Valyuta, oltin va boshqalar
21.4K subscribers
2.37K photos
28 videos
2 files
852 links
The best things in life are meant to be shared

reklama @rbu_uzb

Dollar, euro, rubl, oltin kurslari
Moliyaviy savodxonlik
Download Telegram
Moliyaviy erkinlik - bu pul topish haqida qayg'urmasdan o'ziz xohlagan faoliyat bilan shug'ullanishingiz va xohlagan tanlovlar qilishingiz mumkin bo'lgan turmush tarzidir.

Moliyaviy erkinlikka erishishning 3 ta bosqichi bor deb o'ylayman:
1. Shaxsiy moliyani boshqarish
2. Daromadlarni oshirish - tadbirkorlik
3. Investitsiyalar -sarmoya

bu 3 ta bosqichni o'zini alohida 3 ta kanal ochib yoritsa bo'ladi, qisqacha tushuntirishga harakat qilaman

#moliyaviy_savodxonlik

@xbankir
Shaxsiy moliyani boshqarishning mazmuni va o'zagi - bir oylik daromadingizdan bir oylik harajatingiz oshib ketmasligidir
Keyingi muhim jihati - daromad va harajatlarni rejalashtirish
Ongli iste'molchi bo'lish
Havfsizlik yostiqchasi yaratish

Bularni boshlash va nazorat qilish uchun Excel jadval yoki maxsus ilovalar kerak deb boshingizni og'ritmayman

Boshlanishga bank mobil ilovasi yoki Click Payme yetarli, 1 oy davomida qancha harajat qilganiz, qaysi kategoriyaga qancha ketgani, omonat muddati tugaganligini ko'rib turasiz

#moliyaviy_savodxonlik

@xbankir
Shaxsiy moliyani boshqarish uchun 15 ta bepul ilovalar

Money Lover
Дзен-мани: учет расходов
Money Manager
Monefy
Moneon
Bills Monitor
Coin Keeper
Money Flow
Деньги ОК
Goodbudget: Budget & Finance
Кошелек – учет расходов бюджет
Personal Finance
Бюджет, финансы, учет расходов
Money Wallet
Expensify

#moliyaviy_savodxonlik

@xbankir
Kontentga material qidirayotib, qiziq funksiya ko’rib qoldim:
Jamg’arish qaysidir yoshgacha pul ko’payishiga olib kelarkan, yosh o’tgandan keyin - jamg’armalar ham kamayib ketarkan
Jamg’armalar investitsiya qilinsagina - yosh o’tganda ham pul tushumi stabil bo’b turarkan

Qisqacha aytganda pul sandiqni ichida yotsa tugab qolarkan, pul pul topish uchun ishlashi kerak ekan

#moliyaviy_savodxonlik

@xbankir
O'ZBEKISTON KOMPANIYALARI AKSIYALARINI QANDAY SOTIB OLISH MUMKIN
O'zbekiston fond bozorida aktsiyalarni sotib olmoqchi bo'lgan har bir kishi birinchi navbatda broker topishi kerak, chunki faqat broker savdo tizimiga kirish dostupini berishi mumkin. Broker – fond bozorini tartibga soluvchi organning tegishli litsenziyalariga ega bo‘lgan yuridik shaxs, fond bozorining professional ishtirokchisi.

Freedom Finance
KapDepo
Portfolio Investments
Ansher Capital
OBI Брокер

kabilar haqida ma'lumot topdim

#moliyaviy_savodxonlik

@xbankir
Avval biznes, keyin ofis

Ko'pincha tadbirkorning texnik muammolar etagi orqasida yashirinib, biznesni boshlashni kechiktirishi holatlariga duch kelaman.

Ofis yo'q, hisobchi yo'q, veb-sayt tayyor emas - ko'pincha bu masalalar 10 balldan 12 ball bilan yopilgan taqdirda ham biznes hali boshlanmasligini tushunmaslik tufayli bularga ko’proq e’tibor berasiz, aslida bular tayyor bo’lsada siz shunchaki biroz yaxshiroq tayyorlangan bo’lasiz

Texnik muammolarga berilmang, lekin imkon qadar tezroq asosiy masalalar ustida ishlashni boshlang - odamlar sizdan nimani sotib oladi va mas’uliyatingiz qanaqa bo’ladi.

#moliyaviy_savodxonlik

@xbankir
Global iqtisodiy sikllarni tushunish investorlar uchun muhim ahamiyatga ega. Ular bozor tendentsiyalari va investitsiya strategiyalariga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Sizga ular haqida aytib beramiz.

🔄 Iqtisodiy sikllar odatda to'rt bosqichdan iborat: bum, cho'qqi, turg'unlik va tiklanish . O'sish davrida biz investitsiyalarning ko'payishini, iste'mol xarajatlarining ko'payishini va ishsizlikning kamayishini ko'ramiz, bularning barchasi fond bozoriga foyda keltiradi. Cho'qqi iqtisodiy faollikning maksimal rivojlanishini anglatadi, undan keyin tanazzul - sekinroq iqtisodiy o'sish davri. Turg'unlik davrida investorlar aksiyalar narxining pasayishi va o'zgaruvchanlikning oshishini ko'rishlari mumkin. Tiklanish bosqichi iqtisodiy ko'rsatkichlarning bosqichma-bosqich yaxshilanishiga va qimmatli qog'ozlar bozorining o'sishiga olib keladi.

🌍 Hozirgi globallashgan iqtisodiyotda bu sikllar va ularning fond bozoriga ta'siri tobora o'zaro bog'liq bo'lib bormoqda . Bir mamlakat yoki mintaqadagi inqirozlar tezda boshqa bozorlarga tarqalishi mumkin, bu esa investorlar uchun global iqtisodiy tahlilning muhimligini anglatadi.

📈 Iqtisodiy siklning har bir bosqichida investorlar daromadni maksimal darajada oshirish va risklarni minimallashtirish uchun o'z strategiyalarini moslashtirishlari mumkin . Masalan, ko'tarilish davrida qimmatli qog'ozlar va xavfli aktivlar ko'pincha ustunlik qiladi, ammo turg'unlik davrida obligatsiyalar va xavfsiz boshpana aktivlari afzal ko'riladi.

Global iqtisodiy sikllarni va ularning fond bozoriga ta'sirini o'rganish nafaqat akademik qiziqish, balki zamonaviy investorlar uchun haqiqiy zaruratdir . Ushbu sikllarni tushunish nafaqat joriy bozor sharoitlarini yaxshiroq boshqarishga, balki ko'proq ma'lumotga ega bo'lgan uzoq muddatli investitsiya strategiyalarini yaratishga imkon beradi.

#moliyaviy_savodxonlik

@xbankir
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaxsiy yoki oila byudjetiga katta zararni impulsiv xaridlar keltiradi. Aslida u xarid sizga kerak emas, lekin bir soniyalik xohish ustunlik qilib, keraksiz xarajatni amalga oshirasiz.

Keraksiz xaridlarni qilmaslik uchun bozorga, supermarketga, hatto domni pastidagi do’konga ham ro’yxat (spiska) bilan boring, va undan tashqariga chiqmang

Bu qoidaga doimiy amal qilsangiz va kirim/chiqimni excelda yoki boshqa ilovada yuritayotgan bo’lsangiz, bir oy ichida iqtisod qilingan summa sizni hursand qilishi tayin

Bu xaridlarga o’z sumkangiz bilan borib, sellofan paket ishlatishni kamaytirsangiz - Siz ongli iste’molchisiz va Sayyoramiz kelajagiga befarq emassiz! Rahmat sizga

#moliyaviy_savodxonlik

@xbankir
Yangi boshlayotganlar uchun investitsiya strategiyalari

Investitsiya qilishni boshlash uchun investitsiyalarning asosiy turlarini, masalan, aktsiyalar, obligatsiyalar va ko'chmas mulk haqida ma’lumotga ega bo’lish kerak. Qimmatli qog'ozlar yuqori daromad keltirishi mumkin, ammo yuqori xavf bilan birga keladi. Obligatsiyalar barqarorroq, ammo past daromadli variantni taklif qiladi.

Portfel diversifikatsiyasi xavfni minimallashtirishning asosiy tamoyilidir . Investitsiyalaringizni turli aktivlarga bo'lish yo'qotish ehtimolini kamaytiradi. Bu sizga mumkin bo'lgan yo'qotishlar va daromadlarni muvozanatlash imkonini beradi.

Yangi investorlar uchun kichik miqdordan boshlash va tajriba ortganch sarmoyalarni asta-sekin oshirish muhimdir. Uzluksiz ta'lim va bozorlarni kuzatib borish sizga yanada oqilona qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Investitsiya qilish sabr va tahlilni talab qiladigan uzoq muddatli jarayondir.

#moliyaviy_savodxonlik

@xbankir