Xushnudbek.uz
✔
783K subscribers
15.3K photos
3.79K videos
338 files
12.4K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev:

"Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o‘tkazayapman"


👉 @xushnudbek 👈
"Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati raisi Farhod Abduraxmonov lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈
Bosh prokuror o‘rinbosari Yuldashev Erkin Turakulovich Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi.

U kuni kecha Prezident farmoni bilan ”III darajali davlat adliya maslahatchisi" maxsus unvoni (general-mayor unvoniga teng) olgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈
"Hududiy elektr tarmoqlari" rahbari Ulug’bek Mustafoyev, "O’ztransgaz" rahbari Behzod Normatov va "O‘zbekneftgaz" rahbari Mehriddin Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈
Xabar yangilandi: Uchtepa tumani hokimi Farxod Abdullayev, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev va Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev’ga “hayfsan” berildi.


👉 @xushnudbek 👈
Singapur safari 3 kundan 1 kunga qisqartirildi

Prezident energetika va kommunal tizimlarda yuzaga kelgan ahvolni inobatga olib, Singapurga tashrif davomiyligi 3 kundan 1 kunga qisqartirilishini ta’kidladi.

Ushbu mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qimmatli tajribasini o‘rganish lozimligi, qolaversa, ushbu davlatdan 4,7 milliard dollargacha qo‘shimcha investisiya jalb qilish rejalashtirilgani uchun ham bu tashrif muhim ahamiyatga ega. Xususan, samarasiz ishlayotgan davlat korxonalarini xususiylashtirishga ham investisiyalar jalb qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev bor imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatadigan tizim yaratishni topshirdi.

Bugungi sovuq kunlarda qarzdorlik deb, xonadonlarni elektr va gazdan uzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Shu bilan birga, bugungi kundagi muammolarda tizimsiz ishlash, energoresurslarni talon-toroj qilish holatlari ham sabab bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Xususan, o‘tgan bir oyda elektrga 5 mingta, gazga 4,5 mingta noqonuniy ulanishlar aniqlangan.

Oxirgi oylarning o‘zida neftegaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korrupsiya holatlari aniqlangani ham tizim ichidan yemirilganidan dalolat beradi.

DXX va Bosh prokuraturaga tizimdagi korrupsiyani yo‘q qilish bo‘yicha alohida choralar ko‘rish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
“Gaz zapravkalar”dagi o‘g‘irliklarga qarshi kurashiladi

Avtomobilga gaz quyish shoxobchalarida davom etayotgan o‘g‘irliklarga barham berish shartligi ta’kidlandi.

Misol uchun, o‘tgan haftada birgina Vobkent tumani va Buxoro shahridagi 3 ta shoxobchada 26 million kubmetr (26 milliard so‘mlik) gazdan yashirincha foydalanish holatlari aniqlangan. Ushbu gaz hajmi bilan 44 ming xonadonni yoki bitta katta tuman aholisini 1 oy gaz bilan ta’minlash mumkin edi.

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Valiyevga shu masalada tartib o‘rnatish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi yig’ilishda aytilgan ayrim fikrlar


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimini kechasi shtabda ishdan olganini ma’lum qildi.

«Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlarining bugungi holatga tayyor emasligini men o‘zim ham ko‘rib turibman, xalqimiz ham ko‘rib turibdi. 120 ta mahallada elektr va gaz ta’minotida uzilishlar bo‘ldi. 584 ta mahalladan 120 tasida mana shunday muammolar bo‘ldi.

Birgina 15-yanvar kuni Toshkent shahridagi yettita yuqori va 524 ta past kuchlanishli transformator hamda 87 ta transformator ortiqcha yuklamalarga bardosh berolmay ishdan chiqdi.

Nega poytaxtda shunday bo‘ldi? Nega oldindan tayyorgarlik qilmadik? Shuncha gap gapirganimizga qaramay, Vazirlar Mahkamasi qayerga qaragan degan savol meni qiynayapti.

Qish mavsumiga lozim tayyorgarlik qilmagani uchun Toshkent shahri hokimi Ortiqxo‘jayevni kechasi shtabda ishdan oldim. Quruq gap bilan, yolg‘on «svodka» bilan pastga tushmagani uchun, noinsof, oyog‘i yerdan uzilgani uchun uni ishdan oldim», — dedi prezident.


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonda misli ko‘rilmagan innovatsiya!

Aeroport hududiga kutib oluvchilarni ham kiritishga ruxsat berishibdi. Ilgari jazirama issiq yoki qahraton sovuqda ham kutib oluvchilar tashqarida, ochiq havoda turishardi.

Anomal sovuqqa rahmat!

"Uzbekistan Airports" AJ boshqaruvi raisi Raʼno Jo‘rayevaning aytishicha, ular bu taklifni ancha yildan buyon aytib kelishgan, ammo aeroport hududidagi bir qancha tuzilmalarning (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning) hujjatlari bilan kutib oluvchilarni aeroportga kiritish taqiqlangan edi.

“Nihoyat, bizning takliflar eshitilgani va davlat rahbariyati tomonidan irodali qaror qabul qilinganidan juda xursandmiz”, - deydi u.

Tovba, aeroportga odam kiritishni ham davlat rahbariyati hal qilishi kerak va bu "irodali qaror" deb baholanadi.

Aslida insonlar qadrini o’ylaydigan Hukumatda bu irodali qaror emas, majburiyat va burch bo’lishi kerak.

Ishqilib, kunlar isigach, odamlarni haydab chiqarishmasa bo’ldi.


👉 @xushnudbek 👈
Yakubov Nodirbek Gulmuradovich Piskent tumani hokimi etib tayinlandi.

Bunga qadar u bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.


👉 @xushnudbek 👈
❌🚆Sovuq ob-havo tufayli 766/765-sonli "Toshkent – Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlari qatnovi 16, 17, 18, 19, 20-yanvar kunlari 5 ta reysga bekor qilinadi.

Xarid qilingan chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida 100% qiymatda qaytarishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Rossiyadan o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan talabalar ro‘yxati tasdiqlandi

Ukraina bilan chegaradosh bo‘lgan Rossiya (Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar, Qrim, Sevastopol) hududlaridagi OTMlardan o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga ko‘chirilishi ruxsat etilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi (ilovada).

💾 Ro‘yxatni yuklab olish

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan OTMning o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.

Belgilangan tartibda my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan, ammo ushbu tasdiqlangan ro‘yxatda ism sharifi keltirilmagan fuqarolar bo‘yicha tegishli tashkilot xulosasi kutilmoqda. Natijasi yuzasidan yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️O’zbekiston davlat xizmatchilarini Singapurda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Singapur Milliy universiteti tizimidagi Li Kuan Yu Davlat siyosati maktabi, shuningdek, Singapur Davlat xizmati kolleji bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

Dastlabki kelishuvga ko‘ra, 2023-yil mobaynida 200 nafarga yaqin davlat xizmatchilari Singapurda davlat boshqaruvi, davlat siyosati, davlat xizmati, inson resurslarini boshqarish hamda xalqaro aloqalar va global muammolar yo‘nalishlarida malaka oshiradi va stajirovkadan o‘tadi.

Ma’lumot uchun: Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi dunyodagi eng yuqori nufuzga ega bo‘lgan davlat boshqaruvi maktablaridan biri bo‘lib, Osiyo pragmatizmi va Gʻarb ta’limining eng ilg‘or yo‘nalishlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan.

2004-yilda tashkil etilganidan buyon butun dunyo bo‘ylab 3 500 dan ortiq lider bitiruvchilarni tayyorlab bergan.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
✅ Ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirilgani rasman e’lon qilingan hududlar:

➖ Qoraqalpog’iston Respublikasi (maktab, bog’cha, oliy va o’rta maxsus);
➖ Toshkent shahri (maktab va bog’cha);
➖ Andijon (ta’lim muassasalari);
➖ Buxoro (maktab, bog’cha, oliy va o’rta maxsus);
➖ Namangan (maktab, bog’cha, oliy va o’rta maxsus);
➖ Sirdaryo (maktab va bog’cha);
➖ Surxondaryo (maktab, bog’cha, oliy va o’rta maxsus);
➖ Farg’ona (maktab va bog’cha);
➖ Xorazm (maktab va bog’cha);
➖ Toshkent viloyati (maktab);
➖ Qashqadaryo (maktab, bog’cha, oliy va o’rta maxsus);
➖ Navoiy (maktab va bog’chalar, lekin Zarafshondagi maktablarda o’qish 16-yanvardan).

❓Ta’til uzaytirildimi yoki darslar davom etadimi, shu savolga rasman javob bermagan 2 ta viloyat hokimligi qoldi:

? Samarqand;
? Jizzax.



👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
✅ Ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirilgani rasman e’lon qilingan hududlar: ➖ Qoraqalpog’iston Respublikasi (maktab, bog’cha, oliy va o’rta maxsus); ➖ Toshkent shahri (maktab va bog’cha); ➖ Andijon (ta’lim muassasalari); ➖ Buxoro (maktab, bog’cha, oliy va o’rta…
Ta’til 30-yanvarga qadar uzaytirilgani haqidagi mish-mishlar hech qanday rasmiy asosga ega emas.

Mabodo shunaqa qaror chiqarilsa ham, bu rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi. Ungacha ishonishga arzimaydi.


👉 @xushnudbek 👈