Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
65K subscribers
977 photos
363 videos
507 files
4.05K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Murojaat uchun: @savollar_murojaat_bot

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
#Sõragan_edingiz

Maktab psixologiga mukofot pulini kim beradi?

#Savol
Assalomu alaykum! Maktabda 3 yildan buyon psixolog lavozimida ishlab kelaman. Maktabimizdagi barcha xodimlarga o‘qituvchilar kuni munosabati bilan mukofot pullari berildi. Ammo menga to‘lab berilmadi. Maktab direktoridan sababini so‘rasam sizni mukofotlash to‘g‘risidagi buyruqni tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi chiqaradi dedi. Shu to‘g‘rimi?

#Javob
Umumtaʼlim muassasasi psixologini mukofotlash Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi nizom bilan tartibga solinadi.

Nizomning 4-bob, 9-bandiga ko‘ra umumtaʼlim muassasalari psixologini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ishchi guruh umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilgandan so‘ng ishchi guruhning qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan maktab direktorining buyrug‘i chiqariladi.

Yaʼni maktab psixologini mukofotlash to‘g‘risidagi buyruq tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan emas balki, ishchi guruh qarori asosida maktab direktori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O'qituvchi faqat yozda ta'tilga chiqishi shartmi O'ziga qulay vaqtda ta'tilga chiqsa bo'ladimi?

#Savol
Assalomu alaykum, 2-guruh nogironligi bo’lgan pedagog xodim ta’tilini hozir olsa bo’ladimi? Pedagoglar ta’tilni faqat yozda olishi shart degan talab bormi?

#Javob
Mehnat qonunchiligida pedagog xodimlar aynan yozda ta’tilga chiqishi shart degan talab yo’q. Ko’pchilik MK 227-moddasi 6-qismiga chalg’iydi. Mehnat kodeksi 227-moddasi 6-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga 1-ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi.

Mazkur toifadagi xodimlarga ikki va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.

Bu yerda pedagog xodim aynan yozda ta’til olsin degan shart yo’q. Demak, yozgi ta’til davrida beriladi degani jumlaga chalg’imaslik kerak. Gap bu yerda 1-ish yili haqida ketmoqda. "Qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar" jumlasiga e'tibor bering, agar ta'til faqat yozda berilishi shart bo'lganda bu jumla ishlatilmas edi.

Buni yanada soddaroq qilib misol bilan tushuntirib o’tamiz. Maktab o’qituvchisi 2023-yil 4-sentabr sanasida ishga qabul qilingan, iyundan hamma pedagoglar singari bir vaqtda ta’tilga chiqmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qaroriga ko’ra pedagog xodimning ta’tili 56 kalendar kun.

56 (ta’til kunlari)/12 (oylar soni)= 4.666... 4.666...* 9 (ishlangan oylar soni sentabr-may)= 42 kalendar kun. Bu degani, masalan, sentabrda ishga kirgan o’qituvchi 1-ish yili uchun iyundan ya'ni yozgi ta'til davridan ta’tilga chiqdi. Bu xodimga ta’tilni 56 kun to’liq beramiz, ta’til pulini esa 42 kalendar kunga (ishlangan oylar soni sentabr-mayga mutanosib ravishda) to’lanadi (xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi).

MK 227-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 4-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tili I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga ularning xohishiga ko‘ra qulay vaqtda berilishi kerak.

Ya’ni I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodim qanday kasb yoki lavozimda ekanligidan qat’i nazar, agar ta’tilni o’ziga qulay vaqtda olishni so’rab ariza yozsa, ish beruvchi xodimni arizasini qanoatlantirishi shart. Bu qoida 1-ish yiliga ham, 2- va keyingi ish yillari uchun tatbiq qilinadi!

Demak, nafaqat I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodim balki, MK 227-moddasi 3-qismi va 228-moddasi 4-5-qismlarida nazarda tutilgan xodimlar ham har yilgi mehnat ta’tilini o’zlariga qulay vaqtda olishlari mumkin ekan. Ish beruvchi ularni arizasini qanoatlantirishga majbur.

Bu holatda ish beruvchi xodimga darsingni o’tasan, ta’tilingni esa yozda olasan deyishga haqli emas, pedagog ta’tilini faqat yozda olsin degan istisnolar mavjud emas.


Savolga @mehnathuquqi bo‘yicha mutaxassis, Muhammadamin Karimjonov  javob bergan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Maktabda ishlayotgan talabalar ham diagnostika testida ishtirok etadimi?

#Savol
Diagnostika testida talaba bo'lib, asosiy o'qituvchi sifatida ishlayotganlar ham qatnashadimi? Misol uchun men 4-kurs talabasiman. Meni ham ism familyam ro'yxatda bor ekan. Qatnashishim shartmi?

#Javob
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 14-noyabrdagi 540-sonli buyrug'i bilan 4–15-dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari diagnostika testidan o‘tkazilishi belgilandi.

Bunda o‘qituvchilar o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshiradilar. Hozirgi kunda ta'lim muassasalarida asosiy fan o'qituvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan talabalarni diagnostika test jarayonlariga jalb qilish rejalashtirilmagan.

Demak, 4–15-dekabr kunlari o‘tkaziladigan diagnostika testlariga maktablarda ishlayotgan talabalar jalb qilinmaydi.

Ushbu savolimizga A.Avloniy nomidagi milliy- tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismailov javob berdi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari 4–15-dekabr kunlari o'tkaziladigan diagnostika testida qatnashmaydimi?

#Savol
O'qituvchilarni diagnostika testidan o'tkazish to'g'risidagi vazirlik buyrug'i ilovasida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari yo'q ekan. Ular testda ishtirok etishmaydimi?

#Javob
Diagnostika testini o'tkazishdan maqsad o‘qituvchilar malakasini tabaqalashtirilgan holda oshirish tizimini joriy etishdir. Bu jarayonlar 2024-yil yanvar oyidan boshlab to'liq joriy etilishi munosabati bilan diagnostika natijalariga ko‘ra o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash reja qilingan.

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining malaka oshirish tartibi esa biroz boshqacharoq. Shu sababli ular testda ishtirok etadigan fan o'qituvchilari ro'yxatida yo'q.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-iyuldagi "Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to‘g‘risidagi 355-sonli qaroriga ko‘ra jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari to‘rt yilda kamida bir marta malaka oshirishlari belgilangan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O'qituvchi sababsiz 3 kun ish joyiga kelmasa unga qanday jazo chorasini qo'llash mumkin?

#Savol
O'qituvchi hech kimni ogohlantirmay ish joyiga sababsiz kelmayapti. 3 kundan buyon ish joyida yo'q. Bu holat birinchisi ham emas. Bu xodimga qanday jazo qo'llasak bo'ladi?

#Javob
Bu kabi qilmishlar uchun belgilanadigan qoidalar ko'proq ta'lim muassasasi ichki mehnat tartibi qoidalari bialn belgilanadi.

Agar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida xodimning ish joyiga kechikib kelishi, ish joyiga sababsiz ravishda kelmasligi yoki lavozim vazifalarini muntazam bajarmasligi bo'yicha qo'llaniladigan choralar belgilanmagan bo'lsa, xodimga nisbatan Mehnat kodeksining 312-moddasida nazarda tutilgan jazo choralaridan birini qo'llash mumkin.

Mehnat kodeksining 312-moddasiga ko‘ra xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llash mumkin:

1) hayfsan;

2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima;

3) mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari).

Eslatib o'tamiz, Mehnat kodeksida ayrim toifadagi xodimlarga intizomiy jazo qo'llashda alohida holatlar mavjud. Masalan, homilador ayollar va boshqa toifadagi xodimlar uchun alohida kafolatlar belgilangan.

Telegram | Instagram | YouTube
#Sõragan_edingiz

O'quvchilarga berilgan darsliklarni kim nazorat qilib borishi kerak?

#Savol
O'quvchilarga foydalanish uchun berilgan darsliklarni nazorati kimga yuklatilgan? Ya'ni, darsliklarga jild qilinmasligi, yaxshi tutmaganligi uchun o'quvchilarni kim nazorat qiladi demoqchiman. Sinf rahbarmi? Kutubxonachimi? Fan o'qituvchisimi?

#Javob
2014-yil 28-aprelda "Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida"gi nizom Adliya vazirligidan 2577-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan.

Ushbu nizomning 9-bob, 95-bandiga ko'ra darsliklar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, shuningdek o‘quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg‘usini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta’lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.

Telegram | Instagram | YouTube
#Sõragan_edingiz

O‘quvchining onasi pedagog xodimni ishdan bo‘shatishni talab qilishi to‘g‘rimi?

#Savol
Men pedagog sifatida 7 yildan buyon o‘z faoliyatimni olib boraman. Hozirgi kunda bir o‘quvchining onasi Prezident portaliga meni ustimdan ariza yozgan. Arizada yozilishicha, men o‘quvchilarga ayricha munosabatda bo‘lar ekanman. Lekin buni isbotlab berolmadi. U ayol har kuni kelib meni 5 soatlab vaqtimni oladi. O‘quvchi esa maktabning ichki ro‘yxatida turadi. Hozirgi kunda ushbu ona meni ishdan bo‘shashimni talab qilyapti. Qachonki men ishdan bo‘shasamgina u portal bo‘yicha ishni yopar ekan. Bu vaziyatda nima qilsa bo‘ladi?

#Javob
Bu vaziyatda fuqaro daʼvo qilayotgan holat o‘z isbotini topmagan bo‘lsa va sizning bu borada hech qanday aybingiz bo‘lmasa unda bu fuqaroning o‘zi qonunni buzayotgan bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun bunday vaziyatlarda o‘quvchining onasi sizning kasbiy faoliyatingizga va taʼlim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri, xolis baholashingizga taʼsir ko‘rsatayotganligi uchun sudga murojaat qilishni maslahat beramiz.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasiga ko‘ra taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga taʼsir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Telegram | Instagram | YouTube
#Sõragan_edingiz

O‘qituvchining turmush o‘rtog‘i og‘ir kasal bo‘lsa, unga moddiy yordam beriladimi?

#Savol
Men maktabda ishlayman, turmush o‘rtog‘im operatsiya bo‘lgani uchun moddiy yordam olsam bo‘ladimi? Moddiy yordam so‘rasam, sizga berilmaydi, chunki turmush o‘rtog‘ingiz operatsiya bo‘lgan. Moddiy yordam o‘qituvchining o‘zi operatsiya bo‘lsagina beriladi, chunki turmush o‘rtog‘ingiz maktabda ishlamaydi, deyishyapti. Shu to‘g‘rimi?

#Javob
Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 12-B-bandiga ko'ra umumta’lim muassasalari xodimlariga ularning murojaatlari yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusiga ko‘ra moddiy yordam belgilanishi mumkin.

Nizomning 33-bandiga ko‘ra umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.

Yaʼni, agar turmush o‘rtog‘ingiz og‘ir kasallik tufayli operatsiya qilingan bo‘lsa, sizga moddiy yordam berilishi kerak deb hisoblaymiz. Bu masala yuzasidan kasaba uyushmasiga yozma murojaat qilishni tavsiya qilamiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Informatika fani o‘qituvchisi maktab o‘quvchilarga "Coursera" sertifikatini olib bermasa ishdan bo‘shatiladimi?

#Savol
Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi maktabdagi 7-11 sinf o‘quvchilarining barchasiga 100 foiz "Coursera" sertifikatini olib berishimizni talab qilyapti.

Agar maktabda sertifikat olib berilmagan birorta o‘quvchi qolib ketsa, oliygohlarda o‘qiyotgan talabalarni bizning o‘rnimizga ishga olish to‘g‘risida maktab direktoriga topshiriq berilar ekan. Ularning xatti-harakati qonuniymi?

#Javob
Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan berilgan ushbu topshiriq mutlaqo asossiz. Chunki o‘qituvchining lavozim majburiyatlarida bunday qoidalar qayd etilmagan.

"Coursera" o‘quv kursi haqida o‘quvchilarga targ‘ibot ishlari olib borilishi mumkindir, ammo ularga informatika fani o‘qituvchisi tomonidan "Coursera" sertifikatini olib berish topshirig‘ining berilishi shaffoflik tamoyilini buzadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimining ushbu xatti-harakati pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish deb baholanishi mumkin.

Bu esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy jarima qo‘llanishiga sabab bo‘ladi. Ushbu jarima miqdori hozirgi kunda 34 million so‘mdan 51 million so‘mgacha etib belgilangan.

Shuni ham alohida qayd etib o‘tish joizki, uchinchi shaxslar aralashuvi orqali xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga urinish mehnat qonunchiligi normalariga ham zid hisoblanadi. Buning uchun ham qonunchilikda alohida javobgarlik belgilangan.

Agar informatika fani o‘qituvchilariga shu kabi topshiriqlar berilsa, asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etgan holda hududiy bandlik bo‘limlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

O'qituvchilar uchun attestatsiya test sinovlari endi qay tartibda o'tkaziladi?

#Savol
Pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tartibidagi birinchi va ikkinchi bosqichlar qanday o‘tkaziladi va qanday baholanadi?

#Javob
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi.

Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi. Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Manba

Tajriba-sinov tarzida o'tkazilgan attestatsiya test sinovlarida o'qituvchilar qanday savollarga duch kelishgani sizga qiziq bo'lsa, unda quyidagi videolavhani tomosha qilib, bilib olishingiz mumkin.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

O‘qituvchidan qog‘oz ko‘rinishdagi yillik taqvim-mavzu reja talab qilinishi to‘g‘rimi?


#Savol
Direktorimiz taqvim-mavzu ish rejani qog‘oz variantini talab qilyapti. Vaholanki, taqvim-mavzu ish rejani eMaktab.uz platformasiga yuklab qo‘yganman. Shu holatda direktorning talabi o‘rinlimi? Javob uchun oldindan rahmat e’tiborsiz qoldirmang iltimos.

#Javob
"Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnomaning 15-bandiga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

15-bandning 2-xatboshiga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan faqatgina sinf jurnali (bosma yoki elektron) yuritiladi.

O‘qituvchi tomonidan yillik taqvim-mavzu reja eMaktab.uz platformasiga yuklangan bo‘lsa, unda ushbu rejani qog‘oz ko‘rinishdagi shaklini yuritishga ehtiyoj yo‘q deb hisoblaymiz. Demak, o‘qituvchidan qog‘oz ko‘rinishdagi yillik taqvim-mavzu reja talab qilish noqonuniy xatti-harakat hisoblanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

27 yillik ish stajiga ega bo'lgan pedagoglar attestatsiyda qatashib, yetarli ball to'plolmasa, amaldagi toifasi saqlanadimi?

#Savol
Assalomu alaykum. Men birinchi toifali o‘qituvchiman. 27 yillik pedagogik stajim bor, pensiyaga chiqishimga esa 8 yil bor. Bu yil majburiy attestatsiyaga jalb qilinganman. Yangi chiqarilgan qaror bo‘yicha men attestatsiyadan o'tolmasam toifam saqlanib qoladimi?

#Javob
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 6-bandiga ko'ra pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar esa o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishlari mumkin.

Nizomning 7-bandiga ko'ra o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.

Xulosa shuki, siz attestatsiyaga majburiy tarzda emas, balki o'z xohishingizga ko'ra ishtirok etishingiz lozim. Attestatsiyada ishtirok etib, unda yetarli ball to'play olmasangiz amaldagi toifangiz saqlanib qoladi.

❗️Muhim eslatma: Yuqoridagi qoidalarni amaliyotda qo'llashda pedagog xodimning yillik ish stajini qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqish lozim. Buning uchun maktab ma'muriyati hududiy bandlik bo'limlari yordamidan foydalanishlari tavsiya etiladi.

Shuningdek, pedagog xodim o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashmoqchi bo'lsa, (elektron yoki qo'g'oz ko'rinishidagi) mehnat daftarchasini ham ilova sifatida kiritib o'tishi ham tavsiya etiladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sõragan_edingiz

To‘garak yillik ish rejasini avvaldan tuzib olinishi to‘g‘rimi?


#Savol
Bizga to‘garak hujjatlarining namunalari berilgan. Ushbu namunaviy hujjatda to‘garak yillik ish rejasi ham mavjud. Ushbu ish rejada qaysi mavzularni o‘tishimiz ham oldindan belgilab qo‘yilgan. Axir o‘quvchilar qiyin yoki oson o‘zlashtiradigan mavzular dars jarayonida aniqlanmaydimi?

#Javob
Fan to‘garaklari o‘qituvchining pedagogik yuklamasi tarkibiga kiritilgan bo‘lib, to‘garaklar tashkil etish o‘quv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayoni hisoblanadi.

Fan o‘qituvchilarining lavozim majburiyatlarida ham pedagog xodimlar o‘quvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash maqsadida o‘z fani bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish lozimligi qayd etilgan.

Fan o‘qituvchilari tomonidan to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tish majburiy hisoblanadi. Bunda fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish maqsadga muvofiq.

Asosiy savolga javob beradigan bo‘lsak, maktablarda to‘garaklar faoliyatini tartibga soluvchi hujjat mavjud emas. Asosiy muammo ham shunda aslida. Yaʼni, iqtidorli yoki bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qay tartibda ishlanadi, to‘garak hujjatlari qanday yuritiladi va u o‘z ichiga nimalarni oladi degan savolga aniq javob yo‘q.

Shunchaki tavsiya sifatida aytadigan bo‘lsak, iqtidorli hamda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan shug‘ullanish bo‘yicha tuziladigan ish reja dars jarayonida shakllantirib borilishi lozim deb hisoblaymiz.

Chunki, o‘quvchi qaysi mavzuni qiyin yoki to‘liq o‘zlashtirishgani dars jarayonida maʼlum bo‘ladi. Buni oldindan tahlil qilishning imkoni yo‘q. Shu sababli to‘garak ish rejasini avvaldan tuzib olish noto‘g‘ri amaliyot deb hisoblaymiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

CHQBT fani o‘g‘il va qiz bolalarga alohida o‘tilishi kerakmi?

#Savol
CHQBT darslari maktabda o‘g‘il va qizlar bolalarga alohida o‘tilishi kerakmi? Qizlarga bu fandan biologiya o‘qituvchisi dars bersa bo‘ladimi?

#Javob
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori bilan tasdiqlangan “Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda taʼlim muassasalarida CHQBTni tashkil etish va amalga oshirish tartibi belgilangan.

Nizomning 17-bandiga ko‘ra taʼlim muassasalarida CHQBT fani o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘g‘il va qiz bolalar bilan birgalikda o‘tkaziladi.

Bitiruvchi sinflardagi o‘g‘il bolalar bilan harbiy poligonlarda bir kunlik amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan kunlarda qiz bolalar taʼlim muassasasidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etiladi.

Taʼlim muassasalarida CHQBT rejasi butun o‘quv yili uchun haftalarga taqsimlangan holda ishlab chiqiladi hamda mashg‘ulotlar umumiy dars jadvaliga kiritilgan holda o‘tkaziladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida CHQBT fani o'qituvchisining malaka talablari belgilab berilgan.

Unga ko‘ra CHQBT o‘qituvchisi lavozimida ishlovchi shaxs oliygohning "Chaqiriqqacha harbiy taʼlim" yo‘nalishini tamomlagan yoki Qurolli Kuchlar rezervidagi ofitser bo‘lishi lozim. Boshqa fan o‘qituvchisining bu fandan dars berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo