XIVALIKLAR
6.85K subscribers
10.9K photos
1.94K videos
39 files
3.35K links
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, XIVA shahar bo'linmasi kanali. XIVA shahrida bo`layotgan madaniy, ma'naviy va ma'rifiy faoliyatlar yoritb boriladi.

https://www.facebook.com/profile.php?id=100091454397699
Download Telegram
#yaxshi_xabar

⚡️ Senat yoshga doir pensiya “avtomatik” tayinlanishini ma’qulladi

Yangi tartibga ko‘ra, pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga (erkaklar — 60, ayollar — 55 yosh) avtomatik ravishda tayinlanadi, ya’ni endi Pensiya jamg‘armasiga yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish talab etilmaydi va bu haqda SMS orqali xabar beriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️1-maydan nimalar o‘zgaradi?

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun kommunal to‘lovlar bo‘yicha kompensatsiyalar joriy etiladi.

Davlat hokimiyati organlarida HR-amaliyotlarni takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tashabbuslar tatbiq qilinadi.

Bu va boshqa o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotni videodan bilib olishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat

Bu yaponcha tartib-intizom!

"Xuddi bizdagi tartib"ga o'xsharkanmi?

Fikringizni izohlarda yozing...
Bir shotlandiyalik fermer uyiga qaytayotib, botqoqlik yonidan o‘tar ekan, yordam so‘rab baqirayotgan ovoz eshitildi. Fermer tezda bolani qutqarib oldi.

Bola o‘z haloskorining ko‘zlariga minnatdorona tikilib turdi-da, yugurgancha ketdi...

Ertalab fermer, uyining oldiga boy bir izvosh kelib to‘xtaganini ko‘rdi. Izvoshga zotli otlar bog‘langan edi. Izvoshdan qimmatbaho kiyimlar kiygan bir janob tushdi va fermerdan kecha bolasini qutqargani uchun qancha pul berishi kerakligini so‘raydi. Biroq, fermer pulni rad etadi.

Fermer ketish uchun o‘girildi. Shu vaqt uning yelkasiga ichkaridan o‘g‘ilchasi chiqib osildi. Mehmon uning o‘g‘lini o‘qitib ziyoli shaxs qilish uchun Londonga olib borishini aytadi.

Oradan yillar o‘tdi. Fermerning o‘g‘li maktabni tugatdi. Keyin tibbiyot Universitetini. Tez orada uning nomi penitsillin kashfiyotchisi sifatida dunyoga tanildi. Uning ismi Aleksandr Flemming edi.

Urushning arafasida Londonning boylar uchun klinikasiga o‘pkaning o‘ta shamollashi tashxisi bilan huddi o‘sha janobning o‘g‘lini keltirishdi. Aleksandr Flemming tomonidan kashf qilingan penitsillin sabab uning hayoti saqlab qolinadi. Flemmingga ta’lim bergan boy janobning ismi Randolf Cherchil edi. Uning o‘g‘lini esa Uinston Cherchil deyishardi. O‘sha, keyinchalik Angliyaning premer-ministri bo‘lgan Cherchil.

Uinston Cherchil aytgan edi:
"Sen tomondan qilingan yaxshilik albatta senga qaytadi".
1 maydan ayollarga hokimliklar tomonidan OTMlarga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar berish boshlanadi

Oliy ma’lumoti bo‘lmagan, ammo kasbiy sohasida 5 yildan ortiq ish tajribasiga ega xotin-qizlar uchun OTMlarga kirishda tavsiyanoma asosida o‘qish imkoniyati berilmoqda!

Bu nima degani?

Ya’ni agar siz:
✔️ O‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lsangiz,
✔️ Hech qachon OTMda o‘qimagan bo‘lsangiz,
✔️ Va mutaxassisligingiz bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lsangiz —

Sizga davlat OTMlariga maxsus ajratilgan 500 ta kvota doirasida tavsiyanoma bilan o‘qish imkoniyati yaratiladi.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
🔹 Pasport yoki ID karta nusxasi
🔹 Mehnat daftarchasi (yoki elektron ko‘chirma)
🔹 O‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim diplomi.
❗️2025 yil 1 maydan boshlab 50 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar o‘z faoliyatini kengaytirib tadbirkorlik sub’ekti tashkil qilganda hokim yordamchisi tavsiyasi asosida ajratiladigan imtiyozli kredit 50 mln so‘mgacha (amalda 33 mln so‘m) ajratilishi belgilandi.
1 maydan boshlab gaz va "svet"ga qancha to‘lashingizni bilasizmi?

Maishiy iste’molchilar 1 maydan boshlab elektr va tabiiy gaz uchun bir oylik iste’moldan kelib chiqib jadvalda ko‘rsatilgan tartibda to‘lovni amalga oshiradi.

Yaqinlarga yuborib qo‘yamiz ular xam bilib olishsin!
#Fakt

O‘zbekistonda 3 oy ichida 9 mingdan ziyod oila ajrashdi

Joriy yilning I choragi davomida O‘zbekistonda 9 ming 063 ta nikoh bekor qilingan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.

😥😢😭
#mulohaza

Bir hakimdan: "Nima uchun sizga yomonlik qilishsa ham, yaxshilik qilaverasiz?" deb so‘rashdi. U shunday dedi: "Yaxshiligim bilan uning hayotini afzal, o‘zimning kunimni go‘zal, tamoyillarimni kuchli, ruhimni toza, nafsimni musaffo qilaman", deb javob berdi.
#kun_hikmati

Donolik bilan nodonlik shu qadar yaqinki, odam donolikni qancha ko‘p da’vo qilsa, shuncha nodon bo‘ladi!

✍️ O‘tkir Hoshimov
#iqtibos

Donishmandlar aytganlaridek, olg‘a yurishni o‘ylagan inson uchun qo‘rquv, ikkilanish, shubha va gumon – eng katta dushmandir.

Biz dadil oldinga intilib, qo‘rquv va hadikdan xalos bo‘ldik. Dunyo bizga ochildi va biz dunyoga ochildik.

✍️ Shavkat Mirziyoev
#Kulgu_vaqti

Bir ayol kitob o‘qib o‘tirib javranyapti:
— Voy, sharmanda, voy dahshat!
— Ha, xotin, tinchlikmi?
— Dadasi, to‘yimizdan oldin siz menga atab yozgan she’rlaringizni qandaydir Ahad Qayum kitob qilib chiqaribdi.

* * *
Kino shinavandalarining suhbatidan:
— O‘zbek kinolari haqida bilmaganlar nima deydi?
— O‘zbek kinolarini bilmaganlar, o‘zbeklarda qaynonalari yovuz, bemehr va “zahar” bo‘lar ekan. Kelinlari oilada xizmatkor ekan, kuyovlar onasini “chizgan chizig‘idan chiqmaydigan”, qaynotalarning esa oilada umuman o‘rni yo‘q ekan, – deydi.
— Bilganlar-chi, bilganlar?
— Bilganlar, «Ol, boshqa kanalga!..» deydi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda kosmik muhandislik o‘qitiladigan universitet tashkil etilmoqda!

Xorazmda Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi. Prezident universitetni tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбарининг Хоразмга ташрифи бошланди.
Президент Шавкат Мирзиёев Ал-Хоразмий шаҳарчасининг қурилишини кўздан кечирди.
Бир куни подшоҳ вазирларни йиғиб, ўртага шундай савол ташлабди:
— Салтанатимда солиқлар кун сайин ошиб борса ҳам, хазинада пуллар кўпаймаяпти?! Бунинг боиси недир?

Йиғилганлар орасида доно бир вазир катта муз бўлагини олибди-да, “Шоҳимга узатиб юборинглар!” дебди. Ҳалиги муз бўлаги қўлма-қўл бўлиб подшоҳга етиб келгунча кичкина томчига айланиб қолибди. Шунда подшоҳ вазирнинг ақлига таҳсинлар айтиб, барча қўл остида ишлаётган амалдорларни ва хазинага келадиган пулларни қаттиқ назоратга олган экан.