Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yaxshi xabar:
Hukumatlar imzolagan bitimga ko’ra, endilikda O’zbekiston va Qirg’iziston fuqarolari ikkala davlatga kirishda ID-kartadan foydalanishlari mumkin. Ya’ni zagranpasport shart emas, shuningdek, hech qanaqa shtamp ham qo’yilmaydi. Bu ayniqsa So’x, Shohimardon va Cho’ng’ara kabi eksklav hududlarimizdagi yurtdoshlarimizga katta yengillik beradi, endi ular byurokratiyadan qutiladi.
Bu tartib samolyot, poyezd, mashinaga ham o’tadi.
Yangi tartib taxminan 1-2 oyda kuchga kiradi (ikki davlat tasdiqlashi kerak).
👉 @xushnudbek 👈

Xushnudbek.uz
❗️Yaxshi xabar: Hukumatlar imzolagan bitimga ko’ra, endilikda O’zbekiston va Qirg’iziston fuqarolari ikkala davlatga kirishda ID-kartadan foydalanishlari mumkin. Ya’ni zagranpasport shart emas, shuningdek, hech qanaqa shtamp ham qo’yilmaydi. Bu ayniqsa So’x…
❗️To‘ldirish:
Ikki davlat fuqarolarini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi saqlanib qoladi.
Ya’ni O‘zbekiston fuqarolari Qirg‘iziston hududida 5 kun ichida, Qirg‘iziston fuqarolari esa O‘zbekiston hududida 3 kun ichida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
ID-karta bilan bog‘liq yangilik faqat chegarani kesib o‘tishga taalluqlidir.
Hukumatlar o‘rtasida kelgusida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan yurish muddatlarini uzaytirish hamda birxillashtirish ustida muzokaralar olib borilayotgani ma’lum qilindi.
❗️O’zbekiston yoki Qirg’iziston hududida qo’shni davlat fuqarolari ID-karta bilan vaqtincha ro’yxatdan o’tib, bemalol mamlakat hududida yura oladi. Zagranpasport shart emas.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Davlatimiz rahbari hamda rafiqasini Sadir Japarov va rafiqasi kuzatib qo’yishdi (videoda).
👉 @xushnudbek 👈
Davlatimiz rahbari hamda rafiqasini Sadir Japarov va rafiqasi kuzatib qo’yishdi (videoda).
👉 @xushnudbek 👈
Abdusattorov va Sindorov yana durang o’ynadi
Tata Steel Chess-2023 turniri hal qilivchi pallaga kirdi. Kecha turnirning 11-turi bo’lib o’tdi.
Masters guruhi peshqadami 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov o’zining asosiy ta’qibchisi, 2-o’rindagi 🇳🇱Anish Giri bilan durangga imzo chekdi.
Shunday qilib Nodirbek 7,5 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Anish Girida 7 ochko bor.
3-o’rindagi 🇳🇴Magnus Karlsen ham yetakchilardan biri bo’lgan 🇺🇸Uesli So bilan durang o’ynadi. Magnus Nodirbekdan hamon 1 ochko ortda qolmoqda.
Bugun Nodirbek Uesli So bilan o’ynaydi.
Challengers guruhidagi 🇺🇿Javohir Sindorov ham kecha 🇳🇱Maks Varmerdam bilan durang o’ynadi.
Javohir 7 ochko bilan 3-o’rinda bormoqda. Yaxshi tomoni uning ta’qibchilari 1 ochko ortda qolmoqda, biroz yomon tomoni uning o’zida ham 1-o’rindagi 🇩🇪Aleksandr Donchenko bilan 1 ochkolik farq hosil bo’ldi. Shunday bo’lsada Sindorov chempionlik uchun jangni davom ettiradi.
Bugun Javohir asosiy ta’qibchisi 🇮🇷Muhammad Amin Tabatabai bilan kuch sinashadi.
Eslatib o’tamiz, turnir jami 13-turdan iborat bo’ladi, yana 2 ta tur qoldi. Ertaga chempion ma’lum bo’ladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haydovchilik guvohnomasini uydan turib almashtirish xizmati ishga tushadi
Xizmatdan joriy yilning 30-yanvaridan boshlab foydalanish mumkin.
Guvohnomani yangisiga onlayn almashtirish uchun my.gov.uz orqali buyurtma beriladi.
✅ Buyurtmada:
➖ bo‘sh qatorlar o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi;
➖ tegishli bandlar tanlanadi;
➖ yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko‘rsatiladi;
➖ mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo‘yiladi.
💵 So‘nggi qadamda invoys shakllanadi va BHMning 70 foizi (210 000 so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

TIV bayonoti
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2023-yil 27-yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasining Tehrondagi Elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoralaydi.
Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tez fursatlarda sogʻayib ketishini tilaymiz.
Umid qilamizki, ushbu hodisa sinchkovlik bilan oʻrganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortiladi.

Tata Steel Chess-2023 turniri bugun yakunlanadi
Kecha turnirning 12-turida 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov asosiy ta’qibchilaridan biri 🇺🇸Uesli So bilan durang o’ynadi.
Quvonarlisi, turnirdagi boshqa yetakchi shaxmatchilar 🇳🇱Anish Giri hamda 🇳🇴Magnus Karlsen ham durang o’ynadi. Anish yaqqol mag’lubiyatdan bir amallab qutilib qolgan bo’lsa, Magnus g’alabani qo’ldan chiqarib, durangga rozi bo’ldi.
Shunday qilib, Nodirbek 8 ochko bilan peshqadamlikni o’zida saqlab qoldi. Nodirbek 5-turdan buyon turnirda yakka peshqadam bo’lib turibdi va hech kimni o’ziga tenglashtirmadi.
Turnir davomida hali Nodirbek biror marta mag’lub bo’lmagan 4 shaxmatchidan biri bo’lib turibdi.
Bugun oxirgi 13-turda Nodirbek 🇳🇱Yorden Van Forest bilan kuch sinashadi. Kecha Yorden juda uzoq davom etgan murakkab bahsda Anish Girini juda qiyin vaziyatga solib qo’ydi, ammo yakunda g’alabani qo’ldan chiqardi. Bugun qanday bo’lishini kuzatamiz.
❓Nodirbekka qanday natija kerak?
Abdusattorov uch xil natijada ham chempion bo’lishi mumkin.
Yutuq
Agar Nodirbek yutsa, unda ta’qibchilari qanday o’ynashidan qat’i nazar, 100% chempion bo’ladi.
Durang
Agar bugun Nodirbek durang o’ynasa, unda har qanaqasiga ham chempionlik imkonini saqlab qoladi. Bunda 2 xil variant bo’lishi mumkin:
a) Agar Anish Giri durang o’ynasa yoki yutqazsa, unda Nodirbek chempion bo’ladi;
b) Agar Anish Giri g’alaba qozonsa, unda ochkolar teng bo’ladi va ikki shaxmatchi o’rtasida tay-brekda yana qo’shimcha blits o’yinlar o’tkaziladi.
Mag’lubiyat
Bunda ham Nodirbekda chempionlik imkoni saqlanib qoladi, ammo ehtimoli pasayadi. Variantlar quyidagicha:
a) Anish Giri yutqazsa, shuningdek Magnus Karlsen va Uesli So yuta olmasa, unda Nodirbek chempion bo’ladi;
b) Giri durang o’ynasa yoxud Karlsen yoki So yutsa, unda ochkolar tenglashadi va tay-brek bo’ladi;
c) Giri yutsa, unda u chempion bo’ladi, Nodirbek esa 2-o’rinni egallaydi.
***
Oxirgi tur o’yinlari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.
🇺🇿Nodirbekka chin dildan omad tilaymiz!

Shuningdek, bugun Tata Steel Chess-2023 turniri Challengers guruhida 🇺🇿Javohir Sindorov ham oxirgi o’yinini o’tkazadi.
Kecha Javohir ham asosiy ta’qibchisi 🇮🇷Muhammad Amin Tabatabayi bilan durang o’ynadi. Sindorov 7,5 ochko bilan 3-o’rinda bormoqda.
Javohir chempion bo’lish imkonini qo’ldan chiqardi, u peshqadam 🇩🇪Aleksandr Donchenkodan 1,5 ochko ortda qolmoqda.
Ammo bugun Javohir g’alaba qozonsa 2-o’rinni egallashi ham mumkin.
Yoki teskarisi — mabodo Javohir mag’lub bo’lsa, 3-o’rinni ham qo’ldan chiqarishi mumkin.
Bugun hamyurtimiz 🇳🇱Tomas Berdsen bilan o’ynaydi. O’yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.
Javohirga omad tilaymiz!

Shaxmatda nima gap?
Vaziyat ancha murakkab.
🇳🇱 Anish Giri hozirgina g’alaba qozondi. 🇺🇿 Nodirbekda esa sal qiyinroq vaziyat, vaqti ham kamroq.
Agar, Nodirbek:
🥇yutsa — chempion;
🤷🏻♂️durang o’ynasa — tay-brekda Anish Giri bilan qo’shimcha blits-partiyalar o’ynaydi;
🥈yutqazsa — 2-o’rinni oladi.
Nodirbekka omad tilab turamiz.

🇺🇿Javohir Sindorov oxirgi o’yinda g’alaba qozondi hamda 8,5 ochko bilan Tata Steel Chess-2023 turnirining Challengers guruhida 🥉3-o’rinni egalladi.
Barakalla, Javohir! Kuchli turnirda juda yaxshi natija qayd etildi.
👉 @xushnudbek 👈
Barakalla, Javohir! Kuchli turnirda juda yaxshi natija qayd etildi.
👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Shaxmatda nima gap? Vaziyat ancha murakkab. 🇳🇱 Anish Giri hozirgina g’alaba qozondi. 🇺🇿 Nodirbekda esa sal qiyinroq vaziyat, vaqti ham kamroq. Agar, Nodirbek: 🥇yutsa — chempion; 🤷🏻♂️durang o’ynasa — tay-brekda Anish Giri bilan qo’shimcha blits-partiyalar…
Afsuski Nodirbek mag’lub bo’ldi. Anish Giri Tata Steel Chess-2023 turniri Masters guruhi chempioni bo’ldi.
Xo’sh, hissiyotlar 2 xil:
1) Turnirning boshidan toki oxirgi turigacha yetakchi bo’lib, eng oxirida chempionlikni qo’ldan bergani albatta biroz alamli bo’ldi;
2) Ammo xursand qiladigan tomoni, Nodirbek ushbu turnirning asosiy qahramoni bo’ldi. Butun dunyodagi shaxmat olami yangi shaxmat qiroli yetishib kelayotganini ko’rib, e’tirof etdi. Magnus Karlsenni taslim qildi. Eng qimmatli reyting ochkolarini qo’lga kiritdi. Dunyoning TOP-20 shaxmatchisi tarkibiga kirdi.
Umuman olganda Nodirbek ushbu turnirdan so’ng dunyoning elita shaxmatchilar qatlamiga kirgani tan olindi.
Solishtirsak, xafagarchilikdan ko’ra, xursandchilik ko’proq.
Oxirgi turdagi mag’lubiyat esa ko’proq yoshga doir psixologiya bilan bog’liq, menimcha. Bu xatolar, bu alamlar esa tajriba uchun juda kerak.
Xullas, Nodirbek, barakalla! Ota-onangga, ustozlaringga ming rahmat! To’xtama, gaziga bos! Jahon tojini kiyganingni ko’rish nasib qilsin, ilohim.

Nodirbek Abdusattorovning oxirgi o’yinini ko’plab shaxmat muxlislari bilan birgalikda “Kitob olami” majmuasida onlayn tomosha qildik.
U mag’lubiyatga uchraganini tan olgandan so’ng, yengil shok holatida bo’ldigu, lekin tezda Nodirbekni qarsaklar bilan g’oyibona qo’llab-quvvatladik (videoda).
Chunki u turnirni fantastik o’tkazdi. Buni dunyoning eng mashhur shaxmat platformalari bergan izohlardan ham ko’rishingiz mumkin (rasmlarda).
Yana bir bor Nodirbek hamda Javohirga katta rahmat!
P.S.: men kamerada eng ko’rinmaydigan joyda o’tirib qolibman :)