XURSHID_ACADEMY
190 subscribers
833 photos
187 videos
824 files
266 links
HAR DOIM O'ZINGIZDAN KUCHLILAR ORASIDA BO'LING! QIYNALASIZ, AMMO RIVOJLANASIZ. [TELEFON RAQAMIM: +998933292353]
Download Telegram
Samaradorlikni ikki baravar oshiradigan shamol turbinasini sinovdan o‘tkazish boshlandi

World Wide Wind (Norvegiya) suvda barqarorlik va unumdorlikni mujassamlagan innovatsion turbinani sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri shamol elektr energiyasining narxini $50/ MVt•soatgacha kamaytirishi mumkin.

Mutaxassislar barcha massiv generator komponentlarini suv ostida va turbinali ponton ostida joylashtirishga qaror qilishgan. Bu platformaning barqarorligini oshiradi va katta langarlarga bo‘lgan ehtiyojni yo‘qotadi.

#shamolenergiyasi
Dunyodagi eng katta shamol turbinasi Xitoyda o‘rnatildi

Xitoyda 16 megavatt quvvatga ega shamol turbinasi o‘rnatilib, u dunyodagi eng yirik shamol generatoriga aylandi. Turbina ishga tushirilgandan keyin foydalanishga topshiriladi.

Parraklar yettita futbol maydonini qamraydi, konstruksiyaning balandligi esa 50 qavatli binoga teng. Qurilma bir aylanmada 34,2 kVt•s yoki yiliga 66 GVt•sdan ortiq sof elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir.

Dunyodagi eng katta shamol turbinasi Xitoyning Futszyan provinsiyasida o‘rnatildi. Uni sinovdan o‘tkazish biroz vaqt talab etadi, shundan so‘ng u ishga tushiriladi va tarmoqqa ulanadi.

#shamolenergiyasi