Xushnudbek.uz
512K subscribers
9.73K photos
2.48K videos
207 files
8.43K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Past Darg'om tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Tohir Qosimov tomonidan “Mening yo’lim” loyihasi doirasida o’zi tanlagan loyihalarga majburan ovoz berishni so’rab mahalla raislariga yuborgan xabarlarining skrinshoti tarqaldi.

Unda mahalla raislari o’zlarining tashabbusiga emas, Tohir Qosimov tanlagan loyihalarga majburan ovoz yig’ishi, yo’qsa bu talabni bajarmagan mahalla raislarining “pattasi olinishi” aytilgan.

Ushbu skrinshotlar haqiqiymi yoki yo’qmi, hozircha bunga rasmiy izoh berilmadi.

8-may kuni Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi “vaziyatni o’rganyapmiz” degan umumiy qisqa xabar chiqardi, lekin o’rganish natijasi hozircha aytilmadi.

Bu bo’yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ham murojaat qildim, lekin ular ham hozircha holat bo’yicha izoh berishmadi.

Eslatib o’taman, 2023-yil 10-apreldagi Prezident qaroriga binoan “Tashabbusli byudjet” doirasida biror loyihaga ovoz berishga majburlash majburiy mehnat sifatida baholanadigan bo’ldi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Bugun 11 nafar bokschimiz Jahon chempionati chorak finalida jang qiladi. To‘liq juftliklar: -51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Tomoya Suboi (Yaponiya) (B ring, 14:00) -57 kg: Abdumalik Xalokov - Ishish Yusuf (Iordaniya) (B ring, 14:25 dan so‘ng) -63,5 kg: Ruslan…
Boks: bugun g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l olgan sportchilarimiz:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov;
-57 kg: Abdumalik Xalokov;
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev;
-71 kg: Saidjamshid Jafarov;
-92 kg Lazizbek Mullojonov;
-54 kg: Oybek Jo‘rayev;
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
-75 kg: Aʼloxon Abdullayev.

Chorak finaldagi hozircha yagona mag'lubiyat:

-60 kg: Mujibillo Tursunov.

Kutilayotgan janglar:

-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Alfonso Domingez (Ozarbayjon) (A ring, 20:35 dan so‘ng)

+92 kg: Bahodir Jalolov - Qamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) (B ring, 21:10 dan so‘ng)


👉 @xushnudbek 👈
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig’i Tohir Qosimov egallab turgan lavozimidan ozod etilibdi.

Bugun viloyat hokimligida o‘tkazilgan muhokama yakuni bilan shu qaror qabul qilingan. Bu haqda bizga hokimlik matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, muhokama davomida barcha rahbarlar yana bir bora qat’iy ogohlantirilib, Prezidentning 2023-yil 10-apreldagi qarori mazmun-mohiyati tushuntirilgan.

Tohir Qosimov “Mening yo’lim” loyihasi doirasida mahalla raislarini o’zi tanlagan tashabbuslarga ovoz berishlari haqida noqonuniy topshiriq bergani haqida kecha yozgan edik.

P.S.: aslida bu ishni tezkorlik bilan Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi qilishi kerak edi. Lekin qarg’a qarg’ani ko’zini cho’qimaydi, degan prinsipni qilishdi shekilli, vazirlik aqalli birorta bayonot ham berib qo’ymadi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Mantiqsiz qonunlar qachondir albatta bekor bo’ladi. Ammo toki u bekor bo’lgunga qadar, minglab, balki millionlab odamlar qiynalgani qoladi xolos. Xuddi propiska rejimi kabi. Davlat ramzlariga oid qonunchilik ham ana shunaqa mantiqsiz va kulgili taqiqlardan…
Aytgancha, Qamashi tumanida davlat bayrog‘i rangidagi tasmani taqib yurgan yigitga nisbatan qo’zg’atilgan ma’muriy ish Bosh prokuratura aralashuvi bilan bekor qilinibdi.

Shuningdek, yigitga noqonuniy ish ochgan ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha Qamashi tumani prokuraturasi taqdimnoma kiritibdi.

Hozirda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Atigi 10 nafar a’zosi bor Telegram guruhga shahidlik haqidagi nashidning YouTube’dagi linkini yuborgani uchun 3 yil ozodlikdan mahrum qilingan 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodovning onasi videomurojaat yo‘llabdi.

Ushbu murojaat yuraklarni ezishi bilan bir qatorda, ayrim savollarni ham keltirib chiqarmoqda.

1) Ichki ishlar organlari xodimlari dastlab (2022-yil sentabr oyida) Jahongirni dala hovlida bo’lgan o’g’irlik masalasida tergovga chaqirgan (aytilishicha, o’sha hududdagi Jahongir ismli barcha yigitlar chaqirilgan). Keyin esa 2023-yil fevral oyida uni nashid yuborganlikda ayblab, qamoqqa olishgan va toki sud hukmigacha 2 oydan oshiq vaqt qamoqda o’tirgan.

2) negadir davlat tomonidan tayinlangan advokat Jahongirning ota-onasidan tergov va sudda qatnashish uchun jami 6 mln so’m pul olgan. Aslida davlat tomonidan tayinlangan advokatlar uchun byudjetdan pul to’lanadi, ularga qo’shimcha to’lov qilish shart emas. Agar o’sha advokat ham davlatdan, ham mahkumning ota-onasidan pul olgan bo’lsa, bu noto’g’ri, buni Advokatlar palatasi albatta tekshirishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
2026-yilgi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident qarorida belgilandi.

Shuningdek, qarorga binoan:

umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi” “Professional taʼlim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalari har yili uch bosqichda tizimli o‘tkaziladi;

2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqorida nomi tilga olingan musobaqalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida (1 mln 650 ming so‘m) “Shaxmat stipendiyasi” bilan rag‘batlantiriladi;

2024-yildan boshlab har yili professional shaxmat klublari o‘rtasida “O‘zbekiston birinchiligi” musobaqalari o‘tkazib boriladi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Ekopartiya plenumi prezidentlikka nomzod masalasini ko‘rib chiqdi

Ekopartiyaning navbatdan tashqari plenumida partiyaning bo‘lajak syezdida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod etib partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Hamzayev Abdushukur Xudoyqulovich nomzodini ko‘rsatish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Manba: O‘zA


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Otabek Hasanov. “Miyamizdagi kinoteatr” (maqola)

Izoh: Ko’pchilikka qiziq bo’lgan “Nima uchun badiiy kitob o‘qishimiz kerak?” degan savolga hayotiy misol orqali batafsil javob beriladi.

📖Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/nima-uchun-badiiy-kitob-oqishimiz-kerak

📹 Video shaklini ko’rish uchun

💬 Muhokama bu yerda.

Bundan tashqari dunyo miqyosida TOP-30 menejmentiga oid bestsellar kitoblar tahlili natijasida yaratilgan Otabek Hasanovning "Liderlar kitobi" asari interaktiv mobil ilovasi o'zbek va ingliz tilida yaratildi.

Eng muhimi, mobil ilovadan foydalanish bepul!
Play Market
App Store

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Bundan buyon grant kvotalarini Prezident, kontrakt kvotalarini OTMlarning o’zi tasdiqlaydi

Prezidentning 279-son qarorida (15.06.2022-y.) bu haqda tegishli qoida belgilangan.

Unga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (kvota) faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;

to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari esa, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: mazkur qarorga ko’ra, har yili 1-mayga qadar Davlat komissiyasi davlat OTMlarining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish bo‘yicha davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun Prezidentga kiritadi. Demak, aslida qoida bo’yicha, grant kvotalari allaqachon Prezidentga kiritilgan bo’lishi kerak va balki tez orada tasdiqlanib qolar (agar rostdan o’z vaqtida kiritishgan bo’lsa).


👉 @xushnudbek 👈
⚡️XDPning navbatdan tashqari plenumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod etib Inoyatov Ulug’bek Ilyasovich nomzodini partiya syezdi muhokamasiga qo’yish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Manba: O‘zA


👉 @xushnudbek 👈
Oybek Joʻrayev hamda Bahodir Jalolov finalda.

-54 kg vazn toifasida Oybek Joʻrayev rossiyalik Dmitriy Dvali ustidan gʻalabaga erishgan bo’lsa, +92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolovning raqibi ringga chiqmasligini bildirgan. Shu tariqa, Jalolov to’g’ridan-to’g’ri finalga yo’l oldi.

Yarim final janglari davom etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️”Adolat” SDPning navbatdan tashqari plenumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod etib Maxmudova Robaxon Anvarovna nomzodini partiya syezdi muhokamasiga qo’yish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Robaxon Maxmudova ayni paytda Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Manba: O‘zA


👉 @xushnudbek 👈
⚽️ Kecha AFC Asian Cup Qatar 2023 uchun qur’a tashlandi.

Oʻzbekiston “B” guruhidan joy oldi. Raqiblarimiz Avstraliya, Suriya va Hindiston.

Terma jamoamiz o’yinlari 2024-yil 13, 18 va 23-yanvar kunlari bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈