XIVALIKLAR
7.38K subscribers
10.9K photos
1.91K videos
39 files
3.34K links
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, XIVA shahar bo'linmasi kanali. XIVA shahrida bo`layotgan madaniy, ma'naviy va ma'rifiy faoliyatlar yoritb boriladi.

https://www.facebook.com/profile.php?id=100091454397699
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kayfiyat

😂 "Qoshingning qarosiga, xol bo‘lay arosiga",

– deb yurganmish qizlar Rustamjonovning qosh qoqishini ko‘rib.

Kanalga ulanish ⤵️
https://t.me/Xiva_MM
Shavkat Mirziyoev Osiyo kubogini qo‘lga kiritgan o‘smirlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi.

«Turli bosimlarga qaramasdan, 11 o‘yinchiga qarshi 9 futbolchi shiddatli kurash olib borganingiz chinakam jasorat va matonat namunasi bo‘ldi», dedi Shavkat Mirziyoev.

«Sizlar ushbu g‘alabadan ruhlanib, 2025 yil noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ham Osiyoning g‘olib jamoasi sifatida munosib ishtirok etasiz, deb ishonaman. Baxt va zafar sizlarga doimo yor bo‘lsin, aziz farzandlarim!» — deya yakunlangan tabrik.
Xiva shahrida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi!!!


Gulshan 2 mahallasini tabiiy gaz bilan ta‘minlovchi D-159mmli gaz quvurida ta‘mirlash ishlarini olib borilishi sababli 22.04.2025 kuni ertalab 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Таниқли журналист Карим Баҳриев шундай ёзади: 

«Немис амалдорларини пора эвазига оғдириб олиш деярли имконсиз, чунки улар бир лаҳзада барча нарсадан – мансабидан, имтиёзлардан, жумладан, кафолатланган пенсиядан қуруқ қолишдан қўрқади.
1998 йилда Олмонияга борганимизда Бош прокуратура, Олий Суд, Бундестаг (парламент) каби турли идораларда бўлдик. Ўзбекчилик – чопон, дўппи, Чуст пичоғи каби совғалар олиб олганмиз. Қайси идорага кириб раҳбариятига совға қилсак, аввал рад этади, жуда қўймасак, ходимини чақириб, қанча туришини сўраб, кирим қилиб, ҳужжатлаштириб қўяди. Чунки 5-7 доллардан қиммат нарса совғага олиш мумкин эмас экан».
Бизда эса базан «пора» билан «совға» атамаси бир-бири билан шу қадар синонимлашиб кетганки, нима пораю, нима совғалигини билмай қоласиз дейди муаллиф...
Xiva shahrida mavjud tuproq yo‘llar shag‘allashtirilmoqda

Aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Xiva shahar “Mintaqaviy yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan Gulshan-2 MFY hududidagi mavjud bo‘lgan tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar mahalla ichki ko‘chalarining infratuzilmasini yaxshilash, transport harakatini qulaylashtirish hamda yomg‘irli ob-havo sharoitida yurish imkoniyatini yaxshilashga qaratilgan.

Shag‘allashtirish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#birdamjamiyat

G‘ALABA MUBORAK!

Alining maydoni… Mardlar o‘yini —
Futbol halollikni sevadi ukam!
Ruhingni tushirma, bosh hakam mayli
Raqibingning yaqin do‘sti bo‘lsa ham!

Yurtning tuzi haqqi Sen yutding halol!
G‘oliblik shavqidan titraydi yurak.
Jasorat ramzisan, topmagin zavol
Vatan nomin tutgan zafar muborak!

Matonat sinmagay kuch bersa o‘zlik,
Har joyda mardlik naqd... G‘irrom nasiya.
Shohsupangga oyoq qo‘ymoqda O‘zbek
Seni ham qutlayman, bugun Osiyo!

Qo‘chqor NORQOBIL                                                                               

Bizni kuzatishda davom eting!
ChINOR VA KAPALAK

Masal

Bor-yo‘g‘i bir kun yashaydigan Kapalak ming yoshli keksa Chinorning shoxiga qo‘ndi.
– Chinorbobo, yoshingiz nechada?
– Ming yil yashadim, seniki-chi?
– Bir kun.
– Bir kun? – hayron bo‘ldi Chinor, so‘ngra qah-qah otib kuldi. – shu ham umrmi? Undan ko‘ra, bu dunyoga kelmay qo‘yaqolganing ma’qul ekan!
Kapalak nimadir demoqchi bo‘ldi-yu, javob qaytarmadi. Inja qanotlarini silkitgancha olis-olislarga uchib ketdi.
Olislarda shodon uchib borayotgan mitti Kapalakni kuzatar ekan, negadir ming yoshli Chinor chuqur xo‘rsinib qo‘ydi...
🇮🇹🇺🇿 Italiya hukumati rahbari Jorja Meloni 25-26 aprel kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.
❗️🇹🇷 Turk seriallarini Turkiyada ham taqiqlash taklif qilindi

Turkiya parlamenti deputati Mahmud Arikan tonggi tok-shou va turk seriallarini taqiqlashni taklif qildi. Deputatning fikricha, ular an’anaviy oilaviy qadriyatlarga tahdid solmoqda.

«Tongi tok-shou va seriallar ssenariylari bugun an’anaviy oilaviy qadriyatlarimiz ostiga dinamit qo‘ymoqda. Bunday dasturlar efirdan olib tashlanishini istaymiz. Bunga qarshi kurashishning yagona yo‘li — taqiqlash», — dedi deputat.

Avvalroq Rossiyada ham xuddi shunday taklif ilgari surilgandi.
#Haj_2025

78 million 670 ming so‘m!

O‘zbekistonda 2025 yilgi Haj ziyorati uchun yangi narxlar ma’lum bo‘ldi❗️

Bu to‘langan summaga nimalar kirishi haqida batafsil videoda bilib oling.

YAQINLARGA ULAShIB, XABARDOR QILIB QO‘YING
– Kimsan?
– Ollohning yerdagi omonati.
– Qaerda tug‘ilgansan?
– Dadam ko‘milgan joyda.
– Ma’lumoting?
– O‘rta – navoiyxon.
– Kasbing?
– O‘zbekchilik.
– Taqdirlanganmisan?
– Egam beshta o‘g‘il bergan.
– Jazolaring bormi?
– She’rlar yozganman.
– Eng tayangan do‘sting?
– Tamaki.
– Eng qabih dushmaning?
– Kasallik.
– Sog‘lik o‘zi nima?
– Intizomsizlik.
– Nimadan huzurlanasan?
– Ko‘ngil ovlashdan.
– Nimadan qo‘rqasan?
– Bolamga isnod keltirishdan.
– Nima bemaza?
– Vatansizlik.
– Nima shirin?
– Qutulish.
– Hayotning ma’nosi?
– Majburiylik.
– O‘limning ma’nosi?
– Joy bo‘shatmoq.
– Armoning bormi?
– Burgut emas, qaldirg‘ochman.
– Yupanching?
– Chittaklardan balandroqda
uchdim-ku!
– Eng to‘kis tarjimai holing?
– Keldim. Yozdim. Ketdim...

Anvar OBIDJON,
O‘zbekiston xalq shoiri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday yaxshi ekan bolalik,
Yodga olsam bosar hayajon,
Ming sog‘inib yodga olsam ham,
Yoshlik qaytmas ekan onajon..?!

Bolaligini sog‘inganlar bormi…?
Yakinlar grupasiga yuborib, bolalik davrlarni eslatib qo‘ying!
🇷🇺🇺🇿 Rossiya TIV rahbari O‘zbekistonga keldi

“Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov janoblarini Samarqandda kutib olishdan mamnunmiz. Ikki va ko‘p tomonlama kun tartibimizdagi keng ko‘lamli masalalarni qamrab olgan mazmunli muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Biz O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada rivojlantirishga intilamiz”, – deb yozmoqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi ish stajiga ega bo‘lmagan erkaklarga pensiya 65 yoshdan, ayollarga 60 yoshdan to‘lanadi

Ish stajiga ega bo‘lmaganlarga beriladigan pensiyaning miqdori hozirgi vaqtda 745 000 so‘m etib belgilangan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yahshi_kayfiyat

Parodiya 😅

Xoy xotin ayt nega
Qovog‘ing solingan
Shuncha pul senga
Beryapman yetmayaptimi

Yaqinlarga ham ulashing!
#Diqqat #Tezkor

⚡️UMS, Uzavtomotrs, Texnopark kabi katta korxonalar sotiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, davlat ishtirokidagi 29 ta yirik korxonaning aksiyalari xalqaro bozorlarda ommaviy savdolarga chiqariladi.

Xususiylashtirish rejalashtirilgan korxonalar qatorida:
UzAuto Motors;
UMS (Mobiuz);
Uzbekistan GTL;
Uzbekinvest;
O‘zmetkombinat;
Navoiyazot;
Texnopark;
Issiqlik elektr stansiyalari shular jumlasidan.


29 ta korxonaning davlat aksiyalari xalqaro maslahatchilar ishtirokidagi auksionga qo‘yiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ruhiyaatingiz qanday holatda ekanini bilib oling!

Animatsiya orqali ruxiyatingizni tekshiring

📌Yaqinlarga yuborib qo‘yamiz