‘lladi.

Shuningdek davlat rahbarining Farmoni bilan 38 nafar yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan, tegishli Qaroriga asosan 28 nafar yigitlar esa «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.


👉 @xushnudbek 👈