XURSHID_ACADEMY
187 subscribers
797 photos
136 videos
753 files
227 links
HAR DOIM O'ZINGIZDAN KUCHLILAR ORASIDA BO'LING! QIYNALASIZ, AMMO RIVOJLANASIZ. [TELEFON RAQAMIM: +998933292353]
Download Telegram
Bugun biz vodorodning rangi bo‘yicha tasniflarini ko‘rib chiqamiz

🟢Yashil vodorod ishlab chiqarilgan eng ekologik toza vodorod hisoblanadi. U elektroliz yordamida olinadi. Agar elektr energiyasi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olinadigan bo‘lsa, CO2 emissiyasi umuman bo‘lmaydi.

🟡Sariq rang ham elektroliz yo‘li bilan olinadi. Biroq, energiya manbai atom elektr stansiyalari hisoblanadi. CO2 emissiyasi ham mavjud emas.

⚪️Kulrang rang metanning bugʻga aylanishi natijasida hosil boʻladi. Bu esa bugungi kunda vodorod ishlab chiqarishning 70% dan ortigʻini tashkil qiladi. Xom ashyo esa tabiiy gaz hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida karbonat angidrid chiqariladi.

🔵Moviy vodorod - metanning bugʻga aylanishi natijasida hosil boʻlgan vodorod bo‘lib, lekin bu uslda uglerodni ushlab qolish va saqlashga toʻgʻri keladi. Bu esa uglerod chiqindilarini taxminan 2 barobar kamaytiradi.

#vodorod