Xushnudbek.uz
609K subscribers
10.7K photos
2.75K videos
240 files
9.03K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Prezident Farmoniga muvofiq, bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev bugun ushbu mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

Shuningdek, Prezident tashabbusi bilan “Amir Temur jangovar bayrog‘i” mukofoti taʼsis etilgan edi. Bugun tanlovning ilk g‘olibiga aylangan Markaziy harbiy okrug qo‘mondoniga “Amir Temur jangovar bayrog‘i” tantanali ravishda topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoni bilan quyidagilarga ”III darajali davlat adliya maslahatchisi" maxsus unvoni (general-mayor unvoniga teng) berildi:

Yuldashev Erkin Turakulovich — Bosh prokuror o‘rinbosari;

Tadjiyev Erkabay Aminovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Prezident farmoni bilan quyidagilarga ”III darajali davlat adliya maslahatchisi" maxsus unvoni (general-mayor unvoniga teng) berildi: Yuldashev Erkin Turakulovich — Bosh prokuror o‘rinbosari; Tadjiyev Erkabay Aminovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori.…
⭐️ Generallar

Shuningdek, Prezident farmoni bilan quyidagilarga ham tegishli harbiy va maxsus unvonlar berildi:

🔘 General-mayor harbiy unvoni:

Karshiyev Xamdam Alikulovich — mudofaa vaziri o‘rinbosari;
Saidov Aybek Azadovich — Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni;
Shermatov Farxodjon Ortikovich — Shimoliy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni;
Muxtarov Farux Shaxobidinovich — Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari;

🔘 General-mayor maxsus unvoni:

Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich — ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i.


👉 @xushnudbek 👈
🚆Sovuq ob-havo tufayli 766/765-sonli "Toshkent – Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlari qatnovi 13, 14 va 15-yanvar kunlari 3 ta reysga bekor qilinadi.

Xarid qilingan chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida 100% qiymatda qaytarishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
🚌 Xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatildi

Qozog‘iston va Rossiyada kuzatilayotgan kuchli sovuq tufayli, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari 13-yanvardan vaqtinchalik to‘xtatildi.


👉 @xushnudbek 👈
Har ehtimolga qarshi aytib qo‘yay, mana bunaqa cho‘pchaklarga ishonib o‘tirmang yana.

UzAuto bojxona boji va soliqlarni to‘lashni boshlaydi, degani monopoliya bekor bo‘ladi, degani emas. Yo‘q, aslo. Shunchaki UzAuto mashinalarining narxi endi xalq uchun yana-da qimmat bo‘lishi mumkin, degani. Bu ikkisining farqi katta.

Monopoliya to‘laqonli bekor bo‘lishi uchun eng avvalo xorijdan kirib keladigan avtomobillarga import boji bekor qilinishi yoki kamida minimum darajada kamaytirilishi kerak. Hozir unaqa bo‘layotgani yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent shahri maktablarida ham o’qishlar bekor qilindi, ta’til yana uzaytirildi.

Darslar 18-yanvardan boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova bugun 68 yoshida vafot etdi.

Bu haqda O‘zAning Farg‘ona viloyat muxbiri xabar qilmoqda.

Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’un. Yaqinlariga sabr tilaymiz.


👉 @xushnudbek 👈
Bayram muborak!

"O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli kuchlariga ega".

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, 126-modda.

Yurtimiz tinchligi uchun mardonavor xizmat qilayotgan mard va jasur himoyachi-harbiylarni bayram bilan chin qalbdan tabriklayman!

Sizlar borligingiz uchun ko‘ngillarimiz xotirjam, tunlarimiz esa osuda. Rahmat Sizlarga!

Ura! Ura! Ura! O‘zbekiston Respublikasiga xizmat qilaman!


👉 @xushnudbek 👈
Buxoro shahri markazi buziladi, stadion o‘rniga turistik majmua quriladi

Agar bu amalga oshsa, menimcha, Yangi O‘zbekiston tarixidagi eng noto‘g‘ri va yomon loyihalardan biri bo‘ladi.

Rejaga ko‘ra, Buxoro shahri markazidagi 29 ta bino va inshoot buzilib, 32,6 gektar yerda Buxoro turizm markazi qurish rejalashtirilgan. Buzilishi mumkin bo‘lgan binolar orasida viloyat va shahar hokimliklari, viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi binosi ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek, buzilishi aniq bo‘lgan obyektlardan biri bu yaqindagina katta pul evaziga taʼmirlangan Buxoro markaziy stadionidir.

Loyiha yuzasidan ayrim fikrlarimni bildirmoqchiman:

1️⃣ Eng avvalo bir narsani yaxshi tushunishimiz kerakki, Buxoroga turistlar zamonaviy sunʼiy ko‘l yoki sunʼiy markazni ko‘rish uchun kelmaydi. Bunaqa narsani ko‘raman desa, tinchgina Dubayga boradi, ham arzon, ham biz qurmoqchi bo‘lgan joydan ming marta zo‘r.

Turistlarga tariximiz kerak. Tamom. Bu bahslashadigan masala emas.

2️⃣ Garchi bu xususiy pullarga qurilyapti, deyilgani bilan, davlatdan ham xarajat ketadi. Kichkina summa emas. Buxoroda haligacha 3 smenali maktablar bor paytda shunchaki tayyor binolarni buzish yoki ko‘chirish uchun bunaqa katta xarajat sarflash kelajak avlod uchun adolatli emas. Undan ko‘ra, tayyor binolarni buzishga sarflanadigan pullarni taʼlimga sarflagan to‘g‘ri emasmi?

3️⃣ Bu kabi turistik markazlar bizga kerakmi, aniqrog‘i ayrim shaxslarga emas, davlat va jamiyatga foydasi bormi o‘zi, degan savollarga aniq javob yo‘q. Javobni qanday olish mumkin?

Eng avvalo Samarqandda qurilgan xuddi shunaqa turistik markaz bor. Avval 4-5 yil kutaylikchi, o‘sha markaz qanaqadir foyda keltirsa, keyin boshqa joyda ham shunaqa qimmat loyiha haqida o‘ylab ko‘rish mumkindir.

4️⃣ Bir narsani to‘g‘ri tushuning, masalan, mana shu turistik markazni 5 yildan keyin qursak, biz taxminan 5 yil vaqt yo‘qotamiz. Tamom.

Lekin ehtiyojimiz bo‘la turib, maktablarni 5 yildan keyin qursak, biz taxminan 50 yil yo‘qotamiz.

5️⃣ Mayli, xo‘p, turistik markazni hozir qurishimiz shart ekan. Ayrimlar kutib turolmas ekan, tushunarli. Lekin shuni xuddi Samarqanddagi kabi shaharga tutash bo‘sh maydonda qursak bo‘lmaydimi? Shaharning qoq markazidagi shuncha binoni, sport obyektlarini buzish shartmi?

Agar maqsad turist ko‘paytirish bo‘lsa, balki, turistlarni ko‘paytirishning boshqa, konkret yo‘llarini qilib ko‘rarmiz. Masalan, havo yo‘llari monopoliyasini yo‘qotish, logistikani yaxshilash, PRni kuchaytirish va h.k.

Maʼlumot uchun: ijtimoiy tarmoqlarda #saveBukhara xeshtegi orqali ko‘pchilik ushbu loyihaga qarshiligini bildirmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Buxoro shahri markazi buziladi, stadion o‘rniga turistik majmua quriladi Agar bu amalga oshsa, menimcha, Yangi O‘zbekiston tarixidagi eng noto‘g‘ri va yomon loyihalardan biri bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, Buxoro shahri markazidagi 29 ta bino va inshoot buzilib…
Buxoroliklar shahardagi sport majmuasi buzilishidan norozi bo‘lib prezidentga murojaat yo‘lladi. Vazir bunga javoban bu hali loyiha ekanini aytmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov Buxorodagi holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

“Markazning loyiha taklifi bo‘lgach, jamoatchilikka muhokama uchun qo‘yiladi. Buxoro shahrida aholi uchun alohida taqdimot qilib beriladi. Ayni vaqtda o‘rganish ishlari olib borilmoqda, xolos. Bu degani ertadan buzilish boshlanadi degani emas, hali oxirgi nuqta qo‘yilganicha yo‘q. Bu hozir loyiha taklifi, hali YUNESKO bilan kelishish bosqichi bor.

Hozir markaz tushadigan joyda xatlov ishlari olib borilmoqda. Ya’ni tartibga ko‘ra, u yerda qancha bino bor, kimga tegishli ekani haqida ma’lumot yig‘iladi. Agar markaz o‘rnida joylashgan bino va inshootlar buziladigan yoki boshqa joyga ko‘chiriladigan bo‘lsa, loyiha tanlovida yutgan tadbirkorlik subyekti tomonidan o‘rniga o‘rin qurib berish yoki o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya to‘lib beriladi. Loyiha va qurilish ishlariga kamida ikki yil vaqt ketadi”, — deydi vazir.


👉 @xushnudbek 👈
16-18-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

Izoh: masalan, “12-17° sovuq” degani “minus 12-17°“ degani. Ya’ni sovuq” so’zi bor joylar minus haroratni anglatadi.
 
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI

Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 16-yanvarda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 17-18-yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

XORAZM VILOYATI

Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 16-yanvarda kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 17-18-yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 16-yanvarda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 17-18-yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 16-yanvarda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 17-18-yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 16-yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 17-18-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 16-yanvarda kechasi 10-15° sovuq, ba’zi joylarda 17° sovuqgacha, kunduzi 5-10° sovuq, 17-18-yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo oʻzgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 16-yanvarda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq, 17-yanvarda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 4-9° sovuq, 18-yanvarda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

Manba


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda «Turizm shaharchasi» barpo etish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri Botir Zokirovning ma’lum qilishicha, agar loyiha tasdiqlanadigan bo’lsa, barcha binolarni buzish xarajatlarini lotni yutib olgan tadbirkorlar to’laydi, bunga davlat byudjetidan xarajat ketmaydi.

Shuningdek, bu loyiha UNЕSCO bilan ham kelishiladi, bunga kamida 1 yil vaqt ketadi.

“UNESCO ruxsatisiz bitta ham mix qoqilmaydi”, - dedi vazir.


👉 @xushnudbek 👈
Ertaga, 15-yanvar kuni Toshkentda bepul osh tarqatiladigan to‘yxonalar ro‘yxati


👉 @xushnudbek 👈