Xushnudbek.uz
665K subscribers
10.5K photos
2.71K videos
238 files
8.93K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Tata Steel Chess-2023 turniri bugun yakunlanadi

Kecha turnirning 12-turida 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov asosiy ta’qibchilaridan biri 🇺🇸Uesli So bilan durang o’ynadi.

Quvonarlisi, turnirdagi boshqa yetakchi shaxmatchilar 🇳🇱Anish Giri hamda 🇳🇴Magnus Karlsen ham durang o’ynadi. Anish yaqqol mag’lubiyatdan bir amallab qutilib qolgan bo’lsa, Magnus g’alabani qo’ldan chiqarib, durangga rozi bo’ldi.

Shunday qilib, Nodirbek 8 ochko bilan peshqadamlikni o’zida saqlab qoldi. Nodirbek 5-turdan buyon turnirda yakka peshqadam bo’lib turibdi va hech kimni o’ziga tenglashtirmadi.

Turnir davomida hali Nodirbek biror marta mag’lub bo’lmagan 4 shaxmatchidan biri bo’lib turibdi.

Bugun oxirgi 13-turda Nodirbek 🇳🇱Yorden Van Forest bilan kuch sinashadi. Kecha Yorden juda uzoq davom etgan murakkab bahsda Anish Girini juda qiyin vaziyatga solib qo’ydi, ammo yakunda g’alabani qo’ldan chiqardi. Bugun qanday bo’lishini kuzatamiz.

Nodirbekka qanday natija kerak?

Abdusattorov uch xil natijada ham chempion bo’lishi mumkin.

Yutuq

Agar Nodirbek yutsa, unda ta’qibchilari qanday o’ynashidan qat’i nazar, 100% chempion bo’ladi.

Durang

Agar bugun Nodirbek durang o’ynasa, unda har qanaqasiga ham chempionlik imkonini saqlab qoladi. Bunda 2 xil variant bo’lishi mumkin:

a) Agar Anish Giri durang o’ynasa yoki yutqazsa, unda Nodirbek chempion bo’ladi;

b) Agar Anish Giri g’alaba qozonsa, unda ochkolar teng bo’ladi va ikki shaxmatchi o’rtasida tay-brekda yana qo’shimcha blits o’yinlar o’tkaziladi.

Mag’lubiyat

Bunda ham Nodirbekda chempionlik imkoni saqlanib qoladi, ammo ehtimoli pasayadi. Variantlar quyidagicha:

a) Anish Giri yutqazsa, shuningdek Magnus Karlsen va Uesli So yuta olmasa, unda Nodirbek chempion bo’ladi;

b) Giri durang o’ynasa yoxud Karlsen yoki So yutsa, unda ochkolar tenglashadi va tay-brek bo’ladi;

c) Giri yutsa, unda u chempion bo’ladi, Nodirbek esa 2-o’rinni egallaydi.

***

Oxirgi tur o’yinlari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

🇺🇿Nodirbekka chin dildan omad tilaymiz!


👉 @xushnudbek 👈
Shuningdek, bugun Tata Steel Chess-2023 turniri Challengers guruhida 🇺🇿Javohir Sindorov ham oxirgi o’yinini o’tkazadi.

Kecha Javohir ham asosiy ta’qibchisi 🇮🇷Muhammad Amin Tabatabayi bilan durang o’ynadi. Sindorov 7,5 ochko bilan 3-o’rinda bormoqda.

Javohir chempion bo’lish imkonini qo’ldan chiqardi, u peshqadam 🇩🇪Aleksandr Donchenkodan 1,5 ochko ortda qolmoqda.

Ammo bugun Javohir g’alaba qozonsa 2-o’rinni egallashi ham mumkin.

Yoki teskarisi — mabodo Javohir mag’lub bo’lsa, 3-o’rinni ham qo’ldan chiqarishi mumkin.

Bugun hamyurtimiz 🇳🇱Tomas Berdsen bilan o’ynaydi. O’yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

Javohirga omad tilaymiz!


👉 @xushnudbek 👈
Shaxmatda nima gap?

Vaziyat ancha murakkab.

🇳🇱 Anish Giri hozirgina g’alaba qozondi. 🇺🇿 Nodirbekda esa sal qiyinroq vaziyat, vaqti ham kamroq.

Agar, Nodirbek:

🥇yutsa — chempion;

🤷🏻‍♂️durang o’ynasa — tay-brekda Anish Giri bilan qo’shimcha blits-partiyalar o’ynaydi;

🥈yutqazsa — 2-o’rinni oladi.

Nodirbekka omad tilab turamiz.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿Javohir Sindorov oxirgi o’yinda g’alaba qozondi hamda 8,5 ochko bilan Tata Steel Chess-2023 turnirining Challengers guruhida 🥉3-o’rinni egalladi.

Barakalla, Javohir! Kuchli turnirda juda yaxshi natija qayd etildi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Shaxmatda nima gap? Vaziyat ancha murakkab. 🇳🇱 Anish Giri hozirgina g’alaba qozondi. 🇺🇿 Nodirbekda esa sal qiyinroq vaziyat, vaqti ham kamroq. Agar, Nodirbek: 🥇yutsa — chempion; 🤷🏻‍♂️durang o’ynasa — tay-brekda Anish Giri bilan qo’shimcha blits-partiyalar…
Afsuski Nodirbek mag’lub bo’ldi. Anish Giri Tata Steel Chess-2023 turniri Masters guruhi chempioni bo’ldi.

Xo’sh, hissiyotlar 2 xil:

1) Turnirning boshidan toki oxirgi turigacha yetakchi bo’lib, eng oxirida chempionlikni qo’ldan bergani albatta biroz alamli bo’ldi;

2) Ammo xursand qiladigan tomoni, Nodirbek ushbu turnirning asosiy qahramoni bo’ldi. Butun dunyodagi shaxmat olami yangi shaxmat qiroli yetishib kelayotganini ko’rib, e’tirof etdi. Magnus Karlsenni taslim qildi. Eng qimmatli reyting ochkolarini qo’lga kiritdi. Dunyoning TOP-20 shaxmatchisi tarkibiga kirdi.

Umuman olganda Nodirbek ushbu turnirdan so’ng dunyoning elita shaxmatchilar qatlamiga kirgani tan olindi.

Solishtirsak, xafagarchilikdan ko’ra, xursandchilik ko’proq.

Oxirgi turdagi mag’lubiyat esa ko’proq yoshga doir psixologiya bilan bog’liq, menimcha. Bu xatolar, bu alamlar esa tajriba uchun juda kerak.

Xullas, Nodirbek, barakalla! Ota-onangga, ustozlaringga ming rahmat! To’xtama, gaziga bos! Jahon tojini kiyganingni ko’rish nasib qilsin, ilohim.


👉 @xushnudbek 👈
Nodirbek Abdusattorovning oxirgi o’yinini ko’plab shaxmat muxlislari bilan birgalikda “Kitob olami” majmuasida onlayn tomosha qildik.

U mag’lubiyatga uchraganini tan olgandan so’ng, yengil shok holatida bo’ldigu, lekin tezda Nodirbekni qarsaklar bilan g’oyibona qo’llab-quvvatladik (videoda).

Chunki u turnirni fantastik o’tkazdi. Buni dunyoning eng mashhur shaxmat platformalari bergan izohlardan ham ko’rishingiz mumkin (rasmlarda).

Yana bir bor Nodirbek hamda Javohirga katta rahmat!

P.S.: men kamerada eng ko’rinmaydigan joyda o’tirib qolibman :)


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 30-yanvar kuni, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan sana. Agar Islom Abdug’aniyevich hayot bo’lganida bugun 85 yoshga to’lgan bo’lar edi.

Joylari jannatdan bo‘lsin, Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nukusda 4 qavatli uyda gaz portladi

Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borish jarayonida bino konstruksiyalari orasidan bir nafar fuqaroning jasadi topildi.

Shuningdek, ikki kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Videoda vayronalar ostida qolib ketgan 5 yashar qizning qutqarilishi jarayoni aks etgan. Qizaloqda turli darajadagi tan jarohatlari bo’lgan, hozirda unga tibbiy yordam ko’rsatilmoqda.

FVVga ko‘ra, hodisa 29-yanvar kuni soat taxminan 16:15 larda Nukus shahri «Temir yo‘l» mahallasi 22-kichik tuman 8/1-uyning 4-qavatida joylashgan xonadonlarning birida sodir bo‘lgan. Uydagi bir necha xonadonning tom va pol qismlari o‘pirilib, 1-qavatgacha tushgan.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Nukusda gaz portlagan uy vayronalari ostidan yana 4 kishining jasadi topildi. Fojia natijasida halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. 👉 @xushnudbek 👈
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi «b» bandi (og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda aybdor shaxslar doirasini aniqlash, ularni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi hal etilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Britaniyaning “The Times” nashri sayohatchilarga Samarqand turizm markaziga borishni tavsiya qildi
 
The Times Silk Road Samarkand’ni o‘zining “2023 yilda tomosha qilish uchun eng yaxshi uzoq magistralli yo‘nalishlar” to’plamiga kiritdi.
 
The Times maqolasida qayd etilishicha, mamlakatning eng jozibali nuqtasi Samarqand va uning “zangori gumbazlari hamda qimmatbaho toshlar qadalgan maqbaralari” bo‘lib qolmoqda.
 
“Shaharning markaziga yaqin joylashgan Samarqand turizm markazi yuqori darajali mehmonxonalar va gastronomiyani taklif qilmoqda”, - deb ta’kidlanadi maqolada.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi.

Davlatimiz rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.


👉 @xushnudbek 👈