Xushnudbek.uz
586K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.11K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Nodirbek Abdusattorovning oxirgi o’yinini ko’plab shaxmat muxlislari bilan birgalikda “Kitob olami” majmuasida onlayn tomosha qildik.

U mag’lubiyatga uchraganini tan olgandan so’ng, yengil shok holatida bo’ldigu, lekin tezda Nodirbekni qarsaklar bilan g’oyibona qo’llab-quvvatladik (videoda).

Chunki u turnirni fantastik o’tkazdi. Buni dunyoning eng mashhur shaxmat platformalari bergan izohlardan ham ko’rishingiz mumkin (rasmlarda).

Yana bir bor Nodirbek hamda Javohirga katta rahmat!

P.S.: men kamerada eng ko’rinmaydigan joyda o’tirib qolibman :)


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 30-yanvar kuni, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan sana. Agar Islom Abdug’aniyevich hayot bo’lganida bugun 85 yoshga to’lgan bo’lar edi.

Joylari jannatdan bo‘lsin, Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nukusda 4 qavatli uyda gaz portladi

Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borish jarayonida bino konstruksiyalari orasidan bir nafar fuqaroning jasadi topildi.

Shuningdek, ikki kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Videoda vayronalar ostida qolib ketgan 5 yashar qizning qutqarilishi jarayoni aks etgan. Qizaloqda turli darajadagi tan jarohatlari bo’lgan, hozirda unga tibbiy yordam ko’rsatilmoqda.

FVVga ko‘ra, hodisa 29-yanvar kuni soat taxminan 16:15 larda Nukus shahri «Temir yo‘l» mahallasi 22-kichik tuman 8/1-uyning 4-qavatida joylashgan xonadonlarning birida sodir bo‘lgan. Uydagi bir necha xonadonning tom va pol qismlari o‘pirilib, 1-qavatgacha tushgan.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Nukusda gaz portlagan uy vayronalari ostidan yana 4 kishining jasadi topildi. Fojia natijasida halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. 👉 @xushnudbek 👈
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi «b» bandi (og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda aybdor shaxslar doirasini aniqlash, ularni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi hal etilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Britaniyaning “The Times” nashri sayohatchilarga Samarqand turizm markaziga borishni tavsiya qildi
 
The Times Silk Road Samarkand’ni o‘zining “2023 yilda tomosha qilish uchun eng yaxshi uzoq magistralli yo‘nalishlar” to’plamiga kiritdi.
 
The Times maqolasida qayd etilishicha, mamlakatning eng jozibali nuqtasi Samarqand va uning “zangori gumbazlari hamda qimmatbaho toshlar qadalgan maqbaralari” bo‘lib qolmoqda.
 
“Shaharning markaziga yaqin joylashgan Samarqand turizm markazi yuqori darajali mehmonxonalar va gastronomiyani taklif qilmoqda”, - deb ta’kidlanadi maqolada.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi.

Davlatimiz rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.


👉 @xushnudbek 👈
Humo degan milliy messenjer yaratishibdi (humo.app). Ishlab chiquvchi: «UNICON-SOFT» MChJ

Aytishlaricha, ushbu milliy messenjer davlat xizmatchilari uchun xavfsiz ekan. AKTga masʼul bo‘lgan tashkilotlarimiz tizimni tekshirib, sertifikat ham beribdi.

"Ooo, zo‘rku, vanihoyat milliy messenjer ishlatar ekanmiz" deya xursand bo‘lib, o‘sha dasturni ishlatmoqchi bo‘ldim. Ammo dasturni ochishim bilan, bu Telegrammi yoki Humomi, deb adashib qoldim. Shovvozlarimiz birga-bir Telegramdan ko‘chirishibdi. Yana nomi O‘zbekistonning milliy messenjeri emish... )))

Eng qizig‘i, yana shu dasturga davlat tashkilotlari har bir xodim uchun oyiga 25 ming 200 so‘mdan abonent to‘lovi to‘lashi kerak ekan.

Unicon-Soft‘ga bittagina savolim bor: bu sharmandalikka qanday chidaysizlar?


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Humo degan milliy messenjer yaratishibdi (humo.app). Ishlab chiquvchi: «UNICON-SOFT» MChJ Aytishlaricha, ushbu milliy messenjer davlat xizmatchilari uchun xavfsiz ekan. AKTga masʼul bo‘lgan tashkilotlarimiz tizimni tekshirib, sertifikat ham beribdi. "Ooo…
Aslida bu milliy messenjer 2022-yil 23-iyuldagi 357-sonli Prezident qarori asosida ishlab chiqilgan ekan.

Ushbu qarorning 1-ilovasida milliy messenjer ishlab chiqish va hattoki abonent to‘lovini “UNICON-SOFT” MCHJ bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etish belgilangan.

Nega to‘g‘ridan-to‘g‘ri? Nima uchun bu tadbirkorlik subyektiga Prezident qarori asosida bunaqa imkoniyat berilgan? Shoxi bormi, yoki orqasidan oy chiqqanmi?

Prezident qarorida bo‘lsa, boshqalar g‘ing deyolmaydida, shunda-a? Hamma ko‘z yumadi, hatto ko‘chirmakashlik bo‘lsa ham...

Qiziq, juda qiziq...


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bog‘cha xodimlarining maoshini oshirish rejalashtirilgan

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xabar berishicha, 2023-yilda maktabgacha taʼlim xodimlarining maoshlari quyidagicha oshiriladi:

pedagog xodimlar lavozim maoshlari umumtaʼlim maktabi o‘qituvchisi lavozim maoshiga tenglashtiriladi;

direktor lavozim maoshi umumtaʼlim maktabi direktori (3- va 4-guruh) lavozim maoshiga tenglashtiriladi;

tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshi 70 foiz oshiriladi;

oshxona va buxgalteriya xodimlari lavozim maoshiga 100 foiz ustama belgilanadi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Metan "zapravka"lar bosqichma-bosqich ishga tushishni boshlaydi

Rasmiylardan olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, bugun - 30-yanvardan boshlab ayrim AGTKS (metan quyish shoxobchasi) faoliyati qayta tiklangan.

AGTKSlar hozircha ma’lum grafik asosida ishlab turadi, gaz bosimi me’yoriga kelishiga qarab (taxminan 2-3 kunda) respublikadagi barcha shoxobchalar odatdagi rejimda faoliyat yuritishi kutilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈