XIVALIKLAR
7.23K subscribers
10.9K photos
1.94K videos
39 files
3.35K links
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, XIVA shahar bo'linmasi kanali. XIVA shahrida bo`layotgan madaniy, ma'naviy va ma'rifiy faoliyatlar yoritb boriladi.

https://www.facebook.com/profile.php?id=100091454397699
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat #birdamjamiyat #yakdilmintaqa

O’zbek bo’lib o’z tilingda so’zlolmasang,
Tiling g’arib qolganidan bo’zlolmasang,
Xalqing uchun to’g’ri yo’lni ko’zlolmasang,
Pasportingda o’zbekliging kimga kerak?
Xorazm viloyat hokimi taqdirlandi.

Xabaringiz bor, Xivaning Ichanqal’a majmuasida IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, tadbir davomida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimovga Madaniyat vazirligining "Madaniyat va san’at fidokori" ko‘krak nishonini taqdim etdi.
2025 YIL 1-MAY KUNIDAN AHOLI ISTE’MOLChILARI UChUN BELGILANGAN TABIIY GAZ TARIFLARI HISOBI HAQIDA MA’LUMOT
🇷🇺 19 ta davlat rahbari Moskvadagi paradda qatnashadi

Rus OAVlariga ko‘ra, 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan paradda 19 ta davlat rahbari faxriy mehmon sifatida qatnashishini tasdiqlagan.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ 2025 yil 1 may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflar hisobi haqida ma’lumot berdi
Bugun Xiva shahrida navbatdagi nufuzli tadbir — IV Baxshichilik xalqaro sanʼat festivalining taqdirlash marosimi hamda yopilish konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida Gran-pri sovrini Ozarbayjon Respublikasi vakiliga nasib etdi. Shuningdek, boshqa ishtirokchi davlatlardan kelgan sanʼatkorlar ham 1-, 2- va 3-o‘rinlar hamda maxsus nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimining eng hayajonli onlaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov tomonidan Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimovichga "Madaniyat va sanʼat fidokori" nishonini topshirish marosimi bo‘ldi. Ushbu lahza ko‘plab mehmonlar tomonidan juda iliq va hayajonli taassurot bilan kutib olindi.
FIKR SOATI...

Vaqtim yo‘q, deguvchilar — vaqtning qulidirlar. «Vaqtim yo‘q», deyish bir bahona. Bu bahona bilan odam boshqalarni emas, avvalo o‘zini aldaydi. Xudo bizga bir kecha-kunduzda yigirma to‘rt soat vaqt berib qo‘yibdi.
Shu vaqtning egasi o‘zgalar emas, o‘zimiz. Ana shu yigirma to‘rt soatni taqsimlash uchun Yaratguvchi tomonidan aql, farosat, zehn... ne’matlari ham berilgan.
Odam vaqtga qul emas, xoja bo‘lmog‘i kerak. Biz behuda ishlarga ko‘p mahliyo bo‘lamizda, zarur yumushlarga kelganda «vaqtimiz etishmaydi», deb nolishni boshlaymiz.
Hatto ertalabdan kechgacha qarta o‘ynab o‘tiruvchilar ham shunday deb hasrat qiladilar. Qiyomatda vaqtimizni behuda sarf qilganimiz uchun ham hisob bersak kerak, vallohi a’lam?
Tohir Malikning
"Mehmon tuyg‘ular" kitobidan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xulosa_sizdan

🔺Ota farzandi uchun borini beradigan ulkan togʻ
⚡️2025-2026-o‘quv yilidan boshlab pedagog yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. (https://t.me/uztdi/9570)

Unga ko‘ra: 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:

pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tashkil etilib, sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;

oliy pedagogik ta’lim yo‘nalishida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#milliylik_qonimizda

⚡️"Do‘ppili bo‘lib keldim, o‘zbekona bo‘lib", — Saida Mirziyoeva
Tafakkur…

Eslab qol do‘stim, sen qarshi kurashayotganlarning hammasi ham dushmanlaring emas. Senga yordam berayotganlarning hammasi ham do‘stlaring emas. Menga buni hayot o‘rgatgan.

✍️Mayk Tayson
❗️Hajga ruxsatnomasiz borganlar 5 ming dollardan ortiq jarimaga tortiladi va 10 yilga Saudiya Arabistoniga kirish taqiqlanadi

Saudiya Arabistoni haj ziyorati vaqtida Makkaga borishga yangi cheklovlar kiritdi. Vizasi tugaganlarga boshpana bergan yoki ularni Hajga olib borgan shaxslarga ham jarima qo‘llaniladi.

Makka va Madina shahriga faqat haj uchun maxsus viza asosida kirishga ruxsat beriladi.
🇪🇬🇺🇿 Misrda o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan ingliz tilida soddalashtirilgan uslubda o‘zbek tilini noldan o‘rgatuvchi qo‘llanma chop etilgan.

Mazkur kitob hozirda Misrdagi kutubxonalar, o‘zbek tilini o‘rganayotgan Qohira universiteti talabalari orasida tarqatilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nemischa to‘y...




Iqtisodiyoti va rivojlanishi bo‘yicha kuchli o'ntalikka kiruvchi bu davlat fuqarolari to'y qilishni bilmaydimi yoki pullarini behudaga sarflashmaydimi?

Siz qanday fikirdasiz? izohlarda yozing...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqchildavlat

Xivaliklar uchun xushxabar!

Xivada 90.3 mlrd so‘mlik uzunligi 480 metr, eni 18 metr bo‘lgan yangi tunelning qurulish ishlari ishlari yakunlandi.
Ushbu qulaylik tez kunlarda may oyining ilk o‘n kunligida Davlat rahbari tashrifi arafasida foydalanishga topshirilishi mumkun...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#aytsamtilim                                                            

- Bo'lsa agar ko'zlaring ochiq, Qilmishingga bir-bir boqib chiq!                                                        
Nimalar bo‘layapti, bunday xodisalar nega ko‘paymoqda ? Fikirngizni izohlarda yozing...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Butun umri davomida Amir Temur yuzdan ortiq janglarda qatnashib birormarta mag‘lub bo‘lmagan va yevropada yengilmas laqabini olgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xulosa_sizdan

🔺Yaxshi odam – dunyoni o‘zgartira oladi!
#ibrat

Jaloliddin Rumiyga shogirdlari savol berdilar:
- Ustoz zahar nima u?
Rumiy hazratlari javob berdilar:
- Zahar bu biz iste’mol qilayotgan barcha narsalarning me’yoridan oshib ketishi. Haddan oshiq kuch ham zahar bo‘lishi mumkun, haddan oshiq boylik, nafs, sevgi, nafrat, istaklar, umuman hamma-hamma narsa...

Shogirdlar:
- Ustoz qo‘rquv nima?
Rumiy:
- Narsalar, hodisalarning aniq mohiyatini bilmaslik, yoqimsiz tuyg‘u. Agar biz shu noaniqlikni tavakkal qabul qilsak bu-sarguzashtdir.

Shogirdlar:
- Ustoz baxillik nima?
Rumiy:
- O‘zgalar borlig‘ini ko‘ra olmaslik. Agar biz o‘sha borliqni qabul qila olsak bu-ruhlanishdir.

Shogirdlar:
- Ustoz g‘azab nima?
Rumiy:
- Nazoratingizda bo‘lmagan narsalar va jarayonlarga bo‘lgan munosabatingiz. Agar buni qabul qila olsak bu-yuvvoshlik va kamtarlikdir.

Shogirdlar:
- Ustoz nafrat nima?
Rumiy:
- Insonlarni bor bo‘yicha qabul qila olmasligimiz bu nafrat. Agar biz uni qanday bo‘lsa shundayligicha, hech qanday shartsiz qabul qila olsak bu sevgidir.