๐Sinfdoshlarim bilan tabiat qo'yniga sayohat ๐
Bahor oyining ham yarimi o'tib ketdi. Maktabni butunlay bitirib ketishimizga ham deyarli 1.5 oy qoldi ๐ฅฒ
Biz esa, sinfdoshlar birgalikda tabiat qo'yniga sayohatga chiqdik. Qir-adirlardan qishlog'imiz manzarasi juda ham betakror edi. Qirmizi lolalar haqiqiy bahor nafasini ufurib turardi. Sinfdoshlarim bilan o'tgan unutilmas xotiralar uchun katta rahmat. โค๏ธ
17.04.2025
@xpratov | pratov.uz ๐ค

O'ylaaab qarasam...
Bu kanalni rasmiyroq qilib yuboribman. Faqat hayotimdagi yangiliklar, tadbirlar, xotiralar haqida postlar qo'yib, huddi kundalik sifatida ko'ryapman ekan. ๐ถ
Lekin tasavvur qiling, ancha vaqtlardan keyin ushbu kanalimni boshidan boshlab o'qib kelyapman. Kanalda esa faqat yoshlikdagi xotiralarga oid kontentlar topa olaman holos. Bu yerda e'tiborsiz qolib ketayotgan eng muhim xususiyatlarimdan biri, ya'ni fikrlashim, qarashlarim haqida yetarlicha ma'lumot topa olmayman. ๐ค
Shuning uchun, yechim sifatida har xil mavzularni tanqid qilib, ularga nisbatan o'z pozitsiyam haqida ham yozib turmoqchiman, bugundan boshlab.๐ง
Uning ustiga, 5-10 yillardan keyin bu hayotda qandaydir darajaga yetib boraman. O'ylaymanki, hozirgidan ko'ra ko'proq odam bu kanalda postlarimni o'qiydi. Shunda ular ham Xushnudbekning yoshligidagi qarashlarini tasavvur qila olishadi. โจ
17.05.2025

๐1
Maktab tugashiga ham 3 kun qoldi. Shunchaki bir sinf emas, butun boshli 11 yillik sarguzashtimiz tugashiga 3 kun qoldi. ๐ฅฒ
Shu munosabat bilan bugun maktabimizda vinetka uchun syomka qildik. ๐ธ
Sinfdoshlar bilan birgalikda xonani dekoratsiya qildik. Doskadagi rasmni men chizdim (nagli_maqtanish) ๐ฟ
21.05.2025
@xpratov | pratov.uz โ๏ธ

This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
age++
Bugun tug'ilgan kunim, yana.
Lekin bu safargisi doimgi tug'ilgan kunlardan biri emas. Men 18 ga kiraman. Rasmiy ravishda o'smirlar qatoridan chiqaman. ๐คตโโ๏ธ
Quyida 18 yoshgacha o'tgan hayotim haqida qiziqarli faktlar ๐
โ Shu yoshgacha Farg'ona vodiysidagi 3ta viloyatdan tashqariga chiqmagan ekanman, biror marta ham. ๐ง
โ Biror marta ham giyohvand modda iste'mol qilmagan ekanman, hazillashib ham.๐ค
โ Quyosh tutilishini ko'rganman 1 marta. ๐
โ Samolyot/poyezdga chiqmaganman.โ๏ธ
โ 10 yoshligimda GTA San Andreasni o'ynaganman. ๐ฎ
โ 7 yoshligimda shaxmatni o'ynashni o'rganganman.โ
โ Biror joyim sinib, gips bo'lmaganman. Tish doktorga bormaganmanโ๏ธ
@xpratov | pratov.uz

XUSHNUDBEK PRATOV DILMUROD OโGโLI_page-0001.jpg
803.8 KB
Dasturlashga qanday kirib kelganman?๐ฃ
Birinchi o'rinda, albatta, katta qiziqish. Yoshligimdan (8-9 yoshlarimdan) shu Kompyuter degan matohga qiziqqanman. ๐ฆ
Adashmasam, 3-sinfligimda tog'amnikidan kelib qolgan kompyuterda GTA San Andreas o'ynardim. O'yindan zeriksam, kompyuterning ichidagi har xil men bilmaydigan fayllar, funksiyalarni ishlatib ko'rib o'rganardim, bu nima vazifa bajarar ekan deb. 1-2 yildan keyin u komyuter ishdan chiqdi. ๐ป
Keyinchalik 5-sinfdan maktabda informatika fani o'rgatila boshlandi. Haftada 1-soat bo'lardi. Biz esa 2 haftada 1 marta kompyuter xonasiga kirardik. ๐
9-sinfligimda esa Python dasturlash tilini o'rganishni boshladim, o'zimning tumanimdagi bir o'quv markazda. Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan 5 oy bepul o'qiganman. ๐
Kursni tark etganimdan keyin ham dasturlashni self-study davom ettiraverdim. 9-sinfda maktabimiz nomidan informatika fanidan olimpiadaga borib 2-o'rinni olib viloyat bosqichiga yo'llanma oldim. โ๏ธ
Viloyat bosqichi men o'ylaganimdan qiyin bo'ldi. Murakkab algoritmlardan masalalar berildi. Shu orada menda 2ta tanlov bor edi: Algoritmlarni o'rganish yoki Front-end'ni o'rganish. Men Front-end'ga ko'proq qiziqdim, YouTubeda videolar bilan self-study o'rganishni boshladim. โก๏ธ
Va eng qiziq joyi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay Najot Ta'lim o'quv markazi grant e'lon qilganini eshitib qoldim. Birinchisida imtihondan yiqildim. Ikkinchi marta yana grant e'lon qilinganida esa imtihondan o'tdim va meni suhbatga taklif qilishdi. โ๏ธ
Suhbatdan ham o'tib, 13.07.2023 sanada Najot Ta'limda, professionallar orasida Front-end dasturlashni o'rganishni boshladim. 9 oyda kursni muvaffaqiyatli bitirib, sertifikat ham oldim. ๐
Najot Ta'limdan keyin, universitetga kirish uchun imtihonlarga tayyorlanishni boshladim. Mana 1.5 yillik tanaffusdan keyin xudo xohlasa universitetga kirib olsam, bor diqqatimni yana dasturlashga qarataman. ๐ฏ
Kelajakda, albatta, dasturchi bo'laman! InshaAllah! โจ
22.06.2025