X.Pratov | pratov.uz ๐Ÿ‘จโ€๐Ÿš€
1 subscriber
47 photos
1 video
1 file
43 links
Assalomu alaykum!

Welcome to the official Telegram channel of Khushnudbek Pratov!

DM: @pratoff
Web site: pratov.uz
Instagram: ig.me/xpratov
X (Twitter): x.com/xpratov
Facebook: fb.com/xpratov
LinkedIn: linkedin.com/in/pratov
Download Telegram
PIANINOCHI ๐ŸŽน yoki UCHUVCHI ๐Ÿ›ฉ

Yoshligimdan beri pianinochi yoki uchuvchi bo'lishni orzu qilaman. Orzuga ayb yo'q, balki bir kun bo'larman. ๐Ÿ’ซ

Agar imkoniyatim bo'lganda rostan ham jiddiy urinib ko'rgan bo'lardim shu ikki kasbdan birining professionali bo'lishga.

Tasavvur qilaman, katta sahnada, piano yonida birorta shoh asarni qoyillatib chalib bersam-da. โœจ

Yana tasavvur qilaman, keng osmonda, harbiy samolyotning eng so'ngi chiqqan eng zamonaviysida bir o'zim uddalab bo'lmas tryuklarni mazza qilib bajarsam-da. โœจ

@xpratov | pratov.uz ๐ŸŒค
๐Ÿ’˜1
๐Ÿ So'ngi 2-3 yildan beri Oliy Ta'limga kirish uchun tayyorlandim

Mana bu yil yozning qoq o'rtasida, ya'ni 15-iyulda imtihonga kirib chiqdim. Imtihondan va imtihon bosimidan qutuldim. ๐Ÿ’†โ€โ™‚๏ธ

Endi-chi? Endi nima?
Yozning qolgan yarimi bekorga o'tadimi? Aslo yo'q. Endi yangi narsalar o'rganishga kirishib ketdim. ๐Ÿช–

Najot Ta'limning Edfix platformasida onlayn kurslarida Marketing (Mobilografiya, Kopirayting, SMM), HR, dasturlash kurslarini self-study o'rganyapman. Bepul bo'lsa-da, ancha sifatli darslar ekan. ๐Ÿ’ผ

Ibrat Farzandalari bilan rus tilini o'rganishni boshlab yubordim. Xudo xohlasa, rejam bo'yicha yil oxirigacha B1 darajada o'rganishim kerak. ๐Ÿ‡ท๐Ÿ‡บ

Keep learning...โœจ

@xpratov | pratov.uz โ˜€๏ธ
๐Ÿ“š Kitob o'qish muhim!

๐Ÿง Bugungi kunda biror narsani o'rganish uchun aynan kitob o'qish shart emas. Texnologiyalar orqali ilm olish ancha o'zgardi. Lekin kitob o'qish baribir muhim. Nega? Chunki kitob o'qish orqali ilmni chuqurroq tushunish mumkin.

๐Ÿงฉ Masalan, men "Atom odatlar" kitobini o'qigunimcha, kichik odatlarning ahamiyati haqida har xil internetdagi manbalar orqali ko'p eshitganman, tushunganman.

๐Ÿ’กAmmo shu kitobni o'qiganimdan keyin mayda odatlarning muhimliligini, amal qiladigan darajada chuqur tushuna oldim. Ungacha internetda ko'rganlarim yetarli emas edi. Hozir esa men bilaman atom odatlarning mohiyatini. Kundalik hayotda shunga amal qilaman. Albatta, kitob orqali.

๐Ÿ’ซ Shu yerda orzularimdan (balki maqsaddir) biri haqida ham aytib ketsam. Kelajakda yuqoridagi rasm kabi uyimda shunaqa katta shaxsiy kutubxonam bo'lishini orzu qilaman.

@xpratov | pratov.uz โ˜€๏ธ
๐Ÿฆ• Gapirish oson, amal qilish qiyin

โ›‘ Kitob o'qish muhimligi haqida fikr bildirdim-ku, lekin o'zim ham unchalik kitobxon bola emasman. Umrim davomida o'qigan kitoblarim โ‰ˆ20 ta chiqsa kerak.

๐ŸŒŸ Shuning uchun yangi challange boshlamoqchiman. Har oy - yangi kitob. Bundan keyin bir oyda bitta kitobni o'qib tugataman. Har oyning 1-kunida o'tgan oy o'qigan kitobimning tafsilotini berib, bu safar qaysi kitobni o'qishimni e'lon qilib boraman.

๐Ÿ“™ Suratda esa hozir o'qiyotgan kitobim - Frans Kafkaning "Labirint" asari. Avgust oxirigacha tugatishim kerak.

@xpratov | pratov.uz
๐ŸŽ‰ Mandat chiqdi

๐Ÿ•ฐ 2025-yil 13-avgust, soat 23:54da mandat chiqqani e'lon qilindi.

๐Ÿซ Andijon Davlat Texnika Institutiga to'lov kontrakt asosida "Moliya va moliyaviy texnologiyalar" yo'nalishiga talabalikka tavsiya etildim.

โœจ Xudoga shukur. Kontrakt kirgan bo'lsam ham yaxshi yo'nalishga kirdim. Yo'nalishlarni tanlayotganda aynan shu yo'nalishni birinchi qilib belgilagan edim.

โ„น๏ธ Batafsil ma'lumotni biriktirilgan rasmdan topishingiz mumkin.

@xpratov | pratov.uz โ˜€๏ธ
๐Ÿ“– "Labirint" โ€” Frans Kafka

Bugun nihoyat bu kitobni tugatdim! ๐ŸŽ‰

๐Ÿ“Œ Asosiy maโ€™lumotlar
Janri: hikoya
Sahifalar soni: 160
Oโ€˜qish davomiyligi: 18 kun

๐Ÿ’กNimani o'rgandim
To'g'risi, deyarli hech narsani tushunmadim. Noaniqliklar juda ko'p edi. Masalan, "Labirint" hikoyasida qandaydir jonzot (nimaligi ham noma'lum) yer ostidagi uyini dushmanlardan qo'riqlaydi. Hikoya so'ngigacha hech qanday dushman tahdid qilgani yo'q unga. Jonzot ham ichki kechinmalarini o'ziga o'zi gapirib yer ostidagi uyining u tomonidan bu tomoniga borib kelib, bir nimalar qilib yuraverdi. Keyingi hikoyalarda ham aniq yakun yo'q. Xullas, tushunmadim. Menimcha, men tushuna olmadim. Chunki, Frans Kafkani kitobxonlar orasida yomonlashganining guvohi bo'lmadim. Qiziqsam, keyinroq qayta o'qib chiqaman ushbu kitobning mohiyatini anglash uchun.

โญ๏ธ Baho โ€” 3/10
Hozircha 10 balldan 3 ball qo'yaman ushbu kitobga. Balki qachondir qayta o'qisam fikrim o'zgarib qolar.

#BookFinished

@xpratov | pratov.uz โ˜€๏ธ
๐Ÿซ Tumanimizda yangi ochilgan Ixtisoslashtirilgan Maktabga imtihon topshirganim haqida

โŒ›๏ธ 8-sinfni bitirganimga 1-2 hafta bo'lgan. G'irt bekorchiman, kelajak uchun umuman qayg'urish yo'q. Ammam tumanimizda yangi ochilayotgan Ixtisoslashtirilgan Maktab haqida aytib qoldi, menga ham topshirishimni tavsiya qildi. Yangi ochilayotgani uchun katta sinflarni ham qabul qilishayotgan ekan.

๐Ÿ“จ Ariza topshirdim. Matematika va ingliz tilidan imtihon bo'ldi. Birinchi marta katta zalda, huddi abituriyentlardek imtihon topshirdim.

๐Ÿฅ€ Imtihondan o'ta olmadim. Men bilan birga topshirgan do'stlarim, tanishlarim o'tib ketishibdi. Hayron qolganim maktabda ular bilan tengma-teng olimpiadalar uchun bellashib kelardik. Lekin imtihondan olgan ballim sezilarli darajada past. Hafa bo'ldim, afsuslandim.

โœจ LEKIN o'sha yili 9-sinfda dasturlash sohasiga ilk qadamimni qo'ydim. Avvaliga oktyabrda bo'ladigan informatika fanidan olimpiadaga tayyorlanish bahonasida dasturlash haqida ozgina tushuncha oldim. Keyinroq dekabrda Python kursiga yozildim.

๐Ÿช Agar Ixtisoslashtirilgan Maktabga kirib ketganimda, dasturlashga umuman kirib kelmasdim. Ixtisoslashtirilgan Maktabda esa hamma fanlarni, hattoki men yomon ko'radiganlarini ham majburlab o'qitishadi.

๐Ÿ’ซ Xulosa shuki, men boshida Ixtisoslashtirilgan Maktabga kira olmaganim uchun xafa bo'ldim. Lekin Allohning o'z rejasi bor ekan menikidan yaxshiroq.

@xpratov | pratov.uz โ˜€๏ธ
๐Ÿฌ Najot Ta'lim o'quv markazi kurslari uchun qanday qilib grant yutib olganim haqida

๐Ÿ“‰ 9-sinfni bitirish arafasida turgan edim. Najot Ta'limda o'qiyotgan qarindoshim Najot Ta'lim Toshkent filliali uchun grant e'lon qilganini aytib, menga ham tavsiya qildi. Motivatsion xat yozib, onlayn suhbatga ham taklif qilindim. Lekin so'ngida grantga qabul qilinmadim.

๐Ÿ“ˆ LEKIN oradan hech qancha vaqt o'tmay, Najot Ta'lim Farg'ona filliali uchun ham grant e'lon qildi. Motivatsion xat yozdim, onlayn suhbatga taklif qilindim. Va... ushbu grant menga ham nasib qildi.

๐ŸŒŸ Agar birinchi grantni yutganimda, Toshkentga borib o'qishimga to'g'ri kelardi. Toshkent menga uzoq va yashash ham qimmatga tushardi. Muvaffaqiyatsizligimga qaramay, hech qancha vaqt o'tmay Farg'ona fillialidagi markazga grant yutdim. Farg'onada o'qish menga qulay va anchagina arzonga tushdi.

๐Ÿ’ซ Xulosa shuki, men muvaffaqiyatsizlikka uchradim deb turganimda, aslida Allohning menikidan ko'ra yaxshiroq o'z rejasi bor edi.

@xpratov | pratov.uz โ˜€๏ธ
#BookStarted
๐Ÿ“ˆ "Har oy - yangi kitob" challange'i davom etmoqda.

๐Ÿƒ Sentyabr oyi uchun "Diqqat: Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari" kitobini tanladim. Asar muallifi Kel Nyuport zamonaviy dunyodagi ma'lumotlar asrida qanday qilib diqqatni ushlab qolish haqida yozadi.

๐Ÿ’ผ O'zi umuman olganda, eng yoqtirgan kitoblarim shaxsiy rivojlanishga oid kitoblar.

@xpratov | pratov.uz ๐ŸŒค
๐Ÿซ Bugun institutdagi birinchi kun

1๏ธโƒฃ Bordik. Rektor va dekan birin-ketin nutq so'zlashdi. Umuman olganda o'zgacha taassurot yo'q. Shunchaki 4 yillik sarguzashtning ilk kuni.

๐Ÿ’Ž 4 yil - bu o'qish uchun, izlanish uchun, karyera qurish uchun, umrimning qolgan qismini qanday o'tishini hal qilib beradigan hayotimning eng muhim yillari.

๐Ÿ“ˆ Inson o'zgaraman desa, geometrik progressiya kabi o'sadi. Agar ishtiyoqi bo'lmasa, hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. 10 yildan keyin ham o'sha-o'sha bo'lib qolaveradi.

๐Ÿš€ Bu xabarni 4 yildan keyin o'zimga o'zim eslataman. Ko'ramiz, 4 yilda qanday darajaga chiqar ekanman.

@xpratov | pratov.uz โ˜€๏ธ
๐Ÿ’ป 1 yil 4 oy vaqtdan keyin yana dasturlashga qaytdim

๐Ÿ“– Kod yozmay qo'yganimning sababi, Najot Ta'limni bitirganimdan keyin universitetga kirish uchun tayyorlandim. Bor diqqatimni ingliz tili va matematikaga qaratdim. Universitetga kirdim.

๐Ÿ’Ž Endi yana dasturlashdagi bilimlarimni takrorlab, kuchaytirishim kerak. Yangi texnologiyalarni o'rganishim kerak. Hali oldimda juda katta sarguzasht kutib turibdi meni. ๐Ÿ’ปโŒจ๏ธ๐Ÿ“ธ๐ŸŽฅ๐ŸŽ™๐Ÿ›ฐ

๐ŸŽฏ Yil boshida 10 ta pet-project qilishni maqsad qilgandim.

๐Ÿƒโ€โ™‚๏ธโ€โžก๏ธ Olg'a...

@xpratov | pratov.uz โ˜€๏ธ
#newProject #first

๐Ÿ“‚ Yangi loyiha - Age calculator app

โš™๏ธ Texnologiyalar: HTML, CSS, Javascript
โŒ›๏ธ Vaqt: 9 soat (4 kun)
โŒจ๏ธ Kod: 300+ qator
๐Ÿฑ Github: https://github.com/xpratov/age_calculator_app
๐ŸŒ Havola: https://age-calculator-app-pratov.vercel.app/

โ„น๏ธ Foydalanuvchi tug'ilgan kunining sanasini kiritadi. Tugmani bossa, dastur foydalanuvchi necha yoshga kirganini aniq kunigacha hisoblab beradi.

@xpratov | pratov.uz โ˜€๏ธ
๐ŸŒ‘ Oy tutilishi

๐Ÿ’ซ Bugun 7-sentyabr 21:30dan 23:50gacha so'ngi 3 yillikdagi eng uzoq Oy tutilishi ro'y berar ekan.

โœจ Va bu hodisani O'zbekistonliklar ham yaqqol ko'ra olishadi. Oy qizil tusga kiradi.

โฒ๏ธ Soat 23:10da Oy maksimal darajada tutiladi. Ya'ni aynan ushbu post yuborilayotgan paytda.

๐Ÿ€ Ajoyib

@xpratov | pratov.uz โ˜€๏ธ
๐Ÿšถโ€โ™‚๏ธ Joylashgan kvartiramizdan institutgacha 2 km chiqadi. Odatda institutgacha piyoda boraman.

๐Ÿš Kecha, ertalab shoshilayotganim sababli Damasda ketdim. Haydovchi taxminan 30 yoshlar atrofidagi kishi edi. Chiqdim,

โ–  Aka, Narxoz'da tushirib qo'ying.
โ–ฒ Narxoz'da o'qiysizmi, nechanchi kurssiz?
โ–  Bu yil kirdim o'qishga, birinchi kursman endi.
โ–ฒ Ha yaxshi. Kontraktmi yoki Grant?
โ–  Kontrakt.
โ–ฒ Qancha ekan kontrakti?
โ–  O'n milliondan oshiqroq.
โ–ฒ Ehhe, ancha oshib qolibdi. Men ham o'sha yerda o'qiganman-da. Bitirib u yoq bu yoqdan ish qidirib bir yerga borsam, $2000-3000 uzatish kerak ekan. Keyin Rossiyaga ketvorganman. Hozir o'sha 4 yil umrim bekor o'tgan deb o'ylayman-da. Undan ko'ra, biror joyda ishlaganim yaxshi edi.
โ–  Haa :(
โ–ฒAgar byudjet bo'lsa, yoki kuchli ishtiyoq bo'lsa o'qish kerak. Bo'lmasa, kerakmas narsa.

๐Ÿ˜“ Akani fikriga qisman qo'shilaman, chunki bunga o'xshagan gaplarni ba'zi ustozlarimdan ham eshitganman. Meni bu yerga olib kelgan narsa - dasturlash. Dasturlashni self-study kuchaytirib, shahardan ish topishim osonlashadi.

๐Ÿซฅ Agar shunga o'xshash qo'shimcha rejalarim bo'lmaganda, men ham o'qimas edim balki.

#storyTime

@xpratov | pratov.uz โ˜€๏ธ