5.7K subscribers
443 photos
414 videos
1 file
835 links
Biz YouTube blogerlarining videolariga ovoz berish va ularni tarjima qilish bilan shug’ullanamiz📌

Reklama va hamkorlik bo’yicha: @profsoyuz_influence
Tel.: +998 97 156 22 11
📩xurmogroup@gmail.com
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozir bir to‘da odamlar bir hafta yoki hatto bir oygacha ruchkaga qo‘l tekkizmay yashashi mumkin. Umuman qo‘lda yozish unchalik zarur bo‘lmay qoldi. Va, ko‘pincha, agar sizning husnixatingiz yomon bo‘lsa, siz uni hatto eslamaysiz.

Lekin, mabodo, har kuni qo‘lda yozishga to‘g‘ri kelib qolsa, bunday yozuv mashinkasidan foydalanish mumkin. Tom ma'noda yozadigan, ruchka bilan! Word Writer BL-80 hatto yapon tilida ham ishlay oladigan qilib yaratilgan, lekin lotinchaga ham sozlash mumkin. Izohlarda bunday mashinka kimga kerak bo‘lishi mumkinligini o‘ylab topishga harakat qilamiz!

Xurmo
Forwarded from Kotib Ai
🎉 Yangi Funksiya: Uchrashuv AI — Uchrashuvlaringizdan Amaliy Xulosa!

Endi KotibAI yordamida har bir uchrashuvdan so‘ng aniq, tushunarli va maqsadga yo‘naltirilgan "Meeting" xulosalariga ega bo‘ling!

Muhokama mavzulari va asosiy g‘oyalar
Amaliy xulosalar va bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar
Kim nima qilishi kerak va qachongacha
Aniq, tartibli va foydali yakun

Bu yangi funksiya orqali siz vaqtni tejaysiz, muhim fikrlarni boy bermaysiz va har bir yig‘ilishdan maksimal foyda olasiz!

🚀 Uchrashuv AI bilan — Uchrashuvlaringizni amalga yo‘naltirilgan natijalarga aylantiring!

Hoziroq /start buyrug'ini bosing va yangi funksiyani birinchilardan bo'lib foydalaning

@kotibaibot
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


Uddalay Olmagan Yo‘lbars - Diktatorni Yaratgan Demokratiya

Yosh advokat va bo‘lajak diktator Ferdinand Markosning hikoyasi dahshatli jinoyat va shov-shuvli ish bo‘yicha ayblovlardan boshlandi. Qanday qilib AQSH va’da qilgan demokratiya uzoq muddatli diktaturaga aylandi? Nima uchun Filippin Amerika bilan yaqin aloqalari va ulkan iqtisodiy salohiyatiga qaramay, "Osiyo yo‘lbarslari"dan biriga aylanmadi? Bu sonda demokratiyaning urug‘-aymoqchilik va populizmga qanday yutqazishi haqida bilib oling. Siyosiy qotilliklar, korrupsiya, xorijiy manfaatlar va inqiloblar - Ushbu sonda Osiyodagi "Lotin Amerikasi Filippinlari"ning taqdirini o'rganing va Markosning yana qahramon bo‘lishga urinishlari ortida nima yashiringanini bilib oling!

Videoga havola:
https://youtu.be/-IhQ9YggWfY
Titanik yuz yildan ko‘proq vaqt oldin cho‘kib ketgan va hozirda Atlantika okeani sathidan 3 kilometr chuqurlikda yotibdi. Ammo bularning barchasi uni to‘liq o‘rganishni istagan tadqiqotchilarni to‘xtata olmaydi.

Magellan chuqur suv osti tadqiqot kompaniyasi "Titanik"ni skanerdan o‘tkazdi va kemaning eng aniq va batafsil 3D modelini yaratish uchun 715 000 ta fotosurat va videolarni to‘pladi. Modelda hatto yo‘lovchilarning tangalari va sumkalari ham sochilib yotibdi, hamma narsa mayda-chuydasigacha o‘ylangan! Endi olimlar Titanikning o‘zidan hech narsa qolmaganda ham uni o‘rganishni davom ettirishlari mumkin.

Xurmo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har yili may oyining oxirgi dushanbasida buyuk britaniyalik inglizlar pishloq tutishadi!

Bu unchalik uzoq davom etmaydigan, ammo ancha xavfli poyga bo‘lib, unda odamlar 180 metr balandlikdagi tepalik bo‘ylab pishloq boshi uchun pastga tushishadi. Pishloqni tutish deyarli imkonsiz, shuning uchun, agar hech kim buni uddalay olmasa, pastga birinchi kelgan (va omon qolgan) g‘alaba qozonadi.

P.S. Qora kiyimli yigitga nima bo'lganini kimdir biladimi😨

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


SIZ TAILAND HAQIDA BUNI BILMAS EDINGIZ!

Tailand tarixida harbiy diktator Phibun Songkhram, uning harbiy jinoyatlari, mamlakatni modernizatsiya qilishga oid g‘aroyib urinishlari, Yevropa davlatlari bilan murakkab munosabatlari, mahalliy o‘ng mafkuraning keskin va ba'zida kulgili rivoji mavjud. Qisqa qilib aytganda, Tailand millatchiligi va uning tarixi – bu goh jiddiy, goh esa istehzoli spektaklni eslatadi. Redroom va Xurmo jamoasi esa sizni shu spektaklni tomosha qilishga taklif qiladi.

Videoga havola:
https://youtu.be/yGSjHxbOt-0
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suvaraklarni tok razryadlari yordamida boshqarish mumkin, ammo bu odamgarchilikka unchalik to‘g‘ri kelmaydi, shunday emasmi?

Yapon olimlari ham shunday o‘ylashgan va suvaraklarni yorug‘lik yordamida boshqarishning invaziv bo‘lmagan usulini yaratishgan.

Berilgan: Suvaraklar ultrabinafsha nurlarni yoqtirmaydi, shuning uchun undan qochadi.
Yechim: suvaraklarga ultrabinafsha-fonarcha o‘rnatamiz, o‘ng ko‘zga yorug‘lik tushiramiz - hasharot chapga o‘rmalaydi va aksincha.

Ammo bir savol ochiqligicha qolmoqda:
Suvaraklarni boshqarishning nima keragi bor?
Fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz!

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


BIZ LOYIQ BO‘LGAN NAPOLEON

Napoleon III afsonaviy shaxs, va bu faqat u o‘zini "taxtdagi sotsialist" deb hisoblagani uchun emas. U 1848-yilda inqilob yillaridan so‘ng tartib o‘rnatish maqsadida hokimiyatga keldi, ammo kutilmaganda demokratiyani yo‘q qilgan odamga aylandi. U diktatorga aylandi, lekin xalq orasida mashhur bo‘lgan diktator edi. Uning sobiq imperiya ulug‘vorligini tiklash rejalari esa o‘zi xohlagandan butunlay boshqacha bo‘lgan Fransiya-Prussiya urushi bilan yakunlandi. Qisqasi, Ikkinchi imperiya va imperator bo‘lgan prezident Napoleon III tarixi - umuman Yevropa va xususan Fransiyaning yangi tarixidagi ulkan tragikomediyadan iborat.

Videoga havola:
https://youtu.be/wgL_Q8WfgJo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar sizni hozirgi avlod hech narsaga yaramaydi degan fikrlar qiynayotgan bo‘lsa, ushbu tinchlantiruvchi videoni tomosha qiling.

Ushbu rolik 1900-yillarda Parijda suratga olingan, keyin esa neyron tarmoqlar yordamida ancha yaxshilangan va bo‘yalgan.

Xurmo
Inson ko‘zini quvontirish uchun nechta hasharot halok bo‘lishi kerak deb o'ylaysiz? Ko‘rinishidan, 4000 ta qo‘ng‘iz yetarli ekan.

Suratda ko'rib turganingiz bu - Silla sulolasiga tegishli bo‘lgan egar qismlaridan biri. Ushbu sulola afsonalarga ko‘ra Koreyada miloddan avvalgi 57-yildan milodiy 935-yilgacha hukmronlik qilgan. Egarning yupqa oltin qoplamasi ostida esa to‘rt mingta qo‘ng‘izning haqiqiy qanotlari yotibdi.

Xurmo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🎉 Tarixiy lahza! O'zbekiston ilk bor FIFA WORLD CUP 2026 chempionatiga yo'l oldi! Bu ulkan yutuq bilan butun xalqimizni chin dildan tabriklaymiz! 💪⚽️
Orzular ro'yobga chiqmoqda — oldinda hali eng yaxshilari bor!
Vatandoshlarimizga omad yor bo'lsin!
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


Pravoslavlar va Katoliklar: Nega Xristianlik Ikkiga Bo‘lindi?

Xristian cherkovining pravoslavlar va katoliklarga bo‘linishi tarixi - Buyuk sxizma - bu bevosita cherkov tarixi, Rim sivilizatsiyasi tarixi va Rimning Konstantinopol bilan munosabatlari tarixidir. Bu bir vaqtning o‘zida diniy aqidalar va siyosiy kurashlar, madaniy o‘zgarishlar va ko‘p asrlik davr haqidagi suhbatdir. Xullas, mavzu zo‘r, voqealarga boy va o‘zingiz uchun xulosa qilish jihatidan qiziqarli.

Videoga havola:
https://youtu.be/mFa2JutMqPk?si=sh_RirPeS3wzyb6a
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amerikalik bloger Styropyro, o‘ta quvvatli qo‘l lazerini yasagan! Bloger lazer uchun barcha kerakli narsalarni oddiy internet-do‘konlardan va xo‘jalik do‘konlaridan xarid qilgan bo‘lsa-da, natijada juda jiddiy qurilma paydo bo‘lgan.

250 vattli bu lazer qurilmasi tangalarni eritadi, shishalarni portlatadi va hatto titanni teshib o‘tadi! Bundan tashqari, bu lazer kuyish va ko‘rlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli qurilma hisoblanadi

Xurmo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ikki tomonlama mimikriya – har qanday vaziyatda omon qolish uchun!

Bu orqa tarafdan, qurib qolgan bargga o‘xshaydigan beshik tebratar. U kichikroq hasharotlarga ov qilayotganda aynan shu bargga o‘xshab yashirinadi. Ammo agar uni kimdir payqab, unga xavf solsa, u darhol strategiyasini o‘zgartirib, oldingi oyoqlari bilan go‘yoki katta tishli og‘izni taqlid qilib, dushmanini qo‘rqitadi.

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


Nima Uchun Birinchi Kompyuterlar Lampochkalardan Yasalgan?

Zamonaviy kompyuterlar boshlangan nuqta oddiy yorug‘lik lampalari bo‘lganini bilasizmi? Veritasium bu safar eng birinchi kompyuterlarda nima uchun lampalar ishlatilganini, ular qanday qilib ma’lumotni qayta ishlaganini va nega bu texnologiya revolyutsiya bo‘lgani haqida tushunarli va kutilmagan tarzda ochib beradi. Ilm-fanga qiziqasizmi yoki shunchaki “kompyuterlar aslida qanday boshlangan?” degan savol qiynayaptimi – bu video sizni befarq qoldirmaydi.

Videoga havola:
https://youtu.be/7i_wsiju9VA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
San-Xose — bu Ispaniya flotiga tegishli bo‘lgan 60 zambarak bilan qurollangan galeon bo‘lib, 1708-yilda Kolumbiya qirg‘oqlari yaqinida cho‘kkan. Uni ba’zilar “cho‘kkan kemalarning muqaddas graali” deb atashadi.

San-Xose bortida 200 tonna kumush va oltin tangalar, zumradlar va boshqa qimmatbaho xazinalar bo‘lgan. Ular hozirgacha 600 metr chuqurlikda yotibdi. Ayrimlar bu xazinalarning qiymatini 17 milliard dollarga baholashmoqda!

Albatta, bunday boylik atrofida katta tortishuvlar yuzaga kelgan. Kolumbiya hukumati: “Agar bizning hududimizda yotsa, demak bu bizniki”, — deb da’vo qilmoqda. Ispaniya esa bu kema o‘shanda ham, hozir ham ularga tegishli bo‘lganini eslatmoqda. Bu orada YUNESKO esa umuman uni ko‘tarishni tavsiya qilmayapti. Xullas, xohlasangiz, o‘zingiz xazina izlab yo‘l olavering — ehtimol sizga ham bir bo‘lagi tegib qolar!

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


Hamma bilimlar ham bir xil darajada foydali emas. Ularning ko‘pchiligi zarar yetkazadi - ularni "info-tahdidlar" deb atashadi. Eng beozorlari sizni yo‘q narsani ko‘rishga majbur qiladi. Xavfliroqlari haqiqiy "jodugar ovi"ga olib keladi. Aysbergning eng chuqur qismida yashiringan axborot tahdidlari esa butun insoniyatni yo‘q qilishi mumkin.
Infotahdidlar tuzog'iga tushib qolmaslik uchun ushbu videoni tomosha qiling!

Videoga havola:
https://youtu.be/boBHj7mY8HQ