Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
63K subscribers
1.13K photos
391 videos
507 files
4.23K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
#Eslatma

Maktabdagi darslar vaqtini qisqartirib bo‘lmaydi


Ayrim kuzatuvchilarimiz havo sovudi, kunlar ham qisqarib ketti, 2-3 smenali maktablardagi dars vaqtlarini qisqartirsak bo‘ladimi deb yozyapti. Bu savolga o‘tgan yilgi anomal sovuq vaqti ham ham javob bergandik. Ko‘pchilikning talab va istaklariga ko‘ra o‘sha postni yana qayta takrolashni lozim deb topdik.

Amaldagi tartibga ko‘ra, dars mashg‘ulotining davomiyligi 45 daqiqa etib belgilangan. Buni yuqori turuvchi tashkilotning maxsus ko‘rsatmasi bo‘lmay turib umuman o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida Nizom"ning 25-bandida ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishdagi aniq muddatlar belgilab berilgan.

Ya’ni, ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga to‘liq amal qilinadi:

👉o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);

👉o‘quv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga ko‘ra I-IV sinflar uchun 5 kun);

👉dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;

👉dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5-10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15-30 daqiqa).

❗️Maktab ma’muriyati yuqorida belgilab berilgan muddatlarga to‘liq rioya qilishi zarur.

Xulosa qilib aytganda, dars jarayoni vaqtini 45 daqiqadan 40 daqiqaga qisqartirish mumkin emas. Ammo dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffuslarning davomiyligini 5 daqiqagacha qisqartirish mumkin.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Eslatma

O'quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabrga to‘g‘ri kelib, 28-dekabr qishki ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 10 yanvargacha davom etadi. III chorak esa 11 yanvardan boshlanadi.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Ma’lumot uchun: Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Eslatma

Joriy yilning 5-7-dekabr kunlari o'qituvchilarga malaka toifa berishning yangi tartibi ham tajriba-sinovdan o'tkaziladi


Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida o‘tkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5-7-dekabr kunlari quyidagi tuman va shaharlarda o‘tkaziladi:

1. Xorazm viloyati - Hazorasp tumani;
2. Buxoro viloyati - Olot tumani;
3. Navoiy viloyati - Konimex tumani;
4. Farg‘ona viloyati - Oltiariq tumani;
5. Namangan viloyati - Yangi Namangan tumani;
6. Toshkent shahri - Yangihayot tumani;
7. Samarqand viloyati - Urgut tumani;
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi -Qorauzak tumani;
9. Andijon viloyati - Andijon shahri va Paxtaobod tumani;
10. Surxondaryo viloyati - Boysun va Sherobod tumanlari;
11. Sirdaryo viloyati - Sayxunobod va Sirdaryo tumanlari;
12. Jizzax viloyati - Baxmal va G‘allaorol tumanlari;
13. Toshkent viloyati - Bo‘ka va Ohangaron tumanlari;
14. Qashqadaryo viloyati - Qamashi va Chiroqchi tumanlari.

Pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashda yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini ko‘rib chiqishga taʼsir qilmaydi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Eslatma

Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 4 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi


Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, 2023 va 2024 yillarda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. Unga ko‘ra:

30-dekabr — shanba;

31-dekabr — yakshanba;

1-yanvar — dushanba (Yangi yil);

2-yanvar — seshanba dam olish kunlaridir.

2024-yil 3-yanvardan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun yangi yilning birinchi ish kuni hisoblanadi.

Maktab o‘quvchilari uchun esa qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi

O‘quvchilar uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 2023-yil 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabr sanaladi.

Ta’til 2024-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Ertadan, ya’ni 3-yanvardan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun 2024-yilning birinchi ish kuni hisoblanadi


Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha xodimlarga ketma-ket 4 kunlik dam olish kuni berildi. Ertadan, ya’ni 3-yanvardan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun 2024-yilning birinchi ish kuni hisoblanadi.

Maktablarda dars bo‘lmagan vaqt ya’ni, o‘quvchilar uchun berilgan qishki ta’til payti barcha pedagog xodimlarga ish kuni sanaladi.

Bu paytda o'qituvchilar pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi yoki maktab ma’muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

O'quvchilar uchun ta’til 2024-yil 10-yanvargacha davom etadi. III chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Qashqadaryoning olis hududiga borib ishlayotgan ayrim pedagoglarga bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik kompensatsiya pullari to'lab berilmadi.

Ularga yordam qo’lini cho’zadiganlar hali ham topilmadi. O’qituvchilar u yerga borgani uchun afsusda va hali ham sarson.

Menimcha, olis hududga borib ishlaydigan o’qituvchilar 1000 dollar oylik olishi mumkinligi haqidagi tasavvurlarimiz shunchaki ertakka aylanmoqda. Chunki, bu kabi qo'shimcha pullarini to'lab bermaslikning yo'li allaqachon topilgan.

👉@xalqtaliminfo
#Eslatma

1-sinf o‘quvchilari uchun qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida"gi Nizomning 26-bandiga ko'ra 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til berilishi belgilangan.

Ta'til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va hududiy bo'linmalari tomonidan yoki har bir maktab pedagogik kengashi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Ma'lumot uchun: Ayni vaqtda ko'plab hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari tomonidan 1-sinflar uchun 5-10 fevral kunlari qo'shimcha ta'til kunlari etib belgilanmoqda.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Eslatma

Mart-may oylarida attestatsiya (test) sinovlari o‘tkaziladi


Ma'lumki, yanvar-iyun oylari attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish joriy yilning 15-yanvaridan boshlangandi.

Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaatlar yuborish esa 1-martga qadar qadar davom etadi. Yanvar-fevral oylarida murojaatlar qabul qilinib, mart-may oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi.

Attestatsiya (test) sinovi jarayonlari aniq sanalari va joylari haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy veb sayti hamda ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali e’lon qilinadi.

Attestatsiya (test) sinovlari yakunlangach, iyun oyida testdan muvaffaqiyatli o'tgan pedagog kadrlarga sertifikatlar tarqatiladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Eslatma

Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining ma’naviyat-ma’rifat kengashiga hisobot berish tartibi butunlay bekor qilingan


Ayrim hududlarda tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat kengashlari hali ham ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlardan hisobot talab qilib, ularning faoliyatiga aralashayotgan ekan.

❗️Shuni alohida ta'kidlab o'tishimiz joizki, Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni bilan quyidagi tartiblar butunlay bekor qilingan:

umumta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini lavozimga tayinlashni tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat markazi tavsiyasiga asosan amalga oshirish;

direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari yil yakuni bo‘yicha tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat kengashiga hisobot berishi va hisobot natijasiga ko‘ra ularning faoliyatiga baho berib borish tartibi.

E'tibor bering: Yuqoridagi tartib 2021-yil 1-yanvardan boshlab Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonining 11 va 14-bandlari bilan tartibga solingandi.

Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni bilan esa PF-6108-son Farmonining 11 va 14-bandlari bekor qilib yuborilgan. Ya'ni, hozirgi kunda ushbu tartib amalda mavjud emas.

Bu tartibning joriy qilinishi direktor o‘rinbosarlariga juda katta mustaqillik berdi. Ya’ni, ma’naviyat-ma’rifat kengashi topshiriqlarini bajarmagani uchun endi ularni direktordan boshqa hech kim jazolay olmaydi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

O'quvchilar uchun yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari bilan tanishing


9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya fanidan 1-6-may, Ona tili va adabiyot fanidan – 27-may, Matematika fanidan – 30-may kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.

11-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan — 29-may, Matematika fanidan – 1-iyun kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/578

Telegram I Facebook I YouTube
#Eslatma

30-avgustdan dam olish kunlari boshlanadi, yangi o‘quv yili esa 4-sentyabrdan boshlanadi


Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bunda:

31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

4-sentyabr, chorshanba — maktablarda yangi o'quv yili boshlanadi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/790

Telegram I Facebook I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

1-oktyabrdan boshlab pedagog xodimlar oyligi oshiriladi


Xabaringiz bor, Prezidentining tegishli farmoni bilan pedagog xodimlarning oylik maoshlari 1-oktyabrdan 15 foizga oshirilmoqda.

Xo'sh, umumta’lim maktabi pedagog xodimlari hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari 1-oktyabrdan aynan qancha maosh oladilar?

Quyida siz har bir lavozim shtat birliklariga tegishli bo'lgan maoshlar miqdori bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/801

Telegram I Facebook I YouTube
#Eslatma

Bugundan boshlab o’qituvchilar oylik maoshini oshirlgan miqdorda hisoblash boshlanadi


Ma’lumki, Prezidentining tegishli farmoniga ko’ra, pedagog xodimlarning oylik maoshlari 1-oktyabrdan 15 foizga oshirildi.

Xo'sh, umumta’lim maktabi pedagog xodimlari hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari bugundan boshlab aynan qancha maosh oladilar?

Quyida siz har bir lavozim shtat birliklariga tegishli bo'lgan maoshlar miqdori bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/801

Telegram I Facebook I YouTube