Xonobod shahar AKM | 📖 Rasmiy kanal
1.85K subscribers
8.41K photos
941 videos
95 files
1.23K links
Xonobod shahar Axborot-kutubxona markazining telegram kanali

Bizni rasmiy saytlarimiz:

Instagram:https://www.instagram.com/xonobod_akm_2024?igsh=MWljZHFzandsbDI2bA==

Facebook:https://www.facebook.com/share/1AfECdM1s9/
Download Telegram
Xonobod shahar Аxborot kutubxona markazi axborot bibliografiya bo'limi tomonidan bastakor xonanda va sozanda o'zbek musiqa merosini to'plovchisi O'zbekiston SSR xalq artisti akademik Yunus Rajabiy tavalludining 91 yilligi munosabati bilan "Maqom ustasi" mavzusida davra suhbati bolib o'tdi. Davra suhbatida Yunus Rajabiy xayoti va ijodidan kuy va qoshiqlaridan eshittirildi.
🔥1
Bugun 25-dekabr 2025-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Sovg‘alar ulashish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇹🇼 Tayvan - Konstitutsiya kuni.
🇮🇳 Hindiston - Yaxshi boshqaruv kuni.
🇵🇪 Peru - “Takanakuy” kurash festivali.
🇵🇰 Pokiston - Quayd-i Azam kuni.
🇲🇿 Mozambik - Oila kuni.

👉 VOQEALAR:

- 800 - Rim papasi Lev III Buyuk Karlga imperator tojini kiydirdi.
- 1000 - Ishtvan I Avliyo Vengriya taxtiga o‘tirdi.
- 1066 - Angliya tojini Vilgelm I Bosqinchi egalladi.
- 1130 - Rojer II Sitsiliya qirolligi taxtga o'tirdi.
- 1492 - Espanyola orolida Kolumb Yangi Dunyodagi birinchi ispan aholi punkti - La Navidadga asos soldi.
- 1745 - Drezdenda separat tinchlik sulhi imzolandi.
- 1759 - Sank-Peterburgda Yozef Braun qattiq simobni olishga muvaffaq bo‘ldi.
- 1917 - Ukrainada sovet hokimiyati o‘rnatildi.
- 1946 - SSSRda Yevropada birinchi yadro reaktori ishga tushirildi.
- 1968 - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani tashkil etildi.
- 1979 - Afg'on urushi: SSSR armiyasining mamlakatga kiritilishi.
- 1989 - Ruminiya sobiq rahbari (1965-1989) Nikolaye Chaushesku otib tashlandi.
- 1991 - Mixail Gorbachyov o‘z xohishi bilan isteʼfoga chiqdi, SSSR tarix sahnasidan ketdi.
- 1993 - Rossiyaning amaldagi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
- 2003 - Kotonu (Benin) da Boeing-747 samolyotining halokati. 140 ta qurbon.
- 2010 - Shimoliy yarim sharning o'rta kengliklarida Yevropadan AQShgacha ikki hafta ichida sodir bo'lgan anomal muzli yomg'ir boshlandi.
- 2016 - Sochi yaqinida Tu-154 samolyotining halokati. 92 ta qurbon.

👉 TAVALLUDLAR:

1250 - Ioann IV Laskaris (1305) - Nikeya imperatori (1259-1261).
- 1564 - Avraam Blumart (1651) - golland rassomi.
- 1709 - Jyulen Ofre de Lametri (1751) - fransuz shifokori va materialist faylasufi.
- 1872 - Yelena Rubinshteyn (1965) - AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniyada kosmetika liniyalari va doʻkonlar tarmogʻiga asos solgan tadbirkor.
- 1876 - Muhammad Ali Jinna (1948) - Pokiston general-gubernatori (1947-1948), Pokiston davlatchiligining otasi.
- 1876 - Adolf Otto Reynhold Vindaus (1959) - nemis kimyogari va biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1928).
- 1887 - Konrad Hilton - Hilton mehmonxonalar tarmog‘ining asoschisi.
- 1904 - Gersberg Gerxard (1904) - kelib chiqishi nemis bo‘lgan kanadalik fizik-kimyogar va fizik, Nobel mukofoti sohibi (1971).
- 1909 - Komil Yashin (1997) -  atoqli adib va dramaturg, jamoat arbobi.
- 1916 - Ibrohim Hamroyev (1999) - kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975), Oʻzbekiston xalq artisti (1988).
- 1918 - Anvar Sadat (1981) - Misr prezidenti (1970-1981), marshal.
- 1921 - Umarov G'iyos (1988) - fizik olim, O'zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a'zosi (1968), texnika fanlari doktori (1967), professor (1943).
Kun tarixi kanalidan olindi
- 1923 - Zohidjon Obidov (1996) -  o‘zbek shoiri, “Ozbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi”.
- 1924 - Vosiqova Mamlakat (1997) - huquqshunos olima, jamoat arbobi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994).
- 1935 - Nizomova Ra’no - raqqosa, baletmeyster, pedagog, O’zbekiston xalq artisti (1974).
- 1937 - Boboev Baxtiyor  - rassom, O’zbekiston Badiy Akademiyasi akademigi (1999). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1973).
- 1949 - Sissy Spacek - amerikalik kinoaktrisa va qoʻshiqchi.
- 1954 - Enni Lennoks - shotlandiyalik qo'shiqchi, “Eurythmics” dueti a'zosi, "Oskar", "Oltin globus" va to'rtta “Gremmy” sovrindori.
- 1983 - Aleksandra Savelyeva - rossiyalik qo'shiqchi, "Fabrika" estrada guruhining solisti.
- 1983 - Yan Venszyun - xitoylik kanoechi, ikki karra Olimpiya chempioni.
- 1988 - Erik Gordon - amerikalik basketbolchi, jahon chempioni (2010)
🔥1
#iqtibos

Shunday qalb egalari borki... sen u joyda bo‘lish uchun boringni berishga tayyor bo‘lasan.

✍️ Shams Tabriziy
🔥1
#kun_hikmati

Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi.

✍️ Leonardo da Vinchi
🔥1
📖Ўқишга тавсия этамиз 📖
📚Наманган тарихидан лавхалар
✍️Бахром Ирзаев
Китобда ХИХ аср охири – ХХ аср бошида Наманган шаҳри ва вилояти ҳудудида туғилиб ўсган жадид тараққийпарварлари, олим-у мураббийлар, давлат ва жамоат арбоблари, шоир-у журналистлар ҳаёти, уларнинг ижодий фаолияти ҳамда мустабид тузум қатағон сиёсати оқибатида маҳв этилиши қаламга олинган.

Шунингдек, ўқувчи миллий тараққийпарварларимизнинг Ватан ва миллат равнақи, унинг истиқлоли йўлида олиб борган шиддатли кураши, қаҳрамонона ҳаёт йўли ва ижодий мероси ҳақида кўплаб янги маълумотларни қўлга киритади.
🔥1
📖O'qishga tavsiya etamiz 📖
📚Bir muhabbat tarixi
✍️Devid Nikolas
To‘rt yil bitta universitetda o‘qigan ikki inson kelib-kelib bitiruv kuni tanishib qolishi mumkinmi? Albatta, axir charx Emma va Deksterning yo‘llarini aynan shunday g‘aroyib tarzda kesishtirdi. Taqdir ular uchun atagan bu kun, to‘rtburchak qalpoqlar osmonga otilgan, diplomlar tantanali topshirilgan kun katta hayotning boshlang‘ich nuqtasi bo‘ldi. Bitiruvning ertasi ‒ 15 iyulь esa Emma va Deksterni yanada kuchli bog‘lagan, visol va firoqni birlashtirgan mo‘'jizaviy sanadir. Yanagi yil bu sanada nimalar yuz beradi? Undan keyingi yillardachi? «Bir kun» nomli filьm uchun asos bo‘lgan ushbu kitob ikki qahramonning har yili 15 iyulda nimalarni boshdan kechirishini tasvirlaydi.

Bir kun — Devid Nikollsning 2009 yilda nashr etilgan romani. Roman ijobiy sharhlarga sazovor bo‘lgan va «Galaxy Book of the Year» mukofotini olgan. Aynan shu kitob sevgiga boshqa tomondan qarashingizga sabab bo‘ladi.
🔥1
📖O'qishga tavsiya etamiz 📖
📚Ikki muhabbat
✍️Odil Yoqubov
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov ko‘plab roman, qissa, pesalari bilan o‘zbek adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Shuningdek, adib hikoya janrida ham samarali qalam tebratgan.
Odil Yoqubov qaysi mavzuga qo‘l urmasin insonlarning taqdiri, o‘ty-fikrlari, voqea-hodisalarni badiiy tarzda betakror lavhalar bilan tasvirlaydi.
Ushbu to‘plam ijodkorning eng yaxshi hikoyalaridan saralandi.
Ishonamizki, ushbu to‘plam siz mutolaasevarlar uchun munosib tuhfa bo‘ladi.
🔥1
📖Ўқишга тавсия этамиз 📖
📚Телба аёл мухаббати
✍️Зулайхо Машарипова
Ўқиган китобимиз бош суягимизга урилган зарба каби бизни ларзага келтирмаса, нега уни ўкишимиз керак?!»

Бир канча детектив ва саргузашт қиссалар, ҳикоялар муаллифи Зулайхо Машарипованинг қалбларни ларзага солувчи ушбу китобини ўқир эканмиз, беихтиёр Ф.Кафканинг юқоридаги сўзларини ёдга оламиз.

Том маънода китобдаги қисса ва ҳикоялар китобхонни Ватанга, ота-онага, жигарларига, атрофдагиларига бўлган меҳр-оқибати ҳақида жиддий ўйлаб кўришга мажбур этади. Шу билан бирга, аср вабоси гиёхвандликнинг ўлим билан тугайдиган оқибатлари, «кора дори» олди-сотдисидан жабр кўраётган бегуноҳ инсонлар ҳаёти, жиноятчиликка қарши курашдаги ҳуқуқ-тарғибот идоралари ходимларининг машаққатли меҳнатлари кўз олдимизда намоён бўлади.
🔥1
Bugun 26-dekabr 2025-yil, juma

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇳🇦 Namibiya - Oila kuni.
🇧🇬 Bolgariya - Otalar kuni.
🇸🇧 Solomon orollari - Minnatdorchilik kuni.
🇺🇸 AQSh, 🇨🇦 Kanada - “Kvanza” festivali.
🇦🇷 Argentina, 🇨🇦 Kanada, 🇦🇺 Avstraliya, 🇧🇪 Belgiya, 🇧🇬 Bolgariya, ... - Boxing Day.
🇸🇮 Sloveniya - Mustaqillik va Birlik kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1530 - Zahiriddin Muhammad Bobur vafot etdi.
- 1606 - «Qirol Lir»ning ilk postanovkasi.
- 1790 - Lyudovik XVI „Dinning fuqarolikka taʼsiri“ haqida qaror chiqardi.
- 1792 - Ingliz kashfiyotchi Charlz Babbage hisoblash mashinasini ixtiro qildi.
- 1805 - Presburg sulhi imzolandi.
- 1806 - Plutsk jangi.
- 1811 - Richmond teatridagi yong'in, o'sha paytda Qo'shma Shtatlardagi eng katta baxtsiz hodisa.
- 1825 - Dekabristlar senat oldida qoʻzgʻolon uyushtirdilar.
- 1898 - Per va Mariya Kyuri, radiy elementini kashf etishdi.
- 1919 - RSFSR Xalq Komissarlari Soveti "RSFSRda savodsizlikni tugatish to'g'risida" dekret qabul qildi.
- 1931 - Tokioda Dat Jidosha Seizo avtomobil kompaniyasiga asos solindi va keyingi yili Nissan nomiga o‘zgartirildi.
- 1939 - Turkiyaning Erzinjon shahridagi zilzila 39 mingga yaqin odamning hayotiga zomin bo'ldi.
- 1941 - Kerch operatsiyasi.
- 1974 - “Salyut-4” kosmik stansiyasi uchirildi.
- 1975 - Tovushdan tez uchuvchi Tu-144 yo‘lovchi samolyoti foydalanishga topshirildi.
- 1989 - Olot tumani tashkil etilgan.
- 1991 - SSSR rasman tugatildi.
- 1991 - Oʻzbekiston va Avstraliya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
- 1991 - Hindiston Respublikasi, Misr Arab Respublikasi, Meksika Qo'shma Shtatlari, Tailand Qirolligi, Tunis Respublikasi, Sharqiy Urugvay Respublikasi, Vengriya Respublikasi O'zbekiston suverenitetini tan oldi.
- 2013  - O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi tasdiqlandi.
- 2003 - Bam (Eron) zilzilasi.
- 2004 - Hind okeanida zilzila sodir bo‘lishi oqibatida dahshatli sunamini keltirib chiqardi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1194 - Fridrix II Gogenshtaufen (1250) - Muqaddas Rim imperatori (1220-yildan).
- 1716 - Tomas Grey (1771) - ingliz shoiri.
- 1791 - Charlz Bebbij (1871) - britaniyalik matematik, birinchi analitik hisoblash mashinasi ixtirochisi.
- 1893 - Mao Szedun (1976) - Xitoy sotsialistik inqilobi dohiysi.
- 1909 - Ulanova Galina (1998) - balet artisti, SSSR xalq artisti (1951), zamonaviy eng taniqli balerinalardan.
- 1910 - Boboev Qurbonali - geolg, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1974), geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1962), professor (1963). 
- 1920 - Yodgor Nasriddinova (2006) - sovet partiya va davlat arbobi.
- 1928 - Muhammadjonov Abdulahad - sharqshunos va arxeolog olim. O’zFA akademigi (2000), Tarix fanlari doktori (1973), professor (1989).
Kun tarixi kanalidan olindi.
- 1949 - Mixail Boyarskiy - kino va teatr aktyori, qo‘shiqchi, RSGSR xalq artisti.
- 1963 - Baxtiyor Toʻrayev - teatr rassomi, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1999).
- 1977 - Muzaffar Abduazimov - xonanda.
- 1982 - Aksel Lund Svindal - norvegiyalik tog' chang'isichi, ikki karra Olimpiya chempioni, 5 karra jahon chempioni.
- 1985 - Bet Bers - amerikalik aktrisa.
- 1986 - Ugo L’oris - fransuz futbolchisi, darvozabon, jahon chempioni.
🔥1
#kun_hikmati

Allohning bandaga bergan eng yaxshi ne'mati - odamzodning bir biriga bo‘lgan mehr - muhabbatidir.

Bu shunday in'omki, uni dunyodagi barcha boylik evaziga ham sotib olib bo‘lmaydi.

Allohning bu in'omidan bahramand bo‘lish hammamizga nasib qilsin!
🔥1
#iqtibos

Har bir kun bizga yangi hayot, har lahza hammasini boshidan boshlash imkoniyatini beradi.

✍️ Umar Xayyom
🔥1
Bugun 5-yanvar 2026-yil, dushanba

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇯🇵 Yaponiya - Qulupnay kuni.
🇺🇸 AQSh - Qushlar kuni.
🇺🇸 AQSh - Milliy ssenariy mualliflari kuni‌‌.
🇧🇾 Belarus - Ijtimoiy ishchilar kuni‌‌.

👉 VOQEALAR:

- 1477 - Nansi jangi.
- 1665 - Parijda dunyoda birinchi marta jurnal - «Journal des savants» (“Olimlar jurnali”) nashr etildi.
- 1675 - Turkxaym jangi.
- 1728 - Gavana universiteti tashkil etildi.
- 1731 - Moskvada birinchi ko'cha chiroqlari paydo bo'ldi.
- 1757 - Robert-Fransua Damien qirol Lyudovik XV ga muvaffaqiyatsiz suiqasd uyushtirdi.
- 1762 - Rossiya taxtiga Pyotr III chiqdi.
- 1769 - James Uatt bug‘ mashinasini patentladi.
- 1809 - Dardanel sulhi imzolandi: Ingliz-turk urushi tugadi.
- 1822 - Markaziy Amerika Meksika imperiyasiga qo'shilishini e'lon qildi.
- 1905 - Rus-yapon urushi: Port Artur qal'asining taslim bo'lishi.
- 1919 - Myunxenda Nemis natsional sotsialistlar ishchi partiyasi tuzildi.
- 1919 - Berlinda Spartakchilar qo'zg'oloni boshlandi.
- 1933 - San-Fransiskoda Oltin darvozalar koʻprigi ishga tushdi.
- 1942 - Qizil Armiyaning qishki hujumlari boshlandi
- 1968 - Chexoslovakiyada Aleksandr Dubchek hokimiyat tepasiga keldi.
- 1972 - AQShda qayta foydalanish mumkin bo'lgan transport kosmik kemasini yaratish bo'yicha ishlarning boshlanishi.
- 2005 - Palomar observatoriyasi Erida planetasi mavjudligini tasdiqladi.
- 2021 - Jorjiya shtatida AQSh Senatiga saylovlarning ikkinchi bosqichi.
- 2022 - Norozilik namoyishlari tufayli butun Qozog'istonda favqulodda holat joriy etildi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1592 - Shoh Jahon (1666) - Boburiylar saltanati hukmdori (1627-58), Jahongirshohning 3-o‘g‘li.
- 1855 - King Camp Gillette (1932) - amerikalik ixtirochi va birinchi xavfsiz ustarani ishlab chiqaruvchi.
- 1874 - Erlanger Jozef (1965) - amerikalik fiziolog, elektrofiziologiya asoschilaridan, Nobel mukofoti sohibi (1944).
- 1876 - Konrad Adenauer (1967) - Germaniya Federativ Respublikasining birinchi federal kansleri (1949-1963).
- 1897 - Yunus Rajabiy (1976) - bastakor, xonanda va sozanda (nay, dutor), o‘zbek musiqa merosini to‘plovchisi, O‘zbekiston xalq artisti (1953) O‘zbekiston FA akademigi (1966).
- 1909 - Zamira Hidoyatova - taniqli o‘zbek aktrisasi,
O‘zbekiston xalq artisti (1944).
- 1910 - Umarxo’jayev Muhammad (1984) - O’zbekiston xalq artisti (1968).
Kun tarixi kanalidan olindi
- 1916 - Malik Nabiev (2008) - O’zbekiston BA akademigi, O’zbekiston xalq rassomi.
- 1917 - Fayozova Omina - O’zbekiston xalq artisti (1973).
- 1919 - Shahodat Rahimova (1979) - aktrisa, xonanda (dramatik soprano), O‘zbekiston xalq artisti (1940).
- 1928 - Bxutto Zulfiqor Alixon (1979) - Pokiston davlati va hukumati boshligʻi (1971—73), bosh vazir (1973—77).
- 1929 - Anvar Muqimov (1993) - O'zbek yozuvchisi.
- 1929 - Martin Lyuter King (1968) - afro-amerikalik baptist rohibi hamda Amerika inson huquqlari faoli va yetakchisi, Nobel mukofoti sohibi (1964).
- 1935 - Furo'g' Farruxzod (1935) - mashhur eronlik shoira, aktrisa va prodyuser.
- 1938 - Xuan Karlos I, Ispaniya qiroli (1975-2014).
- 1955 - Fyodorov Vladimir (1979) - futbolchi, xalqaro toifadagi sport ustasi (1976).
- 1992 - Suki Uoterxaus - ingliz aktrisasi, qo'shiqchi va model.
- 2004 - Anastasiya Bezrukova - rus modeli va aktrisasi.
🔥1
#iqtibos

Vaqt — inson qo‘lidan chiqib ketsa, qaytib kelmaydigan boylikdir. Uni qadrlagan kishi yutadi, beparvo bo‘lgan esa afsusda qoladi. Aql egalari vaqtni oltindan ham ustun qo‘yadilar.

✍️ Alisher Navoiy
🔥1
#kun_hikmati

Boshqalardan ustun bo‘lishimiz muhim emas. Asli muhim bo‘lgan narsa, bugun, kechagi holatimizdan ustunroq bo‘lishimizdir!

✍️ Jaloliddin Rumiy
🔥1
Bugun 6-yanvar 2026-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro urush sabab yetim qolgan bolalar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh - Texnologiyalar kuni.
🇱🇦 Laos - Pathet Lao kuni.
🇯🇲 Yamayka - Marun festivali.
🇮🇶 Iroq - Qurolli kuchlar kuni.
🇲🇽 Meksika - Tibbiyot hamshiralari kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1066 - Garold Godvinson Angliya qiroli bo‘ldi.
- 1217 - Qilichbardorlar ordeni Novgorod yerlariga bosqin uyushtirishdi.
- 1579 - Aras uniyasi tuzildi.
- 1813 - Aleksandr I Vatan urushi oxirida manifestga imzo chekdi.
- 1834 - "Xudo podshohni asrasin!" Madhiyasi Rossiya imperiyasining madhiyasi sifatida qabul qilingan.
- 1896 - aka-uka Lyumerlar tomonidan “La Kiotat vokzaliga poezdning kelishi" filmining (1-film) premyerasi bo‘ldi.
- 1912 - Nyu-Meksiko AQShning 47-shtatiga aylandi.
- 1929  - Sut birinchi marta amerikaliklarga shisha butilkalarda emas, balki qog'oz qutilarda taklif qilingan.
- 1937 - SSSRda ikkinchi Butunittifoq aholini ro‘yxatga olish amalga oshirildi.
- 1943 - Qizil armiya uchun pogonlar ishlab chiqildi.
- 1978 - AQSH Davlat kotibi Sayrus Vens Vengriya hukumatiga Ishtvan tojini qaytarib berdi.
- 1992 - Gruziya prezidenti Gamsaxurdiya hokimiyatdan agʻdarildi.
- 1992 - Togli Qorabog’ Respublikasi oʻz mustaqilligini e’lon qildi. Aslini olganda respublikada yashovchi armanlar Armaniston davlati yordamida bu hududning tub aholisi boʻlgan ozarbayjonlarni u yerdan haydab chiqarib, oʻzlari hokimiyatni egallab olishdi.
- 1994 - Muborak gazni qayta ishlash zavodida yangi 14-blok ishga tushirildi.
- 1994 - "Toshkent–Jizzax" elektr poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
- 2003 - Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani tashkil etildi.
- 2005 - O‘zbekiston Sudan bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi.
- 2015 - Yerga o‘xshashlik Indeksi juda yuqori bo‘lgan ekzoplaneta - Kepler - 438 b kashf qilindi.
- 2021 - AQSh Kapitoliysining bosib olinishi.
- 2022 - Qozog'istonda KXShT operatsiyasining boshlanishi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1367 - Richard II (1400) - Angliya qiroli (1377-1399).
- 1412 - Janna D’Ark (1431-yil gulxanda yoqilgan) - orlean qizi, fransuz milliy qahramoni.
- 1596 - Bogdan Xmelnitskiy (1657) - Zaporojye qo‘shinlari getmani, ukrain harbiy va davlat arbobi.
- 1812 - Melxoro Akino (1919) - filippin inqilobchisi, “Inqilobning Buyuk ayoli”.
- 1822 - Genrix Shliman (1880) - nemis arxeologi, Troya qoldiqlarini toogan olim.
Kun tarixi kanalidan olindi
- 1832 - Dore Gyustav (1883) - Fransuz grafik rassomi.
- 1848 - Xristo Botev (1876) - bolgar shoiri, inqilobchi va milliy qahramon.
- 1883 - Jubron Xalil Jubron (1931) - arab yozuvchisi, faylasuf, rassom. Arab, ingliz tillarida ijod qilgan.
- 1904 - Nikomarov Naum (1947) – O‘zbekiston xalq artisti (1950).
- 1909 - Sulaymon Qosimov (1976) - aktyor, rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1944).
- 1913 - Loretta Young (2000) - amerikalik kinoaktrisa. 
- 1922 - Xalilov Nabijon (2002) – dirijyor, kompozitor, O‘zbekiston xalq artisti (1989).
- 1938 - Adriano Chelentano - italiyalik kinoaktyor, qo‘shiqchi, kinorejissyor, jamoat arbobi.
- 1939 - Valeriy Lobanovskiy (2002) - sovet futbolchisi, sovet va ukrain futbol murabbiyi.
- 1955 - Rouen Atkinson (Janob Bin) - ingliz aktyori, ssenariynavis, prodyusser.
- 1976 - Dilnura Qodirjonova (2007) - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
- 1986 - Petter Nortug - norvegiyalik chang'ichi, ikki karra Olimpiya chempioni, 13 karra jahon chempioni.
- 1986 - Irina Sheyk (Irina Shayxlislamova) - rossiyalik supermodel va aktrisa.
- 1996 - Kortni Eaton - avstraliyalik kino va televidenie aktrisasi, model.
🔥1
#kun_hikmati

Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.

✍️ Beruniy
🔥1
#iqtibos

Men anglab yetgan aqida shuki, dunyoni omon saqlaydigan kuch HAQIQAT va ADOLATdir.

✍️ Erkin A'ZAM
🔥1
#manaviyat_saboqlari

Aqlni ilm boyitadi: ilmiy kitob o‘qigan odamning aqli to‘lishadi. Yurakni san'at boyitadi. Musiqa tinglagan, kontsert tomosha qilgan odamning qalbi boyiydi. Aqlni ham, yurakni ham baravar boyitadigan birgina kuch bor. Bu kuchning nomi — adabiyot! Badiiy asar o‘quvchining ongiga ta'sir qiladi. Biroq qalbi orqali ta'sir qiladi.
Dunyoda bundan zo‘r mo‘'jiza yo‘q!

✍️ O‘tkir Hoshimov
🔥1
#tafakkur

"Orqangda kim turganini bilsang, oldingdan kim chiqishining ahamiyati yo‘q".
🔥1