XIVALIKLAR
7.38K subscribers
10.9K photos
1.91K videos
39 files
3.34K links
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, XIVA shahar bo'linmasi kanali. XIVA shahrida bo`layotgan madaniy, ma'naviy va ma'rifiy faoliyatlar yoritb boriladi.

https://www.facebook.com/profile.php?id=100091454397699
Download Telegram
Telegram kanalimizni yanada qiziqarli va manfaatli boʻlishi uchun asosan qaysi mavzularda post joylab boraylik?!
Anonymous Poll
9%
Xajviy she’r va kichik xikoyalar
13%
Qiziqarli videoroliklar
8%
Turli mavzularda iqtiboslar
51%
Kunlik yangiliklar
17%
Kitoblar va maqolalar
38%
Hammasidan
#TEZKOR

‼️“Andijon muzqaymog‘i”ni iste’mol qilish hayot uchun xavfli — Sanepidqo‘mita

Sanepidqo‘mitaning Toshkent shahar boshqarmasi iste’molchilarni ogohlantirdi.
Yurak zarblari (puls) me’yorida qancha bo‘lishi kerakligini bilasizmi?

🤱 Yangi tug‘ilgan chaqaloq — 110-170 ta
👼 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 102-162 ta
👶1-2 yosh — 94-155 ta
👧🏻 4-6 yosh —86-126 ta
🙇‍♂️ 6-8 yosh —78-118 ta
🙇 8-10 yosh — 68-108 ta
🙇‍♀️ 10-12 yosh — 60-100 ta
🧑🏻12-15 yosh — 55-95 ta
🤵‍♀️ 50 yoshgacha bo‘lgan kattalar — 60-80 ta
👴🏻 50-60 yosh — 65-85 ta
👵🏼 60-80 yosh — 70-90 ta

✉️ Yaqinlaringizga ham ulashing!👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kam gapirishning 7 ta foydasi

Yaqinlarga ham yuborib qo‘ying
#Kun_Tarixi

Bugun 21-Aprel Dushanba:

🇺🇳 BMT - Butunjahon ijod va innovatsion faoliyat kuni

🇬🇧 Buyuk Britaniya - Milliy choy kuni

🇵🇰 Pokiston — Iqbol kuni

🇮🇹 Italiya — Rimga asos solingan kun

• mil. av. 753-yil Shu kuni Romul Rimga asos solgan deb hisoblashadi

• 1938-yil Musulmon ligasi prezidenti, shoir Muhammad Iqbol olamdan o‘tgan. Iqbol Pokistonning ma’naviy otasi sanaladi

• 1944-yil Fransiyada ayollar saylovda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi

• 1983-yil Buyuk Britaniyada bir funtli banknotalar bir funtli tangalarga almashtirildi

• 1992-yil Toshkentda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tashkil topdi

• 2000-yil Rossiya Davlat dumasi yadroviy sinovlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

• 1926-yil Buyuk Britaniya qirolichasi (1952-yildan) Yelizaveta II (2022) tug‘ulgan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Baxshi_2025

⚡️ 2025-yilning 26-28-aprel kunlari Xivada IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkaziladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #bilib_oling

❗️Agar davlat tug‘ruqxonalarida KORRUPSIYaGA duch kelsangiz, sizdan ta’magirlik yo‘li bilan go‘yoki suyunchi pulini olmoqchi bo‘lishsa 1003 qisqa raqamiga darhol aloqaga chiqishingiz so‘raladi

Tanishlarga tarqatib qo‘ying!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempioni!

Ular 9 kishi bo‘lib qolib, Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozondi va chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

🇺🇿 Qahramonlar! 👏
Xivada “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali" o‘tkaziladi
O‘zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida, 2019-yildan buyon “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali" o‘tkazilib kelinmoqda. Eslatib o‘tamiz, festival ilk marotaba 2019-yilda Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan, shuningdek, 2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2023-yilda esa Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro festival 2025-yilning 26-28-aprel kunlari Xiva shahrida o‘tkaziladi.
2025 yilning 21-27 aprel kunlari "O'zbekiston kitobxonlar yurti" V - Respublika “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilishi boshlandi.
Shu munosabat bilan Xiva shahar “Nurullaboy” istirohat bog‘ida "Kitobxonlik haftaligi" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xiva shahar bo‘linmasi L. Atadjanova, shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorlini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masallalari bo‘yicha maslahatchisi Sh. Abdullayeva, “Nuroniy” jamg‘armasi Xiva shahar bo‘limi raisi Q. Xoliqov, shoir O. Ismailov, faxriy nuroniy kitobxonlardan O. Pirnazarov, Sh. Jumaniyozov, R. Xo`djaev, B. Axmedovlar, “Xiva tongi” gazetasining muharriri yordamchisi D. Masharipov, Xiva shahar ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri O. Ro‘zmetova, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi qarashli maktablarning o‘qituvchi, o‘quvchilari, hamda faol kitobxonlar ishtirok etdilar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚬 Bir dona sigaret 11 daqiqa umrni qisqartiradi…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_ruhiyat
#men_o‘zbekman

Ulug‘imsan Vatanim!🇺🇿

Bu daqiqalarni qayta-qayta ko‘rishga arziydi

Bu qahramonlik hech kimning yodidan chiqmaydigan qilib, tarixga yozildi!

Kanalga ulanish ⤵️
https://t.me/Xiva_MM
YETTI MO‘JIZA

Bir maktabda “Dunyoning yetti mo‘jizasi” mavzusida dars tashkil etildi.
O‘quvchilarga nimani mo‘jiza deb hisoblashsa, eng muhim yettitasini yozish vazifasi topshirildi.
Hamma daftarlarini topshirdi, faqat bir qizcha hali ham yozishni tugatmagan edi. O‘qituvchi: “Senga ko‘maklashvoraymi, qizim?” deb so‘radi undan. Qizcha: “Dunyoda mo‘jizalar shunaqangi ko‘pligidan qaysi birini tanlashni bilmay ko‘p o‘ylandim”, deb javob berdi. Shunda ustozi: “Qani, tanlaganlaringni o‘qib berchi”, dedi unga. Qizcha birmuncha vaqt ikkilanib turdi-da, so‘ng o‘qishga kirishdi:

“Men uchun dunyoning yetti mo‘jizasi:

1. Ko‘rish.
2. Eshitish.
3. Harakatlanish.
4. Anglash.
5. His qilish.
6. Kulish.
7. Yaxshi ko‘rish”.
Butun sinfga sukunat cho‘kdi.